Jurnaldan ko‘chirib bosilgan maqolalar «Til va ada biyot ta’limi»dan olindi, deb izohlanishi shart



Download 28,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/88
Sana24.01.2022
Hajmi28,53 Mb.
#408022
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   88
Bog'liq
til va adabiyot

Hamul­xomangki­aylar­xora­tanqir,

Aning­kayfiyatin­ham­ayla­taqrir”.­

             

(290-bet) 

Cho‘kichning toshga urilishi 



“tanqir”

 so‘zining asl ilk 

ma’nosi – cho‘qimoqqa yaqinligi yaqqol bilinib turadi. 

Bu so‘z talqinida Xoksor uning ilk lug‘aviy talqinini 

bergani ko‘rinib turibdi. Ammo bu o‘rinda tanqir “yo‘nish” 

ma’nosida kelgan.

Lug‘atchilikda shunday so‘zlar ham borki, o‘zining 

ko‘p ma’noliligi yoki ijodkor yuklagan yangi-yangi 

ma’nolar ifodasi tufayli ularning lug‘atlardagi izohlari 

ham g‘oyat xilma-xil bo‘ladi. Shunday so‘zlardan biri 



“tashvir”

dir:


– Porso Shamsiyev tuzgan (1972) lug‘atda: 

 

1) to‘lqin; 2) falokat (602-bet);



– Ergash Fozilov rahbarligidagi “Navoiy asarlari 

tilining izohli lug‘ati”da (3-jild): bezovtalik, iztirob, 

tashvish (203-bet);

– Xoksorda: sharmanda bo‘lish, xijolat (uyat, hayo) 

(288-bet).

Alisher Navoiy asarlaridagi arxaik so‘zlardan biri 



“topug”

dir. Bu so‘zni biz “Navoiy asarlari lug‘ati” (1972), 

to‘rt jildli Navoiy lug‘atlaridan “tobuq, tabug‘” shakllarida 

ko‘ramiz. Xoksor “Zubd ul-lug‘ot”da bu so‘zni ham 

qayd etadi, izohlaydi va “Farhod va Shirin” dostonidan 

misol keltiradi: “Topug‘ – turk lug‘atidurkim, dargoh va 



bori’om

 ma’nosiga kelibtur. Chunonchi, Amir “Farhod 

va Shirin”da Shirinning Farhodg‘a (noma) yuborgan 

yerida ayturlar, bayt:



Vuhush­ermish­sening­ollingda­xodim,

Sibo’­ermish­tobug‘ingda­mulozim”.­

(290–291-betlar)

Porso Shamsiyev lug‘atlarida (1972) bu so‘z uch 

shaklda (tobuq, tabug‘ va tabuq) uchraydi. Uning 

“1) bo‘ysunish, itoat; 2) huzur, old; xizmat” ma’nolari 

berilgan.

To‘rt jildli Navoiy lug‘atida ham ana shu ikki izoh 

bilan cheklanilgan. Berdak Yusufning “Mumtoz adabiy 

asarlar lug‘ati” (2010) kitobida “Tabuq – dargoh, huzur” 

(394-bet) degan talqin mavjud. “Mumtoz adabiyot 

manbalari lug‘ati”da (2010) “Tobuq – 1) izmat; 2) old, 

huzur; 3) topinmoq, sig‘inmoq; 4) ta’zim, mulozamat;  

5) dargoh, ostona, bo‘sag‘a” ma’nolari Xoksor izohidagi 

bori’om

 (omma qabul qilinadigan makon, shoh el 

arzini eshitadigan qabulxona) va 

bor

 (qabul kuni) 

tarzida Navoiy asarlarida ko‘p marotaba, hatto Bobur 

she’rlarida ham uchraydi.

Shuni alohida qayd etish lozimki, Muhammad 

Xoksorning “Muntaxab ul-lug‘ot”i qomusiy asar bo‘lib, 

unda falsafa, adabiyot, tilshunoslik, astronomiya, 

musiqa, geometriya, zoologiya, biologiya, tibbiyot, 

ilohiyot va boshqa fan sohalariga oid terminlar izohi 

ham berilgan. Masalan, astronomiyaga oid 



Atorud, 

Banotun-na’sh,­ Birjis,­ Jadiy,­ Zuzanab,­ Mushtariy,­

Nayyir­ ul-a’zam,­ Savr,­ Simok,­ Suhayl,­ Suho,­ Shihob,­

Hamal;­

tibbiyotga oid:



­ xafaqon,­ shofiy,­ safro,­ tarxun,­

toun,­ fassod;­

adabiyotga oid:



 misra’, rajaz, raviy, saj’ 

kabilar.


Bunday terminlarga berilgan izohlar o‘zining 

aniqligi bilan ajralib turadi. Masalan, “Banot un-na’sh” 

terminiga shunday izoh beradi: “Banot un-na’sh” – 

yetti  yulduzdurki,  qutbi  shimoliyning  atrofidin  parkor 

(sirkul) misol aylanurlar. Qishda va yozda alar uful 

(botish) va g‘urubdin (quyoshning botishi va yulduzlar) 

mubarrodurlar” (56-bet). Keltirilgan misollardan ko‘rinib 

turibdiki, mazkur asar XVIII asr ilmiy terminologiyasining 

ancha rivojlanganligini ko‘rsatadi.

Hozirgi  o‘zbek  adabiy  tilining  ilmiy  uslubini  tadqiq 

etgan olimlar mazkur uslub sho‘rolar davrida paydo 

bo‘lganligini iddao etishadi. Masalan, M.Mukarramov: 

“Hozirgi  o‘zbek  adabiy  tilining  ilmiy  stili  Ulug‘  Oktabr 

sotsialistik revolutsiyasidan so‘nggina shakllandi 

va taraqqiy etdi. Ulug‘ Oktabrdan keyin madaniy 

revolutsiyaning amalga oshirilishi: savodsizlikni 

tugatish, maktab, oliy o‘quv yurtlarining ochilishi... kabi 

ekstralingvistik faktorlar ta’sirida o‘zbek tilining ilmiy 

stili yuzaga keldi”,

2

 – deb yozadiki, bu haqiqatga to‘g‘ri 



kelmaydi. “Muntaxab ul-lug‘ot” asarida turli sohaga oid 

terminlarga berilgan ilmiy izohlar o‘sha davrda ham 

ilmiy uslubning mavjudligini ko‘rsatadi.

Lug‘atchilikda har bir so‘zning ko‘p ma’noliligi, ko‘p 

ma’no ifodasiga yaroqliligi va yangi ma’nolarining 

qayd etilishi jiddiy ilmiy fazilat hisoblanadi. Ana shu 

ma’noda Navoiy asarlariga tuzilgan lug‘atlarni aslicha 

va fors tilidagilarini tarjima qilib nashr ettirish payida 

bo‘lsak, Alisher Navoiy ulkan daho asarlari va so‘zlarini 

aniqroq, takroran, miqyosliroq va ta’sirchan idrok etish 

imkoniyatlari paydo bo‘ladi. 

Shu ma’noda biz “Alisher Navoiy asarlari uchun 

lug‘at” nomidagi xorazmlik lug‘atshunos Muhammad 

Xoksor risolalari nashrini navoiyshunosligimizga 

qo‘shilayotgan hissa darajasida qadrlasak arziydi.

Sinchkov lug‘atshunoslar “Alisher Navoiy asarlari 

lug‘ati”ning ushbu nashridan ayrim nuqsonlar topa 

oladilar. Chunonchi, “parxosh” (jang va harbdur) so‘zi 

“barxosh” tarzida ketgan (276-bet), “kavdan” so‘zi 

“kudan” deb o‘qilgan (190-bet). Shu o‘rinda ushbu so‘z 

“tarjimayi holi”ni qayd etish lozim ko‘rindi. Bu so‘z aslida 

“gavdahan” bo‘lgan-u qisqarib “gavdan” holiga kelgan. 

Bora-bora iste’molda “kavdan” shaklida esda qolgan. 

Biroq bunday juz’iy nuqsonlar ko‘p emas.

1

Muhammad Rizobek Xoksor. Muntaxab ul-lug‘ot. Zubd ul-lug‘ot.  – 



То

shkent, 2017. 347–348-betlar.

2

M.

Мukarramov. Hozirgi o‘zbek adabiy tilining ilmiy stili. – Toshkent, 1984. 3–4-betlar.




30

e-mail: til_adabiyot@umail.uz

Tahlil

Har bir shaxs axloqi – o‘sha shaxs ichki hayotining 



bir ko‘zgusi. Insonning botini tuzalmaguncha axloqi 

tuzalmaydi. Axloq ichda va ichdan shakllanib kamol 

topmas ekan, hech qachon jamiyat hayoti uchun foyda 

yetkazadigan ijtimoiy kuch yoki hodisaga aylanmaydi. 

Zero, jamiyat, muhit, zamon va davr kulfatlari oqibatda 

axloq noqisligi va axloqiy yemirilishlarga borib taqaladi. 

Axloqan kuchsizlangan millat o‘zini-o‘zi ojizlik va 

zabunlikka mahkum qiladi. Axloqiy erkini muhofaza 

eta bilmagan xalq – insonlik g‘ururi va sharafini amalda 

himoya qilolmaydigan olomon. Adolat, diyonat, shijoat, 

hurriyat, xullas, xalq hayoti uchun suv va havoday 

zarur qanday fazilat yoki tushunchalar bo‘lsa, hamma-

hammasining asosi axloq. Shuning uchun ulkan 

san’atkor borki, jamiyatda ko‘zga tashlangan axloqiy 

illatlarga o‘z munosabatini bildirgan. Muhammad Rizo 

Ogahiy g‘azallaridan birida:

Ohkim, ahli zamon oldida odam ul durur,

Kim esa hayvon kabi nodon-u xo‘rd-u xoblig‘, –

deydi.  Hayvonsifatlikning  qadr  topishi  va  hayvonta’b 

kimsalarning “ahli zamon” tomonidan e’zozlanishi 

shunchaki hodisa emas. Bu – axloqiy, ma’naviy 

qadriyatlarning qadrsizlanishi. Bu – moddiyatga 

tayangan qo‘pol, shafqatsiz kuchning aql-u donishdan 

ustun kelishi demak. Bu ruhdan yiroqlashib, nafsga 

taslimiyatdirki, Ogahiy axloqiy tanazzuldan qutilishning 

bosh chorasini ko‘rsatib deydi:

Begona qil gar odam esang o‘zni nafsdin,

Ixlos ila mudom o‘lubon oshnoyi ruh.

Ogahiy fikr qamrovi juda keng, mushohada iqtidori 

o‘tkir, tabiatan xokisor, ruhan bedor va ogoh shoirdir. 

Uning ruhiy olami haqiqatga tayanadi. Shoir nazarida 

bu olam ko‘hna bir “hasratxona”. Barcha ulug‘ 

shoirlardagidek, Ogahiyda ham dard va hasrat ko‘p. 

U oshiq sifatida tole’sizligi, zamonning kajraftorligi, 

odamlarning oqibatsiz va bag‘ritoshligi, adolatning qo‘li 

qisqaligi, dono va oqillarning xor-zorligi, xullas, ko‘p 

narsalardan hasrat chekadi, qalbi dardga to‘lganligidan 

zorlanadi. Lekin Ogahiyda hasratga, kulfat va g‘ussaga 

qullik yo‘q. Aksincha, hasrat uning maslagiga tobe, 

g‘ussa uning idrok va hissiyotiga qaramdir. Chunki 

Ogahiyda tafakkur va taxayyul maqomi baland. U 

xayolning  kengligiga  qancha  ishonsa,  fikrning  kuch-

quvvatiga ham o‘shancha inonadi. U botinan to‘xtab 


Download 28,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish