“Alloh amrida
menga yordamchi bo‘la oladigan olimlarni ma’lum
qilg‘il”,debdi.Basriyjavobxatidademish:“Chinolimlar
seningyoningdabo‘lmog‘niistamaydilar.Dunyoparast
va shuhratsevar olimlarni sen xohlamaysan. Senga
beradiganbirmaslahatimshuki,nasabjihatidansharafi
bo‘lganlarni izlab top. Chunki ular o‘z sharafarini
xiyonatilakirlatmaslar”.
Ogahiy Hasan Basriyning nasihat so‘zlariga yaqin
gapni she’riy tarzda aks ettirarkan, sharaf sohiblarini
arslonga, pastkash va tuban tabiatli kishilarni it jinsidan
bir jonzotga qiyoslaydi:
Istama arzoldin ashrofing af’olini,
Kim qila olmas huzbar etkan ishni rubohlar.
Ana shundan so‘ng shoir “Rubohlar”ning af’oli
va qilmishlarini eng xarakterli chizgilarida ko‘rsatib
beradi. Qizig‘i shundaki, Ogahiy o‘z zamonasidagi
“johil-u xudbin” amaldor qiyofasini ochar ekan, qancha
davr va zamon o‘tmasin, bu qiyofaning ichdan deyarli
o‘zgarmasligi, istak va izlanishlarning ayni zaylda
davom topishi kishini bir qadar hayron qoldiradi. Shoir
yozadi:
Johil-u xudbin ko‘ra olmas o‘zidin o‘zgani,
Loyiqi davlat emasdur har nazar ko‘tohlar.
Dunyoda johil-u xudbin, albatta, bisyor. Bunday
kimsalar o‘zicha yashab, ko‘pchilikning hayot va
faoliyatlariga aralasha olmaydigan paytlarda, balki
qo‘llaridan ko‘p ish kelavermas. Ammo kattaroq
mansabga loyiq ko‘rilganda-chi? Ular hech narsadan
qaytmaydigan haqiqiy yirtqichga do‘nishadi. Va eng
farog‘atli ishlari xalqni aldash, talash va boylik to‘plash
bo‘ladi. Oddiy mehnatkashlarning tinka-madorini
quritadigan bunday voqea-hodisalarga xalqdan
ajralmagan va jafokash el dardi bilan yashagan shoir
jim yura olmaydi. G‘azaldagi:
Sarf etib el molin o‘z nafsi uchun qilg‘ay mudom,
Ziynat-u toj-u turnub-u siffa-yu bingohlar, –
so‘zlarini ayni shu ma’nolarda qabul etmoq lozimdir.
32
e-mail: til_adabiyot@umail.uz
Tahlil
G‘azalning uchinchi baytidan boshlab shoir ketma-
ket tazod usulini tatbiq qiladi. Shu bois she’rxon o‘zini
ikki qarama-qarshi guruh qurshovida turganday his
etadi. Chunonchi, bir yonda – “pasthimmat johili nav’
davlat”lar, ikkinchi tomonda – “donoyi oliy johlar”. Bir
toifa davlat boshqarishning tartib-intizomini puxta
egallagan amaldorlar bo‘lsa, ikkinchisi – “assorlar,
attorlar, jo‘lohlar”. Ulardan birlari sharaf sohiblari bo‘lsa,
boshqalari o‘zidan o‘zgani ko‘rishga yaroqsiz “nazari
ko‘toh” johil-u xudbinlar. Lekin bu ziddiyat mulk sahnida
kechayotgan ziddiyat, qolaversa, bu ziddiyat ogoh,
dono va ashroflarning emas, balki o‘z nafsi uchun hech
nimadan qaytmaydigan johil-u xudbinlar foydasiga hal
bo‘layotir. Bas, shunday ekan, bunday “davlatxona”da
turishga kim chidaydi? Ogahiy bu savolni ham javobsiz
qoldirmagan:
O‘yla davlatxona turg‘oy nechuk nomuskim,
Bo‘lsa sohib ixtiyor onda g‘ulom-u dohlar...
Darhaqiqat, nafs va amal qullariga tobelikdan ortiqroq
nomussizlik bo‘lmaydi. Or-nomusi baland kishilarni
g‘ururi past, benomuslikni nomus deb hisoblaydigan
kimsalarga qaram aylash – xalq va saltanat istiqboli
uchun eng zararli ishlarning zararlisidir. Chunki mansab
va martaba uchun odam tanlash muhim. Har nafasda
turlanib, tuslanishga tayyor, oqil-u irodasi sust, makkor
ijrochilar hamisha va hamma zamonlarda davlatning
kuchsizlanishi va ichdan yemirilishiga hissa qo‘shib
kelganlar.
Davlat mahkamalariga odamlarda qachon ishonch
shakllanadi? Qachonki, o‘sha joylarni to‘g‘ri, halol,
to‘la ma’noda erkin va shijoatli shaxslar egallasa.
Biroq hech bir davrda, hech bir xalqning davlatchilik
tarixida bunday bo‘lmagan. Hatto yuqoridagi baytda
ta’kidlangan hodisa, ya’ni tabiatan qul va xudbin kimsa
yuqori ko‘tarilganda martabadan kechish mardligi ham
hayotda nihoyatda siyrak uchraydi. Aksincha, Mavlono
Jaloliddin Rumiy hazratlari aytganlaridek,
Do'stlaringiz bilan baham: |