Foydalanilgan adabiyotlar:
1. O`zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi qonuni .1997 y.
2. O`zbekiston Respublikasi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” T.1997
3. “Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo`yilgan Davlat talablari” O`zRXTB. MMXQTMORO`MM 2012
4. “Bolajon” tayanch dasturi. Toshkent. O`zRXTB. MMXQTMORO`MM. 2012 yil.
“ZIYO-Net”
Kollejning VEB sayti www.quqonped.zn.uz.
3-mavzu: O’quvchilarni to’g’ri talaffuzga o’rgatish va ifodali o’qish ustida ishlash.
Reja:
O’quvchilarni to’g’ri talaffuz qilish va ifodali o’qishni mashq qilish.
She’r ertak va hikoyalarni o’qib yoki hikoya qilib berish jarayonida aniq diksiyaga, ifodali o’qish vositalariga urg’uni to’g’ri qo’ya olish, pauza, ovoz toni va tempiga rioya qilish.
Tayanch iboralar: Talaffuz, urg’u, pauza, ovoz toni, temp, buklet.
Tilshunoslik bolalar nutqini kattalar nutqiga taqlid qilish yo’li bilan isbotlab berdi. Tarbiyachining nutqi ona tilini endigina o’rganayotgan bolalar uchun namuna va ularga ta’sir etish vositasidir. Bolalar hali tajribalari yo’qligi , nutqlari yaxshi rivojlanmaganligi sababli kattalar nutqidagi yaxshi jihatlari ham , yomon tomoniga ham bir hilda taqlid qilaveradilar.
Tarbiyachi har doim o’z nutqiga tanqidiy nuqtai nazardan qarashi , agar nutqida biror kamchiligkni sezsa, uni darhol bartaraf etishga harakat qilishi lozim.
Tarbiyachi nutqiga qo’yiladigan asosiy talablar quyodagilardir:
Nutq tovush tomonining to’griligi. Agar tarbiyachining nutqi aniq bo’lsa, jumlalarni, so’zlarni va harbir tovushni aniq talaffuz etsa, bolalar ona tilining tovush tomonini muvaffaqiyatli o’zlashtira oladilar.
Ko’p hollarda, ayrim tarbiyaachilar tovushlarni noaniq talaffuz etadilar, so’zning tarkibidagi ayrim tovushlarni tushirib keytadilar, tovushlar o’rnini almashtiradilar.
Adabiy til normalariga muvofiq tog’ri talaffuz. Tarbiyachi adabiy til normalariga amal qilish, o’z nutqida turli mahalliy so’zlarni ishlatmasligi, so’z urg’ularini to’g’ri ishlatishi lozim.
Nutqning intonatsion – ifodaviy vositaridan to’gri foydalanish. Nutqda fikrlar, his – tuyg’ularni aniq ifoda etish lozim. Bunga faqat so’zlar yordamidagina emas, balki nutqning intonatsion – ifodaviy vositalaridan: ovoz kuchi,temp, to’xtam, ritm, urg’u va h.k.lardan foydalanish orqali erishiladi.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
Bolalarda nutqni o’stirish uchun nimalarga e’tibor berish zarur.
Bolaning ertakni hikaya qilib berishda talaffuzning ahamiyati nimada?
Do'stlaringiz bilan baham: |