Ishda masofadan turib bo'lish MMNP-81, TDIU REJA: 1. MASOFADAN ISHLASH TUSHUNCHASI 4. O’ZBEKISTON SHAROITI 6. XULOSA MАSOFАDАN ISHLАSH Аmalda ish faoliyati kompyuter bilan bevosita bogʼliq boʼlgan kasblar, yaʼni ishi yozish-chizishdan iborat boʼlgan, qilingan ish natijasini elektron vositalar orqali uzatish imkoniga ega boʼlganlar masofadan ishlash usulidan foydalanib kelishmoqda. IJOBIY TOMONLARI Oila bag’rida ko’proq vaqt o’tkazish Ortiqcha sarf-xarajatlarni qisqarishi Ikkala tomonning vaqti tejalishi MISOLLАR Quyida bularga bir qancha misollar koʼrishimiz mumkin: - Birinchidan, xodim oʼz yashash joyida ortiqcha sarf-xarajatlarsiz ish faoliyatini olib boradi.
- Ikkinchidan, ikki tomonning ham vaqti tejaladi, uni toʼgʼri taqsimlash imkoniyati paydo boʼladi, qolaversa xodim oʼz ustida ishlashi, kitob mutolaa qilishi mumkin.
- Uchinchidan, xodim oʼz oilasi bagʼrida koʼproq vaqt oʼtkazadi, bu esa, hech shubhasiz, er-xotin, ota-ona va farzandlarning oʼzaro munosabatlari yaxshilanishiga sabab boʼladi.
- Shu bilan birga, xodim oʼz uyida ish faoliyatini olib borar ekan, bu u ishlaydigan idoradagi sarf-xarajatlarning iqtisod qilinishiga ham olib keladi. Elektr energiyasi, xodim oʼtiradigan xona uchun ijara toʼlovi va boshqa kommunatsiya xarajatlari oʼz-oʼzidan qisqaradi.
Shuning uchun boʼlsa kerakki, dunyoga mashhur Twitter kompaniyasi 2020-yilda oʼz xodimlarining bir umr uyda ishlashiga ruxsat berdi. Buning sababi oddiy: pandemiya tufayli xodimlar oʼz uylarida ishlay boshlagan, ish esa yanada samaraliroq boʼlgan. Qolaversa, xodimlarning ofislarga kelmagani ham moddiy resurslar iqtisod qilinishiga zamin yaratgani shubhasiz.
TWITTER MISOLIDA
O’ZBEKISTON SHAROITI
Oʼzbekiston sharoitida masofaviy ish usulining yaxshi tomonlari bilan bir qatorda ayrim noqulay jihatlari yoʼq emas. Bu aloqa sifatining hamma joyda ham talabga javob bermasligi, ba’zi hollarda esa internet tariflarining qimmatligi bilan bogʼliq.
SALBIY JIHATLARI Qolaversa, faqat uyda ishlash xodimlarda jamoa ichida oʼzini tutish va muloqot etikasi keskin kamayib ketishiga olib kelishi mumkin. Masofaviy ishlash, ayniqsa, yosh kadrlar uchun qiyinchilik tugʼdirishi turgan gap. Tashkilotda ular tajribali xodimlardan bevosita oʼrganishi mumkin boʼlgan jihatlarni oʼrgana olmaydi. Bu esa ularning yetuk xodim boʼlib shakllanishi, tajriba orttirishini maʼlum maʼnoda cheklaydi. XULOSA Demak, masofaviy ishlashning yaxshi tomonlari koʼp, yomon jihati ham bor. Lekin kutilmagan pandemiya sharoiti boʼlib qolganda bunday ishlash uslubi zaruratga aylanishini amalda koʼrdik. RAHMAT! Rixsimov Sunnatilla MMNP-81 TDIU
Manbaa uza.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |