168
Jyul Vern
– Yo‘q, do‘stim, aslo bunday emas! – dedi qat’iy qilib
Gerris. – Siz ularni yaxshi ko‘rmabsiz. Buni bilish ham
qiyin, chunki tuyaqushlar juda tez chopadi. Bunday
hollarda tajribali ovchilar ham adashadilar.
Gerrisning aytganlari haqiqatga yaqin kelar edi.
Uzoq dan qaraganda katta tuyaqushni kichikroq jirafaga
o‘xshatish mumkin. Ikkovining ham bo‘yni uzun, boshi
kichkina. Tuya qush keyingi oyoqlari olib tashlangan ji-
rafaga o‘xshaydi. Tez chopib ketayotganida ularni ajratish
qiyin. Missis Ueldon bilan uning hamrohlari yanglishgan
bo‘lsalar kerak, chunki Janubiy Amerikada jirafalar
bo‘lmaydi.
– Agar yanglishmasam, Amerikada tuyaqush lar ham
bo‘lmaydi-ku, – dedi Dik.
– Yanglishasiz, chirog‘im, – deb qarshi turdi Gerris, –
Janubiy Amerikada nandu degan tuyaqush bo‘ladi. Biz
ko‘rgan tuyaqush xuddi o‘shaning o‘zi.
Gerris to‘g‘ri aytdi.
Nandu degan tuyaqush Janubiy Amerika tekislikla-
rida doim uchraydi. Bu kattakon qushning bo‘yi ikki
metrcha keladi va tumshug‘i to‘g‘ri bo‘ladi. Nanduning
pari yumshoq va qanotlari och havo rang bo‘ladi. Oyoqlari
uch barmoqli va barmoqlari tagida ularni bir-biriga bir-
lashtiradigan kalta pardachasi bo‘ladi. Yosh nanduning
go‘shti juda mazali.
Nanduni yaxshi bilgan Gerris bu aniq ma’lumotlarni
Dikka gapirib berdi, shuni ham aytish kerakki, u ayt-
gan gaplar juda to‘g‘ri edi. Missis Ueldon bilan uning
hamrohlari, biz yang lishgan ekanmiz, deb tan olishga
majbur bo‘ldilar.
– Ehtimol, tuyaqushlarni yana uchratsak, – deb davom
qildi gapida Gerris. – Endi ko‘rganlaringizda, yanglish-
maslik va qushni to‘rt oyoqli hayvon demaslik uchun
yaxshilab ko‘rib olinglar. Eng muhimi, do‘stim, qanday
hayvonni uchratmang, juda zarur bo‘lmaganda sira
otmang, mening shu maslahatimni esingizdan chiqar-
mang. Oziq-ovqat uchun deb, ov qilishning bizga hojati
169
«O‘n besh yoshli kapitan»
yo‘q, shuning uchun ham takror aytamanki, miltiq otib
o‘zimizning o‘rmondaligimizni hammaga ovoza qilishning
hech foydasi yo‘q.
Dik Send hech qanday javob qaytarmadi. U, chuqur
xayolga botdi va yana shubhalana boshla di...
Ertasiga, ya’ni 17-aprel kuni otryad erta bilan yo‘lga
tushdi. Gerris, yigirma to‘rt soatlardan keyin San-Feliche
qo‘rg‘onida bo‘lamiz, deb ishontirdi.
– Unda, missis Ueldon, – dedi u, – sizni yaxshi kutib
olishadi. Bir necha kun dam olsangiz, o‘zingizga kelib
qolasiz. Ehtimol, San-Fransiskoda ko‘rganingiz ha-
shamatlarni bu yerda ko‘rmassiz. Lekin har holda bu
o‘lkaning qorong‘i bir burchagidagi qo‘rg‘onda ham ha-
shamatlar yo‘q emas. Bu yerdagi yer egalari unaqangi
yovvoyi emaslar.
– Mister Gerris, – deb javob qaytardi missis Ueldon,
– bizga qilgan yaxshiliklaringiz uchun sizdan juda min-
natdormiz. Afsuski, minnatdorchilikdan tashqari sizga
yaxshilik qaytarishga imkoniyatimiz yo‘q. Ammo isho-
ningki, biz sizga chin qalbdan tashakkur bildiramiz. Ha,
mo‘ljallangan joyimizga yetib olsak ham bo‘lardi!..
– Siz juda charchagan bo‘lsangiz kerak-a, mis sis
Ueldon?
– Meni-ku qo‘yavering-a! – deb javob qaytardi missis
Ueldon. – O‘g‘lim kundan-kunga darmondan ketayotir.
Har kuni bir mahalda bezgak xuruj qilyapti.
– Bu yassi tog‘ning havosi yaxshi bo‘lsa ham, – dedi
Gerris, – lekin eshitishimcha, mart va aprel oylarida:
odamlar bu yerda ba’zan bezgak bo‘lib turar ekan.
– Yaxshiyamki, – dedi Dik Send, – kasalini bergan tabi-
at shu joyning o‘zidayoq dorisini ham berib qo‘yibdi-ya...
– Bu nima deganingiz, do‘stim? – deb so‘radi Gerris.
– Bu yerda xin daraxti o‘smaydimi? – deb javob qay-
tardi Dik.
– Ha, ha, – dedi Gerris, –to‘g‘ri aytasiz. Xin daraxtining
makoni shu yer. Bu daraxt po‘stlog‘ining isitmani pa-
saytiradigan qimmatli xislati bor.
170
Jyul Vern
– Rostini aytsam, shu vaqtga qadar bitta ham xin
daraxtini uchratmaganimizga juda hayronman, – dedi
Dik Send.
– Masala shundaki, do‘stim, – dedi Gerris, – xin da-
raxtini bilib olish oson emas. Bu daraxtning bo‘yi juda
baland bo‘lib, barglari juda katta, uning hidli, pushti rang
gullari bo‘ladi. Bu daraxtlar bir joyda to‘planib o‘smaydi,
balki boshqa daraxtlar orasida yakkam-dukkam holda
o‘sadi. Xin po‘stlog‘ini terib yuruvchi yerliklar bu daraxtni
uning doim ko‘kmak barglaridan taniydilar.
27
– Mabodo, shunday daraxtni ko‘rsangiz, mister Gerris,
menga ko‘rsating-a, – deb iltimos qildi missis Ueldon.
– Albatta, missis Ueldon, lekin San-Feliche qo‘rg‘oniga
borganimizda oltingugurt bilan achitilgan xinga serob
bo‘lasiz; oddiy xin daraxti po‘stlog‘idan ko‘ra bu dori
bezgakni tez qoldiradi.
Sayohatning oxirgi kunida hech qanday o‘zgarishlar
bo‘lmadi. Odatdagicha otryad kechqurun tunash uchun
to‘xtadi. Shu mahalgacha havo ochiq va quruqchilik bo‘lib
keldi, ammo bugun yomg‘ir yog‘adiganga o‘xshab qoldi.
Kunduzi isigan yerdan bug‘ ko‘tarilib, o‘rmonni qalin
tuman to‘sdi.
Bunga ajablanmasa ham bo‘lardi, chunki yom g‘ir
yog‘adigan davr yaqinlashib qolgan edi. Kichkina otryad-
ning baxtiga sayohatchilar qo‘rg‘onga yetay deb qolgan
edilar. Bir necha soat sabr qilish qoldi, xolos.
Gerrisning taxminiy mo‘ljalicha, San-Feliche qo‘rg‘oni-
ga otryadning yetib borishi uchun atigi olti mil qolibdi,
shunga qaramasdan, kechalik uchun ilgarigicha ham-
ma ehtiyot choralari ko‘rildi: Tom bilan uning sheriklari
kechasi navbatma-navbat qorovul bo‘lishlari lozim edi.
Albatta shunday bo‘lishi kerak edi. Dik Send qattiq turib
27
Ilgari vaqtlarda tabiblar xin daraxti po‘stlog‘ini mayda
poroshok qilib iste’mol qilar edilar. Buni «iyezuit poroshogi»
deb yuritar edilar, chunki 1649-yilda Rim iyezuitlari o‘zlarining
Amerikadagi missionerlaridan ko‘p miqdorda xin daraxti po‘stlog‘i
olgan edilar
(Muallif izohi).
171
«O‘n besh yoshli kapitan»
oldi. Dik ilgarigidan ham ko‘ra, hozir juda hushyor bo‘lish
kerakligini istar edi. Uning miyasida qandaydir dahshatli
bir gumon bor edi, ammo u hali aniq bo‘lgani yo‘q edi.
Shuning uchun Dik buni hech kimga aytgisi kelmas edi.
O‘rmon ichidagi kattakon bir daraxt tagiga tu nash joyi
qilishdi. Uzoq yo‘l yurib charchab kelgan sayohatchilar
endigina uyquga tolgan edilarki, qat tiq tovushdan bir-
daniga uyg‘onib ketdilar.
– Kim baqiryapti? – deb so‘radi Dik Send, hammadan
oldin o‘rnidan irg‘ib turib.
– Men... Men qichqiruvdim! – dedi Benedikt tog‘a.
– Xo‘sh, nima bo‘ldi?
– Meni bir nima chaqib oldi...
– Ilon emasmi? – deb so‘radi missis Ueldon, qo‘rqib
ketib.
– Yo‘q, ilon emas, qandaydir bir hasharot, – deb javob
qaytardi Benedikt tog‘a. – Shoshmanglar, mana, tutib
oldim!
– Mijig‘lab tashlang-da, uxlashga xalaqit bermang! –
dedi Gerris achchig‘i kelib.
– Hasharotni mijig‘lab tashlarmishman-a! – deb hay-
qirib yubordi Benedikt tog‘a. – Gapning chiroyliligini
qarang! Yo‘q, men uni tekshirib ko‘rishim kerak!
– Bironta chivindir-da, – dedi Gerris, yelkasini qisib.
– Yo‘q, – dedi Benedikt tog‘a, – pashsha, ju da g‘alati
pashsha.
Dik Send cho‘ntak fonarini yoqib, Benedikt tog‘aning
oldiga keldi.
– A! – deb qichqirib yubordi Benedikt tog‘a. – Shuncha
azob chekib yurishlarim behuda ketmadi! Yashasin! Juda
katta kashfiyot qildim-a!
Olim xursand bo‘lganidan, terisiga sig‘masdi. U o‘zi
tutib olgan pashshasiga suqlanib qarar edi. Pashshani
o‘pib olishga ham tayyorday edi.
– Nima ekan u? – deb so‘radi missis Ueldon.
– Bu ikki qanotli hasharot ekan, lekin juda ham ajoyibi
ekan!..
172
Jyul Vern
Benedikt tog‘a qo‘lidagi uzun xartumchali, qornida
sariq yo‘l-yo‘li bor katta bir pashshani hammaga ko‘rsa-
tar edi.
– Bu zaharli pashsha emasmi? – deb so‘radi missis
Ueldon.
– Yo‘q, jiyan, odam uchun ziyonli emas. Ammo hay-
vonlar uchun, masalan, kiyik, qo‘toslar va hat to fillar
uchun ham juda xatarli dushmandir! Voy jonim, jongi-
nam, pashshacham-ey!..
– Bizga ham aytsangiz-chi, qanaqa pashsha bu axir?
– deb so‘radi Dik Send.
– Bu, pashsha, – dedi entomolog, – qo‘limdagi bu
pashshajon – setse
28
bo‘ladi. Bu pashsha faqat bir qit’ada-
gina bor.
Hech bir olim shu paytgacha Amerikada setse pash-
shasini topgan emasdi.
Dik Send, shu vaqtga qadar la’nati setse pashsha-
si qay si qit’adan topilar edi, deb Benedikt tog‘adan
so‘ramoq chi edi, lekin botinib so‘ray olmadi.
Bu voqeadan keyin sayohatchilar yana uyquga ketish-
di, ammo Dik Send, qattiq charchaganiga qaramasdan,
ertalabgacha ko‘z yummadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |