1. 3.И. Клычникова. Психологические особенности обучения чтению на иностранном языке. Пособие для учителя.
– 2-е изд., испр. – Москва: Просвещение, 1983, стр. 207.
2. Becker U. Lexikon der Symbole. – Freiburg, 1992. – 350 S.
3. Vollmar K. Symbole von A-Z. – Rastatt: Pabel-Moewig, 2004. – 638 S.
(Boshi17-betda)
24
e-mail: til_adabiyot@umail.uz
Tildagi barcha hodisalar va ularni ifodalovchi
birliklarning paydo bo‘lish payti va ehtiyoji mavjud.
Ushbu maqola mavzusi bo‘lgan qisqartma so‘zlarning
ham yuzaga kelish vaqti bor. Tadqiqotlardan ma’lum
bo‘lishicha, qisqartmalar shumer madaniyatiga oid ilk
manbalardayoq bo‘lgan, qadimiy Sharq qo‘lyozmalarida
ham xatlarni soddalashtirish maqsadida qisqartmalardan
foydalanilgan. Yunoncha qisqartmalar esa eramizdan
oldingi III asrlarga doir manbalarda uchraydi. Qadimgi
Rimda lotin alifbosining joriy etilishi bilan lotincha
qisqartmalar paydo bo‘lgan; ular hozir ham turli fan
sohalariga doir terminlar tarkibida yasovchi komponent
sifatida ishtirok etadi.
1
Qisqartma birliklar ancha avval yuzaga kelgan
bo‘lsa ham, uni lingvistik planda o‘rganish XX
asrning
50-yillaridan keyin boshlangan.
2
Hozirga qadar bu
lisoniy hodisa va uni namoyon etuvchi birliklarning
lingvistik xususiyatlari turli tillarning vazifaviy uslublari
misolida tadqiq etilgan.
3
Ingliz va rus tilshunosligida birikma nomlarni
qisqartirish va qisqartma so‘zlarga
nisbatan quyidagi
terminlar qo‘llaniladi:
abbreviation, abridgement,
abecedism, ellipsis, short forms of word, shortening,
curtailment, contraction; сокращение, сокращенная
единица, аббревиатура, аббревиация, усечение,
абброморфема
kabilar. Keltirilgan terminlar sirasida
qisqartirish hodisasi nomlari ham, qisqartma so‘zlarning
nomlari ham bor. Masalan,
ellipsis, shortening,
аббревиация, сокращение, усечение
terminlari
lingvistik hodisani,
abbreviation, абброморфема,
аббревиатура, сокращенная единица
terminlari
til birligini atagan. O‘zbek tilshunosligida qisqartirish
hodisasiga nisbatan
abbreviatsiya, so‘zlarni qisqartirish,
qisqartirish natijasida hosil bo‘lgan birliklarga nisbatan
abbreviatura
4
qisqartma so‘z
terminlari qo‘llaniladi.
Mazkur to‘rt termin o‘zi ifodalaydigan lingvistik
tushunchaning mazmun-mohiyatini ko‘rsata oladi, biroq
ularning milliy tilga munosabati nazarda tutiladigan
bo‘lsa, so‘zlarni qisqartirish va qisqartma so‘z terminlari
maqbul variantlardir.
Ushbu lingvistik hodisa va uni atovchi terminlardagi
har xillik qisqartma so‘zlarning lingvistik tabiati va tur-
larini belgilashda ham kuzatiladi. Masalan, ayrim tad-
qiqotchilar so‘zlarni qisqartirish natijasida yangi yasal-
ma hosil bo‘ladi, desa
5
, boshqa tilshunoslar buni inkor
etadilar.
6
“O‘zbek tili grammatikasi”da ham so‘z yasash
usullari tavsiflanar ekan, abbrevatsiya deb qisqarti-
rish yo‘li bilan otlar yasalishiga (MTS – mashina-trak-
tor stansiyasi) tipidagi qisqartmalarda yasalish borligi)
Do'stlaringiz bilan baham: