132
Jyul Vern
Dik Send bilan besh negr xash-pash deguncha pa-
lubaga chiqib olishdi, Tom, Gerkules, Bat va Ostinlar
esa kemaning chekkasida osilib qolgan arqonlarga
tirmashib, oshxonada qolgan oziq-ovqat hamda ichim-
liklarni tashib olish bilan band bo‘ldilar. Dik katta
omborga kirib ketdi. Yaxshiyamki, garchi falokatdan
keyin suv ostida qolgan bo‘lsa ham kemaning quyruq
tomoniga suv kirmagan ekan.
Dik Send bu yerdan to‘rtta yaxshi karabin miltiq va
yuztacha o‘q topib oldi. Mabodo yerlik hindilar hujum
qilib qoladigan bo‘lsa, ularga qarshi tu rish uchun endi
sayohatchilar qo‘lida yaxshi qurol bor edi.
Dik Send cho‘ntak fonarini olishni ham esidan chiqaz-
madi. Afsuski, kema burnidagi kayutada qol gan geografi
-
ya xaritalari suv ichida qolib, yaroqsiz bo‘lib qolgan edi.
Dik Send kit to‘shlarini ajratish uchun ishlatiladigan
oltita katta pichoq ham oldi. Pichoqlar hamrohlari uchun
qo‘shimcha qurol edi. Shu bilan birga u Jekning kichkina
o‘yinchoq miltiqchasini ham olib oldi.
Kemadagi qolgan jihozlarning bir qismi falokat vaqtida
yo nobud bo‘lgan, yo suvda ishdan chiqqan edi. Yaqin
oradagi odam turadigan joyga bir necha kunda yetib
borish mumkin bo‘lgandan keyin ortiqcha yuk ko‘tarib
yurishning hojati ham yo‘q edi. Shunday qilib, oziq-ovqat
bilan qurol-aslaha sayohatchilar uchun yetarli edi.
Dik Send endi ketay deb turganida, missis Ueldonning,
kemadagi pullarni olib olish kerak, degan maslahati esiga
tushib qoldi. Dik atigi besh yuz dollar pul topdi, xolos,
holbuki, missis Ueldonning o‘ziga qarashli puli ham
bundan ko‘ra ancha ko‘proq edi.
Bu yerga Dik Senddan oldin faqat Negoro kelishi
ehtimol edi. Missis Ueldon bilan kapitan Gulning yig‘ib
yurgan pullarini Negorogina olishi ehtimol edi. Bu o‘g‘ir-
likda bo‘lak hech kimdan gumonsirash mumkin emasdi.
Shunday bo‘lsa ham, Dik Send boshda ikkilanib turdi.
Bu kishi to‘g‘risi da Dik nima bilardi? Shunigina bilardiki,
Negoro odamlarga aralashmay yolg‘iz yurishni yaxshi
133
«O‘n besh yoshli kapitan»
ko‘rardi va boshqalarning boshiga tushgan kulfatdan
miyig‘ida kulib qo‘yardi, xolos. Ammo buning uchun
uni jinoyatchi deb bo‘larmidi? Dik nima deyishini ham
bilmas edi. Xo‘p, bo‘lmasa o‘g‘irlikda kimdan gumon-
sirash mumkin edi. Negrlardan biridanmi? Ammo ular
juda halol odamlar edi va shu bilan birga ular, qirg‘oqqa
chiqqandan keyin missis Ueldon bilan Jekning yonidan
hech qayoqqa jilmagan edilar. Negoro esa qirg‘oqda an-
chagina o‘ralishib yurdi. Yo‘q, Negorodan bo‘lak hech kim
o‘g‘irlagan emas, o‘g‘ri xuddi o‘shaning o‘zi!
Dik Send qaytib kelishi bilanoq Negoroni so‘roq qilish-
ga va zarur bo‘lsa, hatto uni tintishga ham qaror berdi.
Dik bu masalani bir yoqlik qilishga astoydil kirishmoqchi
bo‘ldi!
Kun botay deb qolgandi. Birpasdan keyin quyosh ufq
orqasiga yashirindi. Oz-moz qosh qoraygan payt bo‘lib
turdi-da, keyin birdaniga qorong‘i tushdi. Bu narsa Dik
Sendning, Kozerok tropigi bilan ekvator orasidagi bir
yerda falokatga uchragan, degan taxminini tasdiqlar edi.
– Kechasi bo‘ron bo‘ladi! – dedi keksa Tom, osmonda
uymalashgan qora bulutlarni ko‘rsatib.
– Ha, shunday bo‘lishi ehtimol, hazilakam shamol
bo‘lmaydiganga o‘xshaydi, – deb Dik ham uning gapiga
qo‘shildi. – Bo‘lsa bo‘laversin, biz ning nima ishimiz bor!
Kemamiz halokatga uchragan bo‘lsa, endi shamol bizlar-
ga nima zarar yetkazardi.
Shunday qarorga kelishdiki, kechasi qorong‘i bo‘lgani-
dan negrlar g‘or og‘zida navbatma-navbat qorovullik qildi-
lar. Buning ustiga Dingoning ziyrakligi ham sayohatchilar
uchun bir dalda edi.
Missis Ueldon, Dik va negrlar g‘orga qaytib kelishdi.
Benedikt tog‘a haligacha kelmagan ekan.
Pahlavon Gerkules bor kuchi bilan bir hay-haylab
chaqirgan edi, entomolog tik qoyadan shoshib-pishib
tushayotganida boshini toshga urib olishiga sal qoldi.
Benedikt tog‘aga juda alam qilgan edi. U kuni bo‘yi
sargardon bo‘lib yurib, kolleksiyasiga qo‘sha oladigan
134
Jyul Vern
birorta ham yangi hasharot topolmadi. Mingoyoq va
boshqa shu singari ko‘poyoqlilardan boshqa hech gap
yo‘q ekan! Ma’lumki, Benedikt tog‘aga ko‘poyoqlilarning
sira keragi yo‘q edi!
– Esizgina, – deb achindi u, – besh ming milcha yo‘l
yurib, qattiq bo‘ronlarga, falokatga uchrab, qancha-
dan-qancha azob uqubatlar chekib, hasharot muze-
yini bezaydigan bitta ham oltioyoqli amerika hasharoti
topilmasa-ya? Bir miri hayon (foyda), uch miri ziyon
degan gapning o‘zginasi bo‘ldi-ya!
Shundan keyin Benedikt tog‘a bu la’nati qirg‘oqda bir
daqiqa ham turmaganim bo‘lsin, dedi va hammaning
darrov yo‘lga chiqishini talab qildi.
Missis Ueldon bu soqolli go‘dakni zo‘rg‘a ovutdi. Mis-
sis Ueldon bugun bo‘lmasa ertaga topilib qolar o‘sha
oltioyoq, deb uni umidvor qilar va tinchitar edi. Keyin
kun chiqqanga qadar mizg‘ib olish uchun hammalari
g‘orga kirib ketishdi.
Tom qarasa, Negoro hali ham kelmabdi.
– Qayoqqa yo‘qoldi ekan! – deb so‘radi missis Ueldon.
– Bizning nima ishimiz bor, – dedi Bat.
– Menimcha, bu kishi doim ko‘z o‘ngimizda bo‘lgani
qayta yaxshiroq, – dedi missis Ueldon.
– Rost aytasiz, missiz Ueldon, – dedi Dik Send unga,
– lekin o‘z ixtiyori bilan bizdan ajrab ket gan bo‘lsa, uni
qaytib kelishga majbur qilib bo‘larmidi? Kim biladi
deysiz, bizdan qochib ketishiga, ehtimol, biror sabab
bordir?
Dik missis Ueldonni bir chekkaga chaqirib, unga pul
to‘g‘risida o‘z shubhasini aytdi. Missis Ueldon Dikning
gaplariga sira ajablanmadi, chun ki missis Ueldonning
o‘zi ham Negorodan gumon qilar edi.
– Basharti, Negoro qaytib kelsa, – dedi missis Uel-
don, – demak, u o‘g‘irlagan pullarni biror joyga yashirib
qo‘ygan bo‘ladi. Menimcha, biz uni jinoyat ustida qo‘lga
tushira olmaganimiz uchun, yaxshisi, shubhamizni
135
«O‘n besh yoshli kapitan»
bildirmasdan, o‘zimizni bilmaganga solib yurave-
rishimiz kerak.
Missis Ueldonning gapi to‘g‘ri edi, shuning uchun
Dik ham bunga qo‘shildi.
Shu payt Gerkules Negoroni bir necha marta
hay-haylab chaqirdi, lekin Negorodan dom-darak
bo‘lmadi. Ehtimol, u uzoqlab ketib qolib, Gerkulesning
ovozini eshitmagandir yoki qaytib kelishni xohlama-
gandir.
Negrlar portugaliyalikning ketib qolganiga sira ham
achinmas edilar. Ammo, missis Ueldon aytganidek,
Negoroning yiroqda yurganidan ko‘ra, yaqinda turgani
xavfsizroq edi.
Shunisi qiziqki, qanday qilib Negoro bunday nota-
nish joylarda yolg‘iz o‘zi yurishga qo‘rqmadiykin?
Adashib qolmaydimikan? Balki u qorong‘ida g‘orning
qayerdaligini topolmay yurgandir?
Missis Ueldon bilan Dik Send nima deyishlarini ham
bilmasdilar. Nima bo‘lsa ham, Negoroni deb shuncha
odamning shirin uyqudan qolishlari to‘g‘ri kelmasdi.
Qumloqda chopib yurgan Dingo birdaniga qattiq
vovillay boshladi.
– Dingo nimaga vovillayapti ekan? – deb so‘radi
missis Ueldon.
– Hozir bilib kelaman, Negoro qaytib kelayotgandir,
– dedi Dik Send.
Shu ondayoq Dik, Gerkules, Ostin va Bat g‘ordan
tashqariga chiqishdi. Lekin qirg‘oqda hech kim yo‘q edi.
Dingo ham boshqa vovillamadi.
Dik Send bilan uning hamrohlari g‘orga qaytib
kirishdi. Negrlar navbatchilikni o‘zaro taqsim qilishdi,
shundan keyingina yo‘lovchilar uyquga ketishdi.
Faqat missis Ueldonning ko‘ziga uyqu kelmasdi. Zo-
riqib kutilgan yer nechukdir umidlarni puchga chiqardi,
yo‘lovchilar uchun xavfsiz sharoit tug‘dirmadi va oso-
yishtalik keltirmadi.
136
Jyul Vern
Do'stlaringiz bilan baham: |