Davlatsoliqxizmatiorganlaridajismoniyshaxs-
largasoliqto‘lovchiningidentifikatsionraqami(STIR)ni
berish maxsus avtomatlashtirilgan axborot tizimi yor-
damida amalga oshiriladi.
(“Ishonch” gazetasi). Biroq
publitsistik uslubga doir matnlarda tushunilishi murak-
kab qisqartmalarni izohsiz qo‘llash kuzatiladi. Masalan,
“Ishonch” gazetasining 2019-yil 19-mart sonidagi “Bor
bo‘l, oqibat!” sarlavhali maqolada
“Uchsoy”OFYhudu-
didayashovchiZ.Ilyasova,O.EmberganovvaQ.O‘teli-
yevning turarjoyga ehtiyojmandligi aniqlanib, ro‘yxatga
olingan edi”
jumlasi bor. Ushbu jumladagi OFY qis
-
qartmasi birinchi bor qo‘llangan o‘rinda hech qanday
izohsiz berilgan. Bizningcha, birinchi bor qo‘llangan
o‘rinda “Ovul fuqarolar yig‘ini” to‘liq keltirilishi va qavs
ichida “OFY” qisqartmasi berilishi lozim edi. Yoki 2019-
yil 28-mart sonidagi “O‘zbekistonning nufuzi ortmoqda”
sarlavhali maqolada “Endi bu mahsulot (o‘zbek paxtasi)
EO ro‘yxatida qolishi uchun asos yo‘q”, – deyiladi AQSh
Mehnat departamenti bayonotida“ jumlasidagi EO qis-
qartmasi ham izohsiz berilganki, buni o‘quvchi tushun-
maydi. Yana kuzating:
O‘n yetti yil mobaynida goh dala
shiyponida, goh MMT qorovulxonasida yashab keldik,
–deydi“Do‘stlik”mahallasidayashovchiMatlubaAliqu-
lova
. (“Ishonch” gazetasi)
Har bir tilga uning sohibi va u mansub jamiyat,
davlat faol ta’sir etib turadi. Tilda biror so‘zning paydo
bo‘lishi yoki tildan chiqib ketishi u mansub bo‘lgan
jamiyatdagi o‘zgarishlarga bog‘liq. Shu ma’noda
qisqartma so‘zlarning paydo bo‘lishida ham davlat
va jamiyatning ta’sirini sezmaslik mumkin emas.
Masalan, keyingi 2–3 yilda o‘zbek tilida
MIB
(Majburiy
ijro byurosi),
QQS
(Qo‘shilgan qiymat solig‘i),
XMT
(Xalqaro mehnat tashkiloti),
O‘zatom
(O‘zbekiston
atom tashkiloti) qisqartmalari paydo bo‘ldi. Ushbu
qisqartmalarning paydo bo‘lishi ham, bugungi faol
istifodasi ham jamiyatdagi o‘zgarishlar va islohotlarga
bog‘liq. Ayni paytda ushbu qisqartmalar vazifaviy
uslublardagi ishtirokiga ko‘ra ham farqlanadi. Xususan,
har uch qisqartma publitsistik uslubda birday faol
ishlatilayotgan bo‘lsa ham,
MIB
qisqartmasi
XMT
va
O‘zatom
qisqartmalariga nisbatan so‘zlashuv uslubida
faol qo‘llaniladi.
MIB
qisqartmasining so‘zlashuv
uslubidagi faolligi esa ushbu qisqartma orqali
anglashiladigan tashkilot faoliyatining bevosita xalq
bilan amalga oshishi bilan bog‘liq.
Xuddi so‘zlar singari qisqartmalar ham u yoki bu
tildan o‘zlashishi mumkin. Bunda ular tayyor birliklar
sifatida tildan joy oladi. Masalan, mustaqillikkacha
26
e-mail: til_adabiyot@umail.uz
Tahlil
bo‘lgan davr publitsistik uslubida o‘sha davrga xos
tushunchalarni ifodalovchi
raykom, obkom, voyenkom,
ispolkom, komsorg, komsomol, selpo, RayONO,
GorONO
kabilar o‘z davrining faol qisqartmalari
bo‘lgan. Tildagi eskirgan so‘zlarning iste’moldan
chiqib ketishi birdaniga ro‘y bermagani singari ayni
qisqartmalarning o‘zbek tilida qo‘llanilishdan to‘xtashi
ham birdaniga bo‘lmadi, balki tadrijiylik asosida kechdi:
dastlab qo‘llanish doirasi cheklandi; rasmiy, ilmiy va
publitsistik uslublarda qo‘llanishdan to‘xtagani holda
ma’lum muddat badiiy va so‘zlashuv uslubida istifoda
etib turildi. Shu bilan birga turli ijtimoiy-siyosiy omillarga
nisbatan neytral bo‘lgan
NATO (North Atlantic Treaty
Organization – Shimoliy Atlantika Alyansi), BMT
kabi
qisqartmalar esa mustaqillik davri o‘zbek tili leksikasida
ham qo‘llanilmoqda.
Qisqartmalar XX asrning 20-yillaridan
90-yillarigacha o‘zbek tiliga rus tilidan yoki uning
vositachiligida o‘zlashgan bo‘lsa, 90-yillarning
2-yarmidan boshlab boshqa tillardan ham o‘zlasha
boshladi. Masalan,
CD-ROM, DVD-ROM, internet,
paynet
kabi yoki
kz, kr, com, ru, gov, uk, e-mail,
gmail
singari domen nomi bo‘lgan qisqatmalar ingliz
tilidan o‘zlashgan bo‘lib, globallashuv davri o‘zbek
publitsistik matnlarida faol qo‘llanmoqda. Shuningdek,
avval o‘zbekcha publitsistik matnlarda nofaol bo‘lgan
UNESKO (
Do'stlaringiz bilan baham: |