Jyul Vern, «O‘n besh yoshli kapitan». «Yangi asr avlodi»



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/151
Sana12.04.2022
Hajmi2,35 Mb.
#544954
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   151
Bog'liq
4 On besh yoshli kapitan roman

177
«O‘n besh yoshli kapitan»
burchaklariga ko‘z tashlar, goh o‘ng tomonga, goh chap 
tomonga qarar edi.
Missis Ueldon bu manzarani ko‘rmaslik uchun 
ko‘zlarini yumib olar edi. Kengligi bir milcha ke ladigan 
tekislikdan keyin yana o‘rmon ko‘rindi: ammo bu o‘rmon 
g‘arbdagi o‘rmonlarga nisbatan unchalik qalin emas edi. 
Shunday qilib, kichkina otryad yana baland daraxtlar 
soyasi ostiga kirdi.
Kech soat oltida sayohatchilar bir chakalakzorga 
yetib keldilar. Bu chakalakzordan yaqinda qandaydir 
yirik hayvonlar galasi o‘tib ketgan bo‘lsa kerak, chunki 
chakalaklar sinib, egilib ketgan edi.
Dik Send diqqat bilan tevarak-atrofga qaray boshladi.
Daraxtlarning odam bo‘yidan ancha balanddagi shox-
lari sinib qolgan edi. O‘tlar ezilib va ba’zi zax joylarda kat-
ta-katta izlar ko‘zga tashlanar edi; qoplon izi bunchalik 
katta bo‘lmasligi kerak. Bo‘lmasa nimaning izi bu?
Chakalakzorni shunday yorib o‘tish va zax yerni 
shunday o‘yib tashlash faqat fillarning qo‘lidan keladi. 
Biroq Janubiy Amerikada fil bo‘lmaydi. Demak, bu izlar 
fillarniki deb o‘ylash ham xato bo‘lar edi.
Dik Send bu ajoyib sirli izlar to‘g‘risidagi o‘z fikrini 
hech kimga aytmadi... Hatto u Gerrisdan ham surishtirib 
o‘tirmadi. Axir, jirafani tuyaqush qilib ko‘rsatishga urin-
gan odamdan nimaniyam kutib bo‘ladi? Gerris bunda 
ham biror bo‘lmag‘ur uydirma gapni topardi va bundan 
otryadning ahvoli baribir o‘zgarmasdi.
Har holda, Dik Gerris to‘g‘risida aniq bir fikrga keldi. 
U Gerrisning xoin ekanligiga endi tamom ishongan edi. 
Dik uning niqobini yirtib sharmandasini chiqarish uchun 
qulay fursatni poylardi. Hamma narsa bunday fursat tez 
kelishini ko‘rsatib turar edi.
Ammo Gerrisda qanday yashirin maqsad bo‘lishi 
mumkin? Unga ishongan odamlarni nimalar qilmoqchi 
ekan?
Dik Send, o‘z hamrohlarining hayot-mamoti uchun 
o‘zini hamisha mas’ul deb hisoblar edi. «Piligrim» kemasi 


178
Jyul Vern
falokatga uchrab, ushbu qirg‘oqqa chiqarib tashlagan 
odamlarni qutqazish uning gardaniga, ayniqsa, hozir 
katta mas’uliyat yuklagan edi. Bechora hamrohlarini – 
yosh onani, uning o‘g‘lini, negrlarni va Benedikt tog‘ani 
faqat ugina qutqaza olar edi. Biroq, o‘zi ko‘rib, bilib tur-
gan xavf-xatarlarga qarshi turishga qodir bo‘lma gan bu 
o‘smir nima chora ham topa olar edi?
Falokatli haqiqat soat sayin ochilib ravshan bo‘lib 
bormoqda edi. «Piligrim» kemasining o‘n besh yoshli 
kapitani bu xatarli daqiqalarda boshliq va rahbarlik 
vazifasini yana o‘z ustiga olishi kerak bo‘lib qoldi. Ammo 
Dik Jekning bechora onasini bemahal tashvishga solgusi 
kelmas edi, chunki chora ko‘rish payti kelganda ham 
unga hamma gapni tushuntirib berishga ulgurar edi. 
Hatto u, otryad ning yo‘lini to‘sib turgan kichkina daryo-
dagi bir nechta kattakon hayvonlarni ko‘rib qolganidan 
keyin ham hech nima demadi.
«Gippopotomlar! Gippopotamlar!», deb qichqirib yubor-
gisi keldi uning.
Ammo u og‘iz ham ochmadi. Dik otryaddan yuz qa-
dam oldinda borar edi. Kalta oyoqli, kattakon kallali, 
og‘zi keng, besh qarich keladigan oziq tishlarini irjaytirib 
turgan yo‘g‘on-yo‘g‘on gavdali bu hayvonlarni undan 
boshqa hech kim ko‘rmadi.
– Amekrikada suv oti bo‘larmishmi-a?!
Otryad kechgacha oldinga qarab yo‘l bosdi. Eng chi-
damli kishilar ham charchay boshladi. Manzilga yetib 
olish, tunash uchun to‘xtash ke rak edi!
Doim Jek bilan ovora bo‘lgan missis Ueldon charcha-
ganini ham unutib qo‘ygan bo‘lsa kerak. Lekin madori 
batamom qurigan edi. Boshqa sayohatchilarning ham 
ahvoli yaxshi emas edi. Yolg‘iz Dikgina charchoqqa so‘z 
bermas edi. O‘z oldida turgan mas’uliyatli burchi unga 
dalda va matonat berar edi.
Kechqurun soat oltilarga yaqin keksa Tom o‘t orasidan 
bir narsa topib oldi. Bu egri damli g‘alati bir pichoq edi. 



Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish