K I m y o ki my oga oi d atama lar etimilo gi ya si



Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/118
Sana28.09.2021
Hajmi2,13 Mb.
#187364
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   118
Bog'liq
Kimyoga oid atamalar etimologiyasi

Mishyak    
Elementning lotincha ilmiy nomi – arsenicum yunonchaga forschadan kirib kelgan so‘z 
–  arsenikon  so‘ziga  borib  taqaladi.  Qadimgi  forslar  va  yunonlar  mishyakning  tabiatda 
uchraydigan  sulfid  minerali  –  aurpigment  (As
2
S
3
)ni  shunday  nomlashgan.  Yorqin  tillarang 
ko‘rinishda bo‘lgan ushbu birikma rang-tasvir san’atida keng qo‘llanilgan. Mishyakning yana 
bir sulfidi As
4
S
4
 realgar deb nomlanuvchi mineral ko‘rinishida uchraydi. Ushbu mineral nomi 
arab tilidan olingan bo‘lib, tarjimasi «kon changi» degan ma’noni anglatadi. Tabiatda mishyak 
asosan birikmalar ko‘rinishida va qisman (juda oz miqdorda) sof holda ham uchraydi. Mishyak 
birikmalaridan biri – 
kumush
 va mishyak sulfidlari aralashmasi Ag
3
AsS
3
 bo‘lib, uni «aldamchi 
kumush» ham deyildi. Ushbu birikmani hozirda fransuz kimyogari Jozef Lui Prust (1754-1826) 
sharafiga prustit deb nomlash qabul qilingan.  
Mishyakning ko‘plab hosilalari juda zaharlidir. Masalan, mishyakning dimetilarsin deb 
nomlangan radikali (CH
3
)
2
As nihoyada qo‘lansa, badbo‘y modda bo‘lib, unga shved kimyogari 
Yakob  Berselius  (1779-1848)  tomonidan  kakodil  deb  nom  berilgan.  Yunonchada  kakodes  - 
«qo‘lansa», «badbo‘y», «sassiq» degan ma’nolarni bildiradi. Shunisi qiziqki, mazkur qo‘lansa 
modda  shuningdek,  fransuz  kimyogari  va  farmatsevti,  hamda,  chinni  fabrikasi  xo‘jayini 
bo‘lgan odam – Lui Klod Kade (1731-1789) nomi bilan bog‘lanib, «Kade suyuqligi» deb ham 
ataladi. Aynan u  kaliy atsetati bilan mishyak III oksidini haydash jarayonida mazkur qo‘lansa 
moddani birinchi bo‘lib ajratib olgan edi. Mishyakning terini zaharlaydigan yana bir birikmasi 
lyuizit  deb  nomlanadi.  Formulasi  ClCH=CHAsCl
2
  bo‘lgan  ushbu  modda  aksincha,  o‘zidan 
xushboʻy  hid  taratadi.  Lyuizit,  uni  birinchi  bo‘lib  sintez  qilgan  kimyogar  Uinford  Li  Lyuis 
(1878-1943) sharafiga shunday nomlangan.  
Tarkibida mishyak tutuvchi eng taniqli organik moddalardan biri bu – salvarsandir. Uni 
1909-yilda nemis biokimyogari Paul Elrix (1851-1915) sintez qilgan. Elrix o‘zi ushbu moddani 
«preparat 606» deb nomlagan. Chunki, uning maqsadi, erkaklar tanosil a’zolari kasalliklariga 
qarshi kurashda qo‘llaniladigan preparat ishlab chiqish bo‘lgan. 606-esa, u o‘tkazgan tajribalar 
soni  bo‘lib,  ya’ni,  Elrix  606-urinishda  o‘zi  kutgan  natijaga  erishgan  ekan.  Preparatga 
keyinchalik salvarsan nomi berilgan. Buning «salvo» - yordam va «arsenicum» so‘zlarining 
birinchi bo‘g‘inlaridan yasalgan bo‘lib, ma’nosi «mishyak bilan yordam» desak to‘g‘ri bo‘ladi. 
Salvarsanning kimyoviy strukturasi hamda, uni kashf qilgan olim Elrix tasviri Germaniyaning 
yevrodan  avvalgi  milliy  valyutasida  –  200  doychmarka  qiymatlik  banknotalarida  uchratish 
mumkin edi.  


25 
 

Download 2,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish