Jyul Vern, «O‘n besh yoshli kapitan». «Yangi asr avlodi»



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/151
Sana12.04.2022
Hajmi2,35 Mb.
#544954
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   151
Bog'liq
4 On besh yoshli kapitan roman

142
Jyul Vern
– Ular menda xizmat qilgan emaslar va xizmat qilayot-
ganlari ham yo‘q, taqsir, – deb uning gapini bo‘ldi missis 
Ueldon.
– Biz jon deb xizmat qilishga tayyormiz, missis Uel-
don, – dedi keksa Tom. – Ammo mister Gerrisga ma’lum 
bo‘lsinki, biz hech kimning quli emasmiz! To‘g‘risini 
aytsam, men ilgari haqiqatan ham qul bo‘lganman. Olti 
yoshligimda meni Afrikada quldorlar ushlab olib, Ame-
rikaga sotib yuborishgan. Biroq o‘g‘lim Bat men ozod 
bo‘lganimdan keyin tug‘ilgan, boshqa sheriklarim ham 
ozod kishilarning bolalari.
– Buning uchun sizlarni tabriklayman, – dedi Gerris, 
lekin uning ovozi missis Ueldonga masxara qilganday 
tuyuldi. – Jumladan, ozod Boliviya mamlakatida ham 
qullar yo‘q. Demak, sizlar Yangi Angliya shtatlarida
26
yurganingiz singari, bu yerlar da ham bemalol sayohat 
qilib yuraverishlaring mumkin.
Shu payt g‘ordan Jek bilan birga Nan chiqib kel di. 
Kichkina Jek ko‘zlarini uqalardi.
U onasini ko‘rishi bilan uning oldiga chopib keldi.
Missis Ueldon o‘g‘lini bag‘riga bosib, asta o‘pdi.
– Qanday ajoyib yigitcha-a! – dedi Gerris, Jekka yaqin 
kelib.
– Bu mening o‘g‘lim, – dedi missis Ueldon.
– O‘, missis Ueldon! Bu mushkul safar vaqtida ikki 
yoqlama azob tortgan ekansiz-da! O‘zingiz uchun ham, 
o‘g‘lingiz uchun ham!
– Endi bular hammasi o‘tib ketdi, mister Gerris. Ham-
mamizdek Jek ham sog‘-salomat.
– Bu ajoyib o‘g‘ilchangizni bir o‘psam maylimi? – deb 
so‘radi Gerris.
– Marhamat, taqsir.
Ammo mister Gerris kichkina Jekka unchalik yoq-
magan bo‘lsa kerak, u onasining pinjiga yana qattiqroq 
yopishdi.
26
Yangi Angliya – AQSHning shimoli-sharqidagi sanoat shtati 
shunday deb aytiladi.


143
«O‘n besh yoshli kapitan»
– Ana xolos! – dedi Gerris. – Meni yoqtirmayapsan 
shekilli. Yo mendan qo‘rqyapsanmi-a?
– Kechiring uni, taqsir, Jek juda tortinchoq bo la, – deb 
shoshib izoh berdi missis Ueldon.
– Xo‘p, yaxshi, keyinchalik sen bilan yaxshi oshna 
bo‘lib olamiz, – deb qo‘ydi Gerris. – Gatsiyendaga borsak, 
senga bitta chiroyli poni topib beraman, o‘shanda sen 
bilan inoqlashib ketamiz.
Ammo «chiroyli poni» ham Jekka ta’sir qilmadi – u 
boyagicha onasining pinjiga tiqilib, yuzini yashiraverdi.
Missis Ueldon gapni boshqa yoqqa burishga shoshildi, 
chunki u Jekning hurkaklik qilishi yaxshilik qilmoqchi 
bo‘lgan kishini xafa qilmasa, deb qo‘rqar edi.
Dik Send Gerrisning taklifi ustida o‘ylab qoldi. Ikki yuz 
mil yo‘l yurish missis Ueldon bilan Jekni juda toliqtirib 
qo‘yishi mumkin, chunki hech qan day ot-ulov yo‘q edi.
Dik bu masala to‘g‘risidagi shubhasini Gerrisga bildir-
di-da, bunga javoban nima deyishini qiziqib, kutib turdi.
– Darhaqiqat, bu juda uzoq safar, – dedi Gerris. – Lekin 
qirg‘oqdan yuz qadamcha narida, o‘rmon ichida mening 
otim bor. Men uni jon deb missis Ueldonga beraman. 
Erkaklar piyoda ketaveradi, ammo shuni aytib qo‘yay-
ki, piyoda yurish ham uncha qiyin emas, kishi uncha 
charchamaydi ham. Aytmoqchi, ikki yuz mil deganimda, 
hozir o‘zim yurib kelgan aylanma yo‘l – soy bo‘yidan yu-
rishni nazarda tutib aytyapman. Agar biz o‘rmon ichidan 
to‘ppa-to‘g‘ri kesib o‘tsak, yo‘limiz eng kamida sakson mil 
qisqaradi. Har kuni o‘n mil dan yo‘l yursak, hash-pash 
deguncha gatsiyendaga yetib olamiz.
Missis Ueldon Gerrisga tashakkur bildirdi.
– Agar minnatdorlik bildirishni istasalaring, mening 
chin ko‘ngildan qilgan taklifimni qabul qilasizlar, – deb 
javob qaytardi Gerris. – Rostini aytsam, bu o‘rmondan 
sira yurganim yo‘q, ammo qiynalmasdan yo‘l topaman 
albatta, chunki men o‘rmonlarda yurib o‘rganib qol-
ganman. Lekin oziq-ovqat masalasi sal chatoqroq. Men 



Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish