Кафедра мудири. Мухамедова Д. Г. 1-variant 1-savol: Ekspremental psixologiya tarixi


Экспрементал психологияфаниданякуний назорат саволлари



Download 346,93 Kb.
bet20/28
Sana23.02.2022
Hajmi346,93 Kb.
#151351
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   28
Bog'liq
yakuniy javoblari ekseremental 2

Экспрементал психологияфаниданякуний назорат саволлари.
6-вариант
Э.ВеберваТ.Фехнернингтадқиқотлари
Илмий тадқиқотнинг босқичлари, турлари
Тест методива турлари, хусусиятлари
Кафедра мудири. Мухамедова Д.Г.


6 –variant 1 – savol. E. Veberva T. Faxnerningtadqiqotlari.
Psixologiyada eksperimentni tatbiq qilish bo'yicha dastlabki ishlarni fiziologVeber ( 1796-1878 ) va fizik Fexner ( 1801–1887 ) amalga oshirdilar . Veber va Fexnerning maqsadi tashqitassurotlar ( fizikomillar ) ta'sirida sezgilarning o'zaro munosabatlari sohasidagi qonuniyatlarni topishdan iborat edi . Fexner eksperimental metodlar asosida sezgilarning ortib borishi bilan ularni qo'zg'atuvchi ta'sirlar oʻrtasidagi qiyosiy munosabatni aniqlab , sezgi qoʻzgʻatgich logarifmiga proporsionaldir , degan psixofizik qonunni kashf etadi . Veber va Fexner oʻtkazgan tajribalar « Psixofizika » degan alohida fanning paydo bo'lishiga olib keldi . Veber va Fexner ishlarining ahamiyati , asosan , shundan iboratki , ular birinchi boʻlib psixologiyani , tabiat fanlari singari , eksperimental fanga aylantirish mumkin ekanligini isbotladilar . Shu vaqtgacha faqat kuzatish , asosan oʻz – oʻzini kuzatishdan foydalanib kelayotgan psixologiya , endi aniq fanlardagi obyektiv metoddan foydalana boshlaydi .


2-savol. Ilmiy tadqiqot - yangi bilimlarni ishlab chiqish jarayoni, bilish faoliyati turlaridan biri. Unga obʼyektivlik, ishonchlilik, aniklik xos. Ilmiy tadqiqot hamma shartlarga amal qilib takrorlanganda hamisha birdek natija beri-shi, bahs etilayotgan masalani isbotlashi lozim. Ilmiy tadqiqot bir-biri bilan boglangan ikki kiyem — tajriba va na-zariyadan iborat. Ilmiy tadqiqotning asosiy komponentlari: mavzuni belgilash, mavjud axborotni, tadqiqot sohasidagi shartsharoit va metodlarni, ilmiy farazlarni oldindan taxlil etish, tajriba oʻtkazish, olingan natijalarni taxlil etish va umumlashtirish, kelib chiqqan farazlarni olingan dalillar asosida tekshirish, yangi fakt va qonunlarni ifodalab berish, ilmiy bashorat yuritish. Ilmiy tadqiqotlarni fundamen-tal va amaliy, miqdoriy va sifatiy, noyob va kompleks tadqiqotlarga aj-ratish keng tarqalgan. Ilmiy tadqiqotlarning metod va tajribalari fanning oʻzidagina emas, balki koʻpgina iqtisodiy va ijtimoiy masalalarni qal qilishda ham keng qoʻllaniladi
6variant 3 savoli
Test metodi xususiyatlari
Test metodi. Test - inglizcha so`z bo`lib, sinash, tekshirish, de-makdir. Shaxsning aqpiy o`sishini, mentalitetini, qobiliyatini, iro-daviy sifatlari va boshqa psixik xususiyatlarini tekshirishda qo`lla-niladigan qisqa masala, topshiriq, misol, jumboq, syujetli rasm yoki shakl test deb ataladi. Test, ayniqsa, odamning qanday kasbni egallash mumkinligini, kasbga yaroqliligi yoki yaroqsizligi, iste`-dodlilar, iqtidorlilar va aqli zaiflarni aniqlashda kishilarni saralashda keng qo`llaniladi. Test metodining qimmati tajribaning ilmiylik darajasiga, tekshiruvchining mahoratiga va qiziqishiga, yig`ilgan psixologik ma`lumotlarning obyektivligi va ularni il-miy taxlil qila bilashga bogliqdir.

1905 yildan, ya`ni franiuz psixologi A. Bine va uning shogirdi A. Simon insonning aqliy o`sish va iste`dod darajalarini o`lchash imkoniyati borligi g`oyasini olg`a surganidan keyin psixologiyada test metodi qo`llana boshlandi.


Chet el psixologlari testlarni shaxsning iste`dod darajasini aniqlash vositasi deb bildilar. Biroqtest tekshirilayotgan hodisa-larning psixologik mezoni hisoblanmaydi. Ma`lumki, bir muam-moning yechimini izlash turli psixologik vositalar bilan amalga oshiriladi. Jahon (AQSH, Yevropa va hokazo) testologlari tadqiqot obyektlarini o`zlashtirib turadigan va qobiliyat, tafakkur, bilim ko`nikma hamda malakalarni aralash holda o`rganishga intiladilar. Sinash jarayonida sinaluvchilarning emotsional holati va salomat-ligiga bog`liqruhiy kechinmalarni inobatga olmaydilar. Sobiq It-tifoq psixologlari K.M. Gurevich, V.A. Krutetskiy va boshqalar qo`llaydigan testlar tubdan boshqacha prinsip asosida tuzilgan. Ular testlarningtafakkur ko`rsatkichi (indikatori) bo`lishi uchun harakat qildilar va muayyan yutuqlarga erishdilar. Shuningdek, tafakkur ja-rayonining sifat xususiyatlarini bilmay turib, qobiliyatning mo-hiyatini yoritib bo`lmaydi, degan qoidaga amal qilgan holda testlar-dan foydalanmoqdalar. Hozirgi davrda nodir testlar qatoriga psi-xologlardan Rorshax, Rozensveyg, Kettell, Vartegg, Veksler, Meyli, Ayzenk, Anaztazi, Raven va boshqalar ijodining namunalarini ki-ritish mumkin. Psixologiyada testlar quyidagi turkumlarga, turlarga ajratilgan holda qo`llaniladi. Eng keng tarqalgan testlar qatoriga:


Bilim, ko`nikma va malakalarni egallaganlik darajasini aniq-lashga qaratilgan diagnostik metodlardan biri maqsadga (yutuqqa) erishuv testlari yoki pedagogik testlar deb nomlanadi; bu tur hara-kat testlari (mexanizmlar, materiallar, instrument kabilardan foydalanishga mo`ljallangan), yozma testlar (maxsus blankalardagi savollardan bitta to`g`risini topishga yoki rasmdan muhim tomonini ajratishga yo`naltirilgan), og`zaki testlar (savollar tizimi umumiy ga`lim va kasb ta`limida tayyorgarlik darajasini aniklaydi).


Insonningakl idroki, akl zakovati, aqliy qobiliyati va fikr-lash darajasini o`lchashga mo`ljallangan testlar intellekt testlari deyiladi; ular verbal va noverbal shakllarda tuzilgan bo`lib, aqliy imkoniyat, uquvchanlik, topqirlik, zehn, farosatlilik, aqliy taraq-qiyot darajasini aniqlash uchun xizmat qiladi; test topshiriqlari yo`riqnomasida analogiyaga, umumlashtirishga, tushunchalarga, tavsif-lashga mantiqiy munosabatni aniqlash talab etiladi.


Ijodiyot (kreativlik) testlari shaxsning ijodiy qobiliyatla-rini o`rganish va baholashga mo`ljallangan bo`ladi; ular ijodkor shaxsning hayotiy tajribasini tahlil qilishga va ijodkor shaxsning individual xususiyatlarini (ijodiy tafakkur va uning mahsuldor-ligi: egiluvchanligi, tezkorligi topqirligi, originalligi, tanlov-chanligi, konstruktivligi va hokazo) o`rganishga yo`naltiriladi.


Mezonga mo`ljallangan (kriterial oriyentirlangan) testlartek-shiriluvchidan egallagan va kasbiy topshiriqlarni bajarish uchun yetarli yoki yetarli emasligini aniqlashga mo`ljallangandir. Mezon (kriteriya) sifatida muayyan bilimlar tizimi mavjud yoki mavjud emasligi xizmat qiladi. Mezonning yaratilishi uning mantiqiy-psixologik tuzilishini taxlil qilish asosida quriladi. Bunda me-todika bilan mezonning psixologik mutanosibligi, relevantligi oldindan hisobga olinishi lozim.


Shaxsga oid yoki shaxslilik testlari: shaxsning ustanovkasi, qadriyatlarga munosabati, emotsional holatlari, motivatsiyasi, shaxs-lararo munosabatdagi sifatlari, xulq-atvorining tipik shakllari va hokazolarni o`rganishga, o`lchashga, aniqlashga yordam beradi. Ular shaxsni o`rganish shkalalari, so`rovnomalari va bilim jarayonlarini o`lchash, baholash, o`zini o`zi baholashga yo`naltirilgan bo`ladi. Shu-ningdek, subyektivlikni aks ettiruvchi tekstlar tizimini ham qam-rab oladi.


Proyektiv testlar (lotincha rgospevglo oldinlab, ilgarilab namoyon etish ma`nosini bildiradi): proyeksiya natijalarini psixo-logik talqin qilishga asoslangan shaxsni yaxlit o`rganishga qaratil-gan metodlar majmuasi proyektiv testlar deyiladi. Psixologik himo-yalanishdan tashqari, favquloddagi vaziyatda individualligini o`ziga xos namoyish etish kabilarda mujassamlashadi. Bunday testlar tur-kumi assotsiativ (tugallanmagan gaplar yoki hikoya), ekspressiv (psi-xodrama, o`yinlar, ishbilarmandlik o`yinlari, sotstrening, erkin mavzuda rasm chizish) turlariga ajratiladi. Shaxsning ichki dunyosi mohiyatini subyektning shaxsan o`zi to`laroq namoyish etishga xizmat qiladi.

Shunday qilib, testlar qatoriga yutuqqa (maqsadga) erishish test-lari (ular darsliklarda berilgan bilim, malaka darajalarini ba-holashga qaratilgan), intellekt testlari (akliy taraqqiyot daraja-sini o`lchashga mo`ljallangan), shaxslilik testlari (inson irodasi, emotsiyasi, qiziqishi, motivatsiyasi va hulqini baholashga yo`nalti-rilgan diagnostik metodlardan iboratdir), shaxs «loyihasi» (pro-yektiv) testlari (savollarga bitta aniqjavob berish talab qilinadi, javoblarni tahlil qilib, shaxs xususiyatlarining «loyihasi» ishlab chiqiladi), qobiliyat testlari, xotira testlari kiradi





Download 346,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish