K. Z. Homitov iqtisod fanlar doktori, dotsent



Download 0,75 Mb.
bet32/105
Sana13.07.2022
Hajmi0,75 Mb.
#786818
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   105
Bog'liq
Adabiyot1 8fb0c

4.2.1-masala. Faraz qilaylik, investitsiya loyihasi uchun 140 mln so‘m xarajat qilingan, loyihani amalga oshirish jarayonida olinadigan sof foyda miqdori yillar bo‘yicha quyidagicha: birinchi yil – 3350 ming so‘m, ikkinchi yil
– 10990 ming so‘m, uchinchi yil – 15480 ming so‘m, to‘rtinchi yil – 21640 ming so‘m va beshinchi yil – 22790 ming so‘mni tashkil qilsa, u holda foydaning oddiy me’yori (ROI) qanday hisoblanadi?
Yechish: Bu loyiha bo‘yicha olinadigan sof foyda yillar bo‘yicha o‘zgaruvchan bo‘lganligi sababli, avvalombor o‘rtacha yillik foydani hisoblab topamiz.
Rjami=(3350+10990+15480+21640+22790) ming so‘m = 74250 ming
so‘m; Ro‘rt=Rjami/5=14850 ming so‘m.
Shundan so‘ng foydaning oddiy me’yorini (ROI) hisoblaymiz: ROI = (14850 ming so‘m : 140.000 ming so‘m)*100% = 10,6 %.
Bu foyda me’yori investor talab qilgan me’yorni beradi. Shuning uchun bu loyihaning jalb etuvchanligini ma’qullash mumkin.
Bu usulning asosiy afzalliklari shuki, hisob-kitob ishlarining oddiyligi va qulayligidir. Kamchiliklari esa kelgusi pul tushumlarining qiymatini joriy vaqtga nisbatan hisobga olinmasligidadir.
Har qanday loyihaning moliyaviy-iqtisodiy jihatdan baholanishi pul oqimlari haqidagi ma’lumotlarga asoslanadi. Pul oqimlari haqidagi ma’lumotlarga ega bo‘lmasdan turib, investitsiya loyihasining samaradorligini baholash mumkin emas.
Investitsiya loyihasini baholash loyihani amalga oshirishdan oldin bajarilishi sababli, pul oqimlari haqidagi ma’lumotlar ham oldindan rejalashtiriladi. Loyiha samaradorligini baholashda pul oqimlarini rejalashtirish va ularni hisobga olish jarayoni asosiy o‘rinni egallaydi va investitsiya loyihalarining haqiqiy samaradorligini aniqlashga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi.
Diskontlash usuli (noan’anaviy usul)ning mazmuni shundan iboratki, pul mablag‘larining qiymati muayyan vaqtda bir xil emasligi, ya’ni bugungi bir so‘m bir yildan keyingi bir so‘mga (iste’mol qiymati bo‘yicha) teng emasligi konsepsiyasiga asoslanadi. Diskontlashga asoslangan usullarning barchasi (sof joriy qiymatni aniqlash usuli (Net Present Value, NPV), foydaning ichki
me’yorini hisoblash usuli (Internal Rate of Return, IRR), investitsiyalarning rentabelligini hisoblash usuli (Profitability Index, PI), diskontlashning qoplash muddatini hisoblash usuli (Discount Payback Period, DPP)da investitsiya loyihalarining muayyan davrdagi barcha kirim va chiqimlarning o‘rtasidagi farq
– sof pul oqimi (Cash Flow – CF) aniqlanib, diskotlashtirish yo‘li bilan hisoblanadi. Binobarin, diskontlashga asoslangan usullarning mohiyatini tushunish uchun, avvalo, korxona pul oqimlarining mazmunini va sof pul oqimini aniqlash formulasini bilib olishimiz kerak bo‘ladi.
Pul tushumlari va chiqimlarini tahlil etish investitsiya loyihalarini baholashda juda muhim sanaladi. Investorlarni boylikni o‘stiruvchi tushumning qanchaligi, pul mablag‘lari kirimi va chiqimigina qiziqtirmasdan, balki korxonaning byudjet oldidagi majburiyatlardan xoli bo‘lgandagi, ya’ni soliqlarni to‘lagandan keyingi qoladigan natija (foyda) qiziqtiradi.
Buni quyidagi ko‘rinishdagi formula orqali aniqlash mumkin:
𝑃𝑡 = 𝑆𝑡 (𝑋 + 𝐴) − (𝑇𝑓 + 𝑇𝑠) . (4.2.3) bu yerda, Pt - pul tushumlari; St - sotishdan olingan tushum;
X - xarajatlar yig‘indisi (joriy xarajatlar); A - amortizatsiya ajratmasi; Tf ;Ts - to‘langan foizlar va soliqlar.
Buni quyidagi 4.2.1-jadval orqali tasvirlash mumkin.




Download 0,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish