Kasb hunar maktabi "tasdiqlayman"


“TASDIQLAYMAN” Ishlab chiqarish ta’limi ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari:_____Z.Ibragimov



Download 31,74 Mb.
bet88/89
Sana25.01.2022
Hajmi31,74 Mb.
#410097
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   89
Bog'liq
Dniyarov Ulugbek

“TASDIQLAYMAN” Ishlab chiqarish ta’limi ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari:_____Z.Ibragimov





Guruhlar


1-20

2-20

3-20



















Dars o’tiladigan sana





























9 Mavzu (nomi) Ta'minlash tizimini tashxislash

O‘quv mashg‘ulotining o‘qitish texnologiyasi modeli

Vaqt: 80 daqiqa

Ta’lim oluvchilar soni 26 ta

O‘quv mashg‘uloti shakli va turi

Nazariy mashg’ulot.

O‘quv mashg‘uloti rejasi


1.Ta’minlash tizimining tuzulishi

2.Dizildagi ta’minlash tizimining asboblari

3.Yonilg’I bakida ko’p uchraydigan nuxsonlar





O‘quv mashg‘ulotining maqsadi: Ta'minlash tizimini tashxislash to‘g‘risidagi bilim (ko‘nikma)larni shakllantirish (mustahkamlash).

O‘qitish natijasi

Ushbu mavzuni o‘zlashtirish natijasida o‘quvchida shakllanadigan asosiy bilim, ko‘nikma yoki kompetensiyalar.

Pedagogik vazifalar
1. Ta’minlash tizimining tuzulishi ma’lumot berish.

2. Dizildagi ta’minlash tizimining asboblari

bilan tanishtirish.

3. Yonilg’I bakida ko’p uchraydigan nuxsonlar haqida tushuncha berish.


O‘quv faoliyat natijalari;
1. Ta’minlash tizimining tuzulishi ma’lumotga ega bo’ladi.

2. Dizildagi ta’minlash tizimining asboblari bilan tanishadi.

3. Yonilg’I bakida ko’p uchraydigan nuxsonlar

haqida tushunchaga ega bo’ladi








O‘qitish metodlari

Kichik axborotli/ ma’ruza/ hikoya/ tushuntirish/ ko‘rsatma berish/ namoyish. Ko‘rsatish/ video usul/ kitob bilan ishlash/ insert/ mashq/ suhbat/ baxs/ aqliy xujum ta’limiy o‘yin/ piibord va boshqalar (quyidagilardan maqsadga ko‘ra tanlab olinadi).

O‘qitish vositalari

Matnlar, yozuv taxtasi, slaydlar, proektor, kompyuter, diaproektor, flipchart, videofilm grafikli organizatorlar, model, mulyajlar, chizma, grafiklar, diagrammalar, namunalar, ekspert varag‘i, yo‘riqnoma, elektron yo‘riqnoma.

O‘quv faoliyatini tashkil etish shakli

jamoaviy, guruhli, juftlikda, yakka tartibda

O‘qitish sharoiti

Maxsus texnik vositalar bilan jihozlangan guruhlarda ishlashga mo‘ljallangan xona

Qayta aloqaning usul va vositalari

Tezkor-so‘rov, savol-javob, test, misol va mashqlar, bajarilgan o‘quv topshiriqlarni baholash

O‘quv mashgulotining texnologik xaritasi


Ish

bosqichlari va vaqti

Faoliyat mazmuni

O'qituvchi

Ta’lim oluvchi

1-Uquv mashg‘ulotiga kirish (5daq.)

Tashkiliy kism:

  1. O’quvchilar bilan salomlashadi.

  2. O‘quvchilarni mashg‘ulotga tayyorgarligi va davomatini tekshiradi



Mashg‘ulotga

tayyorlanadilar

2-bosqich.

Asosiy

(65daq.)

Tayanch bilimlarni faollashtirish:

  1. Uyga berilgan vazifani nazorat qiladi hamda o‘tilgan mavzu bo‘yicha o‘quvchilarga savollar beradi, ularni baholaydi.

Maqsad va vazifani belgilanishi:

  1. Mashg‘ulotning nomi, rejasi, maqsad va o‘qitish natijalar bilan tanishtiradi.

  2. Mustaqil ishlash uchun adabiyotlar bilan tanishtiradi;

  3. O‘quv mashg‘ulotida o‘quv ishlarni baholash mezoni va ko‘rsatkichlari bilan tanishtiradi.

Ta’lim oluvchilar bilimini faollashtirish:

  1. Tezkor - so‘rov, savol - javob, aqliy xujum, pinbord, “o‘ylang va juftlikda fikr almashing”, va boshqa texnikalar orqali bilimlarni faollashtiradi.

Yangi o‘quv material bayoni:

  1. Nazariy mashg‘ulotning rejasi va tuzilishiga muvofiq, o‘qitish jarayonini tashkil etish bo‘yicha harakatlar tartibini bayon etadi. Asosiy xolatlarni yozdiradi;

  2. Slaydlarni Power Point tartibida namoyish va sharhlash bilan mavzu bo‘yicha asosiy nazariy holatlarni bayon qiladi.

YAngi o‘quv materialini mustahkamlash:

  1. Mustahkamlash uchun savollar beradi. Jarayon kichik guruhlarda davom etishini ma’lum qiladi;

  2. Kichik guruhlarga bo‘ladi, kichik guruhda ishlash qoidasi bilan tanishtiradi har bir guruhga topshiriq beradi va baholash mezoni bilan tanishtiradi. Ishni bajarish yo‘riqnomasini beradi.

  3. Guruhlarda ishlarni boshlashga ruxsat beradi. Har bir kichik guruh ishtirokchisi vazifani bajarish tartibini tushunganligini aniqlash maqsadida qaytar aloqa o‘tkazadi.

Bajarish jarayonini kuzatadi, maslaxatlar beradi.

  1. Ishga ajratilgan vaqt tugaganini ma’lum qiladi, guruhlar taqdimotini tashkil etadi.

Guruh a’zolariga diqqat bilan eshitishlarini va savollar berishlarini, shu bilan birga o‘zaro bir-birlarini baholashlarini eslatadi. Javoblarni to‘ldiradi va qisqacha xulosalar qiladi;

12. Guruhlar ishini o‘zaro baholashni o‘tkazadi, mavzuning har bir qismi bo‘yicha xulosalar qiladi, eng asosiylariga e’tibor qaratadi, berilayotgan ma’lumotlarni daftarga qayd etishlarini eslatadi. Mavzuning kasbiy faoliyatlaridagi ahamiyati bilan bog‘lab mavzuni yakunlaydi.

Uy vazifasini taqdim etadilar. Savollarga javob beradilar.
Mavzu nomi va rejasini yozib oladilar.

Diqqat qiladilar.


Savollarga javob beradilar.

Yozib oladilar.
Diqqat qiladilar.

Savollarga javob beradilar.

Topshiriqni bajaradilar.

Kichik guruhlarga bo‘linadilar.

Kichik guruhda ishlash qoidasi bilan tanishadilar.

Xar bir guruh o‘z topshiriq varaklari bo‘yicha faoliyatini boshlaydi.

Har bir guruh sardorlari chiqib o‘z ishlarini taqdim qilishlarini aytadi. Berilgan qo‘shimcha savollarga javob beradilar.

Guruh ish natijalarini o‘zaro baholaydilar. Ma’lumotlarni daftarga qayd qiladilar.

3-bosqich Yakuniy (10 daq.)

Mashgulot yakuni:

  1. Faol ishtirok etgan o‘quvchilarni javoblarini izohlab baholaydi va ragbatlantiradi.

Uyga vazifani berilishi:

  1. Kelgusi mashgulotga vazifa va uni bajarish yuzasidan yo‘riqnoma beradi.

Baholari bilan tanishadilar.

Topshiriqni yozib oladilar.

Mavzu:Ta'minlash tizimini tashxislash
Dizellarning ta’minlash tizimi silindrga yonilgMni yuqori bosimda purkalishini amalga oshirishi, yonilg‘i miqdorini dizelning yuklanishiga qarab mos ravishda taqsimlashi, berilgan vaqt oralig‘i mobaynida belgilangan jadallik bilan aniq bir paytda yonilg’ini yonish kamerasiga purkashni boshlashi. yonilg‘ini yonish kamerasining hajmi bo‘yicha bir tekis taqsimlashi va yaxshi to‘zitilishi, nasosda yuborilayotgan yonilg‘i miqdori va ularni purkashni boshlanishi, barcha silindrlarda bir xilda bo'lishini ta’minlash, yonilg‘ini nasos va forsunkaga kirishidan oldin ishonchli filtrlashi kerak.Bu talablar shundan kelib chiqadiki, dizelda aralashma hosil bolishiga juda oz vaqt ajratilgan (0,001 soniya atrofida), shuning uchun yonilg‘ini juda mayda tomchilarga to‘zitib yuborish va yonish kamerasiga ularni havoning butun hajmi bo-ylab bir tekis taqsimlash juda muhim.



kамАЗ-740 dizelining yonilg‘i haydovchi nasosi (10) dag‘al tozalash filtri (4) va mayin tozalash filtri (18) orqali bakdan (1) yonilg‘ini so‘rib oladi (6.1-chizma). Past bosimli yonilgi naychalari (2,7,11 va 13) orqali yonilg‘i silindrlar qatori oralig‘ida joylashgan yuqori bosimli nasosga (12) kirib keladi. Dizel silindrlarini ishlash tartibiga binoan, nasos (12), yonilg‘ini yuqori bosimli yonilg‘i naychalari (8) orqali forsunkalarga (6) yuboradi. Silindrlar kallagida joylashgan forsunkalar yonil- g‘ini yonish kamerasiga to‘zg‘itib purkaydi. Yonilg‘i haydovchi nasos (10), yuqori bosimli nasosga (12) yonilglni dizel ishlashi uchun zarur bo‘lgan miq- dordan ko‘ra ko‘proq haydaydi. Shuning uchun ortiqcha yonilg‘i va u bilan birga, tizimga kirib qolgan havo nasos (12) va mayin tozalash filtridan drenaj naychalar (17, 20) orqali yonilg‘i bakiga qaytarib yuboriladi. To‘zg‘itgich korpusi va forsunka ninasi orasidagi tirqishdan o‘tib ketgan yonilg‘i esa (5, 15 va 21) yonilg‘i naychalari orqali bakka qaytib quyiladi.КамАЗ avtomobilining 125, 170 yoki 250 1 hajmdagi yonilg’i baki germetik yopiladiganqopqoqqa va to‘r-filtrli qo‘zg‘aluvchan quvur bilan jihozlangan yonilg’i quyish bo’g’ziga ega. Bakning pastki qismida esa cho’kmalarni to’kish uchun jo’mrak bor. Yonilg’i sathini bakda joylashgan reostat datchikdan signal qabul qiluvchi ko’rsatkichga qarab nazorat qilish mumkin.КамАЗ avtomobilining dag’al tozalash filtri (tindirgich) avtomobil ramasining chap tomoniga o’rnatilgan bo’lib, u yonilg’ini dastlabki tozalovdan o’tkazadi. Filtr (6.2-chizma) korpus (7), stakan (2), to’r- filtr (4), tinchlantirgich (3) va qaytargichlardan (5) tashkil topgan. Filtrni zichlash uchun korpus va stakan orasiga halqa qo’yiladi. Stakanning(2) ostki qismiga to’kish tiqini (1) joylashtirilgan. Yonilg’i bakdan filtrga kirish shtutseri orqali kirib keladi va stakanga oqib tushadi. Yirik begona zarrachalar va suv stakanning pastki qismida yig’iladi. Stakanning yuqori qismidan yonilg’i to’r-filtr (4) va chiqish shtutseri orqali yonilg’i haydash nasosiga o’tib ketadi.Mayin tozalash filtri (6.3-chizma) yonilg‘ini yuqori bosimli nasosga kirishidan oldin uzil-kesil tozalaydi. U tizimga kirib qolgan havoni yig‘ib bir qism yonilgN bilan birga, maxsus klapan-jiklyor (10) orqali bakka jo‘natib yuborish uchun ta’minlash tizimining eng yuqori nuqta- siga o‘rnatilgan. КамАЗ avtomobilining filtri umumiy korpusga (1) ega bo‘lgan ikkita seksiyadan iborat. Har bir seksiyada qalpoq (6) va unga payvandlangan o‘zak (9) hamda qog‘ozli filtrlash elementi (5) mavjud.

0‘zakka past tomondan to‘qish tiqini (8) qotirilgan. Qalpoqlar korpusga bolt (2) yordamida mahkamlanib, shayba (3) bilan zichlangan. Filtrda 0,15 MPa bosimga rostlangan to‘kish klapani bor.Klapan klapan tiqini ichida joylashgan rostlash shaybalarini tanlab rostlanadi. Filtrning ajraluvchi sirtlari qistirmalar bilan zichlangan. Yuqori bosimli nasos va forsunkalar orasidagi yuqori (20 MPa dan ortiq) bosimli yonilg‘i naychalari po'lat trubkalardan tayyorlangan. Ularning uchlari konus shaklida boMib, forsunkalar va nasos shtutserlarining konussimon uyalariga, shaybalar qo‘yib, tashlama gaykalar yordamida





qotirilgan. Yonilg‘i naychalari tebranish (vibratsiya) tufayli sinib ketmasligi uchun skoba va kronshteynlar bilan mahkamlab qo‘yilgan.

Yuqori bosimli yonilgN nasosi yonilg‘ini dvigatel silindrlariga (forsunkalar orqali) talab etiladigan miqdorda va belgilangan vaqt mobaynida yuborish uchun mo‘ljallangan. Ushbu nasos dizelning ta’minlash tizimidagi eng murakkab uzel hisoblanadi.КамАЗ-740 dizelining yonilg‘i nasosi (6.4-chizma) dvigatel silindrlari soniga muvofiq ravishda sakkizta bir xil seksiyalardan tashkil topgan. Seksiya - korpus (1), plunjer vtulkasi (9), plunjer (6), buriluvchi vtulka(4) hamda shtutser (12) bilan plunjer vtulkasiga siqib qo‘yilgan haydash klapanlaridan (11) iborat. Plunjer, val mushtchalari va prujina (5) ta’sirida ilgarilanma-qaytma harakat qiladi.Plunjer pastga tomon (prujina ta’siri ostida) harakatlanganda vtulka bo‘shlig‘ida siyraklanish hosil bo‘ladi (6.5-chizma) va kiritish darchasi (3) ochilishi bilan (6.5-chizma,a) vtulka bo‘shlig‘i yonilg‘iga to‘ladi. Plunjer yuqoriga (mushtcha ta’siri ostida) harakatlanganda kiritish darchasi yopilib, plunjerning tepa tomonida yonilg‘ining bosimi ko‘tarilib ketadi va haydash klapani ochilib, u orqali yonilg‘i, yuqori bosimli naychalarga yuboriladi (6.5-chizma, b). Vtulka bilan plunjer orasidagi minimal tirqish bir mikrometr atrofida bo‘lib, yonilg‘ini haydash bosimi 20 MPa dan ortiq bo'ladi. Plunjerning qiya qirrasi (4), uzib qo‘yuvchi darchani (1) ochishi bilan, plunjer vtulkasidagi yonilg‘i bosimi keskin pasayadi va haydash klapani (2) prujina ta’sirida tez yopiladi, yonilg‘i yuborish to‘xtaydi. Hali bu paytda, plunjerning yuqoriga harakati davom etadi, uning ta’sirida siqilgan yonilg‘i, plunjerdagi o‘q bo‘ylab (5) va radial parmalangan teshiklar orqali, plunjer o‘yiqlarini aylanib o’tib, uzib qo’yish darchasidan chiqib ketadi (6.5-chizma, d).Yuqori bosimli yonilg’i nasosi seksiyasidan forsunkalarga yuborilayotgan yonilg’ining miqdori, tishli reyka (8) (6.4-chizmaga qarang), vtulka (4) va ularni bog’lovchi tortqi yordamida, plunjerning burilishi hisobiga rostlanadi. Ikkala tishli reyka, yonilg’i yuborishni boshqarish pedali yoki tirsakli valni aylanish chastotasini rostlagich ta’siri ostida nasos korpusi bo’ylab siljiydi.Plunjerning burilish burchagiga bog’liq ravishda plunjer, yonilg’i kirish darchasini (3) yopishidan to o’zining qiya qirrasi (4) bilan uzib


qo'yish darchasini (1) ochgunga qadar, uning bosib o'tgan masofasi o'zgarib turadi (6.5-chizma, d). Natijada purkash davomiyligi va o'z navbatida silindrga yuborilayotgan yonilg'i miqdori ham o'zgaradi.Dvigatelni to'xtatish uchun unga yonilg'i yuborishni to'xtatish kerak. Shu maqsadda plunjer reyka yordamida shunday holatga qo'yiladiki, plunjerdagi radial teshik uzib qo'yish darchasiga qarab turadi. Ushbu holatda, plunjer yuqoriga qarab harakatlanganda plunjer tepasidagi barcha yonilg'i bo'ylama teshik (5) va plunjer o'yiqlari orqali uzib qo'yish darchasidan (1) chiqib ketadi va bak tomon ravona bo'ladi, silindrga yonilg'i yuborilmaydi.




Yonilg’ bilan ta'minlash tizimi (8.1-rasm) yonilg`ini saqlash, uzatish va tozalash, havoni tozalash va uzatish, dvigatеllarning har xil rеjimlari uchun yonilg`i aralashmasining kеrakli aralashmasini tayyorlab bеrish va ishlatilgan gazlarni atmosfеraga chiqarib yuborishdan iborat.




8.1-rasm. . Karbyuratorli dvigatеllarning yonilg’i ta'minlash tizimi.

1-yonilg’ini tazalash mayin filtri; 2-yonilg’I nasosi; 4-karbyurator; 5-chiqarish kollektoridan issiqlik kiritish shlangi; 6-sovuq havo quvuri; 7-termoregulyator; 8-havo filtri korpusi; 9-karter gazlari quvuri; 10-havo to’sma qopqog’I trosi; 12- havo to’sma qopqog’Ini boshqarish tutqichi; 13-yonilg’ baki shlangi; 14, 15-separator shlangi; 16-separator; 17-yonilgi qabul qilgich va va sathini ko’rsatgich; 18- yonilg’i baki; 19-drossel pedal; 20-yonilg’i quvuri; 21- yonilg’i to’kish quvuri; 22-teskari klapan; 23-ko’ndalang tortqi.

Yonilg`ini saqlash, uzatish va tozalash priborlariga yonilg`i baki 18, yonilg`i miqdorini ko`rsatkich 17, yonilg`i quvurlari 14,15,20, filtr 1 va yonilg`i nasosi 2 kiradi.

Havoni tozalash va uzatish quruq, yoki moyli filtrli havo tozalagich bilan amalga oshiriladi.

Yonilg`i aralashmasini tayyorlash maxsus priborda-karbyuratorda bajariladi, ishlatilgan gazlarni chiqarish uchun quvur va shovqin sundirgich bor.



Ishlash printsipi. Tirsakli val aylanganda yonilg`i nasosi 5 (8.2-rasm) yonilg`ini bak 1 dan quvur 3 orqali so’rib, dag’al filtr 4 va mayin filtr 6 orqali karbyurator 7 ga etkazib bеradi. Dvigatel porshеni pastga harakatlanganda karbyuratorning qalqi bo’linmasidan yonilg`i purkagich orqali sachrab chiqadi. Havo tozalagich 8 dan esa toza havo so’riladi.



8.2-rasm. Karbyuratorli dvigatеlning ta'minlash tizimining ishlashi.

1-yonilg`i baki; 2-kran; 3- yonilg`i quvursi; 4-dag’al tozalash filtri; 5- yonilg`i nasosi; 6-mayin tozalash filtri; 7-karbyurator; 8- havo filtri; 9-dvigatel aylanishlarini cheklagich; 10-dvigatel 11-shovqin so’ndirgich; 12-gaz taqsimlash vali.

Karbyuratorning aralashtirish kamеrasida havo oqimi yonilg`ini sochib, u bilan aralashadi va yonilg`i aralashmasi hosil bo`ladi. Yonilg`i aralashmasi quvur va ochilgan kiritish klapani orqali silindrga kiradi. (kiritish takti), kеyin siqiladi (siqish takti) va yonadi (yonish takti). Chiqarish klapani 11 ochiladi va yonishdan hosil bo`lgan gazlar quvur va shovqin so’ndirgich 11 orqali atmosfеraga chiqib kеtadi.(chiqarish takti).



8.2.Yonuvchi aralashma va uni tayorlash.

Bеnzinlar. Avtomobil dvigatеllari (gazballonli va dizеllardan tashqari) bеnzinda ishlaydi. Sanoatda A-72, A-76, AI93, AI-98 bеnzinlarni ishlab chiqarilmoqda. Bu bеlgilarda A harfi avtomobil bеnzini ekanligini, raqamlar esa oktan sonini, I harfi esa oktan soni tadqiqot usulda aniqlanganligini bildiradi. Oktan soni bеnzinning dеtonatsiyaga (notеkis zarbali yonishga) chidamliligini ko`rsatadi, ya'ni oktan soni qanchalik yuqori bo`lsa, dеtonatsiyaga moilligi shunchalik oz bo`ladi, bu esa mos holda siqish darajasini oshirish yo`li bilan dvigatеlning quvvati va samaradorligining oshirish imkonini bеradi.

Dеtonatsiya – dvigatеl silindridagi yonilg`ini ba'zi qismlarining portlab tovush tеzligidan katta tеzlikda (2000 m/s gacha) notеkis yonishi. Dеtonatsiyada kuchli to`lqin bosimi paydo bo`ladi va dеtallarni tеbratadi.

Dvigatеllarni dеtonatsiyali ishlashiga yo`l qo’ymaslik kеrak, chunki porshеn, porshеn barmog’i, shatun va uzak podshipniklar zarbali kuch ta'sirida ishlaydi, dеtallarning ba'zi qismlari qiziydi, porshеn va klapanlar kuyadi, dvigatеl quvvati pasayadi va yonilg`i sarfi oshadi. Dеtonatsiyaga asosan yonilg’i navini notog’ri tanlash sabab bo`ladi.

Dvigatеl ishlayotgan vaqtida dеtonatsiya paydo bo’lishiga oktan sonidan tashqari ekspluatatsion omillar ham ta'sir ko’rsatadi: dvigatеlning me’yordan ortiq qizishi; tirsakli valning kichik aylanishlarida katta yuklanish bo`lishi, o`t oldirish noto`g`ri (oldin) o`rnatilganligi va h.z.

Dеtonatsiyani kеltirib chiqaradigan konstruktsion omillar: yonish kamеrasi shakli; o`t oldirish svеchalarining joylashuvi; silindr diamеtri va asosiysi – siqish darajasi.




Download 31,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish