Maktbagacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxasislarini qayta tayyorlash va ularning



Download 32,31 Kb.
bet1/2
Sana11.02.2022
Hajmi32,31 Kb.
#443548
  1   2
Bog'liq
BOLALARDA XOTIRANING RIVOJLANISHI


MAKTBAGACHA TA’LIM TASHKILOTLARI
DIREKTOR VA MUTAXASISLARINI
QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING
MALAKASANI OSHIRISH
INSTITUTI TINGLOVCHISI TAYYORLAGAN

MUSTAQIL ISHI



GURUH: 37
Bajardi: Xamdamova G.I.

BOLALARDA XOTIRANING RIVOJLANISHI


Reja

  1. XOTIRA HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA.

  2. UMUMIY DIQQAT VA XOTIRA

  3. BOLALARDA XOTIRANING RIVOJLANISHI

  4. XULOSA

Biz sezgan, idrok qilgan narsalar iz qoldirmasdan yo'qolib ketmaydi, balki ma'lum darajada esda olib qolinadi, ya'ni esimizda saqlanib qoladi va qulay fursat yoki kerak bo'lganda esimizga tushadi.


Shuningdek, kechirilgan tuyg'u, fikr va qilingan ish-harakatlarimiz ham esimizda saqlanib qoladi va keyinchalik esimizga tushadi. Buni har kim o'z tajribasidan yaxshi biladi.
Kundalik tajribamiz ko'rsatadiki, esda qolgan narsalarning ham esimizga tushavermaydi, ularning bir qismi unutiladi. Unitish ham xotiraga oid hodisadir.
Esda qoladigan narsa xotira materialini, esda saqlanib turadigan va esga tushiriladigan narsa esa xotiraning mazmunini tashkil qiladi.
Ilgari idrok qilingan narsalarning esimizga tushgan obrazlari tasavvur deb ataladi. Bu xotiramizda saqlanib qolgan idrok obrazlari bo'lib, mazmunan obrazli xotiraga talluqlidir. Odam xotirasining asosiy mazmunini nutq-so'z materiali tashkil etadi. Idrok qilingan narsa va hodisalarning nomlari, o'qilgan matnlar, so'zlar, gaplar, boshqalarning nutqi esda olib qolinadi, esda saqlanib qoladi va esga tushiriladi. Lekin nutq esda olib qolinganda u yoki bu oddiy tovushlar birikish tizimlari emas, balki nutqda ifodalangan ma'no, o'z va boshqalarning fikrlari esda qoladi, saqlanadi va esga tushadi. So'zlarning ma'no jihatdan mantiqiy suratda bir-biriga bog'lanib esda qolishi va esga tushishi mazmunan so'z- logik xotirasi bo'lib, obrazli xotiraga nisbatan, ancha murakkab aqliy faoliyatdir. Biz ko'ngildan kechirgan tuyg'ular, har xil muskul va ish harakatlari ham xotira mazmunini tashkil qiladilar.
Shu sababli esda qoladigan materialning xilma-xil mazmuniga qarab, xotirani, odatda, obrazli, so'z-logik, emotsional(tuyg'u-hissiyot) va harakat xotirasi kabi xillarga ajratiladi.

ESDA OLIB QOLISH


Xotira faoliyati esda saqlab qolishdan boshlanadi. Biz hamisha bir narsa yoki hodisani idrok qilishimiz, biron narsa haqida o'ylashimiz singari hamisha biron narsa yoki hodisani esda saqlab qolamiz.
Esda saqlab qolish jarayoni eng avval miya po'stida idrok qilinayotgan narsalarning-buyum, surat, so'z, fikr va hokazolarning "izlari" hosil bo'lishidan va ayni vaqtda esda olib qolinadigan material bilan kishida mavjud bilim va tajriba o'rtasida, esda qoladigan materialning ayrim qismlari yoki elementlari o'rtasida bog'lanish vujudga kelishidan iboratdir.
Esda olib qolish xillari
Esda qoldirish jarayonining asosida yotgan bog'lanishlarning ikki xili ajratiladi. Bu bog'lanishlarning qaysi biri asosiy o'rin olganligiga qarab, assotsiativ va logik esda qoldirish xillari farq qilinadi.
Esda olib qolish faol jarayondir: bu faollik ikki xil bo'ladi, shu sababli ixtiyorsiz va ixtiyoriy esda qoldirish xillari ajratiladi.
Assotsiativ (mexanik) va logik(ma'nosini tushunib) esda qoldirish
Assotsiativ esda qoldirish. Bir vaqtda va bir birin-ketin idrok qilingan ikki yoki bir qancha narsa va hodisalarning obrazlari o'rtasida miyada hosil bo'ladigan bog'lanish assotsiativ bog'lanish yoki assotsiatsiya deyiladi. Ana shu yo'sinda hosil bo'lgan assotsiatsiya yondoshlik assotsiatsiyasidir.
Yondoshlik assotsiatsiyasidan tashqari, yana o'xshashlik va qarama-qarshilik assotsiatsiyasi farqlanadi.
O'xshashlik assotsialar-idrok qilinayotgan narsa bilan esga olinadigan narsa o'rtasida o'xshash belgilar bo'lganda vujudga keladigan bog'lanishlardir. Qush bilan somolyot yoki tarkibida bir-biriga o'xshash tovushlar bor so'zlar o'rtasidagi assotsiatsialar shu jumladandir.

Qarama-qarshilik(kontrast) assotsiatsiayalar hozir idrok qilinayotgan narsa bilan ilgari idrok qilingan narsa o'rtasida qarama-qarshilik yuz berganda hosil bo'ladigan assotsiatsiyadir(masalan, yorug'lik va qorong'ulik).


Ma'nosiga tushunib yoki mantiqan (logik) esda qoldirish
Ma'nosiga tushunib yoki mantiqan(logik) esda olib qolish jarayonida asosiy o'rinda fikrlash jarayonlari turadi. Esda qoldirilayotgan materialning ayrim qismlari va elementlari o'rtasidagi ma'no va logik(mantiqiy) bog'lanishlarni fikr yuritish yo'li bilan ochiladi.
Mexanik suratda yod olishga qaraganda ma'nosiga tushunib yod olish eng ma'qul va samarali usuldir.
Ixtiyorsiz va ixtiyoriy esda qoldirish
Ixtiyorsiz esda qoldirish oldimizga hech bir maqsad qo'ymasdan va maxsus usullar qo'llanmasdan, beixtiyor esda qoldirishdir.
Ixtiyorsiz esda saqlab qolish bizning hayotimiz va faoliyatimizda juda katta o'rin tutadi. Ixtiyorsiz esda qolishda hissiyot ayniqsa, katta rol o'ynaydi.
Bizda bironta hissiyot tug'diradigan material hissiyotimizga hech bir ta'sir qilmaydigan materialga ko'ra, esimizda ham tezroq, ham mustahkamroq o'rnashib qoladi. Ba'zan esa beixtiyor esda qoldirish ixtiyoriy esda qoldirishdan ko'ra samaraliroq bo'ladi.
Ixtiyoriy esda qoldirish ko'zda tutilgan maqsadga muvofiq tanlangan materialni ongli ravishda kuch berib maxsus esda qoldirishdir. Ixtiyoriy esda qoldirishda materialni puxta esda saqlab qolish maqsadida biz maxsus usullardan foydalanamiz: diqqatimizni to'playmiz, idrok qilingan materialni takrorlaymiz, uning mazmunini o'qib olish uchun harakat qilamiz, ilgarigi tajriba va bilimlarimiz bilan uni bog'laymiz va hokazo.
Sistematik ravishda esda qoldirish yodlab olish, o'rganib olish deyiladi. Bizning o'quv ishlarimiz - bilimlarni o'zlashtirish, tegishli ko'nikma va malakalar hosil qilish asosan ixtiyoriy esda qoldirish yo'li bilan bo'ladi. Yodlab, o'rganib olish-tartib bilan esda qoldirish demakdir.

Ixtiyoriy(irodaviy) esda olib qolish eng samarali va puxta esda qoldirishdir.


Diqqat esda mustahkam saqlab qolishning zaruriy shartidir. Diqqat esga olish lozim bo'lgan materialga nechog'li kuchli suratda qaratilgan bo'lsa, u shunchalik tez va puxta esda qoladi, chunki diqqatning asab fiziologik asosi miya po'stining bir qismida qo'zg'alish o'chog'ining paydo bo'lishidir. Ana shunday qo'zg'alish o'chog'i paydo bo'lishi bilan yangi asab bog'lanishlar tezroq hosil bo'lib, mahkam saqlanib qoladi. Ko'pincha, ayrim kishilarning o'z xotirasining zaifligi, tez va puxta esda saqlab qololmasligi to'g'risidagi shikoyatlari taxlil qilib ko'rilganda, esda yaxshi saqlab qololmasliklarining sababi ular diqqatining bo'shligida, tarqoqligida, miya po'stidagi tegishli qo'zg'alish o'choqlarining zaifligida ekanligi ma'lum bo'ladi. Bunday kishilar diqqatlarini bir nuqtaga jamlab qunt bilan ishlashga harakat qilishlari bilan ulardagi xotira ham kuchaya boradi.
Esda qoldirish usuli. Hayot va faoliyatning turli hollarida biror muddatgacha nimanidir qisqa yoki uzoq vaqtgacha esda qoldirishga to'g'ri keladi.
Shunday qilib, esda qoldirish usuliga yoki maqsadiga ko'ra xotira qisqa muddatli va uzoq muddatliga bo'linadi.
Muayyan (qisqa) vaqtdan keyin takror tiklash (eslash) maqsadida kerakli materialning esda saqlab qolingan vaqtlarda xotira, qisqa muddatli xotira deb ataladi. Ongda uning keying eslab qolinishi (saqlanishi) ga hech qanday zararuriyat yo'q.
Esda qoldirish usuli qandaydir biror muddat va sifatga ham ta'sir etib - esda qoldirishni mustahkamlaydi.
Tez va puxta esda qoldirish eng avvalo esga olinadigan materialning qanday idrok qilinishiga bog'liq.
Barcha yoshdagi bolalarda xotira juda kuchli rivojlanadi. Kichik bolalar ham vaqt va fazoni yaxshi farqlay oladilar, so'z boyligi ortib boradi. Bularning barchasi bolaning kattalar bilan, tengdoshlari bilan muloqotga kirishishi natijasida sodir bo'ladi.

Bolaning anaokulu va undan keyin maktabda erishgan yutuqlari to'g'ridan-to'g'ri chaqaloqning tashqi dunyodan olgan barcha ma'lumotlarini anglashi va eslash qobiliyatiga bog'liqdir. Aynan shuning uchun to'liq shaxsni tarbiyalash uchun, bolaligida yoshligidan xotiraning rivojlanishiga to'g'ri ta'sir qilish mutlaqo zarurdir. Buni oson va oddiy bajarish uchun bolalar xotirasini rivojlantirishning asosiy tamoyillari va usullarini bilish kerak. Bu texnika yordamida siz ushbu faoliyatni juda qiziqarli o'yinlarga aylantirishingiz mumkin.




Download 32,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish