64,9%, 13,3%, 21,4%, 0,4%.
Javob: 13,3%, 21,4%, 0,4%.
Mustaqil ishlash uchun masalalar:
1-masala. Dengiz cho’chqalari junining kaltaligi uzunligi ustidan, dag’alligi normalligi ustidan dominantlik qiladi. Bu genlar birikkan holda nasldan-naslga o’tishini bilish uchun qanday belgilarga ega ota-ona organizmlar olingani, chatishtirishning qanday usullaridan foydalanilgani va krosinngover foizini aniqlanadi.
2-masala. Makkajo’xorining doni rangli, endospermi tekis formasi bilan doni rangsiz, endospermi burishgan formasi chatishtirilganda naslda 4032 ta doni rangli, endospermi tekis; 4035 ta doni rangsiz, endospermi burishgan; 144 ta doni rangli, endospermi burishgan; 151 ta doni rangsiz, endospermi tekis forma olingan. Ota –onaning genotipini, F1 dagi krosingover foizini aniqlang.
3-masala. Kalamushlarda junning qora rangi oq rangi ustidan, ko’zning och qizil bo’lishi qizil bo’lishi ustidan to’liq dominantlik qiladi. Har ikkala belgi birikkan holda nasldan-naslga o’tadi. Labaratoriyada qora junli, och qizil ko’zli kalamushlar chatishtirilganda, keyingi avlodda olingan kalamushlarning 26 tasi qora junli, och qizil ko’zli; 24 tasi oq junli, qizil ko’zli; 24 tasi oq junli, och qizil ko’zli va 25 tasi qora junli, qizil ko’zli bo’lgan. O’rganilayotgan belgilar bo’yicha barcha kalamushlarning genotipini aniqlang. Bu belgilarni ta’min etuvchi genlar xromasomada qanday masofada joylashgan?
13-§. JINS BILAN BOG‘LIQ HOLDA IRSIYLANISH
Genlar faqat autosomada emas, balki jinsiy xromosomalarda ham joylashgan. Autosomadagi genlar faoliyati erkak va urg‘ochi organizmlarda bir xil namoyon bo‘ladi. Jinsiy xromosomalarda joylashgan genlar jins bilan bog‘liq holda nasldan naslga o‘tadi. Bu hodisa amerikalik T. Morgan va uning shogirdlari tomonidan drozofilada oʻrganilgan. Morgan drozofilaning ko‘z rangini irsiylanishini o‘rgandi. Ko‘zning qizil rangi dominant, oq rangi esa retsessiv ekanligi ma’lum bo‘ldi. Chatishtirish uchun olingan urg‘ochi qizil ko‘zli gomozigota drozofila genotipi ; , oq ko‘zli erkakniki Y bo‘ladi. Ularni o‘zaro chatishtirish natijasida F1 dagi urg‘ochi va erkak drozofilalarning ko‘zi qizil bo‘ladi. F2 dagi urg‘ochi drozofilalarning hammasi qizil ko‘zli, lekin ularning ½ qismi gomozigota, ½ qismi geterozigota holatda, erkaklarining ½ qismi qizil ko‘zli, ½ qismi oq ko‘zli bo‘ladi.
Agar chatishtirish uchun oq ko‘zli urg‘ochi pashshalar bilan qizil ko‘zli erkak pashshalar olinsa (resiprok chatishtirish), F1 da hosil bo‘lgan erkak drozofilalar oq ko‘zli, urg‘ochi drozofilalar qizil ko‘zli bo‘ladi. F2 dagi urg‘ochi drozofilalarning ½ qismi qizil ko‘zli, ½ qismi oq ko‘zli bo‘ladi, erkaklarining ½ qismi qizil ko‘zli, ½ qismi oq ko‘zli bo‘ladi (14-rasm).
14-rasm. Drozofi la meva pashshasida ko‘z rangining jinsga birikkan holda
irsiylanishi. W+ – ko‘z rangining qizilligini, W– ko‘z rangining oqligini ifodalaydi.
Urg‘ochi organizm gomogameta, erkak geterogameta bo‘lgan taqdirda, jins bilan bog‘liq belgilar boshqa organizmlarda ham shunday usulda avloddan avlodga beriladi. Gemofiliya, daltonizm, muskul distrofiyasi X xromosomaga bog‘liq holda irsiylanadi.
Urg‘ochisi geterogameta bo‘lgan organizmlarda jins bilan birikkan belgilarning irsiylanishi boshqacharoq kechadi. Masalan, tovuq va xo‘rozlarning pati chipor bo‘lishi dominant, qora rangda bo‘lishi retsessiv genlarga bog‘liq. Ular X xromosomada joylashgan. Agar qora patli (b) tovuq bilan chipor (B) patli xo‘roz chatishtirilsa F1 avloddagi tovuq va xo‘rozlarning pati chipor rangda bo‘ladi. F1 dagi xo‘roz va tovuqlar o‘zaro chatishtirilsa, F2 avlodning barcha xo‘rozlari chipor, tovuqlarining ½ qismi chipor, ½ qismi qora patli bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |