2-masala. Produtsentning biomassasi - 700 000 kg, qarchig‘ayning biomassasi 7 kg. Q archig‘ay qaysi tartib konsument bo‘la oladi?
Masalaning ishlanishi: 10% qoidasida kelib chiqib, quyidagicha oziq zanjirini tuzamiz, va natijada qarchig’ay V-tartib konsument ekanligi aniqlanadi.
3-masala. 0‘simlik- quyon - tulkidan iborat oziq zanjirida o’simlik biomassasi 100 t. Agar bir tulkining massasi 10 kg bo‘lsa, tulkilar populatsiyasidagi individlar sonini aniqlang.
Masalaning ishlanishi: Agar o’simlik biomassasi 100 t=100 000 kg bo’lsa, 10% qoidasidan foydalanib quyonning biomassasi-10 000 kg, tulkilarning biomassasi-1000 kg ekanligi ma’lum bo’ladi. Shundan so’ng, tulkilar sonini aniqlash uchun oziq zanjiridagi 1000 kg tulki biomassasini bitta 10 kg tulki massasiga bo’lsak, ya’ni 1000 kg /10 kg =100 ta tulki oziq zanjirida qatnashayotgani ma’lum bo’ladi.
4-masala. 2- va 4-tartib konsumentlarining umumiy biomassasi 1010 kg.
I-tartib konsumentlarning umumiy biomassasini aniqlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |