Jyul Vern, «O‘n besh yoshli kapitan». «Yangi asr avlodi»



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/151
Sana12.04.2022
Hajmi2,35 Mb.
#544954
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   151
Bog'liq
4 On besh yoshli kapitan roman

175
«O‘n besh yoshli kapitan»
– Nimaga shunday qilar ekan? – deb so‘radi Tom.
– Ehtimol, Negoro yo‘lni bilmas, – deb javob qaytardi 
Dik Send, – u mahalda o‘z-o‘zidan ma’lum, bizning ke-
timizdan ergashib yurgan bo‘lsa kerak. Yoki u...
– Yoki... – dedi kapalagi uchgan Tom Dikka tikilib.
– Yoki aksincha, yo‘lni juda yaxshi biladi va shuning 
uchun.
– Bu yerlarni Negoro qayoqdan bilsin, u bu o‘lkalarda 
hech qachon bo‘lgan emas-ku!
– Hech qachon bo‘lgan emas deysizmi?.. – deb shi-
virladi Dik. – Qaydam. Har holda bir narsa ju da aniq: 
Dingoning yomon ko‘rgan kishisi yaqin bir joyda bo‘lsa 
kerak, shuning uchun bezovta bo‘la yotir.
U gapini to‘xtatib, itni chaqirdi.
Dingo istar-istamas uning yoniga keldi.
– O‘sha, Dingo! Negoro, Negoro! O‘sha! O‘sha!
It qahr bilan vovillay boshladi. Kema oshpazining nomi 
unga ilgarigiday yomon ta’sir qilgandi va u go‘yo Negoro 
shu oradagi daraxt panasiga yashirinib olganday, oldinga 
yugurib ketdi.
Gerris buni uzoqdan ko‘rib turar edi. U Dikning yoniga 
keldi-da:
– Siz Dingoga nima dedingiz? – deb so‘radi qovog‘ini 
solib.
– Hech nima, – deb javob qaytardi keksa Tom. – Biz 
Dingodan, «kemada birga kelgan bitta yo‘ldoshimiz 
yo‘qolib qolgan edi, o‘shandan darak yo‘qmi» deb so‘radik.
– Ha, portugaliyalik kema oshpazi to‘g‘risida gapirayot-
gan bo‘lsangiz kerak-da! – dedi Gerris.
– Ha, – dedi Tom. – Dingoning qiliqlariga qaraganda
u yaqin o‘rtada bo‘lsa kerak.
– U qanday qilib bu yerga kelib qoldi ekan? Siz, u kishi 
Boliviyada hech qachon bo‘lgan emas, deb aytgan edingiz 
shekilli? – deb so‘radi Gerris.
– Agar buni bizdan yashirmagan bo‘lsa, – deb javob 
qaytardi Tom.


176
Jyul Vern
– Nima uchun yashirsin? – dedi Gerris. – Chaka-
lakzorni axtarib ko‘rish kerak. Bechora yordamga muhtoj 
bo‘lsa-chi? Biror falokatga uchrab qolgan bo‘lsa-chi?..
– Hech hojati yo‘q, – dedi Dik Send. – Negoro shu yer-
gacha yolg‘iz o‘zi kela olgan ekan, bizning yordamimizsiz 
ham bu yerdan chiqib keta oladi!
– Ixtiyor o‘zingizda, – dedi Gerris.
– Jim bo‘l, Dingo! – deb qichqirdi Dik Send, yoqimsiz 
suhbatni to‘xtatish uchun.
Dik payqagan ikkinchi hodisa Gerrisning otiga bog‘liq 
edi.
Otning qiliqlariga qaraganda yaqin o‘rtadan «otxona 
hidi» kelmas edi. Ot pishqirib nafas olmas, oldinga yu-
rishga shoshilmas, sira kishnamas, qisqasi, uzoq safar-
dan keyin otlarda bo‘ladigan to‘zimsizlik va dam olish 
joyiga yaqinlashganlikni sezish alomatlari bu otda aslo 
yo‘q edi. Gerrisning ko‘p martalab bu qo‘rg‘onda bo‘lgan 
oti, qo‘rg‘on hali yuzlarcha kilometr narida turgani singari 
imillab yurar edi.
«Qiziq, otning qiliqlariga qaraganda, sayohatimizning 
poyoni yo‘q ekan-da», deb o‘yladi Dik.
Ertalab Gerris, qo‘rg‘onga olti milcha qoldi, degan edi; 
tushdan keyin soat beshgacha o‘sha olti mildan to‘rttasi 
bosib o‘tildi. Ammo ot hali ham otxonaga yaqinlashganini 
sezmas va shu bilan bir ga, tevarak-atrofda San-Feliche 
singari katta qo‘rg‘on borligidan hech asar yo‘q edi.
Hatto kasal bolasini boqish bilan band bo‘lgan missis 
Ueldonga ham bu joylar boyagiday kimsasiz va yovvoyi 
ko‘rinar edi. Aqalli birorta ham yerlik xalq uchramasa 
va shunday yaqindagi qo‘rg‘ondan bironta xizmatkor 
ko‘rinmasa-ya! Gerris adashmadimikan? Missis Uel-
don buni o‘ylamaslikka harakat qildi, chunki safar 
yana cho‘zilib ketadigan bo‘lsa, Jekning nobud bo‘lishi 
ehtimol edi...
Gerris xuddi avvaldagicha otryadning oldida bo rar 
edi. Ammo u o‘ziga ham, o‘zi yurayotgan yo‘lga ham 
ko‘pda ishonmagan kishi singari, o‘rmonning qorong‘i 



Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish