Birinchi bob
QUL SAVDOSI
Qul savdosi! Bu so‘zning dahshatli ma’nosini hamma
tushunadi. Insoniyat tilida bu so‘zga sira o‘rin bo‘lmasligi
kerak
29
.
Okeanning naryog‘ida mustamlakalari bo‘lgan
Yevropa
davlatlari uzoq zamonlardan beri odam larni sharman-
dalarcha oldi-sotdi qilib, ko‘p foyda ko‘rib kelar edilar.
Qul savdosi man qilingandan keyin ko‘p yillar o‘tib ket-
gan bo‘lsa ham, lekin ko‘p joylarda va ayniqsa Markaziy
Afrikada shu kunga qadar
29
qul
savdosi davom etib
kelmoqda.
O‘zini madaniy mamlakat deb hisoblagan ba’zi bir dav-
latlar XIX asrning o‘rtalarida ham qul savdosini man etish
to‘g‘risidagi aktga imzo qo‘yishdan bosh tortib kelar edilar.
Ko‘p kishilar, tirik odamlarni olti-sotdi qilish, ya’ni
qul savdosi allaqachon yo‘q bo‘lib ketgan deb o‘ylaydilar.
Bo‘lmagan gap! Butun bir qit’ani huvillatib,
odamsiz
qoldirish xavfini tug‘diruvchi odam ovlash kasbi bizning
zamonamizda qanday avj olayotganini biz kitobxonlari-
mizga shu kitobning ikkinchi qismida hikoya qilib bera-
miz. Ba’zi bir mustamlakalarga tekin ishchi kuchlari yet-
kazib berish uchun qanday vahshiyona bosqinchiliklar
qilinayotganini, butun-butun qishloqlar
talon-toroj qilinib
o‘t ichida qolayotganini, bun day bosqinchiliklar paytida
qanchadan-qancha qonlar to‘kilayotganini va bundan
kimlar foyda ko‘rayotganini kitobxonlar shu kitobdan
o‘qib bilishlari mumkin.
Negrlarni qul qilib sotish XV asrdan boshlangan.
Buning boshlanishi quyidagicha bo‘lgan. Ispaniyadan
29
Jyul Vern «O‘n besh yoshli kapitan» romanini 1878-yilda
yozgan.
185
«O‘n besh yoshli kapitan»
quvilgan mavrlar
30
Gibraltar bo‘g‘ozining
narigi tomoni-
ga o‘tib, Afrika sohilida o‘rnashib qolganlar. O‘sha ma-
halda bu sohil portugaliyaliklarga qarashli bo‘lib, ular
mavrlarni qattiq ta’qib qilganlar. Ta’qibchilar ularning bir
qismini asir olib, Portugaliyaga olib ketganlar. Asirlarni
qul qilishgan. Bu esa, bizning eramiz boshlangandan,
ya’ni miloddan keyin Afrikadan G‘arbiy Yevropaga olib
kelingan birinchi qullar edi.
Ammo asir mavrlarning aksari boy oilalardan edi.
Ularning qarindosh-urug‘lari asirlikdan qutqazib olish
uchun portugaliyaliklarga ko‘pdan-ko‘p
oltin taklif qilar
edilar. Biroq, portugaliyaliklar oltinni nima qilsin? Ular
chet ellardan keltirilgan oltinlarni ham qayerga qo‘yish-
larini bilmas edilar. Ularga yangidan qo‘shilayotgan mus-
tamlakalarida ishlash uchun ishchi kuchlari kerak edi,
qisqacha qilib aytganda, portugaliyaliklarga oltin emas,
qullar kerak edi.
Boy mavrlar asir tushgan qarindosh-urug‘larini oltin
to‘lab ham qutqazib olish mumkin emasligini bilib, ular-
ni Afrikadan juda osonlik bi lan keltiradigan negrlarga
ayir bosh qilishni tak lif etdilar.
Bu taklif portugaliyaliklar
uchun foydali bo‘lganidan ular buni qabul qildilar. Ana
shunday qilib, Yevropada qul savdosi boshlanib ketgan.
XVI asr oxirlarida bu sharmanda qul savdosi ju da avj
olib ketdi. Hatto o‘sha zamondagi o‘qimishli kishilar ham
bu ishga shunchaki oddiy bir narsa deb qarar edilar.
Hamma davlatlar Yangi Dunyodagi, ya’ni Amerikadagi o‘z
mustamlakalarini tezroq kengaytirish uchun eng yaxshi
tadbir deb bilib, qul savdosini himoya qilar edilar.
Tropik iqlimga o‘rganmagan yevropaliklar ming lab-
minglab qirilayotgan joylarda
qora tanli qullar bemalol
yashab, ishlay berar edilar. Shuning uchun maxsus
yasalgan kemalar qul negrlarni Amerikadagi mustam-
lakalarga doim tashib turar edi. Xalqaro qullar savdosi
juda avj olib ketganidan Afrika qirg‘oqlarida tez orada
30
Ispan arablari.