schwarzhaarig wie
Ebenholz
”. Ushbu parcha tarjimasida ham asliyatdagi
simvolik vosita o‘zbek tiliga so‘zma-so‘z berilmagan:
“Shisha tobutda o‘zi qordek oq, qondek qizil yonoq,
sochlari
qora qo‘ng‘iroq
Qorqiz uzoq yotibdi”.
Tarjimon simvol vositalarini asliyatdan o‘z ona
tiliga to‘g‘ri va ishonchli berishi va bunda asar ruhini
saqlashga erishishi uchun muallif mansub bo‘lgan
xalq tili, madaniyati va urf-odatlarini chuqur o‘rganishi
talab etiladi. Quyidagi fikr ham shundan dalolat beradi:
“She’riy simvolni tarjima qilish bilan bog‘liq asosiy
muammolar – simvolning yangi madaniy muhitga kirib
kelishi, uning xarakterli xususiyatlarining saqlanishi,
uni boshqa troplardan ajratib turadigan jihatlari, asosiy
mohiyati, badiiy ifodaning boyligini ta’minlovchi,
ko‘pma’noliligi, murakkab konstruksiyaga egaligi va
ma’nolar silsilasining rivojidagi dinamikasi hisoblanadi”
[1: 99].
Simvolning tarjimada qayta yaratilishi (muqobili
orqali berilishi) tarjimaning mukammalligini ta’minlaydi.
Asliyatdagi muayyan obrazli vositani o‘z ona tiliga
berishda an’anaviy ramzlar tizimi arsenalidan ijodiy
foydalanishni nazarda tutadi. Tarjimon Ya.Egamova
“Yosh Verterning iztiroblari” romanini o‘zbekchaga
o‘girishda simvollarni qayta yaratishga alohida e’tibor
qaratgan. Masalan: “Jeder Baum, jede Hecke ist ein
Strauß von Blüten, und man möchte zum
Maikäfer
werden, um in dem Meer von Wohlgerüchen
herumschweben und alle seine Nahrung darin finden
zu können”. Ya.Egamova tarjimasi: “Har bir daraxt, har
bir butoq bamisoli guldastadek tuyuladi va xushbo‘y
hidlar dengizida suzish hamda ulardan lazzatlanish
uchun
kapalak
bo‘lib qolging keladi”.
Matndagi “der Maikäfer” simvoli o‘zbekchada
“kapalak” so‘zi orqali berilgan. Aslida, “der Maikäfer”
so‘zma-so‘z tarjimada “tillaqo‘ng‘iz” deganidir. Nemis
badiiy adabiyotida keng qo‘llanilgan simvolning poetik
ramz sifatida an’anaviylashganining boisi shundaki,
“Qo‘ng‘iz qadimgi Misrda dastlab qayta tug‘ilish,
keyinchalik esa baxt timsoli ma’nosida qo‘llangan
[6:275]. Mutarjim matn tarjimasida “kapalak” so‘zini
qo‘llab, to‘g‘ri yo‘l tutgan. Chunki manbalarda bu
simvolik obraz quyidagi ma’nolarga egaligi qayd etilgan:
“Kapalak – hayot va baxtning uzoq davom etmasligi,
qisqaligining ramziy ifodasidir. Olov sari uchuvchi
kapalak – halokatli, biroq qaytarib bo‘lmaydigan
mushtoqlik timsoli. Kapalakni quvonch va er-xotinlik
baxti bilan bog‘lagan qadimgi xitoyliklar uni uzoq umr
ifodasi sifatida ham talqin qilishgan” [2:100].
Demak, muayyan asarni tildan tilga tarjima qilishda
so‘zma-so‘z tarjima, simvolik vositani muqobili
orqali tarjima qilish, muayyan simvolik vositaning
tarjimada tushirib qoldirilishi orqali nemis va o‘zbek
tillarining simvolik vositalari umumiy va lingvomadaniy
xususiyatlari aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |