Kadrlar tayyorlash milliy dasturi ni amalga oshirish uzluksiz ta’lim tizimining tuzilmasi va mazmunini zamonaviy fan yutuqlari va ijtimoiy tajribaga tayangan holda tub islohotlarni ko’zda tutadi


- . EKOLOGIK PIRAMIDA QOIDASI. BIOMASSA VA



Download 1,76 Mb.
bet65/73
Sana01.06.2022
Hajmi1,76 Mb.
#628311
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   73
Bog'liq
Abdivohid Biomasala kitobi

17- . EKOLOGIK PIRAMIDA QOIDASI. BIOMASSA VA
ENERGIYA PIRAMIDASI
Har qanday ekologik tizimning asosini oziq zanjiri tashkil qiladi. Ekologik sistemalardagi oziq zanjiri produtsentlar, konsumentlar va redutsentlardan iborat.
Oziq zanjiridagi produtsentlarni fotosintez va xemosintezni amalga oshiradigan avtotrof organizmlar tashkil etadi. Konsumentlar esa oziqlanish tarkibiga ko‘ra tavsiflanadi, ularning 1-tartibini o‘simlikxo‘r hayvonlar (birlamchi iste’molchilar), 2- va 3-tartibini go‘shtxo‘r hayvonlar (ikkilamchi va uchlamchi iste’molchilar), redutsentlarni organik qoldiqlami mineral moddalargacha parchalaydigan saprofit organizmlar tashkil etadi.
Ekologik piramidalar. Oziq zanjirlarida moddalar va energiyaning almashinuv jarayonlari ma’lum qonuniyatlar asosida sodir bo’ladi. Bir trofik
darajadan ikkinchi trofik darajaga o’tishda modda va energiyaning o‘zgarishi
kuzatiladi. Har bir trofik daraja biomassasining shakllanishiga iste’mol qilingan oziqning hammasi ham sarf bo’lmaydi. Iste’mol qilingan oziqning ko‘p qismi tirik organizmlar hayotiy jarayoni: nafas olish, harakatlanish, ko‘payish, tana haroratini saqlash kabilami ta’minlash uchun sarflanadi. Undan tashqari, iste’mol qilingan oziqning hammasi ham o‘zlashtirilmaydi, ya’ni hazm bo‘lmaydi. Oziqning hazm bo‘lmagan qismi tashqi muhitga chiqariladi (ekskretsiya). Oziqning o‘zlashtirilganlik darajasi oziq tarkibi va organizmning biologik xususiyatlari bilan bog‘liq bo‘lib, 12-75% ni tashkil etadi. 0‘zlashtirilgan oziqning asosiy qismi tirik organizmlaming hayotiy jarayonlarini ta’minlash uchun, bir qismi esa tananing qurulishiga va o‘sishiga sarflanadi. Boshqacha aytganda, bir trofik darajadan ikkinchisiga o‘tishda modda va energiyaning ko‘p qismi yo‘qoladi, shuning uchun iste’molchiga modda va energiyaning o‘zidan avvalgi trofik daraja biomassasiga qo‘shilgan qismigina o‘tadi.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, oziq zanjirining har bir trofik darajasida energiyaning 90% i yo‘qoladi, faqat 10% i keyingi darajaga o‘tadi. Amerikalik ekolog olim R. Lindeman ushbu qonuniyatni «10% qoidasi» deb ta’rifladi.

Masalan


Produsentlar

Birinchi tartib konsumentlar

Ikkinchi tartib konsumentlar

Uchinchi tartib konsumentlar

1000 kJ

100 kJ

10 kJ

1 kJ

Bu qonunga binoan, oziq zanjirining bir bo‘g‘inidan ikkinchi bo‘g‘iniga


modda va energiyaning faqat 10% i o ‘tadi, qolgan 90% i dastlabki bo‘g’in tirik organizmlarining hayotiy jarayonlarini ta’minlashga sarflanadi. Shunday qilib, o‘simliklar tomonidan jamg‘arilgan modda va energiya tezda sarflanib ketadi va shuning uchun ham oziq zanjiri uzun bo‘lmaydi.
Yuqoridagi qoidadan foydalanib oziq zanjirining bir bo‘ginidagi energiya miqdori ma’lum bo‘lsa, har bir bo‘g‘inidagi energiya miqdorini aniqlash mumkin.
Oziq zanjirining har bir trofik darajasidagi individlar soni yoki biomassasi, yoki undagi energiya miqdori aniqlansa, oziq zanjirining oxiriga qadar bu ko‘rsatkichlaming kamayib borayotganini ko‘rish mumkin. Bu qonuniyatni ilk bor 1927-yil angliyalik ekolog olim Ch. Elton aniqlagan va ekologik piramida qoidasi deb atagan.
Trofik darajadagi individlar soni yoki biomassasi, yoki undagi energiya miqdori bir xil kattalikdagi to‘g‘ri to‘rtburchaklar shaklida ifodalansa va ustma-ust qo‘yib chiqilsa, ekalogik piramida hosil bo’ladi. Ekologik piramida ekosistemadagi produtsentlar va har xil darajadagi konsumentlar (o‘txo‘rlar, yirtqichlar) ning o‘zaro nisbatini aks ettiruvchi grafik tasvirdir. Ekologik piramida asosini birinchi trofik daraja - produtsentlar tashkil etadi, undan so‘ng ikkinchi trofik darajani - birinchi tartib konsumentlari tashkil etadi va h.k. Bir trofik darajadan keyingisiga o‘tgan sari individlar soni kamayadi, lekin ularning tana o‘lchami kattalashib boradi. Bir darajadan keyingisiga 10 % energiya o‘tgani uchun ekologik piramidaning asosi keng, yuqorisi esa cho‘qqili o‘tkir bo’ladi. (18-rasm.).
Tabiatda har xil ekologik piramidalar uchraydi:
1) sonlar piramidasi - har bir trofik darajada individlar sonini aks ettiradi;
2) biomassa piramidasi - har bir trofik darajadagi tirik moddaning umumiy quruq massasini aks ettiradi;
3) energiya piramidasi - trofik darajalarda energiya oqimini aks ettiradi.

Download 1,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish