173
«O‘n besh yoshli kapitan»
oppoq oqarib ketar edi. Onasi
juda tashvishga tushib
qolgan va uni parvarish qilishni hatto Nan kampirga
ham ishonmas edi. Missis Ueldon hozir o‘g‘lini qo‘lidan
hech qo‘ymas edi.
Ha, boradigan joyga allaqachon yetib olgan bo‘lishlari
kerak edi! Agar Gerrisning gapiga ishonilsa, shu bugun,
ya’ni 18-aprel kuni kechqurungacha kichkina otryad
San-Feliche qo‘rg‘onining darvozasidan kirib borishi
kerak edi.
Tropik o‘rmonlarda o‘n ikki kun to‘xtovsiz sargardon
bo‘lib yurish, o‘n ikki kechani ochiq havoda yotib o‘tka-
zish – hatto missis Ueldon singari g‘ayratli
ayolning ham
toqatini toq qilishi turgan gap edi. Buning ustiga kichkina
Jekning betobligi, tortilgan azob-uqubatlar, dori-dar-
monning yo‘qligi... Uning o‘rnida har qanaqa boshqa
ona bo‘lganda ham, qattiq tashvish tortmay iloji yo‘q edi.
Dik Send, Tom va uning sheriklari charchashni ko‘p
ham bilintirmadilar. Oziq-ovqat tugay deb qol gan bo‘lsa
ham, ammo otryad shu mahalgacha hech narsaga muh-
toj bo‘lmadi. Shuning uchun erkaklarning salomatligi
juda yaxshi edi.
Gerrisga kelganda esa, go‘yo bu odam, odam bo lasi
yura olmaydigan qalin o‘rmonlarda
uzoq sayohat qilib
yurish uchun yaratilganday va sira charchash nimaligini
bilmaydiganday ko‘rinar edi.
Ammo qo‘rg‘onga yaqinlashgan sari, Dik Gerrisning
ilgarigiday xursand emas, balki xafaligi oshayotganini
fahmlab qoldi. Holbuki, aksincha, u xursand bo‘lishi
kerak edi. Har holda, o‘smir ana shunday deb o‘yladi.
Dikning kun sayin Gerrisga ishonchi kamayaverdi. Dik
faqat bir narsaga tushunmas edi:
Gerris nima maqsadda
ularni aldar ekan? O‘smir bu savolga javob topolmay hay-
ron edi. Shuning uchun u, Gerrisning astoydil payidan
bo‘lishga qaror berdi.
Aftidan, Gerris ham Dik nima uchundir undan
shubhala nayotganini fahmlab qolgan edi. Ehtimol, Ger-
risning tumtayib olganiga va tashvishlanib yurishiga
174
Jyul Vern
«yosh do‘stining» ana shu gumonsirashi ham bir sabab
bo‘lgandir.
18-aprel kuni kun chiqishi bilanoq otryad yo‘lga chiq-
di. O‘rmon siyraklasha boshladi. O‘tib va yurib bo‘lmas
qalin o‘rmon o‘rniga o‘rtalarida keng yalanglik joylar
bo‘lgan daraxt zorlar uchray bosh ladi. Ehtimol, Gerris
aytgan haqiqiy pampas, ya’ni cho‘l yaqinlashib qolgandir?
Safarning dastlabki soatlarida Dikni yanada tash-
vishga soladigan hodisalar bo‘ldi. Biroq, boshqa ikki
hodisa uni hayratda qoldirdi. Bu hodisalar ning unchalik
ahamiyati bo‘lmasa ham, lekin
sayohatchilarning qanday
sharoitda ekanligini hisobga olganda, eng arzimagan
hodisani ham nazarga olmasdan iloj yo‘q edi.
Dik Send Dingoning qilig‘iga e’tibor qildi. Yo‘lga
chiqqan dan beri it tumshug‘ini yerga qilib yugurar,
o‘tlarni va chakalaklarni hidlar edi. Keyin boshini yerga
qilib jimib qolar yoki nimagadir boshini osmonga qilib
uvillar edi. Ammo bugun Dingo
ayniqsa qattiq vovillar
va hatto ba’zan jon halpida irillar edi. Dingo, Negoro o‘z
kayutasidan «Piligrim» kemasining palubasiga chiqqan
ma halda qanday vovillagan bo‘lsa, hozir xuddi shun day
vovillar edi.
Shuning uchun Dik Sendda bir shubha tug‘ildi. Keksa
Tomning gapidan keyin bu shubha rostga ay lanib ketay
dedi.
– Dik, juda g‘alati-a! Dingo endi avvalgiday o‘tlarni
hidlamay qo‘ydi, uni qarang, u hozir burnini shamolga
tutib turibdi, yunglari hurpaygan, o‘zi
juda besaranjom
bo‘layotir. Hozir u, xuddi...
– Negoroning hidini sezganday bo‘layotir, shunday
emasmi? – deb Tomning gapini davom qildirdi Dik.
O‘smir keksa negrning qo‘lini ushlab, unga sekin ga-
piring, deb imo qildi.
– Ha, xuddi Negoroning o‘zi. Menimcha, u bizning
orqamizdan kelayotgan bo‘lsa kerak.
– Men o‘zim ham shunday deb o‘ylayman, Tom. Hozir
u bizga yaqin joyda turgan bo‘lsa kerak.