2
. Kasbiy psixologiya fanining
predmeti maqsad va vazifalari.
Inson o’zini o’rab turgan ijtimoiy muhitda yashaydi va harakat qiladi. U har
qanday ehtiyojga muhtojdir va uni qanoatlantishga va qondirishga intiladi. Tevarak-
atrofdagi muhitdan har xil axborotlar hamda ma’lumotlarni qabul qiladi va o’zini
shunga muvofiqlashtirishga harakat qiladi. Dunyodagi real obrazlarni miyasida
ongli shakllantirishga kirishadi, shunga qarab o’zining shu muhitda qanday harakat
qilish kerakligi to’g’risida u yoki bu voqeaga qanday yondashish uchun rejalar
tuzadi. O’zining oldiga qo’ygan maqsadlarini o’z harakat natijalariga solishtirib
ko’radi, o’z boshidan juda katta hissiy holatni kechiradi. Hayot faoliyatidagi ba’zi
kamchilik va xatoliklarni to’g’rilash yo’llarini axtaradi. Buning uchun o’ylaydi, fikr
yuritadi, hayajonlanadi.
Ba’zan o’zini tuta olmay pessimizmga berilib ketadi. Yoki o’zini tutib oladi,
o’z oldiga qo’ygan maqsadga erishishiga butun kuchini qaratadi. Mana shu
holatlarning hammasi kishining psixik faoliyati hisoblanadi. Ana shu psixik faoliyat
qonunlarini o’rganuvchi fan psixologiya fanidir.
XIX asr oxirlarida, aniqrog’i, 1879-yilda nemis olimi Vilgelm Vundt Leybnis
universitetida dunyoda birinchi eksperimental psixologik laboratoriyaga asos
soldiki, unda o’tkazilgan yuzlab tajribalar va eksperimentlar psixologiyaning ham
alohida fan sifatida o’zini ko’rsatishga haqli ekanligini isbotladi. “Psixologiyaning
otasi” hisoblangan Vilgelm Vundt esa xuddi ana shu tadqiqotga asoslangan
ma’lumotlar to’plashga o’z diqqatini qaratdi.
Psixologiya bo’yicha adabiyotlarda uning predmetini qisqacha qilib, psixika
deb ta’rif berishadi.
Psixika sezgi, idrok, tafakkur, hissiyot, iroda, xotira va boshqa shu kabi
tushunchalar bilan guruhlarga ajratilib, hammasi birgalikda kishining psixikasi,
uning ichki dunyosi, ruhiy hayoti deb ham ataladigan tushunchalarni hosil qiladi.
Bundan tashqari biz amaliyotda psixik hodisalar, psixik holatlar, psixik jarayonlar,
psixik xususiyatlar degan iboralarga ham juda ko’p duch kelamiz.
2
-rasm
Psixika – bu inson ruhiyatining shunday holatiki, u
tashqi olamni (ichki ruhiy olamni ham) ongli (ba’zan
ongsiz) tarzda aks ettirishimizni, ya’ni bilishimiz, his
qilishimiz, tasavvur qilib, anglashimizni ta’minlaydi.
Psixika lotincha “psyuxe” so’zidan kelib chiqqan
bo’lib, ruh, jon degan ma’noni bildiradi.
Uzoq yillar oldin, koinotdagi bir planetada odamlar paydo bo‘lgan.
Shundan so‘ng bu tirik mavjudotlar o‘zlari va boshqalarga qiziqadigan
bo‘lishdi: “Biz kimmiz?” Bizlarning fikrlarimiz nimalar ishlab chiqaradi?
Bizning hissiyotlarimizchi? Bizning harakatlarimizchi? Va biz qanday atrofimizni
tushuna olamiz va boshqaramiz.5
Psixologiya fanining bugungi kundagi vazifalari, tabiiy, uning predmetiga
biroz o’zgarishlar kiritadi. Zero, inson ongi va qalbi uchun kurash muammosi butun
dunyo miqyosida dolzarb turgan masala sifatida qaralishini inobatga olsak,
jamiyatimizning har bir a’zosi, mustaqil yurt fuqarolari ongining milliy-madaniy
muhit ta’sirida, milliy hamda umuminsoniy qadriyatlar asosida shakllanishi, ular
qalbida sof iymon va sog’lom dunyoqarashlar, mustaqil fikrlashning shakllanishi
mexanizmlarini o’rganish ham fanning muhim predmeti hisoblanadi. Ayniqsa,
bugungi yoshlarda aniq maqsad va maslakning bo’lishi, milliy iftixor va g’urur
tuyg’ularining to’g’ri tarbiyalanganligi yaxlit xalq va millat manfaatlari bilan
uyg’undir. Psixologiya fan sifatida aynan har bir shaxsda o’ziga, yurtdoshlariga,
turli faoliyat turlari hamda dunyoga nisbatan to’g’ri munosabatlarni shakllanishi
yo’llarini ham o’rganishi kerak.
Ilmiy psixologiyaning predmeti deganda, avvalo psixik hayotning aniq
faktlari nazarda tutiladi, psixik hayotga doir har bir fakt esa ham miqdor, ham sifat
jihatidan xarakterli xususiyatga ega.
3
-rasm
Do'stlaringiz bilan baham: |