Jyul Vern, «O‘n besh yoshli kapitan». «Yangi asr avlodi»



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/151
Sana12.04.2022
Hajmi2,35 Mb.
#544954
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   151
Bog'liq
4 On besh yoshli kapitan roman

140
Jyul Vern
duslar orasidagi biror joyda halokatga uchragan bo‘lishi 
kerak edi. Haqiqatda esa yigirma beshinchi gradusdan 
ekan.
Dik Pasxi oroli yonida oxirgi aniq hisobni qilib olgani-
dan keyin kema uzoq yo‘l yurdi, shuning uchun ham 
hisobda bunchalik oz xato bo‘lishi ajablanarlik emas.
Notanish odamning gapi to‘g‘riligiga ishonmaslikka 
Dikda hech qanday asos yo‘q edi. «Piligrim»ning Quyi 
Boliviyada falokatga uchraganini bilgandan keyin Dik, 
bu qirg‘oqning sahro ekanligiga ajablanmay qo‘ydi.
– Taqsir, – dedi u notanish kishiga, – demak, sizning 
gapingizga qaraganda, biz Lima
25
shahridan ancha uzoq-
da ekanmiz-da?
– Shundoq, Lima juda uzoqda... Lima hu anavi yoqda! 
– deb shimol tomonni ko‘rsatdi kishi qo‘li bilan.
Negoroning zim-g‘oyib bo‘lganidan ehtiyot bo‘lishga 
majbur bo‘layotgan missis Ueldon bu odamni juda diqqat 
bilan kuzatar edi. Ammo missis Ueldon bu odamning 
qiliqlarida ham, javoblarida ham hech qanday shubha 
ko‘rmadi.
– Taqsir, – dedi u, – agar savolim noo‘rinroq bo‘lsa 
kechirasiz. Siz boliviyalik bo‘lmasangiz kerak-a?
– Men ham siz kabi amerikalik bo‘laman, mis sis...
Notanish kishi uning nomi aytilishini kutib, jim bo‘lib 
qoldi.
Missis Ueldon, – dedi Dik.
– Mening nomim Gerris, – dedi notanish kishi. – Men 
Janubiy Karolinada tug‘ilganman.
Vatanimni tashlab ketib, Boliviya sahrolarida 
yashayot ganimga yigirma yilcha bo‘lib qoldi. Vatandosh-
larimni ko‘rga nimga juda xursandman.
– Siz, mister Gerris, Boliviyaning shu qismida doim 
turasizmi? – deb so‘radi missis Ueldon.
– Yo‘q, missis Ueldon, men janubda, Chili chegarasiga 
yaqin yerda turaman. Lekin hozir shi moli-sharq tomonga, 
Atakamaga ketayotirman.
25
Lima – Peru poytaxti. 


141
«O‘n besh yoshli kapitan»
– Demak, biz Atakama sahrosiga yaqin joyda ekan-
miz-da? – deb so‘radi Dik Send.
– Xuddi shundoq, do‘stim. Bu sahro hov anavi ko‘rina-
yotgan tog‘larning naryog‘idan boshlanadi.
– Atakama sahrosi-ya! – deb takrorladi Dik Send.
– Shundoq, do‘stim, – dedi Gerris. – Atakama sahrosi 
Janubiy Amerikaning eng ajoyib va eng kam tekshirilgan 
qismi bo‘lsa kerak. Bu yer mamlakatning boshqa yerla-
riga qaraganda butun lay boshqacha...
– Sahroda yolg‘iz o‘zingiz yurishga qo‘rqmaysizmi? – 
deb so‘radi missis Ueldon.
– Oho, men undan necha martabalar o‘tib yurganman! 
– deb javob qaytardi Gerris. – Bu yerdan ikki yuz mil na-
rida akamga qarashli katta bir ferma – San-Feliche nomli 
gatsiyenda bor. Men savdo ishlarim bilan akamnikiga 
tez-tez borib turaman. Agar men bilan birga bormoqchi 
bo‘lsalaring – marhamat, u yerda sizlarni juda yaxshi 
kutib olishadi. U yerdan Atakama shahriga yetib olish 
ham oson bo‘ladi: akam sizlarga jon deb ot-arava ham 
beradi.
Gerris bu taklifi bilan o‘zini go‘yo chin qalbdan yaxshi
-
lik tilovchi qilib ko‘rsatar edi. U javob kutmasdan, missis 
Ueldonga qarab yana gapira boshla di:
– Bu negrlar sizning qullaringizmi? – deb Tom bilan 
uning sheriklarini ko‘rsatdi.
– Hozir Qo‘shma Shtatlarda hech qanday qullar yo‘q, 
– deb shartta javob qaytardi missis Ueldon. – Shimoliy 
shtatlarda quldorlik allaqachonoq bitirilgan va janubiy 
shtatlar ham shimoliy shtatlardan ibrat oldilar.
– Ha, to‘g‘ri, – dedi Gerris, – 1862-yilgi urush bu 
muhim masalani hal qildi, buni men esimdan chiqarib 
qo‘yibman-da. Buning uchun janoblardan kechirim 
so‘rayman, – deb piching qilib qo‘ydi u. – Quldorlik huquqi 
bekor qilingandan keyin janubiy shtatlardagi amerika-
liklar negrlar bilan ana shunday qo‘pol muomala qilar 
edilar. – Ammo men bu jentlmenlarning sizda xizmat 
qilayotganlarini ko‘rib, o‘ylabmanki...



Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish