Jurnaldan ko‘chirib bosilgan maqolalar «Til va ada biyot ta’limi»dan olindi, deb izohlanishi shart



Download 28,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/88
Sana24.01.2022
Hajmi28,53 Mb.
#408022
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   88
Bog'liq
til va adabiyot

Foydalanilgan adabiyotlar 

1. Маслова В.А. Лингвокультурология: Учеб. пособие для студ. высш. учеб. завед. – М.: Академия, 2001.

2. Podsiadlowski A. Interkulturelle Kommunikation und Zusammenarbeit. – München: Franz Vahlen Verlag. 2004.

3. Schmölzer-Eibinger S. Interkulturelles Lernen und Sprachenlernen in der Schule. Schwerpunkt: Deutsch zwischen den 

Kulturen / Hans-Jürgen Krumm/Paul Portmann-Tselikas (Hrsg.). Innsbruck; Wien: Studien-Verlag, 1998. Theorie und Praxis – 

Österreichische Beiträge zu DaF.

4. Yousefi H.R. Interkulturelle Kommunikation. – Darmstadt: Wissenschaftliche Buchgesellschaft, 2014.



40

e-mail: til_adabiyot@umail.uz

Kichik tadqiqot

Nodir Normatovning “Mening tosh dostonlarim” turkumiga 

kiruvchi hikoyalarining barchasi avtobiografik xarakterga ega. 

Yozuvchi  boshidan  kechirgan  voqealarni  badiiy  ifodalaydi. 

Bunda ba’zan uning bolalik xotiralari ham motiv vazifasini 

bajargan.  Jumladan,  “Toshkoriz”,  “Ko‘ktoshlar”,  “Sayfi  aka”, 

“Panji” hikoyalari shular sirasiga kiradi. 

“Toshkoriz”da yozuvchi o‘z otasi bilan bog‘liq xotiralarni 

tasvirlaydi. Adib hikoyada voqelikni bo‘rttirmaydi. Garchi 

hikoya markazida uning o‘z otasi turgan bo‘lsa-da, 

reallikdan chekinmaydi. Otasi portretini boricha, haqqoniy 

ko‘rsatadi:



­ “Otam­ zolim­ odam­ bo‘lmasa-da,­ qattiqqo‘l,­ jahli­

tez­ odam­ edi.­ Har­ gal­ otamning­ jahli­ chiqqanida,­ urchuq­

yigirib o‘tirgan momom (u urchug‘ini sira qo‘ldan qo‘ymasdi, 

hamsoyanikiga chiqsa ham yonida bo‘lardi) nimagadir 

urushni­ qarg‘ar­ edi”

1

.

 Anglashiladiki, otadagi bu jizzakilikka 

urush sababchi. Quloqning bolasi bo‘lgani uchun urushning 

eng old chiziqlariga tashlangan, har gal o‘lim bilan yuzma-

yuz kelgan ota ruhiyatidagi bunday o‘zgarishlarning sababini 

anglagandek bo‘lamiz. Urush tugagan bo‘lsa-da, uning 

asorati, yarasi bitmagan edi. U katta bir avlod taqdirini, 

orzu-umidlarini o‘zgartirib yubordi. Urush odamlar ruhiyatida 

umidsizlik kayfiyatini keltirib chiqardi. 

Keyingi lavhalarga nazar tashlaylik: 



“Momomning 

aytishicha, otam urushgacha ham, urushda ham ichmagan. 

Men sakkiz yoshdan sal o‘tganimda, qishloqdan odamlarni tog‘ 

orqasiga – paxta terimiga olib ketish pallasi boshlanganida, 

onam­ vafot­ etdi.­ Shundan­ so‘ng­ otamiz­ tez-tez­ ichadigan­

bo‘lib qoldi, ayniqsa, kolxozda bosh hisobchi bo‘lganidan 

so‘ng,­mehmonlar­tashrifi­bahonasida­bu­hol­avjiga­chiqdi”.­

(332-bet) 

Oilasi boshiga tushgan musibat otaning ichkilikka ruju 

qo‘yishiga sabab bo‘ladi. U bor dard-u alamlarini ichkilikdan 

oladi. Undan “najot” izlaydi, qalbini bir muddat azoblardan 

xalos  etadi.  Hikoyada  otaning  bu  “xislat”i  toshkoriz  bilan 

bog‘lanadi. Bilamizki, “koriz” forscha so‘z bo‘lib, yer osti 

suvlarini yuzaga chiqarish uchun qazilgan murakkab suv 

inshooti, suvi tashqariga oqib chiqadigan quduq ma’nosini 

bildiradi. Muallif ichkilikdan bo‘shagan shishalar, neki bo‘lsa, 

barchasini shu toshkorizga tashlashini, o‘zlarining yumushi 

yengillashganini aytadi. Bir vaqtlar undan shovillab suvlar 

oqqan, aholi esa undan bahramand bo‘lgan. Sho‘rolar 

zamoni kelgach esa korizlar qarovsiz qolgani, u chiqindi 

to‘kadigan joyga aylantirilgani momoning hikoyasi orqali 

ifodalanadi:



 “Birgina shu yerdagi toshkoriz omon qolgan edi. 

Lekin ungayam paytida qizil askarlar arabiy kitoblarimizni, 

joynamoz-u­ o‘z­ axlatlarini­ tashlab,­ suvini­ ko‘mib­ tashlagan­

edi.­ Mana­ endi­ qolganiga­ otang...”

. (333-bet) Tarixdan 

ma’lumki, sho‘rolar davrida milliy qadriyat va an’analarimiz 

oyoqosti, muqaddas qadamjolar esa vayron qilindi. Bu ham 

yetmaganidek, muqaddas buloqlar, korizlar ko‘mib tashlandi, 

axlat va chiqindixonalarga aylandi. Dinimizda suvga tupurish 




Download 28,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish