Kafedrasi yuldasheva aziza isamiddinovna


Sug‘urta mukofotlarining sug‘urta qoplamalari uchun yo‘naltirish



Download 390,84 Kb.
bet12/17
Sana14.06.2022
Hajmi390,84 Kb.
#667888
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Ozbekiston sugurta bozorini davlat tomonidan tartibga va takomillashtirish muammolari Yuldasheva BMI uz aeed3-конвертирован

Sug‘urta mukofotlarining sug‘urta qoplamalari uchun yo‘naltirish


ko‘rsatkichlari32



Yillar



Sug‘urta mukofotlari (mln.so‘m)



Sug‘urta qoplamalari (mln.so‘m)

Mukofotga nisbatan qoplama (foiz hisobida)

O‘sish yoki kamayish (foiz hisobida)

2006

49 700,0

6 900,0

13,9

+2,6

2007

73 600,0

8 700,0

11,8

-2,1

2008

88 000,0

15 500,0

17,6

+5,8

2009

146 130,0

20 700,0

14,2

-3,4

2010

175 500,0

27 600,0

15,7

+1,5

2011

231 600,0

45 100,0

19,5

+3,8

2012

286 000,0

46 006,0

16,1

-3,4

2013

338 480,0

66 920,0

19,7

+3,6

2014

439 134,1

74 632,6

17

-2,7

Aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan sug‘urta mukofotlarining barqaror o‘sishi qayd etilgan bo‘lsada 1 743,85 so‘mdan 14 165,6 gacha, sug‘urta mukofotlarining jismoniy hajmi juda kam bo‘lib, uni mukofotlarning jahon amaliyotida tan olinadigan eng kam miqdori bilan taqqoslab bo‘lmaydi.


Mustaqil ekspertlarning baholashicha, respublikamizda hozirgi vaqtda ehtimoliy sug‘urta ob’ektlarining 1 foizdan kami sug‘urta qilingan, iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda esa bu ko‘rsatkich 90-95 foizni tashkil qiladi. Bundan tashqari, sug‘urtalovchilar taklif qilayotgan sug‘urta xizmatlarining doirasi kam, buni esa xorijiy sug‘urtalovchilar taklifi bilan solishtirilganda etarlicha rivojlanmagan, bu ham mamlakatimiz sug‘urta bozorining rivojlanishiga to‘sqinlik qilmoqda.





32 Давлат суғурта назорат инспекциясининг йиллик маълумотлари асосида муаллиф томонидан тузилган.
Biroq, hozirgi vaqtda O‘zbekiston sug‘urta bozorida sifat jihatidan ijobiy o‘zgarishlar ham ko‘zga tashlanmoqda. Ular asosan sug‘urta bozorining rivojlanishidagi bo‘lg‘usi sifatli o‘zgarishlarining asosi hisoblangan uning institutsional bazasining rivojlanishi bilan bog‘liq. Institutsional o‘zgarishlar: sug‘urta kompaniyalarining yiriklashuvi, sug‘urta faoliyatini o‘zini-o‘zi boshqarish jarayonining vujudga kelishi (Sug‘urta bozori professional ishtirokchilari Uyushmasi), davlat nazorati tizimining rivojlanishi kabi tendensiyalarni tavsiflaydi.
Sug‘urta sohasining jadal rivojlanish yo‘liga o‘tishi, avalambor, mintaqaviy sug‘urta tuzilmalarini rivojlantirish istiqbollari, yangi sug‘urta shu jumladan, internet – sug‘urtaning rivojlanishi va boshqaruv texnologiyalari bo‘lgan jarayonli yondashuv, kompyuter texnologiyalari asosida ishlab turgan sug‘urta kompaniyalari faoliyati samaradorligi, korporativ boshqaruv samaradorligining oshishi, kadrlar tarkibi sifatining yaxshilanishi, shuningdek sug‘urta bozorida raqobatning rivojlanishi bilan bog‘liq.
Sug‘urta bozorining barqaror rivojlanishi uchun menejmentning yangi sifati, kompaniyalarning iqtisodiyotdagi o‘zgarishlarga tezda moslashishi qobiliyatlari bilan bog‘liq o‘zgarishlar ham muhim hisoblanadi. Bunda boshqaruvni takomillashtirish jarayoni kompaniyalar faoliyati samaradorligi ko‘rsatkichlarining ishlab chiqilgan tizimiga asoslanishi kerak, ularning eng asosiylari sug‘urta xizmatlarining sifati bilan bog‘liq ko‘rsatkichlari bo‘lishi mumkin.
Sug‘urta kompaniyalari o‘z faoliyati va rivojlanishining turli sharoitlari tufayli namunaviy boshqaruv yondashuvlaridan foydalana olmaydi. Biroq, u yoki bu kompaniyani boshqarishga nisbatan umumiy yondashuv boshqaruvning iste’molchilar ehtiyojlariga, menejmentga nisbatan tizimli yondashuvga, jarayonli yondashuvdan imkon qadar ko‘proq foydalanishga, xodimlarni strategik vazifalarni hal etishga faol jalb qilishga e’tiborni kuchaytirish bilan bog‘liq menejment falsafasiga asoslanishi kerak.
Raqobat sharoitlarini takomillashtirish O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, ijroiya hokimiyat organlari, sug‘urtalovchilar jamiyatlari va Savdo- sanoat palatasi tomonidan hal etiladigan ko‘p qirrali vazifa hisoblanadi. Sug‘urta bozorida sog‘lom raqobat muhitining shakllanishi monopoliyaga qarshi qonunchilikni yanada takomillashtirilishi bilan ham, davlat sug‘urta kompaniyalarini xususiylashtirish jarayonlari bilan ham bog‘liq. Sug‘urta bozorida faoliyat yuritishning teng huquqli sharoitlari sug‘urta xizmatlari sifatining yaxshilanishiga, ular ruyxatining kengayishi va narxining pasayishiga, sug‘urta kompaniyalarining ichki va tashqi bozorlardagi raqobatbardoshligini oshishiga ko‘mak beradi.
Sug‘urta huquqi rivojlangan tizimining shakllanishi sug‘urta operatsiyalari huquqiy bazasining yangi modelini tuzishni, sug‘urta qildiruvchilar va sug‘urtalovchilar huquqlarini himoya qilishni, sug‘urta faoliyati ishtirokchilarining iste’molchilar manfaatlari bilan bog‘liq faoliyatini faollashtirish uchun yangi imkoniyatlarni yaratishni nazarda tutadi.
Ochiq axborot muhitini ta’minlash sug‘urta hisobotlarining xalqaro standartlarini milliy sug‘urta bozorining amaliyotiga uyg‘unlashtirish chora- tadbirlari majmuini nazarda tutadi. Sug‘urta statistikasining strategik prognoz qilish va anderrayting faoliyatining sifatini, sug‘urta bozorining ishtirokchilari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning to‘liqligini ta’minlovchi kengaytirilgan tizimini tashkil etish zarur.
Majburiy sug‘urta tizimining rivojlanishi uning yangi turlarini paydo bo‘lishi bilan ham, sug‘urta sub’ektlarining kengayishi bilan ham bog‘liq. Majburiy sug‘urta tizimi bo‘yicha sug‘urta mukofotlarining miqdori taxminan kamida uch marta oshirilishi kerak, bu esa birinchi galda, davlat ulushiga ega bo‘lgan sug‘urtalovchilarni kapitallashtirishning kamida 2 marta oshishini ta’minlaydi, shuningdek birgalikda sug‘urta qilishda sug‘urta resurslarini birlashtirish siyosatini amalga oshirish uchun sharoit yaratish imkonini beradi. Hozirgi sug‘urta bozorida majburiy sug‘urtaning yangi mahsulotlari paydo
bo‘lishi sug‘urta sohasi ekstensiv o‘sishining chorasi bo‘lsada, respublikamizda sug‘urta rivojlanishining hozirgi bosqichida ushbu chora mamlakatimiz sug‘urta kompaniyalarining resurs bazasini va ijtimoiy qaltisliklarning sug‘urta ta’minotini oshirish uchun zarur. Bunda davlatning majburiy sug‘urtani rivojlantirishdagi ishtirokidan asosiy maqsad majburiy sug‘urta va uning amalga oshirilishini nazorat qilish va tartibga solish tizimining samarali faoliyat yuritishi tamoyillarini shakllantirish va rivojlantirishdan iborat bo‘lishi kerak.
Ixtiyoriy sug‘urta. Sug‘urtaning ixtiyoriy turlari yaqin va uzoq istiqbolda sug‘urta sohasining asosiga aylanishi lozim. Aholi daromadlarini oshirish imkoniyatlarini hisobga olgan holda, asosiy e’tibor hayotni uzoq muddatli sug‘urtalash tizimini rivojlantirishga qaratilishi kerak. Sug‘urtaning ushbu turi uzoq muddatli investitsiya resurslarining manbalari hisoblanadigan mablag‘larni jalb qilishda alohida rol o‘ynaydi. Ixtiyoriy shaxsiy sug‘urta ijtimoiy kafolatlar rolini pasaytiruvchi vosita bo‘libgina qolmasdan uni o‘rnini bosishi ham mumkin. Sug‘urta kompaniyalarining yorqin va ishonchli brendlarini shakllantirish bo‘yicha bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirish, sug‘urtaning afzalliklari, shu jumladan bank depozitlariga nisbatan uning ustunliklari to‘g‘risida doimiy ravishda tushuntirish ishlarini olib borish zarur.
Aholining tug‘ilishining yuqori sur’atlari saqlanib qolinayotgan sharoitda pensiya tizimi ijtimoiy yo‘naltirilganligining hozirgi darajasini saqlab turishda muntazam sug‘urta to‘lovlarini pensiyalar va annuitetlarni sug‘urta qilish orqali ta’minlagan holda, hayotni sug‘urta qilish turlarini rivojlantirish alohida ahamiyat kasb etadi. Ijtimoiy vazifalarni hal etishga yo‘naltirilgan ixtiyoriy sug‘urta turlari uy-joy, sog‘liqni saqlash, pensiya ta’minotiga bo‘lgan ehtiyojlarning qondirilganlik darajasi bilan belgilanadi. Xususan, sug‘urtaning yangi turlari: uy-joy qurilishi va uy-joyning but saqlanishi, tibbiy sug‘urta, pensiyalarning jamg‘arilib boriladigan qismi, ta’lim, shuningdek oilaviy tantanalar, to‘ylar, farzand tug‘ilishi, pasport olishi kabi yangi sug‘urta turlarini paydo bo‘lishiga turtki beriladi.
Bir qaltislikning bir necha sug‘urta kompaniyasi tomonidan birgalikda sug‘urta qilinishi, ya’ni sug‘urta puli yoki sug‘urta sherikchiligi orqali sug‘urtaga yirik va yangi qaltisliklarni qabul qilish imkonini beradi. Sug‘urta va qayta sug‘urta qilish pullaridan majburiy sug‘urtaning yangi turlarini ham, ixtiyoriy sug‘urta turlarini ham qaltisliklarini qabul qilish uchun foydalanish mumkin.
Qayta sug‘urta qilish sug‘urta kompaniyalarining moliyaviy barqarorligi va to‘lov qobiliyati darajasini oshirish vositasi bo‘lib, u mazkur kompaniya uchun yuqori qaltisliklarni qabul qilish borasida qo‘shimcha imkoniyatlar beradi. Qayta sug‘urta qilish chet el investorlari, qo‘shma korxonalar hamda iqtisodiyotning real sektoridagi yirik ob’ektlarning faoliyati bilan bog‘liq sohalarda o‘z rolini saqlab qolishi kerak. Biroq, chet elga topshirilayotgan qayta sug‘urta qilish operatsiyalarining hajmi milliy qayta sug‘urta kompaniyalari faoliyatining va sug‘urta pullari aylanmasini faollashuvi hisobiga kamaytirilsa bo‘ladi.
Sug‘urta tarmog‘i infratuzilmasining rivojlanishi sug‘urta qilinishi lozim bo‘lgan ob’ektlar va qaltisliklarni, sug‘urta hodisasi yuzaga kelishi natijasida etkazilgan zarar miqdorini aniq baholash zarurati bilan bog‘liq. Sug‘urta xizmatlari sifatining yaxshilanishi va iste’molchilarga sug‘urta xizmatlarining ko‘rsatilishi aktuariylar, sug‘urta vositachilari, sug‘urta brokerlari, syurveyerlar, avariya komissarlari, adjasterlar kabi sug‘urta bozori ishtirokchilarning rolini kuchaytiradi.
Sug‘urta amaliyotida aktuar hisob-kitoblarning qo‘llanishi sug‘urta mukofotlarini to‘g‘ri hisoblash va sug‘urta zahiralarini shakllantirish imkonini bergan holda, moliyaviy natijalarning ob’ektiv tahlil qilinishini ta’minlaydi. Aktuar nazorat to‘lov qobiliyati va buxgalteriya hisobini yuritish standartlariga nisbatan zamonaviy xalqaro yondashuvga asos qilib olingan. Aktuariyning o‘rni va rolini aniqlash, aktuar baholash tizimi, ushbu kasb mutaxassislarini tayyorlashga nisbatan yondashuvlarni ishlab chiqish sug‘urta hamjamiyati va davlat tomonidan alohida e’tibor qaratiladigan masalaga aylanishi kerak.
Milliy sug‘urta bozorining eng muhim vazifasi – aholi bilan ishlovchi sug‘urta vositachilarining sonini keskin oshirishdan iborat. Davlat tomonidan iqtisodiy rag‘batlantirish ular faoliyatini resurslar bilan qo‘llab – quvvatlash uchun soliq va boshqa imtiyozlarning berilishi orqali amalga oshiriladi.
Sug‘urta ishi ishtirokchilarining sug‘urta madaniyatini va moliyaviy savodxonligini oshirish. Sug‘urta xizmatlari iste’molchilarini sug‘urta kompaniyalarining moliyaviy ahvoli, ular tomonidan taqdim etiladigan xizmatlar to‘g‘risidagi to‘liq va ishonchli ma’lumot bilan ta’minlash, aholining sug‘urtaga bo‘lgan ishonchini oshirish maqsadida:

  • sug‘urtalovchilar bo‘yicha birlashtirilgan bazani yaratish;

  • sug‘urta qoidalarini, sug‘urta tariflari bo‘yicha ma’lumotlarni, sug‘urta shartnomalarini tuzish va sug‘urta to‘lovlarini amalga oshirish tartibi bo‘yicha tushuntirishlarni, sug‘urtalovchilar reytinglarini chop etishning majburiy qoidasini joriy etish zarur.

Bunda sug‘urta bozori ishtirokchilarining moliyaviy savodxonligini va sug‘urta madaniyatini yanada oshirish eng muhim vazifalar jumlasiga kiradi.
YUqorida keltirilgan qoidalarni amalga oshirilishi natijasida O‘zbekistonda sug‘urta bozorining yanada rivojlanishi ro‘y beradi. Sug‘urtaning ayrim turlarini rivojlantirish, davlat organlarining sug‘urta kompaniyalari bilan sug‘urtani rivojlantirishning umumiy vazifalarni hal etish borasidagi o‘zaro hamkorligi samaradorligini oshirish hisobidan shartnomalar soni, sug‘urta mukofotlari hajmining yanada oshishi yuz beradi.
Sug‘urta mukofotlari hajmlarining ortishi sug‘urtalovchilarga respublikamiz iqtisodiyotiga moliyaviy mablag‘larni investitsiya qilish manbai bo‘lib xizmat qiluvchi qo‘shimcha moliyaviy mablag‘larni jamlash imkonini beradi. Sug‘urtalovchilar majburiyatlari hajmining ortishi, raqobatning keskinlashuvi sug‘urta kompaniyalari ustav jamg‘armalari hajmini oshirish zarurligini taqozo etadi.
Sug‘urta qildiruvchilarning sug‘urta kompaniyalarining faoliyati haqida xabardorligini oshirish, korxona va tashkilotlar rahbarlari, aholining sug‘urta
madaniyati darajasini tobora oshirish sug‘urta tizimida moliyaviy mablag‘lar hajmining oshishiga, fuqarolar va yuridik shaxslarning keng doirasiga sug‘urta himoyasining taqdim etilishiga ko‘maklashadi.
1994 yilning dekabr oyida O‘zbekiston Jahon Savdo Tashkilotining to‘la huquqli a’zosiga aylanish uchun murojaatnoma topshirdi. 1994 yilning 21 dekabridagi Jahon Savdo Tashkilotining Bosh kengashida O‘zbekistonning murojaati ijobiy tarzda ko‘rib chiqildi va O‘zbekistonni tashkilotga a’zoligiga tayyorlash uchun ishchi guruhi tuzish haqida qaror qabul qilindi. Oradan 4 yil o‘tib 1998 yilning sentyabr oyida O‘zbekistonning tashqi savdosi tizimi haqida Jahon Savdo Tashkilotining (JST) kundalik tashkiliy-ijrochilik ishlarini olib boruvchi bo‘limida rasmiy taqdimoti bo‘lib o‘tdi, taqdimotda tashkilotga a’zo bo‘lish zamirida chiqarilayotgan qonun va qonunchilik xujjatlaridan nusxalar taqdim etildi. O‘zbekistonning JST ga a’zo bo‘lishiga tayyorlash uchun tashkil qilingan ishchi guruhning birinchi yig‘ilishi Jenevada 2002 yilning 17 iyulida bo‘lib o‘tdi. Ishchi guruhining yig‘ilishida JSTga a’zo bo‘lish zamirida O‘zbekiston tomonidan ijtimoiy-iqtisodiy masalalar rivojlanishi va holati haqida ma’ruza qilindi. Mamlakatimizni JSTga a’zo bo‘lish fikrini tashkilotning doimiy a’zolaridan bo‘lgan 14 mamlakat qo‘llab quvvatladi. Bu ishchi guruhning ikkinchi yig‘ilishi 2004 yilning 29 iyunida, uchinchi yig‘ilishi 2005 yilning oktyabr oylarida o‘tkazildi. Har bir yig‘ilishda o‘tgan yig‘ilishlardan keyin mamlakatimizga nisbatan berilgan savollarga javoblar e’lon qilindi. Uchinchi uchrashuvda O‘zbekiston tomonidan chet el tadbirkorlarini mamlakatimizning xizmatlar bozoriga kirishi uchun o‘ziga xos narxlar majmui va takliflari taqdim qilindi.
Mamlakatimizda JST ga a’zo bo‘lish bilan bir qatorda, respublikamiz uchun qulay sharoitlarni yaratish yo‘lida muntazam ishlar olib borilmoqda, shulardan:
Tashkilotga a’zo bo‘lish jarayonining tizimli asosi yaratildi: Idoralaro komissiya va JST bilan aloqa qiladigan kichik kengash tashkil qilindi, JSTning barcha asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha ishchi guruhlari tashkil qilindi;
Milliy qonunchiligimizni JST ning kelishuv nizomlari bilan bosqichma- bosqich moslashtirish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda;
Doimiy tarzda tashkilotga a’zo bo‘lish jarayonida qatnashayotgan davlat xizmatchilarini malakasini oshirish bo‘yicha jarayon amalga oshirilmoqda;
JST kundalik tashkiliy-ijrochilik ishlarini olib boruvchi bo‘limiga a’zo bo‘lish uchun zarur bo‘lgan barcha tashkiliy-huquqiy xujjatlar muntazam tarzda taqdim etib turilmoqda.
Barcha rasmiyatchiliklar tugagandan so‘ng, O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi jarayoni yaqqol ko‘zga ko‘rinib qoladi. Bundan 15 yillar muqaddam tashkilotga a’zolik jarayoni mamlakatimizdagi Sug‘urta faoliyati ishtirokchilarini haddan tashqari tashvishlantirgan edi. Bunda asosan kichik sug‘urta kompaniyalari O‘zbekistonga kirib keladigan chet el sug‘urta kompaniyalari bilan raqobatdan chuchishgan edi, chunki mahalliy sug‘urta kompaniyalarimiz sug‘urta bozoridagi o‘rnini shundoq ham arang ushlab turishgan edi. Lekin shu o‘tgan davr ichida kichik sug‘urta kompaniyalarimiz o‘z moliyaviy mavqelarini ancha tiklab olishdi, ayrimlari kichik sug‘urta kompaniyalardan o‘rta va yirik sug‘urta kompaniyalariga ham aylanishga ulgurishdi. Bu orada bozorda paydo bo‘lgan chet el investitsiyalari ishtirokidagi sug‘urta kompaniyalari bilan bo‘layotgan raqobat ham mamlakatimizni JST ga a’zo bo‘lganidan so‘ng kirib keladigan xorij sug‘urta kompaniyalari filiallari bilan bo‘ladigan raqobat muhitiga ancha tayyor qilib qo‘ydi. Hozirda respublikamizda xorij sug‘urta kompaniyalari o‘z investitsiyalari bilan sug‘urta kompaniyalar faoliyatida ishtirok etishlari mumkin, lekin Bosh kompaniya boshqa mamlakatda bo‘lib turib o‘z filiallarini ochishlari mumkin emas. JST ga a’zo bo‘lganimizdan so‘ng xorij sug‘urta kompaniyalari filiallariga bizning bozorga yo‘l ochiladi. SHuning uchun O‘zbekiston hukumati JST ga a’zo bo‘lishni global iqtisodiy tizimga integratsiyalashish yo‘lida muhim qadam deb hisoblaydi. Ayni paytda JSTga a’zo bo‘lish birinchi navbatda O‘zbekiston iqtisodiyoti manfaatlari uchun xizmat qilishi, mahalliy sug‘urta kompaniyalari manfaatlarini bug‘ib qo‘ymasligi, aholini bandligiga, bojxona siyosatiga salbiy
ta’sir ko‘rsatmasligi darkor. Mamlakatimiz tashkilotga a’zolik faqatgina a’zo bo‘lish uchun emas, balki iqtisodiyotimizni rivojlantirishga turtki bo‘lishi uchun har bir qadamni chuqur o‘ylab, ro‘y berishi mumkin bo‘lgan oqibatlarini taroziga qo‘yib harakat qilmoqda.
Davlat nazoratini sug‘urtada ishtirokini ikkita modelini ajratib ko‘rsatish mumkin. Birinchi modelda davlat xorijga qayta sug‘urtaga uzatilayotgan risklarni va mablag‘larni nazorat qiladi, ikkinchi modelda – davlat o‘z xududiga norezident sug‘urta kompaniyalarini kirib kelishini cheklab qo‘yadi va bu jarayonda qayta sug‘urtaga uzatilayotgan risklarni umuman nazorat qilmaydi. Xususan davlatni qayta sug‘urtaga uzatilayotgan risklarni nazorat qilmasligida respublikadan katta miqdorda valyuta oqimlari chiqib ketishiga olib keladi.
YUqoridagi tahlillarimizdan ko‘rib o‘tdiki mamlakat iqtisodiyotida O‘zbekiston sug‘urta bozori salmoqli o‘rinni egallamaydi. Sanoati rivojlangan mamlakatlarda YAIM da sug‘urtaning ulushi 8-10 foiz darajada, Evropada 5 foiz, Rossiyada 3 foiz bo‘lib turgan bir paytda respublikamizda bu ko‘rsatkich 0,3 foizdan oshmaydi. Tahlilchilarning fikricha JST ning shartlari bilan xorijiy sug‘urta kompaniyalariga sug‘urta bozorimizga keng yo‘l ochib bersak bu holat milliy sug‘urta bozoriga og‘riqsiz bo‘ladi. YAqin besh yilda O‘zbekiston YAIM da sug‘urtani ulushini kamida 3 foizga oshirishiga turtki bo‘ladi.
SHunday bo‘lgan taqdirda ham O‘zbekiston JST ga a’zo bo‘lganda sug‘urta faoliyati ishtirokchilariga salbiy holatni keltirib chiqaradigan hech qanday holat yuz bermaydi. Birinchidan, O‘zbekiston sug‘urta bozori xorij sug‘urta kompaniyalari uchun shu vaqtgacha ham doim ochiq bo‘lgan. Ikkinchidan, xorij sug‘urta kompaniyalarining filiallari haqiqatdan ham bozorga kirib kela boshlasa, ularga nisbatan ayrim talablar qo‘yiladi, masalan, soliq to‘lash bo‘yicha talablar, zahiralarni shakllantirish, o‘zlik kapitalini va nizom jamg‘armasini shakllantirish bo‘yicha talablar shular jumlasidandir. Bu talablarni hech qanday ajablanarli joyi yo‘q, chunki chet el mamlakatlari xududida xorij sug‘urta kompaniyalari filiallari faoliyat yuritsa soliq to‘lashlari,
bosh kompaniya ruyxatdan o‘tgan mamlakatda emas shu mamlakat xududida zahiralarni shakllantirishlari zarur.
Tashkilotga a’zolik e’lon qilingandan so‘ng shak-shubhasiz ayrim sug‘urta qonunlariga o‘zgartirishlar kiritish lozim bo‘ladi. Jumladan «Sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonun»ga, vaholanki sug‘urta bozorining huquqiy muomalalarida yangi ishtirokchi «xorij sug‘urta kompaniyasi filiali» paydo bo‘ladi, hozirda qonunchiligimizda bunday ishtirokchining harakatlari haqida hech narsa ko‘zda tutilmagan. Mamlakatimiz xududida paydo bo‘ladigan xorijiy yangi sug‘urta ishtirokchilariga qonunchilik bilan biriktirilgan holda keng yo‘l ochib berilishi zarur.
Ayni paytda O‘zbekiston JST ga a’zo bo‘lganda sug‘urta bozoriga kirib kela boshlagan xorijiy ishtirokchilar bilan mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan sug‘urta kompaniyalardan 10 tasi raqobatlasha olishi mumkin, qolganlari esa davlatning qo‘llab quvvatlashiga muxtoj bo‘ladi.
JST ga a’zo bo‘lganda O‘zbekiston sug‘urta bozori uchun ustunlik va kamchiliklarini keltirib o‘tamiz, jumladan ustunliklari:

  • kapitalizatsiya darajasini ortishi va xorijiy investorlarni kirib kelishi bilan milliy sug‘urta bozorini ko‘lamini kengayishi;

  • sug‘urta tizimini rivojlantirishga chet el investitsiyalarini jalb qilish imkoniyatini oshishi;

  • sotishning zamonaviy texnologiyalari «nou-xau»ning kirib kelishi;

  • sug‘urta xizmatlarini sifatini ko‘tarilishi, taqdim etilayotgan sug‘urta xizmatlarida to‘xtalishlarni kamayishi;

  • milliy bozorda raqobatni kuchayishi va mahalliy ishtirokchilarni faoliyatini jadallashtirib yuborishi;

Kamchiliklari esa qo‘yidagilardan iborat:

  • valyuta zahiralarini qayta sug‘urta operatsiyalari ko‘rinishida xorijga chiqib ketishi;

  • sug‘urta orqali ichki investitsion zahiralarni katta qismini xalqaro moliyaviy bozorga chiqib ketishi;

  • sug‘urta zahiralari va investitsion kapitalni ustidan milliy nazoratni yo‘qotilishi;

  • yirik xorijiy sug‘urta kompaniyalarining kirib kelishi bilan sug‘urta xizmatlari narxida narxlarning tushib ketishi kuzatilishi, bu esa milliy bozordagi ayrim ishtirokchilarni nochor ahvolga tushirib qo‘yishi mumkin;

  • xalqaro moliyaviy bozordagi o‘zgarishlar va spekulyativ operatsiyalarga yuqori darajada ta’sirchan bo‘lib qolishi;

  • mahalliy kompaniyalarda band bo‘lgan boshqaruv va ishchi xodimlarni xorij kompaniyalariga ko‘chib o‘tishi.




    1. Download 390,84 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish