Kafedrasi yuldasheva aziza isamiddinovna


Sug'urta bozori 2015 yil yakunlari bo'yicha sug'urta kompaniyalari kesimidagi ma'lumot



Download 390,84 Kb.
bet10/17
Sana14.06.2022
Hajmi390,84 Kb.
#667888
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17
Bog'liq
Ozbekiston sugurta bozorini davlat tomonidan tartibga va takomillashtirish muammolari Yuldasheva BMI uz aeed3-конвертирован

Sug'urta bozori 2015 yil yakunlari bo'yicha sug'urta kompaniyalari kesimidagi ma'lumot
2.1.3-jadval26
mln.so’m






T/r



Sug'urta tashkiloti nomlanishi

Sug'urta mukofotlari



O'zgarish i %da

Sug'urta to'lovlari



O'zgarish i %da

1

"O'zagrosug'urta" AJ

109 507,1

131,8

24 784,7

177,3

2

"O'zbekinvest" EIMSK

79 869,1

131,6

12 040,8

94,7

3

"Kafolat sug'urta kompaniyasi"
AJ

57 749,9

137,1

12 096,2

130,0

4

"Alskom" AJ SK

32 190,5

130,2

3 264,9

161,6

5

"Asia Inshurans" MChJ SK

28 237,4

122,7

5 247,8

160,8

6

"Alfa Invest" MChJ ST

27 006,6

104,9

3 991,8

154,9

7

"Kapital Sug’urta" AJ

26 967,7

101,3

4 805,2

114,2

8

"O’zbekinvest Hayot" ShXJ SK

21 874,1

132,9

14 586,7

155,9

9

"Temiryo'l-Sug'urta" MChJ

20 533,5

116,7

841,3

91,3

10

"Agro Invest Sug'urta" AJ

15 963,3

139,4

9 537,6

177,3

11

"Ingo-Uzbekistan" SAJ

14 651,0

111,3

2 365,3

99,9

12

"UVT Inshurans" MChJ SK

13 964,8

81,1

1 182,0

100,6

13

"Gross Insurance" MChJ

10 861,9

125,7

516,3

157,5

14

"Xalq Sug’urta" MChJ SK

10 097,8

175,8

2 177,5

178,6

15

"Euroasia Insurance" MChJ QK SK

9 549,3

128,8

349,9

185,0

16

"Universal-Sug'urta" AJ

9 409,4

129,0

1 426,6

162,4

17

"Temiryo'l Life" MChJ QK

7 871,2

292,4

4 943,1

806,8

18

"Hamkor Sug’urta" MChJ

6 741,6

173,5

323,7

150,9

19

"IShONCh" BSK MChJ

6 726,3

126,3

1 526,7

120,6

20

"Mega Invest Insurance" MChJ
SK

5 977,3

147,0

182,8

75,5

21

"Kafil sug'urta" MChJ

5 496,0

152,9

246,9

729,6

22

"Global Insurance Group" MChJ
ST

4 993,5

120,8

26,1

74,8

23

"Garant Insurance Group" ShSK

3 638,7

124,9

129,6

135,7

24

"Alfa Life" ShXJ ST

3 559,1

151,3

2 354,6

212,9

25

"Sug'urta O'z" MChJ SK

3 448,3

51,3

72,9

30,8

26

"DD-General Insurance" MChJ

3 317,1

108,8

827,4

209,4

27

"Silk Road Insurance" AJ SK *

3 048,0

79,5

401,4

132,3

28

"Madad" AJ

2 856,7

152,6

50,3

146,3

29

"Unipolis" MChJ

2 814,0

284,6

608,5

413,9

30

"Asko-Vostok" MChJ

2 609,2

96,6

93,3

248,2

31

"Chartis Uzbekistan" MChJ QK
SK

-

-

-

-




Jami:

551 530,0

125,6

111 001,9

148,7






26 SAYPRO axborot-reyting agentligi ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tayyorlandi

Albatta bu o‘rinda shuni alohida takidlab o‘tish lozimki, respublikada sug‘urta kompaniyalariga majburiy sug‘urta bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi o‘ziga hos muhim talablar belgilab qo‘yildi. Bular:

  • Eng avalo davlat tomonidan belgilab qo‘yilgan, ta’sis jamg‘armasining eng kam miqdoriga qo‘yilga talabga javob berishi;

  • Majburiy sug‘urtani amalga oshirish huquqi mavjudligini tasdiqlovchi litsenziyaga ega bo‘lishi;

  • Respublikaning barcha hududlarida o‘zining hududiy bo‘linmalariga ega bo‘lishlari.

Majburiy sug‘urtaning joriy etilishi va unga qo‘yilgan talablarning qatiy belgilab qo‘yilganligi bois, endilikda sug‘urta kompaniyalari ushbu talablarga moslasha boshladi. Xozirgi kunda O‘zbekiston sug‘urta bozorida 9 ta sug‘urta kompaniyasi majburiy sug‘urtani amalga oshirib kelmoqda.27




2.1.1-rasm. O‘zbekiston sug‘urta bozorida sug‘urta turlari bo‘yicha yig‘ilgan jami mukofotlar







27 Majburiy sug‘urtani amalga oshirayotgan sug‘urta kompaniyalari ro‘yxati - http://insurance.uzreport.uz/ 29.04.2015 yil.
Respublikada ijtimoiy himoyani yanada mustahkamlash mamlakat tarraqqiyotining dolzarb va muhim vazifalari qatoriga kirishini inobatga olgan holda 2009-yil 17-aprelda O‘zbekiston Respublikasining “Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilindi. Ushbu qonunni qabul qilishdan asosiy maqsad, fuqarolarning ish va mehnat jarayonida, kasb kassalligi yoki xizmat vazifasini bajarayotgan vaqtda sog‘lig‘iga shikast yetgan kishilarga yoki yuqoridagi sabablar oqibatida vafot etgan boquvchisi yo‘qotganlarga sug‘urta yo‘li bilan ijtimoiy himoya qilishdir.
Hozirgi kunda ham ijtimoiy himoyani yanada mustahkamlash va sug‘urta faoliyatini rivojlanishini rag‘batlantirish borasida ko‘pgina ishlar olib borilmoqda va qonunchilik loyihalari o‘rganilmoqda. Bunga yaqqol misol sifatida “Tashuvchilarning fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi hamda “Majburiy tibbiy sug‘urta to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi qonunlar loyihalarining ishlab chiqilayotganligidir.


    1. O‘zbekiston sug‘urta bozorida davlat nazoratining hozirgi modeli


Taraqqiyotning “O‘zbek modeli”ga binoan bozor iqtisodiyotiga o‘tishning besh tamoilida biri bu mamlakat hayotidagi barcha o‘zgarish va yangilanishlarda davlatning bosh islihotchi deb belgilanganligidir. Hususan, prezidentimiz Islom Abdug‘aniyevich Karimov davlat – bosh islohotchi tamoiliga “U islohotlarning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berishi, o‘zgartishlar siyosatini ishlab chiqishi va uni izchillik bilan o‘tkazishi shart” deya fikir bildiradi. Albatta, hech bir soha yo‘qki uning rivojlanishi va taraqqiy etishi davlatning qo‘llab quvvatlashisiz amalga oshsa.
Yuqorida takidlaganimizdek sug‘urta faoliyati mamlakatning ham ijtimoiy, ham iqtisodiy hayotida muhim o‘rin egallaydi. Ishlab chiqarishning uzluksizligi, aholini ijtimoiy himoya qilinishi va investitsiya faoliyatining rag‘batlantirilishida sug‘urtaning ahamiyati katta. Shunday ekan, sug‘urta
faoliyatini to‘g‘ridan-to‘g‘ri davlat tomonidan tartibga solish hamda nazorat ishlari uzluksiz olib boriladi.
Jahon tajribasidan bizga ma’lumki sug‘urta faoliaytini davlat tomonidan nazorat qilish asosan uch turda amalga oshiriladi, ya’ni, mahsus vakolatli davlat organi faoliyati, o‘ziga hos soliq siyosati va majburiy sug‘urtaning joriy etilish.
O‘zbekiston Respublikasi sug‘urta bozorini davlat tomonidan tartibga solishda yuqorida keltirilgan mexanizmlarning barchasidan samarili foydalanib kelinmoqda. Albatta sug‘urta faoliyati ustidan davlat nazoratini amalga oshirishning eng asosiy usuli bu mahsus vakolatli davlat organi faoliyatini yo‘lga qo‘yilishidir.
O‘zbekiston Respublikasi sug‘urta bozorida ilk bor, 1998-yil 8-iyulda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan “Sug‘urta faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 286-sonli Qaroriga binoan amaliyotga joriy etildi. Ushbu qarorga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga davlat sug‘urta nazorati funksiyasi yuklatildi va vazurlik huzurida Sug‘urta nazorati davlat inspeksiyasi tashkil etildi. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi hududida sug‘urta faoliyatini yuritayotgan sug‘urta tashkilotlari Qaror kuchga kirgandan boshlab uch oy ichida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida qayta ro‘yxatdan o‘tishlari belgilab qo‘yildi.
Qarorning 2-ilovasiga binoan “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi sug‘urta nazorati davlat inspeksiyasi to‘g‘risida” gi Nizom tasdiqlandi. Nizomda:
“1. Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta nazorati davlat inspeksiyasi (keyingi o‘rinlarda Davlat inspeksiyasi deb ataladi) sug‘urta munosabatlari barcha qatnashchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi hududida sug‘urta tashkilotlari faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiruvchi davlat organi hisoblanadi.

    1. Davlat inspeksiyasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga, qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisining

qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligini qarorlariga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi.

    1. Quyidagilar Davlat inspeksiyasining asosiy vazifalari hisoblanadi: bajarilishi majburiy bo‘lgan to‘lov layoqati normalarini va ularni aniqlash

tartibini, alohida tavakkalchiliklar bo‘yicha sug‘urtalovchilarning majburiyatlari cheklangan yo‘l qo‘yiladigan miqdorini hisoblab chiqish metodikasini hamda majburiyatlarning jami miqdorini, sug‘urtalovchilarning to‘lovga layoqatliligi bo‘yicha axborot berish tartibi va muddatlarini belgilash;

  • sug‘urta bozorining professional qatnashchilari tomonidan sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilish, to‘lovga layoqatlilikning belgilangan normativlarini va ularning moliyaviy barqarorligiga qo‘yiladigan boshqa talablarni ta’minlash;

  • sug‘urtalovchilar tomonidan sug‘urta zaxiralari mablag‘lari shakllantirilishi va joylashtirilishi bo‘yicha hisobot yuritish tartibini, hisobotlar tuzishni belgilash;

  • sug‘urtalovchining ijro etuvchi organi rahbariga va bosh buxgalterga qo‘yiladigan bajarilishi majburiy bo‘lgan malaka talablarini belgilash;

  • sug‘urtalovchilar tomonidan moliyaviy hisobot berilishi shakllari, tartibi va muddatlarini belgilash;

  • sug‘urtalovchilar tomonidan sug‘urta zaxiralari hosil qilish va joylashtirish tartibi va shartlarini belgilash;

  • sug‘urtalovchilar tomonidan sug‘urta hodisalari boshlanishining oldini olish va ogohlantirish bo‘yicha tadbirlar mablag‘ bilan ta’minlanishi tartibi va shartlarini belgilash;

  • qonun hujjatlariga muvofiq sug‘urta bozori professional qatnashchilarining faoliyatini tekshirish va aniqlangan qonun buzilishlarini bartaraf etish to‘g‘risida bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berish;

  • sug‘urtalovchilar va sug‘urta brokerlari litsenziyalarining amal qilishini ko‘pi bilan o‘n ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatga to‘xtatib turish yoxud sug‘urtaning ayrim turlari (klasslari)ga nisbatan to‘liq to‘xtatish, huquqiy ta’sir ko‘rsatish chorasi sifatida ko‘rsatib o‘tilgan litsenziyalarning amal qilishini o‘n ish kunidan ortiq muddatga to‘xtatib turish va to‘xtatish to‘g‘risida sudga murojaat qilish;

  • har bir moliyaviy yil tamom bo‘lgandan keyin olti oy o‘tgach sug‘urta faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish bo‘yicha faoliyat to‘g‘risidagi yillik hisobotlarni, shuningdek moliyaviy yil mobaynida sug‘urta bozorining faoliyati to‘g‘risidagi statistika ma’lumotlarini e’lon qilish;

  • qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshirish.

    1. Davlat inspeksiyasi o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:

sug‘urtalovchilar tomonidan sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga rioya qilinishini va ularning hisobotlari ishonchliligini, shuningdek ular uchun belgilangan to‘lovga layoqatlilik ko‘rsatkichlari va moliyaviy barqarorlikning boshqa talablari ta’minlanishini tekshirish;

  • sug‘urtalovchilar va sug‘urta brokerlarining sug‘urta faoliyatini litsenziyalash;

  • o‘z vakolatlari doirasida sug‘urtalovchilar ishini metodik ta’minlash;

  • sug‘urtaning majburiy turlari bo‘yicha sug‘urta qilish qoidalari (shartlari) va sug‘urta tariflari belgilash bo‘yicha takliflar tayyorlash;

  • Davlat inspeksiyasi tomonidan tasdiqlangan paytdan boshlab sug‘urta munosabatlarining barcha qatnashchilari tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini amalga oshirish bo‘yicha normativ hujjatlar va metodik materiallarni ishlab chiqish;

  • sug‘urta faoliyati masalalari bo‘yicha qonun hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish va ularni ko‘rib chiqish uchun vazirlik rahbariyatiga kiritish;

  • sug‘urtalovchilar tugatilgan va qayta tashkil etilgan taqdirda sug‘urta qildiruvchilarning manfaatlarini himoya qilish;

  • respublikada sug‘urta faoliyati rivojlanishining holati va tendensiyalarini tahlil qilish;

  • sug‘urta faoliyati bo‘yicha mutaxassislarni kasbga tayyorlash va ularni qayta tayyorlashga doir tadbirlarni amalga oshirish, sug‘urta faoliyati masalalari bo‘yicha seminarlar va konferensiyalar tashkil etish;

  • ommaviy axborot vositalari orqali sug‘urta faoliyati masalalari bo‘yicha axborot-tushuntirish ishlari olib borish;

  • o‘z vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha fuqarolarning takliflari va so‘rovlarini ko‘rib chiqish;

  • noshirlik faoliyatini amalga oshirish».

    1. Davlat inspeksiyasi quyidagi huquqlarga ega:

  • sug‘urtalovchilardan sug‘urta faoliyati to‘g‘risida belgilangan hisobot va ularning moliyaviy ahvoli haqidagi axborotni, shuningdek, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, banklardan (kichik va o‘rta korxonalar, mikrofirmalar bundan mustasno), fuqarolardan o‘ziga yuklangan funksiyalarini bajarish uchun zarur bo‘lgan axborotni olish;

  • sug‘urtalovchilar tomonidan sug‘urta to‘g‘risida qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilish maqsadida sug‘urtalovchilar faoliyatini tekshirish, zarurat bo‘lsa buning uchun komissiyalar va ishchi guruhlar tashkil etish;

  • davlat ijro etuvchi organlardan o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan axborot va statistika hisobotini tekin olish.

    1. Davlat inspeksiyasiga O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri tomonidan tayinlanadigan boshliq boshchilik qiladi.

Davlat inspeksiyasi boshlig‘i Davlat inspeksiyasiga yuklangan vazifalarning bajarilishi va inspeksiya tomonidan o‘z funksiyalari amalga oshirilishi uchun shaxsan javob beradi.

    1. Sug‘urta nazoratini amalga oshirish bo‘yicha ishlarni tashkil etishning asosiy masalalari va Davlat inspeksiyasi faoliyatining boshqa masalalari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hay’ati tomonidan ko‘rib chiqiladi.

    2. Davlat inspeksiyasi o‘z ishini O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan rejaga muvofiq tashkil etadi.

    3. Davlat inspeksiyasi xodimlarining xatti-harakatlari ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.”28

Qarorning birinchi ilovasida Davlat sug‘urta nazoarti inspeksiyasining tarkibiy tuzilmasi haqida bayon etilgan. Ilovaga binoan inspeksiya tarkibi 15 nafar hodimlardan iborat bo‘lib, Sug‘urta faoliyatini litsenziyalash va nazorat qilish bo‘limi hamda Sug‘urta faoliyati uslubiyoti bo‘limlarida taqsimlangan.
O‘zbekiston sug‘urta bozorining yanada rivojlanishi, sug‘urta qonunchiligining mustahkamlanishi endilikda Maxsus vakolatli organ zimmasiga yanada ko‘proq vazifalarni yuklay boshladi.
2002-yil 5-aprelda O‘zbekiston Respiublikasining “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilinishi Maxsus vakolatli davlat organi bajaradigan vazifa va funksiyalar yana bir bor alohida ko‘rib chiqildi. Qonunning 10- moddasida Maxsus vakolatli davlat organi faoliyati yoritib berildi. Qarorda O‘zbekiston Respublikasida sug‘urta faoliyatini tartibga soluvchi Maxsus vakolatli davlat organi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanishi ko‘rsatib otildi. Ushbu moddada Maxsus vakolatli davlat organi bajaradigan vazifa va funksiyalar aniq belgilab qo‘yildi. Bular:

“ijro etilishi majburiy bo‘lgan to‘lovga qobiliyatlilik normativlarini hamda ularni aniqlash tartibini, ayrim tavakkalchiliklar bo‘yicha sug‘urtalovchilar majburiyatlarining yo‘l qo‘yiladigan eng ko‘p yoki eng kam miqdorini va majburiyatlar jamining yo‘l qo‘yiladigan ko‘p yoki eng kam miqdorini hisoblab chiqarish uslubini, sug‘urtalovchilarning to‘lovga qobiliyatini aks ettiruvchi axborotlarni taqdim etish tartibi va muddatlarini belgilaydi;
28 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 8-iyuldagi 286-sonli qariga 2-ilova “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi sug‘urta nazorati davlat inspeksiyasi to‘g‘risida”gi Nizom – www.lex.uz

  • sug‘urta bozorining professional ishtirokchilari sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etishini, to‘lovga qobiliyatlilikning belgilangan normativlari va moliyaviy barqarorlikning boshqa talablari bajarilishini nazorat qiladi;

  • sug‘urtalovchilar va sug‘urta brokerlarining sug‘urta faoliyatini ltisenziyalaydi;

  • sug‘urtalovchilarning sug‘urta zaxiralarini shakllantirish hamda joylashtirish tartibi va shartlarini, shuningdek bunday mablag‘lar hisobini yuritish hamda ular bo‘yicha hisobotlar tuzish tartibini belgilaydi, chet davlatlarning davlat qimmatli qog‘ozlariga sug‘urta zaxiralarini joylashtirishni kelishib olish tartibi bundan mustasno;

  • sug‘urtalovchining, sug‘urta brokerining hamda ular alohida bo‘linmalarining rahbariga va bosh buxgalteriga qo‘yiladigan malaka talablarini belgilaydi.

  • sug‘urtalovchilar tomonidan taqdim etiladigan moliyaviy hisobotlarning va e’lon qilinadigan yillik moliyaviy hisobotning shaklini, shuningdek uni taqdim etish hamda e’lon qilish tartibi va muddatlarini belgilaydi;

  • qonun hujjatlariga muvofiq sug‘urta bozori professional ishtirokchilarining faoliyatini tekshiradi va ularga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish to‘g‘risida ijro etilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar kiritadi;

  • sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlari, shu jumladan belgilangan iqtisodiy normativlar sug‘urtalovchi tomonidan buzilganligi uchun sug‘urtalovchining ustav fondi eng kam miqdorining 0,1 foizigacha miqdorda belgilangan tartibda jarima soladi.

  • qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sug‘urtalovchilar va sug‘urta brokerlari ltisenziyalarining amal qilishini to‘liq yoki ayrim sug‘urta turlariga (klasslariga) nisbatan to‘xtatib qo‘yadi, shuningdek ularning faoliyatini tugatish to‘g‘risida sudga murojaat qiladi;

  • jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganligi aniqlangan taqdirda, sug‘urtalovchilar va sug‘urta vositachilariga nisbatan qonun hujjatlariga muvofiq choralar va sanksiyalarni qo‘llaydi;

  • har bir moliya yili tugaganidan keyin olti oy ichida sug‘urta faoliyatini tartibga solish va uni nazorat qilish borasidagi faoliyat to‘g‘risida yillik hisobotlarni , shuningdek sug‘urta bozorining moliya yili mobaynidagi faoliyati to‘g‘risida statistika ma’lumotlarini e’lon qiladi;

  • sug‘urtalovchilarning investisiya faoliyatini amalga oshirish, shuningdek sug‘urta hodisalari yuz berishining oldini olish va ogohlantirish chora-tadbirlarini sug‘urtalovchilar tomonidan moliyalashtirish tartibi hamda shartlarini belgilaydi, sug‘urtalovchining ehtiyotdan ko‘riladigan chora- tadbirlari zaxirasidan moliyalashtiriladigan ehtiyotdan ko‘riladigan chora- tadbirlar ro‘yxatini kelishib olish tartibi bundan mustasno;

  • aktuar xizmatlari ko‘rsatish tartibini belgilaydi;

  • aktuariy malaka sertifikatini olish uchun o‘quv dasturlarini hamda malaka imtihonlari topshirish tartibini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, mazkur sertifikatni olish huquqi uchun malaka imtihoni o‘tkazadi;

  • belgilangan tartibda aktuariy malaka sertifikati beradi, uning amal qilishini tugatadi va uni bekor qiladi, malaka sertifikatiga ega bo‘lgan aktuariylar reestrini yuritadi;

  • sug‘urta bozorining professional ishtirokchilaridan qonun hujjatlarida belgilangan axborotni so‘rab oladi.

  • qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradi.”29

Yuqorida belgilangan vazifalarning bajarilishi sug‘urta bozorining istiqbolli kelajagini belgilash hamda sug‘urtaning ijtimoiy va iqtisodiy





29 O‘zbekiston Respublikasining “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni, 2002-yil 5-aprel, 10-modda – www.lex.uz
mohiyatini to‘laqonli amalga oshirilishini taminlashda shubhasiz, muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
Sug‘urta faoliyati mamlakatning ham iqtisodiy, ham ijtimoiy hayotida muhim o‘rin egallaganligi ya’ni, respublika aholisining sog‘lig‘i va mulkiy manfaatlarini hamda iqtisodiy barqarorlikni taminlovchi dastak bo‘lib xizmat qilganligi bois sug‘urta litsenziyalanidigan faoliyat turlari qatoriga kiritlgan. “Faoliyatning litsenziyalanadigan turlari jumlasiga amalga oshirilishi fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga, sog‘lig‘iga, jamoat xavfsizligiga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan hamda tartibga solib turilishi litsenziyalashdan tashqari usullar bilan amalga oshirilishi mumkin bo‘lmagan faoliyat turlari kiradi. Amalga oshirilishi uchun litsenziya talab qilinadigan faoliyat turlari qonunlar bilan belgilanadi.”30
Shubhasiz, O‘zbekiston Respublikasining “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida” gi Qonunining qabul qilinishi sug‘urta faoliyatini litsenziyalanadiga faoliyat turlari qatoriga qo‘shdi. Qonunning 15-moddasi Sug‘urta faoliyatini litsenziyalash tartibini o‘z ichiga oladi. Unga ko‘ra, sug‘urtalovchilar va sug‘urta brokerlarining sug‘urta faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda maxsus vakolatli davlat organi beradigan litsenziyalar asosida amalga oshirilishi bayon etilgan.
“Litsenziya sug‘urtalovchiga yoxud hayotni sug‘urta qilish sohasida, yoxud umumiy sug‘urta sohasida, yoxud faqat qayta sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta faoliyatini amalga oshirish uchun beriladi. Hayotni sug‘urta qilish sohasida sug‘urta faoliyatini amalga oshirayotgan sug‘urtalovchi umumiy sug‘urta sohasida sug‘urta faoliyatini amalga oshirishga haqli emas, umumiy sug‘urta sohasining O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan ayrim turlari (klasslari) bundan mustasno. Umumiy sug‘urta sohasida sug‘urta faoliyatini amalga oshirayotgan sug‘urtalovchi hayotni sug‘urta qilish sohasida sug‘urta faoliyatini amalga oshirishga haqli emas. Faqat
30 O‘zbekiston Respublikasining “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi Qonuni, 2000-yil 25- may, 7-modda – www.lex.uz
qayta sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta faoliyatini amalga oshirayotgan sug‘urtalovchi sug‘urta shartnomalarini tuzishga haqli emas.
Litsenziyada sug‘urtalovchi amalga oshirishni nazarda tutayotgan sug‘urta turlari (klasslari) ko‘rsatiladi.”31
Yuqorida aytilganidek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan ishlab chiqilgan tartib asosida, va u belgilagan maxsus vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi. Sug‘urta faoliyati litsenziyalanadigan faoliyat ekanligi qonun bilan tasdiqlangandan so‘ng, endilikda qonun ijrosini taminlash maqsadida hukumat qarori qabul qilinishi lozim edi. Oradan ozgina vaqt o‘tib, 2002-yil 27-noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 413-sonli “Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Qarori qabul qilindi. Qarorni qabul qilishdan asosiy maqsad, O‘zbekiston Respublikasining “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida” gi Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 31-yanvardagi PF-3022 sonli “Sug‘urta bozorini yanada erkinlashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq sug‘urta tizimini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash, sug‘urtalovchilar moddiy texnik bazasini va moliyaviy barqarorligini yanada mustahkamlash, ularning hududiy bo‘linma va vakolatxonalarini ko‘paytirish haqmda sug‘urta xizmatlarining aholi orasiga kirib borishi va ishonchlarini oshirilishidir.
Qarorning birinchi va ikkinchi bandlarida sug‘urtalovchilarning tasis jamg‘armasining eng kam miqdoriga qo‘yilgan talablar keltirilgan, biriq hozirda Qarorning birinchi va ikkinchi bandlari o‘z kuchini yo‘qotgan. Uchinchi bandga binoan, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi sug‘urta faoliyatini tartibga soluvchi va nazorat qiluvchi maxsus vakolatli organ etib belgilangan.
31 31 O‘zbekiston Respublikasining “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni, 2002-yil 5-aprel, 15-modda – www.lex.uz

Download 390,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish