PSIXIKANING NAMOYON BO’LISH SHAKLLARI VA
ULARNING O’ZARO BOG’LIQLIGI
PSIXIK
JARAYONLAR
PSIXOLOGIK
HOLATLAR
SHAXSNING
XUSUSIYATLARI
BILISH
JARAYONI
sezgilar
HISSIY-
IRODAVIY
emotsiyalar
INDIVIDUALLIK
yo’nalishlar
idrok
e’tiqodlilik
temperament
Xotira
Tafakkur
Hayol
bardamlik
tetiklik
apatiya
xarakter
qobiliyatlar
iqtidor
Nutq
Diqqat
qiziquvchanlik
hayratlanish
aqliy salohiyat
xulq
motivatsiyasi
ish uslubi
mas’uliyat
ishonchlilik
ijodiy ruhlanish
Bugungi kunda biz insonlar butun er yuzidagi o‘ta murakkab telefon
tarmoqlariga qaraganda ancha murakkab tuzilishdan iborat bo‘lgan atiga uch
funtli inson miyasini tadqiq eta oldik: yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning
qobiliyatlaridan taajjubga tushdik; inson ongining vizual obrazlarni bir
vaqtning o‘zida, parallel ishlov berish uchun guruhlab, keyin esa ulardan qayta
yorqin rangli obrazlarni yaratuvchi millionlab nerv impulslariga taqsimlovchi
sensor tizimini munosib baholay oldik; inson xotirasining umumiy ko‘rinishi
bilan hajmining cheksizligini va biz tevarak-atrofdan olayotgan axborotlarga
ongli hamda anglamagan holda osonlik va zudlik bilan ishlov berishimizga ishonch
hosil qildik. SHuning uchun insoniyat vakillari orasida fotoapparat, avtomobil
va kompyuterni ixtiro qilgan, atomni parchalagan va genetik kodni kashf etgan,
kosmik fazoni zabt etgan va okean tubiga sho‘ng‘iy olgan daholarning mavjudligi
ajablanarli hol emas.6
Psixikaning turli shakllarda ko’rinishlari: psixik jarayonlar, psixologik
xolatlar, xususiyatlar mavjud bo’lib, psixik aks ettirish bir qator xususiyatlari bilan
ajralib turadi, ya’ni shaxs individualligi orqali namoyon bo’ladi; shaxsning faoliyati
jarayonida yuzaga keladi; atrofdagi voqelikni to’g’ri aks ettirish imkoniyatini
beradi.
Psixologiya fanining predmeti masalasida psixika va uning namoyon bo’lish
shakllari zamonaviy psixologiyaning umumiy psixologiya sohasiga aloqador bo’lib,
ko’plab olimlar o’z ilmiy adabiyotlarida bu jihatni muhim sifatida qaraydilar.
3
. Kasbiy
psixologiya
fanining
tadqiqot metodlari
va boshqa
fanlar bilan boq`liqligi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturini hayotga tadbiq etish uchun davlat ta’lim
standartlari asosidagi uzluksiz ta’lim tizimini tubdan isloh qilish yilda keng
miqiyosidagi ishlar amalga oshirilmoqda.
Bunda ta’limning insoniyligi, milliy mustaqillik prinsiplariga, xalqimizning
boy ma’naviy va intellektual merosi, umuminsoniy qadriyatlarni adroqlash ruhiga
alohida e’tibor berilmoqda.
Milliy dasturning strategik maqadlariga erishish yangi pedagogik va axborot
texnologiyalari, yangi o‘quv reja va dasturlari, o‘quv metodik majmualar, yosh
avlodni o‘qitish va tarbiyalashning, zamonaviy shakl va uslublarini qo‘llashning
o‘rni, ahamiyati kattadir. Yoshlarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning boy milliy
tarixiy-madaniy an’analar, urf-odatlari, umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan
samarali tashkiliy va pedagogik shakl va vositalari ishlab chiqilib, amaliyotga joriy
etilmoqda. Ta’lim-tarbiya va shaxsni har tomonlama kamol toptirish ustivorligini
ta’minlash asosiy maqsad qilib qo‘yilgan.
Mustaqil O‘zbekiston Respublikasida xalq ta’limi tizimida “Ta’lim
to‘g‘risida”gi qonun va “Kadrlar tayyorlash bo‘yicha milliy dasturi” ga mos
ravishda isloh qilish, shubhasiz,
ta’limimizni
rivojlangan, demakratik
mamlakatlardagi ta’lim tizimi yutuqlari bilan boyitish, uyg‘unlashtirish orqali
yoshlarni o‘qitish va tarbiyalash ishlarini yuksak darajaga ko‘tarish, ularda
mustaqillik ruhi, e’tiqod va axloqiy sifatlarni shakllantirishdek ma’suliyatli
vazifalarni qo‘yadi.
Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy
qismida ta’kidlanganidek, shaxs - kadrlar tayyorlash tizimining
bosh sub’ekti va ob’ekti, ta’lim sohasidagi xizmatlarning
iste’molchisi va ularni amalga oshiruvchi sifatida e’tirof
etilgan.
Har bir fanda bo‘lganidek, psixologiya fanida ham turli-tuman psixik
hodisalarni va har bir shaxsga xos bo‘lgan individual xususiyatlarni o‘rganish
uchun qo‘llaniladigan bir qancha usullar - yo‘l-yo‘riqlar bor.
Psixologiya fanida inson psixikasini tadqiqot qilish metodlarining turlicha
tasnifi mavjud. B.G.Ananev psixikani o’rganish metodlarini to’rtta guruhga ajratib
bergan. Bu to’rtta guruh metodlar M.Ulug’bek nomli O’zbekiston Milliy
Universiteti, Nizomiy nomli Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti, Farg’ona
Davlat Universiteti kabi psixolog mutaxassis tayyorlaydigan oliygohlarda mufassal
o’rganiladi. Biz mazkur mavzuimizda har bir insonning o’zini va atrofidagilarni
bilib olishiga imkon beradigan, murakkab bo’lmagan, qo’llash shartlari sharoitga
mos bo’lgan va umum qabul qilingan metodlarni keltirdik. Quyidagi jadvalda asosiy
psixologik metodlar va ularning turlari keltirilgan. Bu metodlar yordamida
tadqiqotchi yoki qiziqqan shaxs u yoki bu psixik jarayon, holat yoki shaxs
xususiyatlari to’g’risida birlamchi ma’lumotlar to’playdi, to’plangan ma’lumot yana
tahlil qilinadi va maxsus tarzda ishlatilishi mumkin.
4
-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |