Jyul Vern, «O‘n besh yoshli kapitan». «Yangi asr avlodi»



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/151
Sana12.04.2022
Hajmi2,35 Mb.
#544954
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   151
Bog'liq
4 On besh yoshli kapitan roman

186
Jyul Vern
savdo agentlari paydo bo‘la boshladi. Bu «tovar» o‘z ma-
konida juda arzon bo‘lib, savdogarlar undan katta foyda 
qilar edilar.
Ko‘p olijanob kishilar odamlarni oldi-sotdi qilishga 
qarshi qattiq norozilik bildirar edilar. Ular insonpar-
varlarcha ish tutib, qul savdosini man etishni Yevropa 
hukumatlaridan talab qilar edilar.
1751-yili kvakerlar
31
, abolitsionistlar
32
harakatga 
boshchilik qilib, qullikni yo‘qotish yo‘lida kurashdilar. 
Bu harakat Shimoliy Amerikada boshlandi va Shimoliy 
Amerikaning janubiy qismini shimoliy qismidan ajratib 
olish to‘g‘risida xuddi o‘sha joyda yuz yildan keyin urush 
boshlanib ketdi. Bunga negrlarni ozod qilish masalasi 
asosiy sabablardan biri bo‘lgan edi.
To‘rtta shimoliy shtat, ya’ni Virginiya, Konnektikut, 
Massachusets va Pensilvaniya shtatlari quldorlikni bekor 
qilib, o‘zlaridagi qora tanli qullarni ozod qilib yubordilar.
Kvakerlar harakati Yangi Dunyoning bir necha shi-
moliy shtatlari bilangina chegaralanib qolmadi. Atlantika 
okeanining narigi tomonida ham, ayniqsa Fransiya bilan 
Angliyada quldorlik tarafdorlariga qarshi harakatlar avj 
olib ketdi.
31
Kvakerlar – XVII asrda Angliyada paydo bo‘lgan xristian 
diniy mazhabi bo‘lib, keyinchalik Shimoliy Amerikaga ham yo-
yilgan. Kvakerlar qul egaligiga qarshi nazarda bo‘lib, qul egaligini 
xristian diniga zid deb bilar edilar. Ammo janubiy shtatlarda-
gi plantatorlar va ruhoniylar xristian diniy kitoblarining boshqa 
joylarini pesh qilib, qul egaligini himoya qilib chiqardilar.
32
Abolitsionistlar – abolitsionizm tarafdorlari – Amerika 
Qo‘shma Shtatlarining shimoliy shtatlarida XVIII asr oxiri XIX 
asrning birinchi yarmidagi ijtimoiy harakat. Abolitsionistlar 
janubiy shtatlarda negrlarni qul qilib sotishni bekor qilishni ta-
lab qilib chiqqanlar, chunki shimoliy shtatlar ishchi kuchlariga 
hamda ichki bozorlarni kengaytirishga muhtoj edi. Bu narsalar 
janubiy shtatlardagi plantatorlar, ya’ni qul egalarining manfaat-
lariga zid edi. Shimoliy va janubiy shtatlar o‘rtasida bo‘lgan fuqa-
rolar urushi, garchi qulchilikni qonuniy yo‘l bilan bekor qilishga 
olib kelgan.


187
«O‘n besh yoshli kapitan»
1807-yili Angliya o‘z mustamlakalarida qul oldi-sot-
disini man qildi. 1814-yili Fransiya ham xuddi shunday 
qildi. Bu ikkala qudratli davlat o‘zaro shartnoma tuzdilar. 
Bu shartnomani yuz kunlik davr
33 
ichida Napoleon ham 
tasdiqladi.
Ammo bu shartnoma bajarilmadi. Qul savdogarlari-
ning «qora badan mol» ortgan kemalari okeanlarda tin-
may qatnayverdi va yuklarini mustamlaka portlariga olib 
borib bo‘shatgani bo‘shatgan edi.
Bu ofatni yo‘qotish uchun boshqa qat’iy choralar 
ko‘rish kerak bo‘lib qoldi. 1820-yili Qo‘shma Shtatlar 
va 1824-yili Angliya qul savdosi ni dengiz qaroqchiligiga 
baravar qilib, dengizdagi qaroqchilarga qarshi qanday 
chora ko‘rilsa, qul savdogarlariga ham xuddi shunday 
chora ko‘riladi, deb e’lon qildilar. Bu jinoyat ustida 
qo‘lga tushgan qul savdogarlari o‘sha zahoti qatl etiladi, 
degan gap edi. Tez orada Fransiya ham bu shartnomaga 
qo‘shildi. Ammo Shimoliy Amerikaning janubiy shtatlari, 
Ispaniya va Portugaliyaning mustamlakalari qul savdo-
sini man etish to‘g‘risidagi shart nomaga qo‘shilishdan 
bosh tortdilar. Bu mamlakatlar, kemalarni «tekshirish 
huquqi» xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan ish bo‘lishiga qa-
ramasdan, qora tanli qullar savdosini davom qildira verib, 
juda katta foyda olaverdilar. Lekin shuni ham aytish 
kerakki, bu «tekshirish huquqi» shubhali kemalarning 
hujjatlarini tekshirish bilan qanoatlanardi, xolos.
Bu yangi qonun bir yoqlama qonun edi, ya’ni yangi 
qul sotib olish man etilgan bo‘lsa ham, ammo bu qonun 
eski qullarga ozodlik bergani yo‘q edi.
Nihoyat, 1833-yil 14-mayda Britaniya mustamlakala-
ridagi hamma negrlarni qullikdan ozod qilish to‘g‘risidagi 
qonun chiqarildi. Shunday qilib, 1838-yilning avgust oyida 
olti yuz yetmish ming qora tanli qullar ozodlikka erishdi.
33
Yuz kun – Napoleon I ning Fransiyada ikkinchi marta 
(1815-yil 1-martdan 22-iyulgacha) hukmronlik davri; bu davr 
Napoleon qo‘shinlari Vaterloo ostonalarida tor-mor qilinganidan 
keyin hukmronlikdan voz kechishi bilan tugagan.



Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish