Jyul Vern, «O‘n besh yoshli kapitan». «Yangi asr avlodi»



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/151
Sana12.04.2022
Hajmi2,35 Mb.
#544954
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   151
Bog'liq
4 On besh yoshli kapitan roman

179
«O‘n besh yoshli kapitan»
Uning kvadrat shaklidagi fil suyagidan qilingan sopiga 
qo‘polroq bo‘lsa ham naqsh solingan edi.
Tom pichoqni yerdan olib, Dik Sendga eltib ber di. U 
pichoqni diqqat bilan ko‘zdan kechirib, Gerrisga uzatdi.
– Yaqin o‘rtada yerliklar bo‘lsa kerak, – dedi Dik.
– To‘g‘ri, – deb javob qaytardi Gerris. – Ammo...
– Ammo? – deb Gerrisga tikildi Dik Send.
– Biz shu topgacha qo‘rg‘onga yetib kelishimiz ke-
rak edi-yu, – dedi dudmal qilib Gerris, – ammo men bu 
yerlarni bilolmayapman.
– Adashibsiz-da, – deb so‘radi Dik darrov.
– Adashganim yo‘q. Qo‘rg‘on uch mildan uzoq 
bo‘lmasligi kerak. Yo‘lni qisqartiraman deb, to‘g‘ri o‘rmon 
orqali yurib edim... yanglishgan bo‘lsam kerak...
– Ehtimol, – dedi Dik Send.
– Men oldin bir o‘zim borib yo‘l ko‘rib kelsam deyman, 
– dedi Gerris.
– Yo‘q, mister Gerris, – dedi shartta Dik, – ajral-
masligimiz kerak!
– Ixtiyoringiz, – deb javob qaytardi Gerris. – Ammo 
shuni bilib qo‘yingki, kechasi men yo‘lni tanimayman-da.
– Zarari yo‘q! – dedi Dik. – Yo‘lda tunaymiz, missis Uel-
don yana bir kecha ochiq havoda yotishga rozi bo‘lsalar 
kerak. Ertaga kun chiqishi bilan yana yo‘lga chiqamiz. 
Keyingi uch milni bir soatda bosishimiz mumkin.
– Mayli, – dedi Gerris.
Shu paytda Dingo qattiq vovillay boshladi.
– Qo‘y, Dinyo, bas qil! – deb qichqirdi Dik. – Bu yerda 
hech kim yo‘qligini bilasan-ku, cho‘lda turibmiz, axir!
Shunday qilib, oxirgi marta o‘rmonda tunab qolishga 
qaror berildi. Missis Ueldon hamrohlari joy tayyorlagun-
cha bir og‘iz ham so‘z aytmadi. Bezgak xurujidan keyin 
uxlab qolgan Jek, onasining qo‘lida yotar edi. Tunash 
uchun joy qidirishdi.
Dik tunash uchun kattakon bir daraxt tagini tanladi. 
Unga ergashib yurgan keksa Tom birdani ga to‘xtab:
– Qarang! Qarang! – deb baqirib yubordi.


180
Jyul Vern
Nima ekan, Tom? – deb ohistagina so‘radi Dik, har 
ehtimolga tayyor bo‘lib.
– Ana, ana... – deb bidirladi Tom, – daraxt tagida... 
qon izi... yerda kesilgan qo‘llar yotibdi...
Dik Send Tom aytgan daraxt tagiga chopib bordi-da 
keyin qaytib kelib:
– Damingizni chiqarmang, Tom! Hech kimga ayt-
mang!.. – dedi.
Yerda odam qo‘llari yotardi. Qo‘llar yonida uzilgan 
zanjir parchalari bilan singan qoliplar yotar edi.
Xayriyatki, bu dahshatli manzarani missis Ueldon 
ko‘rmay qoldi.
Gerris bir chetda turar edi. Agar shu topda birov uning 
aftiga qaragan bo‘lsa edi, Gerrisning qiyofasida o‘taketgan 
shafqatsizlik ifodasini ko‘rib hayratda qolar edi.
Dingo o‘lik qoldiqlari yotgan joyga kelib, qattiq vovillay 
berdi...
Dik uni zo‘rg‘a haydab yubordi.
Keksa Tom esa oyoqlari yerga botib ketganday, turgan 
joyida qotib qoldi. U yerda yotgan qolip va zanjirlardan 
ko‘zini uza olmasdan, bir nimalar deb bidirlar edi.
– Men ko‘rgan edim... ko‘rgan edim... bolalik chog‘im-
da... zanjirlarni ko‘ruvdim... qoliplarni...
Bolalik chog‘idagi ko‘rganlari endi uning esiga kelmoq-
da edi. U eslamoqchi edi... U gapirib yubormoqchi edi.
– Jim, Tom! – dedi Dik Send. – Missis Ueldon hurmati, 
hammamizning hurmatimiz uchun, indamang...
Keyin Dik uni tezda boshqa tomonga ergashtirib ketdi.
Shundan keyin tunash joyni boshqa yerga ko‘-
chirishdi.
Nan kampir ovqat keltirdi, lekin hech kim ovqatga qa-
ramadi, chunki qattiq charchaganlikdan ishtaha bo‘g‘ilib 
qolgandi. Hamma ham kelgusida qandaydir tashvish, 
falokat yuz berishini sezganday, besaranjom edi.
Tezda kech kirib atrofni qorong‘ilik bosdi. Osmonni 
qora bulutlar qoplagan edi. G‘arbda, yiroqda, daraxtlar 
orasidan goho chaqmoq chaqqani ko‘rinib turar edi.


181
«O‘n besh yoshli kapitan»
Shamol tindi. Daraxt barglari esa sira qimirlamay 
qo‘ydi. Kunduzgi shovqin-suron o‘rnini jimlik egalladi. 
Havoga elektr moddasi to‘lganidan tovush eshitilmayapti, 
deb o‘ylash mumkin edi.
Dik Send, Ostin va Batlar birga qorovullik qildilar. Ular 
birorta ham shitirlagan ovozni eshitmasdan qolmaslik 
uchun kecha jimjitligiga diqqat bilan quloq solar va atrof-
ga tikilar edilar. Ammo o‘rmonning tinchlik va zulmatini 
hech narsa buzmas edi.
Tom qorovullikdan bo‘sh bo‘lsa ham, uxlamas edi. U 
boshini egib, qimir etmay o‘tmishini eslab turardi. Keksa 
negr qattiq bir zarbadan keyin o‘zi ni o‘nglab ololmay-
diganga o‘xshar edi.
Missis Ueldon uxlayotgan bolasini tebratar va faqat 
uni o‘ylar edi.
Yolg‘iz Benedikt tog‘agina tinchgina uxlab yotar edi, 
chunki u kelgusida nimalar bo‘lishidan xavotirda emasdi.
Soat o‘n birlar chamasi birdaniga, uzoqdan allaqanday 
hayvonning cho‘zib-cho‘zib qattiq bo‘kirgani va uning 
ketidan juda o‘tkir uvlagan ovoz eshitilib qoldi.
Tom irg‘ib o‘rnidan turdi-da, bu yerdan bir mildan ortiq 
naridagi qalin o‘rmon tomonga qo‘lini cho‘zdi.
Dik Send Tomning qo‘lini darhol ushlab olgan bo‘lsa-
da, lekin uning:
– Arslon! Arslon! – deb baqirishini to‘xtatishga ul-
gurolmadi.
Keksa negr arslonni bo‘kirishidan tanidi, chun ki u 
yoshligida bu ovozni ko‘p eshitar edi.
– Arslon! – dedi u yana.
Dik Sendning toqati toq bo‘ldi. U qo‘liga pichoq olib, 
Gerris yotgan joyga otildi.
Ammo Gerris yo‘q edi. Oti ham o‘zi bilan birga g‘oyib 
bo‘libdi.
Haqiqat yashin tezligida Dik Sendning miyasiga kelib 
urdi...
Otryad o‘ylagan joyda emas, boshqa joyda edi!


182
Jyul Vern
«Piligrim» Janubiy Amerika qirg‘og‘ida emas, boshqa 
joyda falokatga uchragan ekan!
Okeanda yonidan «Piligrim» o‘tib ketgan orol Pasxi oroli 
emas, boshqa orol ekan!
Kompas yanglish ko‘rsatibdi, demak, buzilgan ekan!
Qattiq bo‘ron chalg‘itgan kema to‘g‘ri yo‘ldan adashib, 
butunlay boshqa tomonga ketib qolibdi...
«Piligrim» Gorn burnidan aylanib o‘tib, Tinch okeandan 
Atlantika okeaniga o‘tibdi!
«Piligrim»ning tezligini hisoblashda xato qilinibdi: 
bo‘ron uning tezligini ikki baravar oshirib yuborgan ekan.
Sayohatchilarning bu sohilda na kauchuk daraxti 
va na xin daraxti uchratmasliklariga sabab shu ekan! 
Bu daraxtlar Janubiy Amerikada o‘sadi, ammo hozir 
sayohatchilar turgan o‘lka, Atakama cho‘li ham emas, 
Boliviya pampaslari ham emas ekan!
Shubha yo‘qki, Dik tuyaqushlarni emas, jirafalarni 
ko‘rgan ekan! Chakalakzorni ezib-bosib ketgan hay-
vonlar – fillar ekan! Dik daryo ichida gippopotamlarni 
ko‘rgan. Benedikt tog‘a tutgan pashsha, yuk tashuvchi 
hayvonlarni butun karvoni bilan qirib tashlaydigan juda 
xatarli setse degan pashsha edi.
Qorong‘i kechada bo‘kirgan ham arslon edi!
Qoliplar, zanjirlar va taxliti ajoyib pichoq – bu lar qul 
savdogarlarining qurol-aslahalari edi. Yerda yotgan qo‘llar 
qora badan qullarning qo‘li edi.
Portugaliyalik Negoro bilan amerikalik Gerris sherik 
bo‘lib chiqdi!
Nihoyat, Dikning shubhalari haqiqatga aylandi va:
– Afrika! Markaziy Afrika! Qul savdogarlari va qul-
lar mamlakati Afrika! – degan dahshatli so‘zlar uning 
og‘zidan o‘qday otilib chiqdi.



Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish