Jyul Vern, «O‘n besh yoshli kapitan». «Yangi asr avlodi»



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/151
Sana12.04.2022
Hajmi2,35 Mb.
#544954
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   151
Bog'liq
4 On besh yoshli kapitan roman

130
Jyul Vern
– Bu yerlarda yashovchi yerlik hindularni yovvoyi af-
rikaliklar yoki polineziyaliklar bilan tenglashtirish to‘g‘ri 
emas, – dedi Dik, – ular bosqinchilik qiladilar deyishga 
ham hech qanday asos yo‘q.
Holbuki, qayerda turganliklarini va eng yaqin qishloq 
qay tomonda ekanligini va uning uzoq-yaqinligini bilmas-
dan turib yo‘lga chiqish behuda sarsongarchilik bo‘lar edi.
O‘tib bo‘lmaydigan qalin o‘rmon orqali to‘da bo‘lib 
tavakkaliga yo‘lga chiqqandan ko‘ra, ajralib kuzatuvga 
borib kelish, garchi bu ko‘ngilsiz bo‘lsa-da, yaxshiroq edi.
– Undan keyin, – deb so‘zini tamomladi Dik, – men 
uzoq ajralishib ketishni xayolimga ham keltirayotganim 
yo‘q. Basharti, Tom bilan ikkovimiz ikki kun ichida bi-
ror qishloqni yoki biror yer lik odamni uchrata olmasak, 
g‘orga qaytib kelamiz. Ammo bunday qilmasmiz! Men 
ishonamanki, mamlakatning ichkarisiga tomon yigirma 
mil yo‘l yurmasdanoq bu yerning qayer ekanini bilib ol-
sak ke rak. Men hisobda adashgan bo‘lsam ham ehtimol, 
chunki men astronomiya hisobi qilganim yo‘q. Basharti 
«Piligrim» men mo‘ljallagandan butunlay boshqa qirg‘oqqa 
kelib urilgan bo‘lsa, unda nima bo‘ladi?..
– Ha... bu gaping to‘g‘ri, ukam, – deb javob qaytardi 
missis Ueldon xafaroq bo‘lib.
– Mening taklifimga siz nima deysiz, janob Benedikt? 
– deb so‘radi Dik Send.
– Menmi? – deb qayta so‘radi Benidkt tog‘a.
– Ha, siz bu to‘g‘rida nima deb o‘ylaysiz?
– Bu haqda menda hech qanday fikr yo‘q, – deb javob 
berdi Benedikt tog‘a, – menga nima desangiz, shunga 
xo‘p deyaveraman, nimani buyursangiz, bajaraveraman. 
Agar siz bu yerda bir-ikki kun qolaylik desangiz, men 
uchun qayta yaxshi, chunki men bundan foydalanib, 
ento mologiya nuqtai nazaridan qirg‘oqdagi hasharotlarni 
tekshirardim.
– Mayli, Dik, bilganingni qilaver. Tom bilan birga ku-
zatuvga boraver, biz esa bu yerda sizlarni kutib turamiz, 
– dedi missis Ueldon.


131
«O‘n besh yoshli kapitan»
– Masala hal! Men esa bu yerning hasharotlari bilan 
tanishgali jo‘nay, – dedi Benedikt tog‘a soddagina qilib.
– Shunisi borki, janob Benedikt, tag‘in uzoqqa ketib 
qolmang, sizdan iltimos shu, – dedi Dik Send.
– Xotirjam bo‘l, uka.
– Ishqilib, chivinlarni bezovta qilib biz tomon ga yubor-
masangiz bo‘lgani! – deb qo‘shib qo‘ydi Tom.
Birpasdan keyin entomolog qadrdon tunuka quticha-
sini bo‘yniga osib, «ovga» jo‘nab ketdi.
Negoro ham xuddi shu vaqtda g‘ordan chiqib ketdi. 
Bu odam hamma vaqt faqat o‘z g‘amini yer edi. Benedikt 
tog‘a toshlardan o‘rmalab chiqib o‘rmon tomon jo‘nar 
ekan, Negoro asta-asta yurib soy bo‘yiga tushdi, keyin 
soyni yoqalab yuqoriga qarab ketdi.
Missis Ueldon uxlab qolgan o‘g‘ilchasini Nan kampir-
ning tizzasiga yotqizib qo‘yib, o‘zi qumloqqa chiqdi. Dik 
Send bilan negrlar uning ketidan chiqishdi.
Dengizda toshqin yo‘qligidan foydalanib, pachoqlan-
gan kema oldiga borish kerak edi, chunki unda sayo-
hatchilar uchun kerak bo‘ladigan ancha narsalar qolib 
ketgan edi.
«Piligrim» o‘zini borib urgan tosh endi ochilib qolgandi. 
Kema esa o‘zining bo‘laklari orasida yonboshlab yotar 
edi. Kema urilib ketgan suv osti tosh lari dengiz toshqi-
nidan keyin aniq ko‘rinib qol gandi. Bu holdan Dik Send 
juda hayron qoldi, chunki u Amerikaning Tinch okean 
qirg‘og‘ida bunday qattiq toshqinlar bo‘lmasligini bilar 
edi. Dik bunga keyingi kunlarda bo‘lgan qattiq shamol 
sababchidir, deb o‘yladi.
Missis Ueldon bilan uning hamrohlari majag‘i chiqib 
yotgan kemani ko‘rib juda xafa bo‘ldilar. «Piligrim»da 
ular ko‘p kunlarini o‘tkazgan, ko‘p mashaqqatlar tortgan 
edilar axir! Hamma ustun va yelkanlaridan ajralib, o‘lik 
hayvondek ag‘anab yot gan kemani ko‘rgach, yuraklari 
tuz sepgandek achidi.
Har holda, dengizda butunlay xarob bo‘lib ketgunicha 
kemaga bir borish zarur edi.



Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish