Sug‘urta faoliyatini davlat tomonidan rivojlantirish hamda mavjud meyoriy-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish bo‘yicha takliflar
Prezidentimiz I.Karimov ta’kidlaganidek: “Sug‘urta nazoratiga kuchli bozor, bozorga kuchli sug‘urta nazorati kerak”33. “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni34 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining yil 5 aprelda 359-II-son Qaroriga muvofiq amalga kiritilgan, unda sug‘urtalashning huquqiy poydevori shakllangan.
Ushbu, qonunning 10 moddasida “Maxsus vakolatli davlat organi” bo‘yicha alohida to‘xtalgan. Unda, sug‘urta tashkilotlarini faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish sug‘urta munosabatlari barcha ishtirokchilarining huquklari va qonuniy manfaatlari muhofaza etilishini taminlashga qaratilgandir.
Sug‘urta faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan maxsus vakolatli davlat organi amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 8 iyundagi 286 sonli “Sug‘urta faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish chora tadbirlari
33 Ислоҳотлар стратегияси - мамлакатимиз иқтисодий салоҳиятини юксалтиришдир. Президент Ислом Каримовнниг 2002 йилда мамлакатни ижтимоий-иқтисодий ривожлантириш якунлари ва 2003 йилда иқтисодий ислоҳотларни чуқурлаштиришнинг асосий йўналишларига бағишланган Вазирлар Маҳкамаси йиғилишидаги маърузаси. Ўзбекистон, 2000. – 54 бет.
34 Ўзбекистон Республикаси "Суғурта фаолияти тўғрисида"ги қонуни - "Халқ сўзи", 2002 йил 28 май.
to‘g‘risida”gi35 va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil
27 noyabrdagi 413-sonli "Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi36 qarorlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga davlat sug‘urta nazorati funksiyasi yuklatilib, uning huzurida “Sug‘urta nazorati davlat inspeksiyasi” tashkil qilindi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining sug‘urta faoliyati masalalari bo‘yicha vakolatlari doirasida chiqarilgan normativ xujjatlari davlat boshqaruv organlari, yuridik shaxslar, birlashmalar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi. Respublikamizda sug‘urta ishining rivojlanishi, sug‘urta bozorini isloh qilishning boshlang‘ich bosqichi ekanligidan dalolat beradi. Bu borada respublika sug‘urta bozorini rivojlantirishda davlat miqyosida chora-tadbirlarni qabul qilish uchun ob’ektiv talablar yuzaga keldi.
O‘zbekistonda sug‘urta bozorini davlat tomonidan tartibga solish maqsadlari, vazifalari va yo‘nalishlari qo‘yidagilardan iborat.
Maqsadlari:
fuqarolarning va davlatning sug‘urta xizmatlariga bo‘lgan talablarini maksimal darajada qondirish;
O‘zbekistonda sug‘urta bozorining rivojlanishini va takomillashishini jaddalashtirishga zamin yaratish.
Ushbu maqsadlarga erishish uchun qo‘yidagi vazifalar hal qilinishi shart:
O‘zbekistonda sug‘urta faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilikni yanada shakllantirish va takomillashtirish (birinchi navbatda qayta sug‘urtaga va o‘zaro sug‘urtaga, tibbiy sug‘urtasiga tegishli);
O‘zbekistonda sug‘urta faoliyatini davlat tomonidan tartibga solinish normativ huquqiy bazasini yanada rivojlantirish (xususan sug‘urta
35 Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 1998 йил 8 июндаги "Суғурта фаолиятини давлат томонидан тартибга солиш чора тадбирлари туғрисида"ги 286-сон қарори. "Ўзбекистон Республикаси қонун хужжатлари тўплами", 1998 йил, 7-сон, 24-модда.
36Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг "Суғурта хизматлари бозорини янада ривожлантириш чора-тадбирлари тўгрисида" 2002 йил 27 ноябрдаги 413-сонли қарори. Ўзбекистон Республикаси ҳукумати қарорлари тўплами. - Т.: 2002 йил 11-сон.
kompaniyalarni investitsion faoliyati va O‘zbekiston Respublikasida chet el sug‘urta kompaniyalari faoliyat olib borishi to‘g‘risida);
sug‘urta rivojlanishini soliq qonunchiligi yo‘li bilan rag‘batlantirish (chet elga uzatiladigan qayta sug‘urtada soliqni kamaytirish);
O‘zbekiston Respublikasida sug‘urta bozori infratuzilmasini tezlashgan holda shakllantirish.
Respublikamizda sug‘urta bozorini davlat tomonidan tartibga solish asosiy yo‘nalishi esa - respublikada sug‘urta bozorini rivojlanishini yanada jaddalashtirishdir.
Sug‘urta faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishning yagona davlat siyosatini belgilashda asosan qo‘yidagilarni amalga oshirish lozim:
sug‘urta munosabatlarini tartibga soluvchi amaldagi qonunchilik va sug‘urtaviy huquq tizimini shakllantirishni takomillashtirish;
O‘zbekiston xududida sug‘urta tashkilotlarini nazorat qilish tamoyillarini tartibga solish va takomillashtirish mexanizmlarini ishlab chiqish;
majburiy sug‘urta sohasida fuqarolar, tashkilotlar va davlat manfaatlarini sug‘urtaviy himoyalashning normativ huquqiy bazasini rivojlantirish.
Aholining keng qatlami va turli xil mulkchilik shakldagi tashkilotlarni sug‘urtaga jalb qilishni rag‘batlantiruvchi sharoitlarni yaratish maqsadida qo‘yidagi ishlarni amalga oshirish kerak:
tibbiy sug‘urta, uzoq muddatli yig‘ilib boruvchi hayot sug‘urtasi, pensiya sug‘urtasini rivojlantirish uchun meyoriy huquqiy bazasini shakllantirish;
yuqorida aytib o‘tilgan sug‘urta turlarini soliq qonunchiligi bilan rag‘batlantirish;
mablag‘larni joylashtirish uchun qo‘shimcha kafolatlash o‘tkaziladigan sug‘urta muomalalarining rentabelligini oshirish maqsadida sug‘urta tashkilotlarining mablag‘larini investitsiya qilishning samarali shakllarini ishlab chiqish.
Sug‘urta bozorining infratuzilmasini shakllantirish borasida esa qo‘yidagi ishlarni amalga oshirish taqozo etiladi:
milliy sug‘urta bozorini rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga oluvchi kadrlarni tayyorlash, va qayta tayyorlash, o‘kuv dasturlarining yagona tizimini yaratish;
sug‘urta muammolari jarayoniga tasir etuvchi va fuqarolar ham mulkchilikning barcha shaklidan qatiy nazar yuridik shaxslar manfaatlarini aks ettiruvchi davlat sug‘urta siyosatini amalga oshirishga yordam beruvchi yoki yunaltiruvchi institutlarni rivojlantirishga yordam berish.
Biz II-bobdada sug‘urta faoliyatini davlat tomonidan boshqarishda qatnashadigan bir a’zosi Moliya vazirligi qoshidagi Davlat sug‘urta nazorati inpeksiyasini ko‘rib chiqqan edik. O‘zbekistonda sug‘urta faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish va nazorat qilish jarayonida esa yana bir qancha tashkilotlar ham qatnashadi:
O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi – monopoliyaga qarshi chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va bajarilishini nazorat qiladi;
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki – sug‘urta tashkilotlarini bank bilan bog‘liq faoliyati xususiyatlarini nazorat qiladi;
Sug‘urta faoliyatini davlat tomonidan boshqarish jarayoni o‘z ichiga bir qator harakatlarni qamrab oladi:
Sug‘urta tashkilotlarining faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy bazani tashkil qilish;
Sug‘urta bozorining professional ishtirokchilarini tanlash, modomiki, sug‘urta kompaniyasi va sug‘urta brokerini o‘rnini har qanday tashkilot yoki shaxs egallay olmaydi (litsenziyalash orqali);
Sug‘urta bozorining barcha ishtirokchilari (shu jumladan sug‘urta tashkilotlari) tomonidan harakat qilish normalari va qoidalarini bajarilishini nazorat qilish;
O‘rnatilgan tartib va qoidalarni bajarilmasligi yoki bajarishdan bosh tortishda sanksiyalar tizimini qo‘llash.
Sug‘urta ishi sub’ektlari faoliyatining sug‘urta nazorati shakllari va usullarini takomillashtirish sug‘urta huquqining buzilishi yuzasidan ogohlantiruvchi chora-tadbirlarning samarali amaliyotini rivojlantirish bo‘yicha yalpi tadbirlarni o‘z ichiga oladi va bu harakatlar qo‘yidagi masalalarni o‘z ichiga oladi:
Davlat nazorati tizimini takomillashtirish shuni nazarda tutishi lozimki, u ushbu jarayonga sug‘urta operatsiyalarini amalga oshirishning professional shartlarini kiritgan holda davlat nazoratining kuchli markazlashgan tarzda tartibga solinadigan vositalariga ega bo‘lgan davlat tomonidan tartibga solish modeli doirasida amalga oshiriladi. Bunda sug‘urta bozori kasbiy birlashmalariga sug‘urta tashkilotlarining huquqlarini himoya qilish funksiyasi topshirilishi kerak.
Davlat nazorati instituti qo‘yidagilarni ta’minlash imkonini beruvchi uslubiy tuzilmalar bilan kuchaytirilishi lozim:
Sug‘urta faoliyati shartlariga nisbatan qo‘yiladigan talablar darajasi (sug‘urta shartnomalarini tuzishning standart shakllarini joriy etish, sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini ta’minlovchi ular faoliyatini baholashning aniq tizimini belgilash asosida);
Sug‘urta qildiruvchilarga sug‘urta to‘lovini kafolatlovchi sug‘urta tashkilotlari ajratmalarining ixtisoslashgan jamg‘armasini tuzish shartlari (sug‘urtalovchi yoki sug‘urta tashkilotlari professional birlashmalarining to‘lovga qodirsizligi holatida);
Sug‘urta tashkilotlarining kapitallashuvi va to‘lov qobiliyati, qaltisliklar tabiati, ehtimol qilinadigan zarar miqdori va boshqa omillarni hisobga olgan holda qaltisliklarni sug‘urtaga qabul qilish;
Sug‘urta bozorini erkinlashtirish tendensiyalariga mos keladigan nazoratning istiqbolli usullari tizimini joriy qilish: professional fikrlash, qaltislikka yo‘naltirilgan nazorat;
Sug‘urta ishi sub’ektlaridan litsenziya qaytarib olinganidan keyin to bankrotlik jarayoni tugatilgunga qadar ular faoliyatini nazorat qilish imkonini beruvchi nazorat usullarini ishlab chiqish.
Sug‘urta tashkilotlarining sug‘urta faoliyatiga doir huquqiy xujjatlar talablariga rioya qilishdagi javobgarligini oshirish maqsadida Davlat sug‘urta nazorat inspeksiyasi tomonidan sug‘urta operatsiyalarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaning olib qo‘yilishiga qadar ogohlantiruvchi chora- tadbirlar sifatida qo‘llaniladigan sug‘urta jovobgarligining aniq tizimini joriy etish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Sug‘urta faoliyatini qonunchilik yo‘li bilan tartibga solishni takomillashtirish yo‘nalishlaridan biri halqaro standartlar, me’yorlar va qoidalar (Evropa Ittifoqi direktivalari, Sug‘urta nazorati organlari xalqaro uyushmasining sug‘urta nazorati bo‘yicha asosiy tamoyillari va standartlari, Jaxon Savdo Tashkiloti (JST)ning xalqaro xizmatlar savdosi sohasidagi qoidalar to‘plami, Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkilotining tavsiyalari, Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi forumining qarorlari, MDHga a’zo davlatlar, YAgona iqtisodiy mintaqani shakllantirish jarayonining ishtirokchilari hisoblangan davlatlarning integratsion o‘zaro hamkorligi doirasida qabul qilinadigan kelishuvlar) bilan bosqichma bosqich uyg‘unlashtirishdan iborat bo‘lishi kerak. Bu sug‘urta tashkilotlari to‘lov qobiliyatining talab etiladigan darajasini ham, uzoq muddatli chet el investitsiyalari bozorini tashkil qilish manfaatlari yo‘lida qonunchilikning moslashtirilishini ham ta’minlaydi.
Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish. Hozirgi vaqtda sug‘urta qildiruvchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlari fuqarolik to‘g‘risidagi qonun xujjatlarining normalari bilan himoyalangan bo‘lib, bunda nizolar yuzaga kelgan hollarda ular Davlat nazorati va fuqarolik sudi organlariga hal etish uchun o‘tkaziladi.
To‘lovga qodir bo‘lmagan sug‘urta tashkilotlarining mijozlariga sug‘urta to‘lovlarini amalga oshirish uchun sug‘urta turlari bo‘yicha kafolatlovchi
jamg‘armalar tizimini yaratish iste’molchilar huquqlarini himoya qilishning samarali mexanizmlaridan biri hisoblanadi.
Kadrlar tayyorlash va sug‘urtalovchilar malakasini oshirish tizimini rivojlantirish. Kadrlar tayyorlash va sug‘urtalovchilar malakasini oshirishning etarlicha rivojlangan tizimi mavjud emasligi ko‘rsatilayotgan sug‘urta xizmatlarining sifatida o‘z aksini topadi. Gumanitar yo‘nalishdagi oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida sug‘urta tashkilotlari uchun kadrlar tayyorlash tizimini shakllantirish zarur. Bunda o‘quv muassasalarining malakali professor- o‘qituvchilar tarkibini shakllantirishga alohida e’tibor qaratilishi kerak. Ushbu maqsadda sug‘urta mavzusi bo‘yicha ilmiy-amaliy konferensiyalarni, sotsiologik tadqiqotlarni, Bitiruv malakaviy ishi ishlarini tayyorlashni tashkil etish zarur. Kadrlar tayyorlash va sug‘urtalovchilar malakasini oshirish sifati sug‘urta nazariyasi amaliyotini ochib beruvchi o‘quv – uslubiy va ilmiy adabiyotlarning yaratilishi bilan chambarchas bog‘liq. Sug‘urta tashkilotlari rahbarlari va mutaxassislari malakasini oshirish bo‘yicha sug‘urta faoliyatining turli masalalari yuzasidan muntazam seminarlar o‘tkazish, chet el sug‘urta kompaiyalarida stajirovkalar o‘tash amaliyotini saqlab qolish va yanada rivojlantirish zarur. YUqorida bayon etilganlardan shunday xulosaga kelish mumkinki, taklif etilayotgan takliflar milliy iqtisodiyotni rivojlantirish va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashning ustuvor yo‘nalishlarini hisobga olgan holda o‘rta muddatli istiqbolda davlatning sug‘urta sohasidagi siyosatini shakllantirish imkonini beradi. SHuningdek, ular sug‘urta himoyasining samarali tizimi bo‘yicha qator dasturlarni ishlab chiqish, sug‘urtaning yangi turlari, sug‘urta texnologiyalarini joriy etishni faollashtirish, sug‘urta xizmatlarining sifatini oshirish va ko‘lamini kengaytirish, sug‘urta nazoratining shakllari va usullarini takomillashtirishga imkon beradi.
XULOSA
Milliy sug‘urta bozori rivojining hozirgi bosqichi qator ob’ektiv va sub’ektiv muammolarni yuzaga chiqardiki, aholining sug‘urta xizmatlari bilan ta’minlash sur’atlari, miqdori hamda sifati ana shu muammolarning hal etilishiga bog‘liq. Ob’ektiv muammolarga qo‘yidagilarni kiritish mumkin:
mamlakatimizdagi aksariyat sug‘urta kompaniyalarining sarmoyasi nisbatan kam bo‘lib, sug‘urta faoliyatini talab etilgandek amalga oshirish imkonini bermaydi;
ayniqsa sug‘urta kompaniyasini boshqarish saviyasidagi malakali kadrlar etarli emas;
aholining sug‘urtaga bo‘lgan munosabati sust.
Sub’ektiv muammolari ichida qo‘yidagilarni ajratib o‘tish mumkin:
sug‘urtalovchilarning bir-biridan ajralib qolganligi va ular tomonidan qo‘llanilayotgan g‘irrom raqobat usullari;
aholining sug‘urta madaniyatini oshirishga sug‘urtalovchilarning kam e’tibor berayotganligi.
Sug‘urta biznesini rivojlantirishning boshqa har xil tashkiliy iqtisodiy shakllaridan ham foydalanish mumkin. Ularning mohiyati sug‘urta sarmoyasini markazlashtirish esa, eng avvalo, qator vazifalarni hal etish uchun sug‘urta kompaniyalarining boshqaruv faoliyatini o‘zaro muvofiqlashtirishni nazarda tutadi. Bu vazifalar qo‘yidagilardan iborat:
sug‘urta bozorining hajmini tavvakalchiliklarni sug‘urtalashni bir -biriga berish hisobiga, kompaniya sarmoyasini markazlashtirishda ishtirok etuvchilar harakat qiladigan qismda oshirish;
tavakkalchiliklarni yaxshiroq tanlash evaziga ma’suliyat darajasini hamda sug‘urta zahiralari joylashuvini o‘zaro moslash hisobiga investitsiya siyosatining sarmoyadorligini oshirish.
Sug‘urtaning har xil turlarini majburiy shaklda amalga oshirilishi huquqiy jihatdan tartibga solishni ta’minlashning muhimligi bilan bir qatorda, ixtiyoriy
sug‘urtani amalga oshirishniig xalqaro tajribasini mamlakatimiz
sug‘urtalovchilarning mo‘ayyan manfaatlarini hamda O‘zbekiston Respublikasining rivojlanib kelayotgan bozor iqtisodiyoti talablarini inobatga olgan holda joriy etish hamda tadbiq qilish uchun qulay shart sharoitlar yaratilishi ham zarur. Ma’lumki, chet elda ixtiyoriy sug‘urtaning turlari va xillari cheksizdir. Ixtiyoriy sug‘urta rivojlanishi uchun muhim shart sharoit qo‘yidagilar:
iqtisodiy erkinlikni rivojlantirish orqali jamiyat a’zolarining ma’suliyati darajasini oshirish;
rivojlangan huquqiy tartibga solish tizimi tomonidan ta’minlangan madaniyatning yuqori darajada taqsimlanishi;
jamiyat a’zolari o‘zini tutishning faol sotsial psixologik rusumini yaratish. Sug‘urtaning ixtiyoriy turlari rivojlanishining asosiy istiqbollari, shak- shubhasiz, unga respublikamiz aholisining keng jalb etilishidadir. Bu amalga oshishi uchun aholining pul mablag‘larini oshishi, fuqarolarning ta’minlangan qatlamlari ko‘payishi zarur. Hayot va pensiyaning uzoq muddatli sug‘urtasi ahamiyatga molikdir. Sug‘urtaning bu turlari fuqarolarning kelajagi uchun ishonchli moliyaviy zamin yaratishdagi manfaatlarini hamda davlatning pul mablag‘larini investitsiya maqsadlarida foydalanish uchun ularning‘ uzoq muddatli asosida to‘planishidan manfaatdorligini birlashtiradi. Sug‘urtaning davlat tomonidan qo‘llab quvvatlanishi hal etiladig‘an vazifalarning ahamiyati va ustunligini inobatga olgan holda qo‘yidagi yo‘nalishlarda amalga
oshirilmog‘i lozim:
Milliy sug‘urta bozorini himoya qiluvchi qonun xujjatlari bilan ta’minlash;
Sug‘urta faoliyatining davlat tomonidan nazorat qilinishini takomillashtirish.
Hozirgi zamon insoniyat sivilizatsiyasini sug‘urta tizimisiz tasavvur etish qiyin. Darhaqiqat rivojlangan xorijiy mamlakatlar tajribasi ko‘rsatishicha, sug‘urta korxona, tashkilotlar, hamda fuqarolarni oldindan ko‘rib bo‘lmaydigan tasodifiy hodisalar oqibatida yuzaga keladigan talofatlarni oldini olib
qolmasdan, balki yirik investitsiya manbaidir. Bu holat sug‘urtani iqtisodiyotni rivojlanishidagi ahamiyati beqiyos ekanligini ko‘rsatadi.
Biz bitiruv malakaviy ishimizda O‘zbekistonda sug‘urta bozorini davlat tomonidan tartibga solish tizimini o‘rganish natijasida qo‘yidagi xulosalarga keldik:
Sug‘urta faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishning yagona siyosatini belgilash:
sug‘urta munosabatlarini tartibga soluvchi yangi qonun xujjatlari ishlab chiqish va mavjudlarini takomillashtirish;
davlat, tashkilot va fuqarolarning majburiy sug‘urta sohasidagi manfaatlari sug‘urta yo‘li bilan himoyalanishini ta’minlovchi me’yoriy huquqiy asosni takomillashtirish.
Sug‘urtaga aholining keng qatlami va mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar, korxonalar jalb qilinishini rag‘batlantiruvchi shart sharoitni yuzaga keltirish:
tibbiy sug‘urta, uzoq muddatli hayot sug‘urtasi, pensiya sug‘urtasini rivojlantirish uchun huquqiy me’yoriy asos yaratish;
sug‘urta tashkilotlarining to‘plagan mablag‘larini investitsiyalashning samarali shakllarini ishlab chiqish orqali ularni joylashtirish, amalga oshiriladigan sug‘urta operatsiyalarining foyda keltirishini oshirish uchun qo‘shimcha kafolat yaratish.
Sug‘urta bozorining infratuzilmasini takomillashtirish va rivojlantirish - fuqarolar va mulkchilikning turli shakllaridagi yuridik shaxslarning manfaatlari yo‘lida sug‘urta munosabatlari jarayoniga hamroh bo‘luvchi hamda davlatning sug‘urta siyosatini amalga oshirishga yordam beruvchi sug‘urta tashkilotlari rivojlanishida ko‘maklashish.
Sug‘urta sohasidagi xalqaro hamkorlikni tartibga solish:
xorijiy sug‘urtalovchilarning O‘zbekiston Respublikasi xududidagi faoliyatini tartibga solish chora tadbirlarini ishlab chiqish;
xalqaro sug‘urta munosabatlarini (avalambor qayta sug‘urta sohasida) kengaytiruvchi me’yoriy xuquqiy asosning rivojlanishini ta’minlash.
Bizni takliflarimiz qo‘yidagi asosiy vazifalarni hal etishga qaratilgan: Birinchidan – sug‘urta faoliyatini tartibga soluvchi amaldagi myoriy-
huquqiy xujjatlarni yanada takomillashtirish. Bir myoriy xujjatning boshqa biriga zid kelishini oldini olish.
Ikkinchidan – sug‘urta tashkilotlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlashni yanada jadallashtirish, zamonaviy, moslashuvchan texnologiyalarni keng joriy etish.
Uchinchidan – sug‘urta va qayta sug‘urta bozorida joriy kon’yunktura keskin yomonlashib borayotgan hozirgi sharoitda eksportga sug‘urta xizmatini chiqaradigan qayta sug‘urta kompaniyalarning tashqi sug‘urta va qayta sug‘urta bozorlarda raqobatdosh bo‘lishini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha aniq chora- tadbirlarni amalga oshirish va sug‘urta xizmatlarini eksportini rag‘batlantirish uchun qo‘shimcha omillar yaratish.
To‘rtinchidan – sug‘urta va qayta sug‘urta sohalarni raqobatdoshligini yanada kuchaytirish ko‘p jihatdan mavjud resurslarni qanchalik tejamli foydalana olishimizga bog‘liq. SHu yo‘nalish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 21.05.2008 yil PQ
872 sonli Qaroriga binoan sug‘urtalovchilar qimmatli qog‘ozlar bozorida investitsion vositachi sifatida professional faoliyatni amalga oshirish huquqiga ega. Bunda sug‘urtalovchilar tomonidan qimmatli qog‘ozlar bozorida kasb faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya olishi talab qilinmaydi. Bu o‘z navbatida, sug‘urta va qayta sug‘urta kompaniyalarining investitsiya faoliyati bilan bog‘langan xarajatlarini kamayishiga olib keladi.
Beshinchidan - sug‘urta bozorida yuridik shaxslar tomonidan ixtieriy sug‘urta xizmatiga talab pasayib borayotgan bir sharoitda, yangi majburiy sug‘urta turlarini kiritish va jismoniy shaxslarni sug‘urtaga bo‘lgan talabini
rag‘batlantirish orqali ichki sug‘urta bozorini o‘sishining yuqori sur’atlarini saqlab qolishda g‘oyat muhim ahamiyatga ega.
Sug‘urta xizmatlariga bo‘lgan ichki talabning ortishi, sug‘urtaning davlat tomonidan faol qo‘llab quvvatlanishi, infratuzilmaning rivojlanishi ichki bozorda ham, chet el, eng avvalo MDH mamlakatlari bozorlarida ham raqobatlasha oladigan yirik baquvvat qayta sug‘urta kompaniyalari paydo bo‘lishiga imkoniyat yaratadi. Bu esa, o‘z navbatida, O‘zbekistonning sug‘urta kompaniyalari tashqi bozorlariga faol kirib borishiga, binobarin, respublikamzning iqtisodiyotiga investitsiya resurslari oqib kelishiga shart- sharoit yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |