Jurnaldan ko‘chirib bosilgan maqolalar «Til va ada biyot ta’limi»dan olindi, deb izohlanishi shart



Download 28,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/88
Sana24.01.2022
Hajmi28,53 Mb.
#408022
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   88
Bog'liq
til va adabiyot

alfavitizm

 va 


akronimlarni

 alohida 

qisqartma so‘z turlari sifatida ko‘rsatishi noto‘g‘ri, 

chunki bu ikki guruhda ko‘rsatilgan qisqartma so‘zlar 

bir xil: ular so‘zlarning bosh harflaridan tuzilgan leksik 

birliklardir. 3- va 4-tur qisqartmalarning 



qisqartirish

 

va 



chatishish 

tarzida nomlanishi esa birikma nomni 

qisqartirish natijasida hosil bo‘ladigan birlikni emas, 

balki qisqartirish hodisasini atagan, ya’ni lingvistik 

hodisaning nomi lisoniy birlikka tirkalgan. Bu o‘rinda 

so‘zlarni qisqartirish usullari va shu qisqartirish usullari 

bilan hosil bo‘ladigan qisqartma so‘zlar tushunchasi 

jiddiy farqlanishi zarur. 

Biz ana shu farqlanishni nazarda tutib va 

globallashuv davri publitsistik uslubiga oid matnlardan 

yig‘ilgan faktik materiallarga asoslangan holda, o‘zbek 

tilida birikma nomlarni qisqartirish usullari va shunday 

qisqartirish natijasida yuzaga keladigan qisqartma 

so‘zlarning turlarini ko‘rsatishga harakat qilamiz.

O‘zbek tilida quyidagi yo‘llar bilan birikma nomlar 

qisqartiriladi:  1)  birikma  nomning  bosh  harflarini 

saqlagan holda qisqartirish: 

DTM,­ TIV,­ TTA,­ TATU,­

QVP,­IDUM,­BO‘SM

 kabi; 2) birikma nomdagi birinchi 

so‘zning bo‘g‘inga teng qismini va qolgan so‘zlarning 

bosh  harflarini  saqlagan  holda  qisqartirish: 



O‘zMU, 

FarDU,­ SanPI,­ SamChTI­

kabi; 3) birikma nomning 

bo‘g‘inga teng qismlarini saqlagan holda qisqartirish: 

O‘zlidep, O‘zdavgeolqo‘m, Samavto, Kibo, Yanis

 

kabi; 4) birikma nomdagi birinchi so‘zning bo‘g‘inga 



teng qismi va qolgan so‘zlarni to‘liq saqlagan holda 

qisqartirish: 



Toshshaharnur, Toshshahartransxizmat, 

O‘zdonmahsulot, O‘zcharmsanoat

 kabi. Mazkur usullar 

orqali hosil qilingan nomlarning barchasi qisqartma 

so‘zlardir.    

Qisqartma so‘zlar muayyan birikma nomning 

ixchamlashtirilgan ko‘rinishi bo‘lsa ham, ularning 

asosiy namoyon bo‘lish o‘rni publitsistik uslub ekanligi 

yuqorida aytildi. Biz o‘zbek tilining publitsistik uslubiga 

oid matnlarni ko‘zdan kechirganimizda, zikr qilingan 

to‘rt usul orqali birikma nomlarni qisqartirish shakllanib 

bo‘lgani ma’lum bo‘ldi. Ana shunga monand ravishda 

hosil bo‘lgan qisqartma so‘zlar globallashuv davri 

publitsistik uslubining asosiy leksik taraqqiyotini 

ko‘rsatadi. Bugun har qanday publitsistik uslubga doir 

matnda u yoki bu ko‘rinishdagi qisqartma uchraydi va 

bu publitsistik uslubda tilga xos tejash tamoyilining faol 

amal qilishini ko‘rsatadi. Ayni paytda vizual axborotning 

tez idrok qilinishini ham ta’minlaydi.

Qisqartma so‘zlarning zikr etilgan ikki vazifasi 

o‘zaro yaxlitlikda yuzaga chiqadi, ya’ni tilga xos tejash 

tamoyilining amal qilishi natijasida hosil bo‘lgan birlik – 

vizual axborot shaklan ixcham bo‘lgani uchun tez o‘qilish 

va idrok etilishni ta’minlaydi. Masalan, 

“O‘zbekiston 

Respublikasi­ Tovar­ xomashyo­ birjasi”

 degan birikma 

nom O‘zRTXB tarzida qisqartirilganda – tilga xos tejash 

tamo yili amal qilganda – “



O‘zbekiston Respublikasi 

Tovar­ xomashyo­ birjasi”

 birikma nomiga nisbatan tez 

o‘qiladi va uqiladi. 

Albatta, har qanday yangi qisqartmaning til egalari 

tomonidan anglanishi, uqilishi oson kechmaydi. Ma-

salan, 


BMT,­MDH,­AQSH,­IIB

 kabi qisqartmalar dast-

lab paydo bo‘lganidan to ular ifoda etadigan ma’nolar 

omma tomonidan o‘zlashtirilguniga qadar tez va oson 

tushunilavermagan. Ular turli nutq uslublarida doimiy 

qo‘llanilishi natijasida ma’lum ma’nosi bilan o‘zbek 

lingvomadaniyatidan joy olgan, kishi til xotirasida bosh-

qa so‘zlar singari tushuncha hosil qilgan. Qisqartma 

so‘zlarning idrok qilinishi bilan bog‘liq ayni xususiyat-

larini anglagan matn tuzuvchi o‘zi yangi deb bilgan, 

tushunilishi qiyin tuyulgan qisqartmaning to‘liq nomini 

ilk qo‘llangan o‘rnida qavs ichida keltirishi zarur. Ma-

salan:


Download 28,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish