Kasb hunar maktabi "tasdiqlayman"


Ochiq tizimda shamollatishda



Download 31,74 Mb.
bet84/89
Sana25.01.2022
Hajmi31,74 Mb.
#410097
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   89
Bog'liq
Dniyarov Ulugbek

Ochiq tizimda shamollatishda quvurda hosil bo`lgan siyraklanish natijasida kartеrdan gazlar so’rib olinib atmosfеrga chiqarib yuboriladi.

Ochiq tizimda kartеrni shamollatishda dvigatеl kartеriga toza havo moy quyish quvuri dagi havo filtri orqali kiradi. Filtr doimo moy bilan namlayotgan bo’lishi kеrak, chunki quruq filtr changlarini kartеrga o’tkazib yuboradi. Moyni tashqariga chiqarmaslik uchun moy to’sgich 4 o`rnatilgan.



2.Yopiq tizimda shamollatishda kartеrdagi gazlar ta'minlash tizimining havo filtri yoki karbyurator orqali kiritish quvuriga so’rib olinadi. Bu usul ancha samarali, chunki atmosfеraning zaharli gazlar bilan ifloslanishni kamaytiradi.

Zamonaviy avtomobil dvigatellari uchun murakkab (kombinatsiya-lashgan) moylash tizimi qo'llaniladi: katta yuklanish bilan ishlayotgan detallarga moy bosim ostida, boshqalarga sachratish yoki o'z oqimi bilan yuboriladi. Tirsakli val va aylanayotgan boshqa detallar vositasida moy sachratiladi. Bunda dvigatel karterining bo'shlig'i moyning mayda tomchilari bilan to'ladi. Bu mayda moy tomchilari detallarga o'tiradi, so'ng ishqalanuvchi sirtlar orasidagi tirqishlarga oqib kiradi.

КамАЗ dizelida moy poddondan moy nasosining moy qabul qiluvchi qismi orqali nasos seksiyalariga suriladi. Moy seksiyadan silindrlar blokining o'ng devoridagi kanal orqali filtrga va u yerdan asosiy moy magistralig yuboriladi. Asosiy magistraldan moy bosim ostida silindrlar bloki va kallagidagi kanallar orqali tirsakli valning o'zak podshipniklariga, taqsimlash valining podshipniklariga, koromislo vtulkalariga, turtkich shtanga-larining yuqori uchiga, yuqori bosimli yonilg'i nasosiga va kompres-

sorga kirib keladi.Shatun podshipniklariga moy tirsakli val ichidagi tuynuklar orqali o'ziga yaqin joylashgan o'zak bo'yinlaridan yetkaziladi. Gaz taqsimlash mexanizmi shtangalari va turtkichlarining sferasimon tayanchlari pulsatsiyalanadigan oqim bilan, qolgan detallar esa sachratib yoki moyning o'z oqimi bilan moylanadi.Moy sidiruvchi halqa vositasida silindr devorlaridan sidirilgan moy, halqa ostidagi teshiklardan porshen ichiga tushib, bo'rtiqli tuynuk lardagi va shatun kallagidagi porshen barmoqlari tayanchlarini moy-laydi.

Nasosdan chiqqan moy dag'al, mayin va markazdan qochma tozalash filtrlarida qisman yoki to'la (to'la oqimli filtrlarda) tozalanadi. Bu filtrlar moylash tizimining konstruksiyalariga qarab turlicha biriktirishlarda o'rnatiladi. Plastina-tirqishli dag'al tozalash filtrining filtrlovchi dementi, qalinligi 0,1 mm atrofidagi oraliq plastinalar bilan bir-biridan ajratilib, bir o'qqa yig'ilgan (metall) filtrlash plastinalari to'plamidan iborat.Mayin tozalash filtri qog'ozdan yoki filtrlovchi massa to'ldirilgan karkasdan iborat bo'lgan almashtiriladigan filtrlash elementiga ega. Moyni markazdan qochma usuli bilan mayin tozalovchi filtrlar -sentrifugalardir.Ko'plab dvigatellarda moyni tirsakli valdagi shatun bo'yni kovak-larida qo'shimcha ravishda tozalanadi. Tirsakli valning aylanishidan yuzaga kelgan markazdan qochma kuch ta'sirida moydagi begona zarrachalar bo'shliq devorlari tomon otilib ketadi va o'sha yerga o'tirib qoladi. Ulardan ozod bo'lgan moy esa shatun podshipniklariga yo'na-ladi.КамАЗ dizelining to'la oqimli moy filtri qopqoq ikkita filtrlovchi element va ikkita qalpoqdan iborat. Qalpoqlar qopqoq bilan markaziy o'zaklar (sterjenlar) yordamida biriktiriladi va rezina qistirmalar bilan zichlanadi. Filtrlovchi element yog'och uni va bog'lovchi modda lardan iborat massa to'ldirilgai karkas ko'rinishida yasalgan.Qopqoqda moy uchun kanal lar, shuningdek, filtrlovchi elemen juda kirlanib ketganda moyn uning yonidan o'tkazib yuboruv-chi klapan joylashgan.

Yengil avtomobillar dvigatel-larida qismlarga ajralmaydigan (ВАЗ avtomobillari) yoki almash­tiriladigan qog'oz elementli ("Волга" va АЗЛК avtomobillari) to'la oqimli filtrlar qo'llaniladi. ВАЗ dvigatellarining qismlarga ajralmaydigan to'la oqimli moy filtri po'lat korpus va viskozadan (sun'iy tolaich-qo'ymasi bo'lgan qog'ozli filtrlov­chi elementdan iborat. Filtr silindrlar blokidagi moy magistralining shtutseriga rezbali teshigi bilan burab o'rnatiladi va qistirma vositasida zichla-nadi.

Markazdan qochma moy tozalash filtri (sentrifuga) КамАЗ, ЗИЛ-130 va 3M3-53 dvigatellarining moylash tizimlarida mavjud. 3M3-53 dvigatelining markazdan qochma moy tozalash filtrlariga moy nasosdan rotorning ichi kovak o'qi orqali kirib keladi. Qalpoq ostidagi bo'shliqdan esa filtrlovchi to'r va jiklyorlar orqali o'tib, filtr korpusining bo'shlig'iga tushadi va u yerdan karter poddoniga oqib ketadi. Ikkita jiklyordan oqib tushayotgan moy oqimining reaksiyasi ta'sirida plastmassa rotor shitob bilan aylanma harakatga keladi. Buning oqibatida kir va cho'kmalarning og'ir zarrachalari qalpoq devorining ichki yuzalariga otib yuboriladi va ular o'sha yerda o'tirib qoladilar.Markazdan qochma tozalash filtrining afzalligi shundan iboratki, u birinchi navbatda og'ir aralashmalarni, ya'ni zichligi yuqori bo'lgan zarrachalarni ushlab qoladi. Ushbu filtrning qanday ishlashini dvigatel to'xtagandan so'ng, rotorning aylanishini eshitish bilan (qisqa vaqt mobaynida) oson va ishonchli ravishda tekshirish mumkin.


Download 31,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish