124
Jyul Vern
ning ekvator oqimi bilan
shamol uni shimoli-sharqqa
qarab haydadi. Shuning uchun kemaning qirq uch gra-
dus janubiy kenglikdan o‘n besh gradusga kelib qolishi
ham ajab ish emas.
Eng zaruri: mumkin qadar tezroq «Pilig rim»ning qa-
yerda falokatga uchraganini aniqlash edi. Peru sohilida
portlar, shaharlar va qishloqlar juda ko‘p. Shuning
uchun, agar Dikning fikri to‘g‘ri bo‘lsa, yo‘lovchilar ko‘p
ham qiynalmasdan birorta
aholi turadigan joyga yetib
olishlari mumkin.
Falokat joyidagi unchalik baland bo‘lmagan tik qirg‘oq-
da jon egasi yo‘qqa o‘xshaydi. Torgina qumloq joyda
qop-qora qoya toshlar yotar edi. Qoyaning ba’zi joylari
yorilib ketgan. Ba’zi yoriq joylardan o‘rmalab tog‘ning
tepasiga chiqsa bo‘lardi.
Yarim kilometr shimolda qoyalar orasidan soy yorib
o‘tgan. Soy ustida ko‘pdan-ko‘p rizoforlar osilib turar edi.
Qirg‘oq yonidan boshlangan ko‘m-ko‘k qalin o‘rmon
juda uzoqlarda ko‘rinayotgan
havo rang toqqacha
cho‘zilib ketgan. Mabodo Benedikt tog‘a botanik bo‘lganda
edi, bundagi xilma-xil daraxtlarni ko‘rib hayron qolgan
bo‘lar edi. Bu yerda bir necha ming yillar umr ko‘radi-
gan baland baobab daraxtlari, dengiz qarag‘aylari, hind
xurmosi, murch daraxti va Yangi Dunyoning shimol to-
monida uchraydigan yuzlab boshqa xil o‘simliklar bor edi.
Qirg‘oq ustida baqiroq qushlar va aksari qoramtir
ko‘ktusli hamda bo‘z kallali qaldirg‘ochlar galasi uchib
yurardi. Goh joylarda sergo‘sht, kichik kalla li, parsiz
oyoqli kakliklar ham ko‘rinib qolar edi.
Missis Ueldon bilan Dik Send
qushlarning odamlardan
unchalik qo‘rqmaganini sezib qoldilar. Ular odamlarning
yaqin kelishidan sira hayiqmas edilar. Nahotki, ular odam
zotini sira ko‘rmagan bo‘lsalar va odamdan qochish degan
narsani bilmasalar-a? Nahot
hech qanday miltiq ovozi bu
qirg‘oqning tinchligini sira buzmagan bo‘lsa?
Suvdan chiqib turgan toshlar ustida bir necha
katta saqoqush lar cho‘nqayib o‘tirar edi. Ular tum-
125
«O‘n besh yoshli kapitan»
shuqlari ostidagi xaltalariga mayda baliqlarni to‘ldirib
o‘tirar edilar.
Dengiz tomondan uchib kelgan baliqchi qushlar «Pili-
grim» siniqlari ustida aylanib uchib yurar edi lar.
Qushlar qirg‘oqning bu joyidagi birdan-bir jon egalari
bo‘l salar kerak. Albatta, bu yerlarda Benedikt tog‘ani
qiziqtiradigan ko‘pgina hasharot lar ham bor edi.
Ammo na qushlarga va na hasharotlarga qarab bu
yerning qayer ekanini bilib bo‘lmas edi.
Bu yerning no-
mini o‘sha yerda yashovchi biror kishigina aytib berishi
mumkin edi. Ammo bu yerda hech qanday aholi yo‘q edi.
Bironta ham odamzod ko‘rinmasdi.
Na qo‘rg‘on, na uylar va na bironta chayla ko‘rinsaydi.
Na shimol tomondagi soy orqasida, na janub tomonda va
na qit’aning ichkarisiga kirib ketgan qalin o‘rmon orasida,
xullas, hech qayerda tutun chiqqan joy ko‘rinmas edi.
Ilgari bu qirg‘oqqa odamzod kelganini ko‘rsatadigan hech
qanday nishona ham yo‘q edi.
Dik Send bunga juda hayron qoldi.
– Biz qayerdamiz? Qayerga kelib qoldik?
Nahot buni
aytib beradigan birorta odam topilmasa-ya?
Rostdan ham bundaqa kishi yo‘q edi, yaqin joy da bi-
rorta yerlik odam bo‘lganda, Dingo bundan darrov darak
berar edi. It esa boshini egib olib va dumini sudrab qum-
loqda u yoqdan-bu yoqqa yurgani yurgan edi. U hadeb
g‘alati qilib uvillardi. Uning qilig‘i juda ajoyib edi, ammo
na odam va na hayvon borligidan xabar bermas edi.
– Dik, Dingoga bir qarasang-chi! – dedi missis Ueldon.
– Qiziq-a! Biron iz qidirayotganga o‘xshaydi-ya, –
dedi Dik.
–
Rostdan ham qiziq, – deb shivirladi missis Ueldon.
Keyin birdan esiga olib:
– Negoro nima qilyaptiykin? – deb so‘radi.
– U ham Dingo singari qirg‘oqni kezib yuribdi, – dedi
Dik Send. – Aytgandek, bu yerda ixtiyor o‘zida, nima
qilsa qilaveradi. Endi men unga buyruq bera olmayman.