192
Jyul Vern
Kameron Ugogodan o‘tganda, u motam marosimiga
duch keldi. Sodiq xizmatkorlari Livingston ning jasadini
sharqiy qirg‘oqqa olib kelishayotgan ekan.
Kameron sayohatni g‘arbga tomon davom ettiraverdi.
Uning maqsadi qit’ani bir okeandan ikkinchi okeangacha
kesib o‘tish edi. Kameron Uniansilib, Ugunda orqali yurib,
Kakuelegacha yetib bordi. O‘sha yerda Livingstonning
kundalik xotira daftarini topib oldi.
Kameron Tanganayka ko‘lidan kechib, so‘ng Bam-
bare tog‘laridan oshib o‘tdi va Lualabu daryosidan kech-
di. Keyin u yaqindagina bo‘lib o‘tgan o‘zaro urushlar
orqasida xaroba bo‘lib ket gan va qul savdogarlarining
bosqinchiligi natijasida huvillab qolgan Kilembu, Urua
viloyatlaridan va Lomane, Uludu, Lovale daryolarining
yuqori oqimidan o‘tdi. U Dik Send bilan uning ham-
rohlarini Gerris olib borib adashtirib qo‘ygan va odam
bolasi oyoq bosmagan Kuanza o‘rmonlaridan ham
o‘tdi. G‘ayratli leytenant pirovardida Atlantika okeani
to‘lqinlarini ham ko‘rdi. Zanzibardan boshlanib, Benzu-
ella viloyatidagi Sen-Felippe qo‘rg‘onigacha cho‘zilgan
bu sayohat uch yil-u to‘rt oy davom etdi. Bu sayohat
mahalida Kameronning doktor Dildon va Robert Moffa
degan ikki hamrohi halok bo‘ladi.
Ingliz Kamerondan keyin amerikalik Genri Stenli
tez orada shu tomonlarda sayohat qiladi. Ma’lumki,
«Nyu-York Gerald» nomli Amerika gazetasining muxbiri
bo‘lgan bu mard sayohatchi Livingstonni qidirib safar-
ga chiqqan edi. Stenli uni 1871-yil 30-oktabrda Ujiji
degan joyda, Tanga nayka ko‘lining qirg‘og‘idan topdi.
Stenli birinchi sayohati vaqtida Lualaba daryosi bilan
yuzakigina tanishgan edi, endi shu daryoning qirg‘oqla-
rini to‘la-to‘kis tekshirib chiqmoqchi bo‘ldi. 1874-yili
Stenli qit’aning sharqiy qirg‘og‘idagi Bagamo de gan
joydan safarga chiqqan paytda, Kameron Markaziy
Afrikaning changalzorlari orasida sa yohat qilib yurar
edi. Stenli oradan bir yilu, to‘qqiz oy o‘tgandan keyin,
193
«O‘n besh yoshli kapitan»
ya’ni 1876-yil 24-avgustda aholisi chechak kasalidan
yoppasiga qirilib ketgan Ujiji degan joydan o‘tib ketdi.
Shundan keyin u yetmish to‘rt kun yurib, o‘zidan bu-
run Livingston bilan Kameron ko‘rib o‘tgan katta qullar
bozori bo‘lgan Nyangvega yetib keldi.
Nyangveda Stenli Zanzibar sultonining odamlari
Marunga va Maniuema viloyatlarida qanday qirg‘in
qilayotganini o‘z ko‘zi bilan ko‘rdi.
Stenli bu yerdan Lualaba daryosining qirg‘oq larini
tekshirib, uning etak tomonigacha bormoqchi bo‘ldi.
Uning ekspeditsiyasida Nyangveda yollangan bir yuz
qirqta hammol bilan o‘n to‘qqizta qayiq bor edi. Sten-
lining otryadi safarning dastlabki kunidanoq Ougusu
degan joydagi odamxo‘r vahshiylar bilan olishish lozim
bo‘lib qoldi. Daryoning o‘tib bo‘lmaydigan joylaridan
qayiqlarni sudrab o‘tishga to‘g‘ri keldi. Ekvator doirasi-
da Lualaba daryosi shimoli-sharq tomonga qayrilgan
joyda, ellik to‘rtta qayiqqa tushib olgan bir necha yuz
yer liklar Stenlining kichkina otryadiga hujum qilib
qoldilar. Ammo Stenli ularni tumtaraqay qilib yubordi.
Keyin Stenli ikki gradus shimoliy kenglikka chiqib,
Lualaba daryosi – Zair yoki Kongo daryosining xuddi
o‘zginasi ekanligini va bu daryo bo‘ylab borilaversa,
okean qirg‘og‘iga yetish mumkinligini aniqladi. Stenli
xuddi o‘sha yo‘ldan yuradigan bo‘ldi. U yo‘lda har kuni
deyarli daryo bo‘yidagi qabilalarning ham hujumini
daf qilib bo rar edi. 1877-yil 3-iyunda Massas shalo-
lalaridan o‘tayotgan mahalida uning hamrohlaridan
biri halok bo‘ldi. 18-iyun kuni Stenlining qaylig‘ini suv
oqizib ketib, to‘ppa-to‘g‘ri Mbelo shalolasiga oborib urdi.
Stenlining o‘zi zo‘rg‘a o‘limdan qutulib qoldi.
Nihoyat, 6-avgust kuni Genri Stenli okean
qirg‘og‘idan to‘rt kunlik yo‘ldagi Ni-Sanda qishlog‘iga
yetib bordi. Ikki kundan keyin u BansaMbuks degan
joyga yetib keldi. Bu yerda uning ekspeditsiyasi uchun
yuborilgan oziq-ovqatlar bor edi. Dengiz bo‘yidagi
194
Jyul Vern
Boma degan shaharchada Stenli biroz dam olishga
qaror berdi. Afrika qit’asi orqali sayohat qilishdagi
qattiq qiyinchilik va azob-uqubatlar bu yosh yigitni
(u hali o‘ttiz beshga ham kirmagan edi) qaritib qo‘ydi.
Bu sayohat Stenlining ikki yil-u to‘qqiz oy vaqtini oldi.
Lekin buning evaziga Lualaba daryosi to etak tomo-
nigacha tekshirib chiqildi. Mana shunda Afrikaning
shimolidagi azamat Nil daryo si va sharqidagi Zambezi
daryosi bilan birga, Afrikaning g‘arb tomonida – suvin-
ing ko‘pligi va havzasining kattaligi jihatidan dunyoda
ikkinchi o‘rinda turadigan, uzunligi to‘rt ming ikki yuz
kilometr keladigan katta daryo bor ekanligi aniqlandi.
Oqimning har xil joyida har xil nom olgan bu daryo
(Lualaba, Zair, Kongo) Katta ko‘llar rayonini Atlantika
okeani bilan qo‘shadi.
Stenli bilan Kameron ekspeditsiyasi Angolaning
shimoliy va janubiy chegaralari bo‘ylab o‘tgan edi.
«Piligrim» kemasi halokatga uchragan paytlarda, ya’ni
1873-yili o‘lkaning o‘zi butunlay tekshirilmagan edi
desa bo‘ladi. Angola – Afrika qit’asining g‘arbidagi kat-
takon qullar bozori bo‘lib, Vixe, Kassango va Kazonde
35
degan joylar qul bozorining markazi edi.
Dik Send bilan uning hamrohlarini, zaifgina yosh bir
ayolni, uning bezgakdan azob chekayotgan kichkina
o‘g‘lini va qul savdogarlari bir ko‘rishda ko‘zining paxta-
si chiqadigan beshta pahlavon negrdan iborat otryadni
35
XIX asrning 70-yillarida Portugaliya hukmdorlari qullarni
«ozod qilishga» majbur bo‘lganlaridan keyin, Angolada negr larni
qul qilish boshqa shakl oldi. Har bir voyaga yetgan negr qonunga
muvofiq bir necha yil majburiy ravishda portugaliyaliklarga ish
-
lab berishi lozim bo‘lgan. Angliyaning hukmdorligi ostidagi Janu-
biy Afrika ittifoqi bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq, Portugali
-
yaning mustamlakalari bo‘lgan Angola va Mozambikdan har yili
ishchi «tanlash usuli» bilan o‘n minglab negrlar keltirilib turilgan.
Ularni ish joyiga qurolli soqchilar qorovulligida yetkazilardi. Qul
savdosining bu shakli o‘sha davr reaksion Portugaliya hukuma-
tining eng muhim daromad manbalaridan biri hisoblangan.
195
«O‘n besh yoshli kapitan»
Gerris okeandan yuzlarcha mil uzoqdagi dahshatli bir
joyga boshlab kelgan edi...
Dik na yerlik aholisi, na yirtqich hayvonlari va na
iqlimi uning hamrohlariga hech qanday xavf-xatar sol-
maydigan Janubiy Amerikani xayoliga keltirar edi. U
And tog‘lari bilan dengiz qirg‘og‘i o‘rtasidagi orombaxsh
yerlarni, undagi behisob qishloqlarni, sayohatchilarni
yaxshi kutib oladigan mehmondo‘st joylarni xotirasi-
ga olar edi. Agar yovuz qo‘l yo‘ldan chalg‘itmaganda
bo‘ron «Piligrim»ni Boliviya yoki Peruning xavf-xatarsiz
qirg‘oqlariga chiqarib tashlagan bo‘lardi, deb afsus
qilar edi Dik.
Ammo bu yer Afrika edi, dahshatli Angola, qit’aning
eng qorong‘i burchagi edi! Portugaliyaning mustam-
lakasidagi hukumat vakillari bu yerlarga kelib ham
yurmas edi. Bu yerlarga portu galiyalik hukumat vakillari
kelmas ham edilar, u yerda nozirlarning qamchisi ostida
qullar karvoni turna qator tizilib harakat qilar edi.
Xiyonatchi Negoro dastidan bu yerlarga kelib qolgan
Dik bu mamlakat haqida nimalarni bilardi? U ko‘p
narsani bilmas edi. U Afrikaga XVI va XVII asrlarda
borgan missioner
36
larning yozganlarini, San-Paolo de
Loandadan Zair daryosini yoqalab yuruvchi portugali-
yalik savdogarlarning xotiralarini o‘qigan edi. Bundan
tashqari, doktor Livingston ning 1853-yilgi sayohati
to‘g‘risidagi hisobotini o‘qigan edi. Ammo har qanaqa
yurakli kishini ham dahshatga solish uchun ana shu
ma’lumotlarning o‘zi kifoya edi.
Haqiqatan ham, ahvol nihoyatda og‘ir edi.
36
Missionerlar – hukmron din g‘oyalarini mustamlaka mam-
lakatlarda targ‘ib qiluvchilar. Yerlik xalqlarni xristian diniga
kirgizish niqobi ostida missionerlar kapitalist davlatlarining
yangi yerlarni qo‘lga kirgizish ishlarini tayyorlashda o‘tkir razved-
kachilik rolini o‘ynadilar.
196
Jyul Vern
Do'stlaringiz bilan baham: |