«Tasdiqlayman»
Kasbiy ta’lim bo’yicha
direktor o’rinbosari:
_____________ Z.Ibragimov.
«____»_________2020 yil.
|
Guruhlar
|
1-20
|
2-20
|
3-20
|
|
|
|
|
|
|
Dars o’tiladigan sana
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
8 Mavzu (nomi) Moylash tizimiga texnik xizmat ko'rsatish
O‘quv mashg‘ulotining o‘qitish texnologiyasi modeli
Vaqt: 80 daqiqa
|
Ta’lim oluvchilar soni 26 ta
|
O‘quv mashg‘uloti shakli va turi
|
Nazariy mashg’ulot.
|
O‘quv mashg‘uloti rejasi
|
1.Moylash tizimining asosiy nosozliklari.
2.Texnik xizmat ko'rsatish.
3.Karterni shamollatish.
|
O‘quv mashg‘ulotining maqsadi: Moylash tizimiga texnik xizmat ko'rsatish to‘g‘risidagi bilim (ko‘nikma)larni shakllantirish (mustahkamlash).
|
O‘qitish natijasi
|
Ushbu mavzuni o‘zlashtirish natijasida o‘quvchida shakllanadigan asosiy bilim, ko‘nikma yoki kompetensiyalar.
|
Pedagogik vazifalar
1. Moylash tizimining asosiy nosozliklari ma’lumot berish.
2. Texnik xizmat ko'rsatish bilan tanishtirish.
3. Karterni shamollatish haqida tushuncha berish.
|
O‘quv faoliyat natijalari;
1. Moylash tizimining asosiy nosozliklari ma’lumotga ega bo’ladi.
2. Texnik xizmat ko'rsatish bilan tanishadi.
3. Karterni shamollatish haqida tushunchaga ega bo’ladi
|
|
|
O‘qitish metodlari
|
Kichik axborotli/ ma’ruza/ hikoya/ tushuntirish/ ko‘rsatma berish/ namoyish. Ko‘rsatish/ video usul/ kitob bilan ishlash/ insert/ mashq/ suhbat/ baxs/ aqliy xujum ta’limiy o‘yin/ piibord va boshqalar (quyidagilardan maqsadga ko‘ra tanlab olinadi).
|
O‘qitish vositalari
|
Matnlar, yozuv taxtasi, slaydlar, proektor, kompyuter, diaproektor, flipchart, videofilm grafikli organizatorlar, model, mulyajlar, chizma, grafiklar, diagrammalar, namunalar, ekspert varag‘i, yo‘riqnoma, elektron yo‘riqnoma.
|
O‘quv faoliyatini tashkil etish shakli
|
jamoaviy, guruhli, juftlikda, yakka tartibda
|
O‘qitish sharoiti
|
Maxsus texnik vositalar bilan jihozlangan guruhlarda ishlashga mo‘ljallangan xona
|
Qayta aloqaning usul va vositalari
|
Tezkor-so‘rov, savol-javob, test, misol va mashqlar, bajarilgan o‘quv topshiriqlarni baholash
|
O‘quv mashgulotining texnologik xaritasi
Ish
bosqichlari va vaqti
|
Faoliyat mazmuni
|
O'qituvchi
|
Ta’lim oluvchi
|
1-Uquv mashg‘ulotiga kirish (5daq.)
|
Tashkiliy kism:
O’quvchilar bilan salomlashadi.
O‘quvchilarni mashg‘ulotga tayyorgarligi va davomatini tekshiradi
|
Mashg‘ulotga
tayyorlanadilar
|
2-bosqich.
Asosiy
(65daq.)
|
Tayanch bilimlarni faollashtirish:
Uyga berilgan vazifani nazorat qiladi hamda o‘tilgan mavzu bo‘yicha o‘quvchilarga savollar beradi, ularni baholaydi.
Maqsad va vazifani belgilanishi:
Mashg‘ulotning nomi, rejasi, maqsad va o‘qitish natijalar bilan tanishtiradi.
Mustaqil ishlash uchun adabiyotlar bilan tanishtiradi;
O‘quv mashg‘ulotida o‘quv ishlarni baholash mezoni va ko‘rsatkichlari bilan tanishtiradi.
Ta’lim oluvchilar bilimini faollashtirish:
Tezkor - so‘rov, savol - javob, aqliy xujum, pinbord, “o‘ylang va juftlikda fikr almashing”, va boshqa texnikalar orqali bilimlarni faollashtiradi.
Yangi o‘quv material bayoni:
Nazariy mashg‘ulotning rejasi va tuzilishiga muvofiq, o‘qitish jarayonini tashkil etish bo‘yicha harakatlar tartibini bayon etadi. Asosiy xolatlarni yozdiradi;
Slaydlarni Power Point tartibida namoyish va sharhlash bilan mavzu bo‘yicha asosiy nazariy holatlarni bayon qiladi.
YAngi o‘quv materialini mustahkamlash:
Mustahkamlash uchun savollar beradi. Jarayon kichik guruhlarda davom etishini ma’lum qiladi;
Kichik guruhlarga bo‘ladi, kichik guruhda ishlash qoidasi bilan tanishtiradi har bir guruhga topshiriq beradi va baholash mezoni bilan tanishtiradi. Ishni bajarish yo‘riqnomasini beradi.
Guruhlarda ishlarni boshlashga ruxsat beradi. Har bir kichik guruh ishtirokchisi vazifani bajarish tartibini tushunganligini aniqlash maqsadida qaytar aloqa o‘tkazadi.
Bajarish jarayonini kuzatadi, maslaxatlar beradi.
Ishga ajratilgan vaqt tugaganini ma’lum qiladi, guruhlar taqdimotini tashkil etadi.
Guruh a’zolariga diqqat bilan eshitishlarini va savollar berishlarini, shu bilan birga o‘zaro bir-birlarini baholashlarini eslatadi. Javoblarni to‘ldiradi va qisqacha xulosalar qiladi;
12. Guruhlar ishini o‘zaro baholashni o‘tkazadi, mavzuning har bir qismi bo‘yicha xulosalar qiladi, eng asosiylariga e’tibor qaratadi, berilayotgan ma’lumotlarni daftarga qayd etishlarini eslatadi. Mavzuning kasbiy faoliyatlaridagi ahamiyati bilan bog‘lab mavzuni yakunlaydi.
|
Uy vazifasini taqdim etadilar. Savollarga javob beradilar.
Mavzu nomi va rejasini yozib oladilar.
Diqqat qiladilar.
Savollarga javob beradilar.
Yozib oladilar.
Diqqat qiladilar.
Savollarga javob beradilar.
Topshiriqni bajaradilar.
Kichik guruhlarga bo‘linadilar.
Kichik guruhda ishlash qoidasi bilan tanishadilar.
Xar bir guruh o‘z topshiriq varaklari bo‘yicha faoliyatini boshlaydi.
Har bir guruh sardorlari chiqib o‘z ishlarini taqdim qilishlarini aytadi. Berilgan qo‘shimcha savollarga javob beradilar.
Guruh ish natijalarini o‘zaro baholaydilar. Ma’lumotlarni daftarga qayd qiladilar.
|
3-bosqich Yakuniy (10 daq.)
|
Mashgulot yakuni:
Faol ishtirok etgan o‘quvchilarni javoblarini izohlab baholaydi va ragbatlantiradi.
Uyga vazifani berilishi:
Kelgusi mashgulotga vazifa va uni bajarish yuzasidan yo‘riqnoma beradi.
|
Baholari bilan tanishadilar.
Topshiriqni yozib oladilar.
|
Mavzu:Moylash tizimiga texnik xizmat ko'rsatish
Moyning ifloslanishi va sizib oqishi, tizimdagi bosimni ortib yoki pasayib ketishi - moylash tizimidagi nosozliklar alomati bo‘lib hisoblanadi.Moy sathi yetarlichabolmaganda yoki u suyulib ketganda, moy oqishi paydo bo'lganda, moy nasosining detallari hamda tirsakli va taqsimlash vallari podshipniklari yeyilganda, reduksion klapan ochiq holatda buzilib qolganda tizimdagi bosimning pasayib ketishi kuzatiladi. Bosimning ortib ketishi esa, qovushqoqligi tavsiya etilgandan katta bo'lgan moy ishlatilishi, reduksion klapan yopiq holatda buzilib qolishi, moy magistralini kirla- nib ketishi natijasida yuzaga keladi.
Kundalik xizmat ko'rsatishda moy oqqan- oqmaganligi tekshiriladi.Dvigatel karteridagi moy sathi nazorat qilinadi va zarur hollarda moy quyib turiladi. Dizellarda yuqori bosimli yonilg'i nasosidagi va tirsakli valning aylanishlar chastotasining rostlagichidagi moy sathi tekshiriladi. Dvigatel tekshirish uchun yurgazib ko'riladi va to'xtagandan so'ng, markazdan qochma moy tozalash filtrining ishlashi eshitib ko'rish bilan tekshiriladi.1-TXK o'tkazilganda: havodagi chang miqdori ko'p bo'lgan sharoitda ishlagan dvigatel karteridagi moy almashtiriladi, filtrlar korpusidan cho'kindilar to'kib tashlanadi va markazdan qochma moy tozalash filtri qalpog'ining ichki sirti quyqumlardan tozalanadi, karterni shamollatishda ishlaydigan havo filtrining filtrlovchi elementi yuvib tozalanadi.Moy sathini tekshirish uchun dvigatel to'xtatiladi, moy karterga oqib tushguncha 2-3 daqiqa kutib turiladi, moy o'lchovchi sterjen (shchup) sug'uriladi va uni artib o'z joyiga, oxirigacha kiritiladi, so'ng yana sug'urib belgilarga qarab moy sathi aniqlanadi. Agar moy sathi "Kamiga quy” (25.12-chizma) belgisidan pastda bo'lsa, u holda “To'la” belgisiga qadar moy quyiladi. Uzoq vaqt to'xtab turgan dvigateldagi moy sathi, yurgizishdan oldin, moy o'lchovchi sterjendagi to'g'ri burchakli belgiga (1) mos kelishi kerak.Dvigatel karteridagi moy tayyorlovchi-zavod tavsiya etgan davriylik bo'yicha almashtirib turiladi. Moy almashtirilganda - dag'al tozalash filtrining filtrlovchi elementi yuviladi va mayin tozalash filtrining elementi almashtiriladi yoki markazdan qochma moy tozalash filtri tozalanadi, moy filtrlari korpusidan cho'kindilar to'kib tashlanadi, dvigatel karterini shamollatuvchi klapan tozalanadi va yuviladi.Mavsumiy texnik xizmat ko'rsatishda, moy rusumi almashtirilganda (yil fasliga qarab) dvigatel moylash tizimi yuviladi, qishki tayyorgarlikda moy radiatori uzib qo'yiladi.Ishlatilgan moyni dvigatel qizib turganda to'kish tavsiya etiladi. Buning uchun karter poddonidagi tiqin bo'shatib olinadi va ishlatilgan moy to'kib tashlanadi. Moy filtrlarining korpuslaridan (qalpoqlaridan)cho'kindilar to'kib tashlanadi, filtrlar qismlarga ajratiladi va yuviladi. Moy haddan ziyod ifioslangan bo'lsa, dvigatel karteri ham yuviladi.Karterni yuvish uchun unga, moy o'lchovch sterjendagi pastki belgiga qadar, qovushqoqligi kichik bo'lgan (qishki) toza moy quyiladi, dvigatel yurgaziladi va unga 2-3 daqiqa salt
ishlashga imkon beriladi. So'ng, yuvish uchun ishlatilgan moy to'kib tashlanadi, karterga yangi moy quyiladi va dvigatel 3-5 daqiqa yurgazib turiladi. Dvigatel to'xtatilib, 5-10 daqiqa o'tgandan so'ng karterdagi moy sathi o'lchanadi.Moyni (va yonilg'ini) oksidlanishi oqibatida qurum va laksimon cho'kindilar hosil bo'ladi. Moy magistrallari va filtrlari kirlanganda, qurum zarrachalari dvigatel karteriga tushib qoladi. Moy filtrlarini tozalash uchun ular qismlarga ajratiladi, kerosin bilan yuviladi va artib yoki siqilgan havo purkalib quritiladi. Mayin tozalash filtrining ifioslangan elementlari almashtiriladi.Birinchi toifali ekspluatatsiya sharoitlarida ishlagan КамАЗ-740dvigatelining moylash tizimidagi filtrlovchi elementlar 12 ming km masofa bosib o'tilgandan so'ng moy bilan birgalikda almashtiriladi. Markazdan qochma moy tozalash filtrini tozalash uchun, qizigan dvigatel to'xtatiladi va karterga moy oqib tushishi uchun 20 - 30 daqiqa kutib turiladi; gayka (1) (25.13-chizma) bo'shatib olinadi va g'ilof (2) yechiladi; tiqin (8) burab olinadi va teshikka rotor (7) aylanib ketmasligi uchun sumba (borodok) tiqiladi; rotor va qalpoqqa (4) belgi qo'yiladi; gaykani (3) bo'shatib qalpoq (4) yechib olinadi; so'ng plastmassa kirgizma (5), to'r-filtr (6) va qistirma ham olinadi. Yechib olingan detallar kirlardan va quyqalardan tozalanadi.Yig'ish, teskari ketma-ketlikda amalga oshiriladi. Bunda zichlovchi rezina halqalarning holatiga va g'ilof (2) qistirmasini o'rnatishga c’tiborni qaratish lozim. Shuningdek, rotor (7) va qalpoqchaga (4) belgilar ham mos tushishi kerak.
so'ng filtrni ishlashi, qizigan dvigatelda eshitib ko'rib tekshiriladi. Dvigatel to'xtatilgandan so'ng ishga yaroqli (soz) filtrning rotori, o'ziga xos guvillagan ovoz chiqarib, 2-3 daqiqa davomida aylanib turadi. Agar guvullash qisqa vaqt davom etsa, u holda rotor tormozlanayotgan bo'ladi (masalan, qulokdi gayka haddan ziyod qotirib qo'yilsa). Bu gaykani qo'l bilan, hech qanday asbob yordamisiz qotirish kerak.Karterni shamollatish tizimidagi trubkalar shlanglar yechib olinadi va tozalanadi, havo filtri ham tozalanadi va yuviladi. Karterni shamollatuvchi trubka va shlanglar o'zaro zich qilib biriktirishi lozim, shlanglar yorilmagan, qatlamlarga ajralmagan va shishmagan bo'lishlari kerak. ЗИЛ-130 dvigatelidagi karterni shamollatish klapani aseton bilan yuviladi.Qizdirilgan КамАЗ-740 dvigatelidagi moy bosimi, tirsakli valning 2600 min"1 aylanishlar chastotasida 0,45 - 0,55 MPa bo'lishi lozim. ГАЗ- 53A va ЗИЛ-130 avtomobillari 40 - 50 km/soat tezlik bilan harakatlanganda, moylash tizimidagi moy bosimi 0,2 - 0,4 MPa bo'lishi kerak. Salt ishlashda moy bosimi 0,09 - 0,04 MPa gacha (3M3-53 dvigatelida) yoki 0,06 - 0,03 MPa gacha (ЗИЛ-130 dvigatelida) pasayganda asboblar peshtoqchasidagi
Moylash tizimining vazifasi. Moylash tizimi dvigatеl dеtallarining ishqalanadigan yuzalariga uzluksiz moy еtkazib bеradi, natijada ular orasidagi ishqalanishni va еyilishni kamaytiradi, hamda dvigatеl quvvatini ishqalanishga sarfini kamaytiradi. Dеtallar orasiga kiritiladigan moy aylanadi, dеtallarni sovutadi, ularni korroziyadan saqlaydi va еyilishdan hosil bo`lgan zarrachalarni olib kеtadi. Porshеn, porshеn halqalari va silindrlardagi yupqa moy pardasi ularning еyilishini kamaytirish bilan birga dvigatеlning komprеssiyasini yaxshilaydi.
Dvigatelning moylash tizimi sxemasi.
1-moy quyish bo’yini; 2-yoonilg’I nasosi; 3,4-moy quvurlari; 5-markazdan qochma filtr; 6-moy filtri; 7-moy radiatori; 8-o’tkazish klapani; 9-radiator krani; 10-radiator; 11-differensial klpan; 12-radiatorning bosimini rostlash klapani; 13-moy karteri; 14-moy qabul qilgich; 15-radiator moy nasosi seksiyasi; 16-moy nasosi; 17-reduksion klapan; 18-moyni qisman tozalash bo’shlig’i
Dvigatеllarga qo`llaniladigan moylar. Motor moyining asosiy ko’rsatkichi qovushqoqligi va haroratga bo’g’liqligi. Moyga talablar Xalqaro SAE sinflashda belgilangan. Bunga ko’ra 6 ta qishki (0W, 5W, 10W, 15W, 20W, 25W), 5ta yozi (20, 30, 40, 50 и 60). Qishkilarda W harfi bor, yani Winter-qish. Belgilashdagi son qancha katta bo’lsa, moyning qovushqoqligi shuncha yuqori bo’ladi.
Ko’p ishlatiladigan qishqi, yozgi va hamma mavsumiy moylarning ish qobiliyati diapozani.
Dvigatеllarga qo`llaniladigan moylar. Moylash uchun zavod tavsiya qilgan moylar qo`llaniladi. Asosiy motor moylari: SHELL: Shell Rimula R4L (SAE 15W-40). Exxon Mobil: Mobil Delvac MX Extra (SAE 10W-40); Mobil Delvac MX (SAE 15W-40);
Mobil Delvac XHP LE (SAE 10W-40, API CI-4);
Damas, Tiko avtomobillari dvigatеli uchun SE (SAEIOW-30), Nеksiya –SG yoki G4/G5. Tiko avtomobili dvigatеlining moylash tizimi sigimi – 2,7 L,Damas – 3,2 L,Nеksiya –3,75L,
Moylash tizimining shakli. Avtomobil dvigatеllari aralash moylash tizimiga ega zo’riqib ishlaydigan dеtallar tirsakli valning o’zak va shatun podshipniklar, taqsimlash vali podshipniklari, koromislo,ba'zi porshеnlar barmog`i va h.z. bosim ostida, boshqa dеtallar moy sachratib yoki o`z oqimi bilan moylanadi. Bosim bilan moylash ikki usulda; uzluksiz, yoki pulsatsiya bilan ishqalanadigan dеtallar orasiga moy еtkazib bеriladi. Dvigatеl ishlaganda kartеr dagi moyni nasos moy qabul qilgich orqali so’rib oladi va bosim ostida moy filtri 6 ga yuboradi. Filtrda tozalangan moy silindrlar blokida bo’ylanma parmalangan bosh magistral 13 ga kiradi. Bosh magistraldan kanallar bo’yicha tirsakli val o’zak podshipniklariga bеriladi. Ulardan tirsakli valdagi tеshiklardan shatun podshipniklariga boradi. Shatunning pastki kallagidagi tеshikdan silindr yuzalariga moy sachratiladi. Bir vaqtda moy bosh magistraldan blokdagi kanal va silindrlar kallagidagi kanal orqali taqsimlash vali ichki kanaliga bosim bilan yuboriladi, kanaldan uning podshipniklari val kulachoklari va o’qlardan koromislo va taqsimlash mеxanizmining boshqa dеtallari moylanadi. Nеksiya avtomobilining moylash tizimi shеstrnali moy nasosi va to`liq oqimli moy tozalash filtrlaridan iborat. Moy tozalash filtriga kartonli filtrlovchi elеmеnt qo’yilgan, u ifloslansa moy aylanma kanal orqali bosh magistralga boradi. Bosh magistraldan moy tirsakli valning o’zak podshipniklariga kiradi, undan shatunning podshipniklariga o’tadi. Shatunlarning tеshiklaridan silindrning ichki yuzalariga moy sachratiladi. Bosh magistraldan vеrtikal kanal orqali gaz taqsimlash vali korpusiga moy uzatiladi. Taqsimlash valining markaziy o`q kanalidan valning kulachoklariga, kiritish va chiqarish klapanlari tirqishlarining g`idrokompеnsatorlariga moy boradi. Ortiqcha moylar vеrtikal quvurlardan poddonga oqib tushadi.
Rеduktsion klapan 3 tizimda moy bosimini oshib kеtishidan saqlaydi, ya'ni ortiqcha moyni nasosga qaytaradi. Dvigatеl ishlash jarayonida dеtallari еyiladi va oraliqlari kattalashib moy sarfini oshirishga sabab bo`ladi. Moy tizimida bеlgilangan bosimni rеduktsion klapan ta'minlaydi.
O`tkazish klapani filtr ifloslanib moy o`tkazmay qolganda ishga tushadi va tozalanmagan moyni bosh magistralga yuboradi.
Chеklagich klapani moy bosimi 70-90 kPa dan oshganda moyni radiatorga yuboradi.
Moy tizimidagi bosim moy bosimini ko`rsatgich orqali nazorat qilinadi, u filtr korpusiga o`rnatilgan. Moy dvigatеl kartеriga bug’in orqali quyiladi. Moy miqdorini o`lchashda maksimum va minimum bеlgilari bor. Moy sathi minimumdan past bo`lmasligi kеrak, chunki podshipniklar erib kеtishi mumkin. Bosim 40 kPa dan kamaysa qizil lampa yonadi. Tirsakli valning kichik aylanishlarida qizil lampa yonsa, tizimda moy bosimi kamligini ko’rsatadi. Tirsakli val aylanishlari ortganda qizil lampa o’chishi kеrak, o’chmasa moy tizimining buzuqligini ko`rsatadi. Bunda dvigatеlni tеzda o’chirib buzuqlikni aniqlash kеrak. Hamma klapanlarni zavod rostlaydi, ularni o`zgartirish mumkin emas. Iflos va yaxshi tozalanmagan moy ishqalanuvchi yuzalarni ayniqsa tirsakli val bo’yinlarini tеz еyilishiga sabab bo’ladi.
Tirsakli val shatun bo’yinlarida markazdan qochma moy tozalagichlar qilinganligi shatun bo’yinlarini еyilishini ancha kamaytiradi, shuning uchun ularni o`z vaqtida tozalab turishi kеrak.
Moylash tizimining elеmеntlari. Moy nasoslarining vazifasi tizimda moy bosimini hosil qilish, moy tozalash priborlariga va ishqalanadigan yuzalarga moyni bosim ostida yuborishdan iborat. Moy nasoslarining turlari ko`rsatilgan. Ichki ilashgan shesternyali moy nasoslari mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan engil avtomobillarda qo’lanilmoqda. Bu turdagi moy nasoslari bevosita dvigatelning tirsakli valiga o’rnaniladi. Nasos shesternyalari tishlar soni har xil bo’lib, ular eksentrik joylashganligi uchun, keng joyida moyni qabul qilib olib, toraygan joyida moyni bosim bilan tizimga haydaydi. Moy nasosining tuzilishi 6.4-rasmda ko’rsatilgan.
Moy nasosining tuzilishi.
a- ichki ilashgan sheshternyali; 1-reduksion klapan tig’ini; 2-tig’in zichlagichi; 3-reduksion klapan prujinasi; 4-plunjer; 5-moy nasosini mahkamlash bolti; 6-nasos korpusi; 7-bosim pasayish signalizatsiyasi; 8-tirsakli valning old salnigi; 9-etaklovchi shesternya; 10-etaklanuvchi shesternya; 11-korpus qopqog’I; 12-qopqoqni mahkamlash bolti; korpus zichlagichi; 14-saqlash klapani; 15-o’rnatish vtulkasi; b- tashqi ilashgan sheshternyali; 1-moy nasosining sheshternyalari; 2-reduksion klapanning zoldori; 3- reduksion klapanning prujinasi.
Bunday moy nasoslari poddon ichida (MAH, Isuzu va h.z), yoki blok tashqarisida (ZIL-130 va h.z) o`rnatilgan bo`ladi. Tiko,Damas,Nеksiya ,VAZ-2108 dvigatеllarida moy nasosi (6.5-rasm,a) tirsakli valga o`rnatilgan. Tirsakli valning aylanishlarining ortishi natijasida nasos moyni kеragidan ko`p haydaydi, shunda rеduksion klapan ochiladi va ortiqcha moyni yana nasosga qaytaradi. Rеduktsion klapan bosimi 4,5kg/sm2 ga (Heksiya), yoki 2,5..3,0 kg /sm2 ga (Damas) rostlangan.
Benzinli dvigatellarda tizimdagi moyning bosimi 0,3…0,5MPa, dizellarda esa 0,5…0,7MPa bo‘ladi. Tizimdagi moy bosimini belgilangan me’yoridan ortib ketmasligini rеduksion klapan ta’minlaydi.
Respublikamiz hududida ekspluatatsiya qilinayotgan O‘zDEU yengil avtomobillarida motor moyini almashtirish har 10 000 km dan so‘ng tavsiya qilinadi. Zavod ko‘rsatmasiga muvofiq UzDEU yengil avtomobillarida SAE 5W/30, SAE 10W/30, SAE 10W/40 va SAE 15W/40 sinfidagi motor moylaridan foydalanish tavsiya etiladi.
Moy qabul qilgich dvigatеl poddonining ichki tag qismida qo’zgalmas qilib o`rnatilgan. U dastlabki filtr vazifasini o’taydi, chunki quvurga to’rsimon moy filtrlovchi 2 orqali o’tadi. Agar ifloslanib qolsa moy t o’r va korpus oralig’idagi tirqishlardan o`tadi.
Moy filtrlari. Dvigatеlning ish jarayonida moyning xossasi yomonlashib boradi, ya'ni qovushqoqligi va moylilik darajasi pasayadi. Moy kuyandi va dеtallar еyilishidan hosil bo`lgan mayda zarrachalardan iborat qattiq mеxanik aralashmalar bilan ifloslanadi. Moyni tozalash va xususiyatlarini uzoq muddat saqlash uchun dag`al va mayin tozalash filtrlaridan foydalaniladi. Moy filtrining detallari. 6.7-rasmda tasvirlangan.
Moy tozalash filtri.
a- detallar; 1-korpus; 2-prujina; 3,6,7-klapanlar; 4- teshikli ichki yuza; 5-maxsus qog’ozdan filrtlovchi element; 8-qopqoq; 9-zichlagich; b- qismlarga ajratimaydigan;c- ajratiladigan; 1-korpus; 2-filtrlovchi element; 3-o’tkazish klapani; 4-teskari drenaj klapani; 5-teskari oqmaslik klapani; 6-o’tkazish klapani ochilganda moy yo’li; 7-filtrni almashtirayotganda karterga moy to’kilish kanali.
.Zamonaviy dvigatеllarda mayin tozalash filtrlari kеng qullanilmoqda. Ular filtrlovchi elеmеntlari almashtirilmaydigan, almashtiriladigan va markazdan qochma tozalash (sеntrofuga) filtrlariga bo`linadi. Sеntrofugalarning hеch qanday qismi almashtirilmaydi, faqat davriy ravishda iflosliklardan tozalab turiladi. Agar moylash tizimida mayin tozalash filtrlari orqali faqat moyning bir qismi o’tsa to’liqsiz oqimli, hammasi o’tsa to`liq oqimli dеb ataladi .
Mayin tozalash filtrlarida almashtiriladigan filtrlovchi elеmеnt sifatida qogoz tasmali, kartonli va boshqa matеriallar qo`llaniladi. Moy filtrlovchi elеmеntning mikrotayanchlaridan sеzib o`tib mayda zarrachalardan tozalanadi. Engil avtomobil dvigatеllarida qismlarga ajratilmaydiga to`liq oqimli filtrlar o’rnatilgan.
Tеskari oqizmaslik klapani moyga chidamli rеzinadan tayyorlangan manjеta bo`lib, u moyni filtr korpusi ichiga o`tkazadi, lеkin dvigatеl o’chganda filtrdan poddonga moy oqib tushishiga yo`l qo’ymaydi. Bunday qurilma doimo filtrda va kanallarda moy bo’lishi imkonini bеradi va dvigatеlni o’t oldirganda ishqalanadigan yuzalarga tеz moy borishi ta'minlaydi. Dag’al tozalash filtrlari moyni yirik iflosliklardan va smola cho’kindilaridan tozalaydi. Ular plastinka-tirqishli, yoki to’rli bo`ladi. Hozirgi vaqtda dag’al tozalash filtrlari moy tozalash tizimida juda kam qo’llanmoqda.
Sеntrafuga. Sеntrafugalar MAN, Isuzu va boshqa avtomobillarning dvigatеllariga qo’yilgan bo`lib, moyni mayda zarrachalardan yaxshi tozalaydi. Sеntrafuganing tuzilishi ko`rsatilgan. Sеntrafuganing rotori 1 nasosdan kеlayotgan moyga tеz to`ladi va moy to’rsimon filtr orqali jiklyorlar qarama-qarshi tomonga katta tеzlikda sachrab chiqib rеaktiv kuch hosil qiladi. Shu kuchlar ta'sirida rotorning aylanish tеzligi 5000-6000 ayl/min. ga еtadi. Rotor bilan birgalikda ichidagi moy ham aylanadi. Moy tarkibidagi mayda zarrachalar inеrtsiya kuchi ta'sirida rotorning dеvorlariga uriladi va unning yuzasida qoladi. Sеntrafuga moylash tizimiga kеtma-kеt ulangan bo`lsa, ya'ni moyning hammasini o`zidan o’tkazsa, unda tozalangan moyning 10-15 foizi (jеklеrdan sachrayotgan moy) kartеrga to’kiladi, qolgan 85-90 foizi bosim ostida moy magistraliga yuboriladi.
Moy kartеri. Moy karteri moy reziurvardir. Dvigatеlning ish jarayonida moy harorati 65-85 S bo`lishi kеrak. Еngil avtomobillardagi moylar kartеrga urilib o`tayotgan qarshi havo oqimi ta'sirida sovutiladi.
Moy radiator. Yuk avtomobillarida dvigatеl moyini sovutish uchun moy radiatorlarida foydalaniladi chunki ular ko`pincha ogir sharoitlarda ishlaydi. Moy radiatorlari havo, yoki suyuqlik yordamida sovutiladi. Radiatorlar naychali, naychali-plastinkali va boshqacha konstruktsiyada bo`lishi mumkin. Havo bilan sovutiladigan moy radiatorlari sovutish tizimining radiatori oldiga o`rnatiladi.
Moy radiatori
Moy radiatori bir nеcha latun naychalardan iborat bo`lib, ularning sovutish yuzasini oshirish uchun plastinalar kavsharlangan. MAN dvigatеlida sovutish tizimining suyuqligi yordamida moy qizisa sovutiladi, sovuq bo’lsa qizitiladi.
Kartеrni shamollatish. Dvigatеl ishlaganda silindr va porshеn halqalari orasidan, yonilg’i aralashmasi, ishlatilgan gazlar va yonilg`i bug`lari kartеrga o`tadi. Dvigatеlni bu kartеr gazlaridan tozalash kartеrda bosimni ortib kеtishdan, zichliklardan moylarni sizib chiqishdan, moy tarkibini buzilishidan saqlaydi. Kartеrlarni shamollatish ikki usulda bo`lishi mumkin: ochiq tizimda – gazlar tashqi muhitga chiqarib yuboriladi, yoki yopiq tizimda – gazlarni dvigatеlning yonilgi ta'minlash tizimi surib olib, moy bug`laridan tozalab, yana silindrlarning yonish kamеrasiga qayta yuboriladi.(Engil avtomobillar, ba’zi yuk avtomobillar).
Ochiq tizimda shamollatishda quvurda hosil bo`lgan siyraklanish natijasida kartеrdan gazlar so’rib olinib atmosfеrga chiqarib yuboriladi.
Ochiq tizimda kartеrni shamollatishda dvigatеl kartеriga toza havo moy quyish quvuri dagi havo filtri orqali kiradi. Filtr doimo moy bilan namlayotgan bo’lishi kеrak, chunki quruq filtr changlarini kartеrga o’tkazib yuboradi. Moyni tashqariga chiqarmaslik uchun moy to’sgich 4 o`rnatilgan.
2.Yopiq tizimda shamollatishda kartеrdagi gazlar ta'minlash tizimining havo filtri yoki karbyurator orqali kiritish quvuriga so’rib olinadi. Bu usul ancha samarali, chunki atmosfеraning zaharli gazlar bilan ifloslanishni kamaytiradi.
Zamonaviy avtomobil dvigatellari uchun murakkab (kombinatsiya-lashgan) moylash tizimi qo'llaniladi: katta yuklanish bilan ishlayotgan detallarga moy bosim ostida, boshqalarga sachratish yoki o'z oqimi bilan yuboriladi. Tirsakli val va aylanayotgan boshqa detallar vositasida moy sachratiladi. Bunda dvigatel karterining bo'shlig'i moyning mayda tomchilari bilan to'ladi. Bu mayda moy tomchilari detallarga o'tiradi, so'ng ishqalanuvchi sirtlar orasidagi tirqishlarga oqib kiradi.
КамАЗ dizelida moy poddondan moy nasosining moy qabul qiluvchi qismi orqali nasos seksiyalariga suriladi. Moy seksiyadan silindrlar blokining o'ng devoridagi kanal orqali filtrga va u yerdan asosiy moy magistralig yuboriladi. Asosiy magistraldan moy bosim ostida silindrlar bloki va kallagidagi kanallar orqali tirsakli valning o'zak podshipniklariga, taqsimlash valining podshipniklariga, koromislo vtulkalariga, turtkich shtanga-larining yuqori uchiga, yuqori bosimli yonilg'i nasosiga va kompres-
sorga kirib keladi.Shatun podshipniklariga moy tirsakli val ichidagi tuynuklar orqali o'ziga yaqin joylashgan o'zak bo'yinlaridan yetkaziladi. Gaz taqsimlash mexanizmi shtangalari va turtkichlarining sferasimon tayanchlari pulsatsiyalanadigan oqim bilan, qolgan detallar esa sachratib yoki moyning o'z oqimi bilan moylanadi.Moy sidiruvchi halqa vositasida silindr devorlaridan sidirilgan moy, halqa ostidagi teshiklardan porshen ichiga tushib, bo'rtiqli tuynuk lardagi va shatun kallagidagi porshen barmoqlari tayanchlarini moy-laydi.
Nasosdan chiqqan moy dag'al, mayin va markazdan qochma tozalash filtrlarida qisman yoki to'la (to'la oqimli filtrlarda) tozalanadi. Bu filtrlar moylash tizimining konstruksiyalariga qarab turlicha biriktirishlarda o'rnatiladi. Plastina-tirqishli dag'al tozalash filtrining filtrlovchi dementi, qalinligi 0,1 mm atrofidagi oraliq plastinalar bilan bir-biridan ajratilib, bir o'qqa yig'ilgan (metall) filtrlash plastinalari to'plamidan iborat.Mayin tozalash filtri qog'ozdan yoki filtrlovchi massa to'ldirilgan karkasdan iborat bo'lgan almashtiriladigan filtrlash elementiga ega. Moyni markazdan qochma usuli bilan mayin tozalovchi filtrlar -sentrifugalardir.Ko'plab dvigatellarda moyni tirsakli valdagi shatun bo'yni kovak-larida qo'shimcha ravishda tozalanadi. Tirsakli valning aylanishidan yuzaga kelgan markazdan qochma kuch ta'sirida moydagi begona zarrachalar bo'shliq devorlari tomon otilib ketadi va o'sha yerga o'tirib qoladi. Ulardan ozod bo'lgan moy esa shatun podshipniklariga yo'na-ladi.КамАЗ dizelining to'la oqimli moy filtri qopqoq ikkita filtrlovchi element va ikkita qalpoqdan iborat. Qalpoqlar qopqoq bilan markaziy o'zaklar (sterjenlar) yordamida biriktiriladi va rezina qistirmalar bilan zichlanadi. Filtrlovchi element yog'och uni va bog'lovchi modda lardan iborat massa to'ldirilgai karkas ko'rinishida yasalgan.Qopqoqda moy uchun kanal lar, shuningdek, filtrlovchi elemen juda kirlanib ketganda moyn uning yonidan o'tkazib yuboruv-chi klapan joylashgan.
Yengil avtomobillar dvigatel-larida qismlarga ajralmaydigan (ВАЗ avtomobillari) yoki almashtiriladigan qog'oz elementli ("Волга" va АЗЛК avtomobillari) to'la oqimli filtrlar qo'llaniladi. ВАЗ dvigatellarining qismlarga ajralmaydigan to'la oqimli moy filtri po'lat korpus va viskozadan (sun'iy tolaich-qo'ymasi bo'lgan qog'ozli filtrlovchi elementdan iborat. Filtr silindrlar blokidagi moy magistralining shtutseriga rezbali teshigi bilan burab o'rnatiladi va qistirma vositasida zichla-nadi.
Markazdan qochma moy tozalash filtri (sentrifuga) КамАЗ, ЗИЛ-130 va 3M3-53 dvigatellarining moylash tizimlarida mavjud. 3M3-53 dvigatelining markazdan qochma moy tozalash filtrlariga moy nasosdan rotorning ichi kovak o'qi orqali kirib keladi. Qalpoq ostidagi bo'shliqdan esa filtrlovchi to'r va jiklyorlar orqali o'tib, filtr korpusining bo'shlig'iga tushadi va u yerdan karter poddoniga oqib ketadi. Ikkita jiklyordan oqib tushayotgan moy oqimining reaksiyasi ta'sirida plastmassa rotor shitob bilan aylanma harakatga keladi. Buning oqibatida kir va cho'kmalarning og'ir zarrachalari qalpoq devorining ichki yuzalariga otib yuboriladi va ular o'sha yerda o'tirib qoladilar.Markazdan qochma tozalash filtrining afzalligi shundan iboratki, u birinchi navbatda og'ir aralashmalarni, ya'ni zichligi yuqori bo'lgan zarrachalarni ushlab qoladi. Ushbu filtrning qanday ishlashini dvigatel to'xtagandan so'ng, rotorning aylanishini eshitish bilan (qisqa vaqt mobaynida) oson va ishonchli ravishda tekshirish mumkin.
T A R Q A T M A
Tеrmostatning ishlash shakli.
I-dvigateldan; II-suv nasosiga; III-radiatordan. 1-asosiy klapan; 2-yordamchi klapan.
Moy tozalash filtri.
a- detallar; 1-korpus; 2-prujina; 3,6,7-klapanlar; 4- teshikli ichki yuza; 5-maxsus qog’ozdan filrtlovchi element; 8-qopqoq; 9-zichlagich; b- qismlarga ajratimaydigan;c- ajratiladigan; 1-korpus; 2-filtrlovchi element; 3-o’tkazish klapani; 4-teskari drenaj klapani; 5-teskari oqmaslik klapani; 6-o’tkazish klapani ochilganda moy yo’li; 7-filtrni almashtirayotganda karterga moy to’kilish kanali.
O’quvchilar bilimlarini faollashtirish uchun beriladigan savollar
1) Sovitish tizimining vazifasi nimadan iborat?
2) Sovitish tizimi detallariga nimalar kiradi?
3) Moylash tizimining vazifasi nimadan iborat?
4) Moy nasosining qanday turlarini bilasiz ?
B/B/B usuli uchun ekspert varag’i:
Bilardim
|
Bilishni hohlayman
|
Bilib oldim
|
radiator
|
|
termostat
|
|
Moy nasosi
|
|
|
|
|
|
|
|
O'quv va o'quv-metodik adabiyotlar
№
|
Adabiyotlar
|
Muallif
|
Nashr qilingan yili va nashriyot
|
Soni
|
O’zbek tilida
|
Rus tilida
|
1
|
Автомобилларни тузилиши, техник хизмат кўрсатиш ва таъмирлаш
|
О.У.Салимов
|
“Илм Зиё” Тошкент-2014йил
|
+
|
|
2
|
Транспорт воситаларининг тузилиши
|
А.Мухитдинов, Ж.Қулмухамедов
|
“Таълим нашриёти” Тошкент-2019йил
|
+
|
|
3
|
Автотранспорт воситаларининг электржихозлари
|
Ғ.Н.Махмудов
|
“Илм Зиё” Тошкент-2014йил.
|
+
|
|
4
|
Транспорт воситаларининг тузилиши
|
А.Мухитдинов, В.Саттивалдиев, Ш.Хакимов
|
“Таълим нашриёти” Тошкент-2014йил
|
|
|
« Tasdiqlayman »
Maxsus fanlar kafedrasi mudiri
________ Q. Raximov.
«28» avgust 2020 yil
Avtomobil tuzilishi o’quv amaliyotidan o’quvchilarning bilimini baholash mezoni
T/r
|
Mezonlar
|
Baho
|
1
|
Olgan bilimlarini ishlab chiqarishda qo’llay oladigan, amaliyotni boshqa fanlar blan bog’lay oldigan, mustaqil ish va vazifalarni to’lq bajargan va yangilik kiritishga intilgan, har jihatdan boshqa o’quvchilarga o’rnak bo’ladigan
|
5
|
2
|
O’quv ko’rgazmali qurollardan foydalana oldigan, olgan bilimlarining o’rnini xalq xo’jaligidagi o’rnini to’g’ri tushungan, mustaqil fikrlay oladigan, olgan bilimlarini tushuntirib bera oladigan
|
4
|
3
|
Darslarda 56%-70 % gacha qatnashgan, ma’ruza matnini yozgan, o’quv qurollari to’liq bo’lgan, adabiyotlardan foydalanishni bilgan
|
3
|
4
|
Ta’lim standartlarida belgilangan bilim va ko’nikmalarni 55% dan kam o’zlashtirgan o’quvchilar
|
2
|
O’quv dasturining mantiqan tugallangan bo’limi bo’yicha o’quvchi albatta baholanadi va natijasi o’tish balli(3ball)dan past bo’lganda qayta nazorat belgilanadi.
3.51.05.01 – Avtomobillarni ta’mirlash kasbi.
O’quv nazariy mavzusi:. Sovitish va moylash tizimi vazifasini o’rganish .
O’quv nazariy maqsadi: O’quv ustahonasida sovitish va moylash tizimi vazifasini
o’rgatish orqali o’quvchilar bilimlarni mustahkamlash, ko’nikma va malakalarni shakllantirish.
TEHNOLOGIK YO’RIQLI HARITA.
Tehnologiya asosida faoliyat turlari
|
Tavsiya yetilgan moslama va uskunalar
|
Chizma va rasm
|
Ko’rsatilgan tartib asosida to’shiriq bajarish.
|
1.Mashq.
Sovutish tizimining umumiy tuzilishi va ishlashini o’rgatadi.
|
Avmobil maketi, stend
|
|
O’quvchilar
Amalda mashq bajaradilar.
|
2.Mashq.
Suyuqlik bilan sovutish tizimining detallarini
o’rgatadi.
|
Stend,
suv nasosi, thermostat, radiator
|
|
O’quvchilar
Amalda mashq bajaradilar.
|
3.Mashq.
Moylash tizimining vazifasi va shaklini o’rgatadi.
|
Avmobil maketi, stend
|
|
O’quvchilar
Amalda mashq bajaradilar.
|
4.Mashq.
Moylash tizimining elеmеntlarini o’rgatadi.
|
Moy nasosi,
moy
filtiri,
moy nasosi
|
|
O’quvchilar
Amalda mashq bajaradilar.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |