Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari



Download 0,87 Mb.
Sana11.06.2022
Hajmi0,87 Mb.
#655516
Bog'liq
Mustaqil ish 07-20

GEOAXBOROT TIZIMINING ILMIY ASOSLARI

O’zMU huzuridagi Shahrisabz Geodeziya va ekologiya texnikumi 07-20-guruh talabasi Qurbonov Xonnazarning Geoaxborot fanidan

MUSTAQIL ISHI.

Qishloq xo’jaliklari mahsulotlari yetishtiruvchi subyektlar uchun ma’lumotlar tizimi.Yer- axborot bazasini yaratish.

Reja:

  • Yer-axborot bazasini yaratish modeli.
  • Yer hisobini yuritish bo‘yicha ma’lumotlar tizimi.
  • Yer baholash ma’lumotlari.

Ma’lumki, hozirgi globallashuv davrida barcha iqtisodiyot tarmoqlari
qatori agrar sohada ham tezkor yer-axborot bazasini yaratish va undan samarali
foydalanish masalasi dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Respublikamiz
miqyosida qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanadigan yerdan foydalanuvchi
subyektlarning soni, maydoni, tuproq sifati, ijtimoiy – iqtisodiy, ekologik va
tashkiliy tizimlar hamda resurslar ta’minotining muttasil o‘zgarib borishi
jarayonida yer-axborot bazasini yaratish va uni amaliyotda qo‘llash zaruriyati
tug‘ilmoqda.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari etishtiruvchi yerdan
foydalanuvchi subyektlarga oid yer-axborot bazasini yaratishda quyidagi bloklar
(tarkibiy qismlar)dan foydalanishni maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz:
1. Yerdan foydalanishga oid huquqiy hujjatlar tizimi.
2. Yer hisobini yuritish bo‘yicha ma’lumotlar tizimi.
3. Yer baholash ma’lumotlari.
4. Ko‘chmas mulk obyektlari haqidagi ma’lumotlar.
5. Tuproq va tuproqning meliorativ holatiga oid ma’lumotlar.
6. Iqtisodiy ko‘rsatkichlar tizimi.
1. Yerdan foydalanishga oid huquqiy hujjatlar tizimi. Qishloq
xo‘jaligida faoliyat yuritayotgan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarini ro‘yxatga
olish ma’lum bir yer maydonini ijaraga olish huquqlarini rasmiylashtirish bilan
bog‘liq masalalarni o‘z ichiga oladi. Bunda dastlabki hujjatlar yer
uchastkalarining huquqiy holati to‘g‘risidagi ma’lumotlardan iborat bo‘ladi.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchi subyektlarni davlat
ro‘yxatiga olish bo‘yicha hujjatlar va ma’lumotlar umumiy tarzda quyidagilardan
iborat :
yer uchastkasini tanlov (tender) asosida berish (realizatsiya qilish)
komissiyasining qarori;
yerdan foydalanish huquqlarini ro‘yxatga olish haqidagi mahalliy
hokimiyat organlarining qarorlari;
yer uchastkasini ajratish va loyihani joyga ko‘chirish to‘g‘risidagi
materiallar;
yer kadastrining belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan materiallari;
yer uchastkasidan foydalanishdagi cheklashlar (servitutlar) haqidagi
hujjatlar.
Yer uchastkalariga
2. Yer hisobini yuritish bo‘yicha ma’lumotlar tizimi. Yer hisobi
qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini ixtisoslashtirishda juda katta ahamiyatga ega.
Birinchi navbatda, yer hisobida yuqori aniqlik bo‘lishi zarur. Buning uchun yer
hisobini yer turlariga, jumladan, haydalma yerlar, ko‘p yillik daraxtzorlar,
pichanzorlar, yaylovlar va bo‘z yer turlariga bo‘lingan holda olib borish talab qilinadi.
3. Yer baholash ma’lumotlari. Yerlarni baholash davlat yer kadastrining
tarkibiy qismi bo‘lgani holda iqtisodiyot tarmoqlarida foydalaniladigan tabiiy
resurslarni umumiy tarzda baholashning bir qismi hisoblanadi. Bunda, ayniqsa,
qishloq xo‘jaligining asosiy ishlab chiqarish vositasi sifatidagi yer baholash
alohida ahamiyat kasb etadi. Baholash muammosini muvaffaqiyatli hal qilish, eng
avvalo, uni obyekti va subyektini to‘g‘ri belgilashga bog‘liqdir.
Qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat yuritayotgan yerdan foydalanuvchilar
hududida olib boriladigan xo‘jaliklarning yer baholash materiallari quyidagi qator
masalalarni ijobiy hal qilishda foydalaniladi: qishloq xo‘jaligi tarmoqlarini to‘g‘ri
joylashtirish; qishloq xo‘jalik ekinlari hosildorliklarini rejalashtirish; qishloq
xo‘jalik korxonalari ishlab chiqarish faoliyatlarini tahlil qilish asosida yerdan va
boshqa ishlab chiqarish vositalaridan foydalanish darajalarini aniqlash; yagona
yer solig‘i stavkalarini belgilash.
XULOSA. Qishloq xo'jaligi mahsulotlari tizimini rivojlantirishda mamlakatimizda juda ko'plab ishlar amalga oshirilmoqda. Bu ishlar natijasi o'laroq qishloq xo'jaligi taraqqiyot etmoqda.

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!


Download 0,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish