28
Nomi afsonalar bilan bog‘liq elementlar
Kadmiy
Kadmiy elementi 1818-yilda nemis kimyogari va farmatsevti Fridrix Shtromeyer
(1776-1835) tomonidan kashf qilingan. Shtromeyer dori ishlab chiqarish jarayonida
qo‘llanadigan rux karbonati tarkibidan kadmiy elementini aniqlagan. Rux oksidi hozirda ham
turli kukun dorilarda, surtma (maz) dorilarda va pastalar tarkibida qo‘llaniladi. U surtma dori
massasiga
qovushqoqlik beradi hamda, yara-chaqalarga antiseptik ta’sir ko‘rsatadi.
Farmasevtik fabrikalardan birida ishlab chiqarilgan dorilar ustidan tekshiruv o‘tkazgan
hududiy nazoratchi vrach, mazkur fabrika dorilari tarkibida zaharli modda, aniqrog‘i
mishyak
mavjudligi haqida gumonga borib qoladi. Bu borada vrach maxsus tekshiruv o‘tkazadi va
fabrikada dori tayyorlashda ishlatiladigan rux oksidining xlorid kislotadagi eritmasidan
serovodorod o‘tkazib ko‘radi. Tajriba natijasida, kimyogarlar kutganidek ruxning ZnS
shaklidagi oq cho‘kma birikmasi emas, balki, mishyakka o‘xshash, sap-sariq g‘alati modda
quyqa holida ajralib chiqqan. Tekshiruv xulosasiga ko‘ra, dorilar zaharli deb taxmin qilingan
va natijada, hududiy nazorat-taftish boshqarmasining ko‘rsatmasi bilan, mazkur dori
fabrikasida ishlab chiqarilgan barcha preparatlar savdosi ta’qiqlangan. Shunda, farmatsevtika
fabrikasi egasi o‘zi ham mustaqil ichki tekshiruv o‘tkazishga qaror qiladi va tajribalarni
takrorlab ko‘radi. Hudud nazoratchi vrachi tajribalaridan farqli o‘laroq, fabrika egasi o‘z
tekshirishlarini yanada sinchkovlik bilan va ko‘p bora takroran o‘tkazib ko‘radi. Yakunda u
ham g‘alati bir xulosaga keladi. Fabrika egasining aniqlashicha, dori tarkibidan quyqa holida
cho‘kayotgan sariq rangli modda zaharli mishyak emas, aksincha, hali fanga noma’lum bo‘lgan
mutlaqo boshqa bir element ekan. U o‘zining mazkur taxminini tekshirib ko‘rish uchun
Gyottingen universiteti professori Shtromeyerga murojaat qiladi. Shtromeyer ham tajribani
takrorlab ko‘radi va haqiqatan ham bu mutlaqo boshqa modda ekanini, aniqrog‘i, ilgari
noma’lum bo‘lgan yangi element ekanini tasdiqlaydi. Ushbu yangi kashf etilgan elementga
Shtromeyerning taklifi bilan
kadmiy deb non beriladi. Kadmiy so‘zi ham boshqa ko‘plab ilmiy
atamalar singari yunon tilidan kelib chiqqan bo‘lib, yunonchadagi
kadmeia so‘zidan yasalgan.
Qadimgi yunonlar rux karbonatli rudalarni shunday nomlashgan. O‘z navbatida, yunonchadagi
o‘sha
kadmeia ham, qadimgi yunon afsonalaridagi qahramon timsoli – Kadm (yoki, Kadmos)
nomidan olingan bo‘lib, rivoyatlarga ko‘ra, Kadmos – ajdarlarni yenggan podsho Yevropaning
akasi bo‘lgan. Aytishlaricha, Kadmos rux mineralini qanday olishni va rux va misni o‘zaro
aralashtirib, latun hosil qilishni o‘rgatgan emish.
Do'stlaringiz bilan baham: