Y
orqinjon ODILOV,
O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti
O‘zbek tili tarixi va dialektologiya bo‘limi mudiri,
filologiya fanlari doktori
PUBLITSISTIK USLUB TARAQQIYOTIDA QISQARTMA
SO‘ZLARNING O‘RNI
aytiladi.
7
Umuman, qisqarma so‘zlarning yasama yoki
yasama emasligi borasidagi fikrlarda yakdillik yo‘q.
Bizningcha, birikma nomlarni qisqartirish natijasida
ularning qisqartirilmagan holatidan farqli ma’noga ega
bo‘lgan yangi birlik yasalmaydi, balki nom shaklan ix-
chamlashadi:
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi – MDH,
Soliqto‘lovchiningidentifikatsionraqami–STIR
kabi.
Muayyan birikuv natijasida yangi so‘z yasalishi uchun
esa yasalish asosi va yasalmaning ma’nosida yangi-
lanish bo‘lishi zarur. Yuqoridagi holatlarda esa birikma
va uning qisqartirilgan shaklida ma’noviy o‘zgarish yuz
bermagan.
Ammo ayrim hollarda so‘zlarni qisqartirish
natijasida yangi yasalma yuzaga keladi. Masalan,
globallashuv davri publitsistik matnlarida
Yanis, Kibo,
Artel
qisqartmalari qo‘llaniladi:
Farg‘ona viloyatida
oxirgi yillarda
“Bolajon”,“Sabo”,“Kibo”savdobelgilari
ostida tayyorlanayotgan poyabzallar o‘zining sifati bilan
xaridorlar e’tiboriga tushayotgani shunday deyishimizga
asos bo‘la oladi
(“Xalq so‘zi” gazetasi). Biz ushbu
qisqartma so‘zlarning kelib chiqishini o‘rganganimizda
shu narsa ma’lum bo‘ldiki,
Yanis Yangiqo‘rg‘on
va
Ispaniya
so‘zlarining bo‘g‘inga teng qismlarini,
Kibo
esa nemis tilida “bola” ma’nosini bildiruvchi
kinder
so‘zining
ki-
qismiga o‘zbek tilidagi
bola
so‘zining
birinchi bo‘g‘inini,
Artel
qisqartmasi esa
Ortiqxo‘jayev
so‘zidagi
Ort
- qismini
elektronikasi
so‘zidagi
el
- qismiga
qo‘shish orqali hosil qilingan ekan. Diqqat qilinsa,
mazkur qisqartirishlar natijasida mutlaqo yangi birlik
paydo bo‘lgan, shuning uchun ularni yasama so‘z
deyish mumkin.
Ma’lumki, qisqartma so‘zlar ko‘proq publitsistik
matnlarda namoyon bo‘ladi. Penza davlat universiteti
tadqiqotchisi T.S.Sergeyeva ham qisqartma so‘zlar-
ning namoyon bo‘lish o‘rni, asosan, publitsistik uslub
ekanini qayd etar ekan, mavjud tadqiqotlarda qisqart-
ma so‘zlarning quyidagi turlari farqlanishini aytadi:
1) alfavitizmlar – bosh harflardan hosil bo‘lgan qisqart-
malar bo‘lib, ular alifbodagi talaffuz tartibida aytiladi.
Masalan, KPSS, ChK qisqartmalari Kepeeses, Cheka
tarzida talaffuz qilingani kabi; 2) akronimlar – birikma
nomning bosh harflaridan hosil bo‘lgan qisqartmalar
bo‘lib, ular nutqda bir so‘zdek talaffuz qilinadi. Masa-
lan, VAK, NATO kabi; 3) qisqartirish – so‘zlarning dast-
labki bo‘g‘inlaridan yasalgan qisqartmalar:
препод
(преподаватель),
док
(доктор) kabi; 4) chatishish
– ikki va undan ortiq so‘zni qisqartirib qo‘shish orqali
yuzaga kelgan qisqartmalar:
танцпол
(танцевальный
пол),
нарком
(народный комиссар)
8
kabi.
Tahlil
veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz
25
Tahlil
Tadqiqotchi keltirgan guruhlashdan qisqartma so‘z
va qisqartirish hodisasi farqlanmagani hamda qisqartma
so‘zlarning turlari yetarlicha tavsiflanmagani ayon
bo‘ladi. Jumladan,
Do'stlaringiz bilan baham: |