K I m y o ki my oga oi d atama lar etimilo gi ya si


Metall  Osmon jismi  Ramzi  Ma’bud



Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/118
Sana28.09.2021
Hajmi2,13 Mb.
#187364
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   118
Bog'liq
Kimyoga oid atamalar etimologiyasi

Metall 
Osmon jismi  Ramzi  Ma’bud 
Hafta kuni 
Kumush
  
Oy  
(Moon
 
 
Dushanba - Moonday, Moon – Oy, day – 
kun, ya’ni, Oy kuni) 
Temir
  
Mars  
 
Ares,  
Tiv 
Seshanba – Tuesday, Tiw kuni. 
Tiw – german qabilalarida urush ma’budi. 
Simob
 
Merkuriy 
(Mercury
 
Merkuriy  
Voden 
Chorshanba – Wendesday, Voden kuni 
Woden – german qabilalari 
mifologiyasidagi ma’bud. 
Qalay
  
Yupiter 
(Jupiter
 
Yupiter 
Tor 
Payshanda – Thursday, Tor kuni.   
Thor – german qabilalarida chaqmoq 
ma’budi 
Mis
 
Venera 
(Venus
 
Venera  
Frigg 
Juma – Friday. Frigg kuni. 
Frigg – Skandinaviya xalqlarida 
muhabbat va nikoh ma’budasi 
Qo‘rg‘oshin
  
Saturn  
(Saturn
 
Saturn 
Shanba – Saturday. Saturn kuni. 
Oltin
  
Quyosh 
(Sun
 
 
Yakshanba - Sunday,  
Sun – Quyosh, day - kun, quyosh-kuni 
 
Shunday  qilib,  g‘arbiy  Yevropa  tillarining  aksariyatida  hafta  kunlari  nomlari  ham 
muayyan ma’budlar va ularga bog‘liq osmon jismlari hamda, metallar bilan bog‘lab yuritilgani 
ma’lum bo‘lmoqda.  
So‘nggi  yuz  yilliklarda  kashf  etilgan  kimyoviy  elementlarning  nomlari  umuman 
boshqacha  tamoyillar  asosida  tanlangan  bo‘lib,  bular  haqida  quyida  batafsil  hikoya  qilamiz. 
Shunisi  aniqki  va  yaxshiki,  so‘nggi  yuz  yilliklarda  kashf  qilingan  elementlarning  nomlari 
jahonning  barcha  tillarida  deyarli  bir  xil  yangraydi.  Faqat,  ayrim  tillardagi  o‘ziga  xosliklar 
sababli, element nomi biroz boshqacha, g‘alatiroq talaffuz qilinishi mumkin. Masalan, berilliy 


16 
 
elementi yapon tilida «beririumu» tarzida yoziladi va o‘qiladi. Chunki, yapon tilida «l» harfi 
mavjud  emas.  Lekin,  element  nomi  o‘zgarmagani  yaqqol  ko‘rinib  turibdi.  Buning  sababi, 
berilliy  elementini  kimyogarlar  nisbatan  yaqinda,  atiga  1797-yilga  kelib  kashf  qilishgan. 
Element nomi yapon tiliga yanada kechroq kirib kelgan.   
Keling,  endi,  kimyoviy  elementlarning  etimologiyasi  bilan  tanishishni  boshlasak. 
Gapni, eng qadimdan ma’lum elementlarning nomlaridan boshlaymiz. 
Oltin 
Ehtimol, oltin – odamzot to‘qnash kelgan ilk metall bo‘lsa kerak. Chunki, oltin tabiatda 
odatda asosan asl holda, sof shaklda uchraydi. Sof holda topilgan tabiiy oltin bo‘laklari ichida 
eng  kattasi  1872-yilda  Avstraliyadan  topilgan  bo‘lib,  uni  «Xolterman  plitasi»  deyiladi.  Bu 
orasiga 83,2 kg sof oltin tiqilib qolgan katta kvarts palaxsasi bo‘lib, uning umumiy vazni 235 
kg ni tashkil qilgan.  
Oltin metalining nomi ko‘plab turkiy tillarda o‘zaro o‘xshash: o‘zbek, turk, qozoq, tatar 
va  boshqird  tillarida  u  oltin,  (yoki,  talaffuzga  qarab,  «altin»)  deb  yuritiladi.  Turkiy  tillarda 
mavjud  element  nomlarining  aksariyati,  ushbu  elementning  tabiiy  holda  uchraydigan 
holatining rangiga qarab berilgan. Qizig‘i shundaki, saxa tili, ya’ni, Yoqutistonning mahalliy 
xalqi tilida oltinni «qixil kumis», ya’ni, qizil kumush deb yuritilar ekan. Ozar qardoshlarimiz 
esa  oltinni  shunchaki  «qizil»  deb  nomlashadi.  Bir  qarashda  o‘zaro  bog‘liqligi  yo‘qdek 
ko‘rinadigan bunday turkiy so‘zlarning (ya’ni, «oltin» va «qizil» so‘zlarining) aslida juda qiziq 
o‘zaro yaqin aloqasi mavjud. Ya’ni, aslida o‘zbek tilida va yana qator boshqa turkiy tillarda 
«oltin» tarzida aytiladigan ushbu element nomi ozar va yoqut tilida «qizil» deyilishi bejiz emas. 
Oltin – tunda qizg‘ish yarqiroq rangda namoyon bo‘ladi. Shu sababli ham ayrim turkiy tillarda 
ushbu elementni hali hanuz «qizil» deb yuritishadi. O‘zbekcha - «oltin» so‘zi ham qizil so‘ziga 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqadorlikka ega. Shoirlar tomonidan qizil rangni badiiy tasvirlash uchun 
«ol» so‘zini keng ishlatilishini yaxshi bilamiz. Qizlarning qip-qizil labini shoirlar «labing ol» 
deb  ta’riflaydilar.  Xullas,  o‘zbek  tilida  qizil  rangga  sinonim  sifatida  ol  so‘zini  qo‘llanishi 
avvaldan mavjud amaliyot sanaladi. Oltin so‘zi ham qizil rang ma’nosidagi o‘sha  «ol» so‘zi 
ishtirokida  yasalgan  bo‘lib,  qadimgi  turkiy  tilda  u  «Ol»  va  «tun»  so‘zlarining  qo‘shib 
aytilishidan  vujudga  kelgan.  Ya’ni,  oltin  so‘zining  o‘zbekcha  ma’nosi  «tundagi  qizillik», 
«tundagi qirmizi» bo‘lib chiqmoqda.  
Oltin  metalining  nomi  ko‘plab  Yevropa  tillarida  ham  bir-biriga  o‘xshash  tarzda 
yangraydi. Xususan, oltin inglizcha va nemischada gold, golland tilida goud, norveg tilida esa 
gull deb yuritiladi. Ushbu nomlarning ildizi qadimgi hind-yevropa tillariga mansub bo‘lib, tub 
ma’nosi – sariq rangni bildiradi. Shu sababli, ba’zi yevropa tillarida tillarang sariq rangni ham 
oltin so‘ziga yaqin so‘z bilan nomlashadi. Masalan, nemis tilida tillarangni gelb, italyan tilida 
giallo, ispan tilida esa gualdo deyiladi. Qadimda pul-tangalar tilladan tayyorlanganligi sababli, 
odamlar tushunchasida  «pul» so‘zi ham tilla bilan chambarchas bog‘lanib qolgan. Xususan, 
golland tilida «pul» ma’nosini beruvchi so‘z ham va gollandlarning yevrodan avvalgi milliy 
valyutasi ham «gyldan» (gulden) deb yuritilgan. Shunga o‘xshash holatni slavyan tillarida ham 
uchratish  mumkin.  Chunonchi,  polyak  tilida  pulni  «zlotiy»  deyiladi  va  bu  slavyan  tillari 
guruhida oltinni «zoloto» («золото») deb yuritilishi bilan bog‘liq.  
Davriy jadvalda elementlarning nomi lotin tilida keltirilishini yaxshi bilasiz. Oltinning 
davriy jadvaldagi nomi – aurum bo‘lib, u ham elementning tabiiy sof holatdagi rangiga bog‘liq 


17 
 
atamadir.  Uning  tub  ildizi  qadimgi  lotin  tilida  «yarqiroq  sariq»  ma’nosini  bildirgan.  Oltinni 
ilmiy nomiga, ya’ni, davriy jadvaldagi nomiga eng yaqin so‘z bilan ataydigan tillar bu – fransuz 
va italyan tillaridir. Xususan, fransuzlar oltinni «or», italyanlar esa «oro» deb ataydilar va bu 
so‘zlarning  o‘zagi  lotincha  «aurum»  bilan  bitta.  Yevropa  tillariga  mansub  ayollar  ismi 
«Aurora»  ya’ni,  Avrora  ham  mohiyatan  «Tilla»  ma’nosini  beradi.  Qadimgi  Rimliklar  tong 
sahar shafaq oldidan Ufqda paydo bo‘ladigan yarqiroq yulduzni Avrora deb atashgan. Chunki 
u tilla singari yaltirab jilvalanib ko‘ringan. Rimliklarning musaffo tong ma’budasi ham Avrora 
deb nomlangan. Yunon tilida esa oltinni chrysos deb yuritiladi. Buning ma’nosi ham qizil va 
qirmizi rangni ifodalaydi. Kimyoda qizil rangli mineral – xrizoberill mineralining nomi aynan 
yunoncha xriziz, ya’ni, qirmizi so‘zidan yasalgan. Xrizantema guli nomining yasalishida ham 
oltin so‘zining yunonchasi ishtirok etgan.  
 

Download 2,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish