–Пустьусиливается!..Лилсябыэтотдождь
хотьсорокдней,хотьсороклет!..
Tusi uniqqan va g‘aribgina ro‘moliga bo‘yni, ko‘ksi
aralash chirmab o‘ralgan kampir o‘rta yoshlardagi bu
g‘alati kishining ajabtovur so‘zlariga tushunmadi, mud-
daosiniilg‘amadiham,“Недайбог!Недайбог!”de-
gancha ustma-ust cho‘qina-cho‘qina jadal yurib nari
ketdi”
(19-bet).
Ko‘rinadiki, ayol replikasi va muallif remarkasi bir-bi-
riga mos tushgan hamda bir-birini to‘ldirgan. Replika-
lardagi tinish belgilaridan ham ayolning hayratlangani
seziladi.
Dialoglarning ba’zilarida replikalardagi so‘zlar yoki
tinish belgilar ovoz toni va ohangini kitobxonga to‘liq
yetkazolmaydi. Masalan, birgina so‘zni turlicha ohang
va ovoz tonida aytish mumkin. Dialogda buni farqlash
biroz qiyinchilik tug‘diradi. Shu sababli muallif dialog ja-
rayonidagi vaziyatni jonli ko‘rsatish uchun remarkalarni
ishga soladi:
“–Hojatiyo‘q!–dedipast,lekinqat’iyovozdaustoz”
(27-bet).
Yoki
“– Keyin ishondilar, shundaymi? – Dag‘al, tahdid-
li ovozda so‘z qotdi ustoz”
(26-bet). Demak, birinchi
misolda ovoz pastligi Fitratning shogirdiga nisbatan
samimiyligini ko‘rsatsa, keyingi o‘rinda mehmondan
jahli chiqqani ovozining o‘zgarishi orqali bildirilgan.
Dialogning yana bir muhim jihatlaridan biri jest
(tana a’zolarining harakati)dir. Bu haqida rus yozuvchi-
si A.Tolstoy quyidagicha fikr bildirgan: “
Dialog san’ati
jestni ko‘rishdan boshlanadi”
6
.
Obrazlarning jestlarini
ifodalashda remarkalarning o‘rni beqiyos, chunki aynan
remarkalar orqali obrazning xatti-harakatlarini tasavvur
qila olamiz:
“– Nimani o‘qiysiz ? Nimaga ko‘z yugurtirasiz?
Mezbon o‘rnidan turdi-da, bir-bir qadam bosib ki-
yim ilgich shkafni ochdi, uning yuqori javoniga buklab
to‘shalgan gazeta varag‘ini ikki qo‘llab tutganicha kelti-
rib yozuv kursisi ustiga yoydi.
–“Известия”mi?
– Shundoq” (26-bet).
Ushbu parchada Fitrat obrazining jestini ko‘rsatish
orqali vaziyat remarkasi yuzaga kelgan. Vaziyat remar
-
kasi dialogning asosiy e’tiborini gazetaga qaratadi va
keyingi replikalarning mazmunini shunga yo‘naltiradi.
Asarning ba’zi o‘rinlarida muallif remarkasi bilan
obrazning ichki, ya’ni tasavvuridagi replikalari birlashib
ketgan. Bunda obrazning ichidan o‘tkazayotgan o‘ylari,
suhbatdoshiga munosabati ro‘y-rost aks etadi. Shu
sababli ham u obraz tomonidan ovoz bilan aytilmaydi.
Tasavvurdagi replikalarning muhim jihati shundaki, biz
dialogda ishtirok etayotgan obrazlarning tili va dilidagi
gaplarini bir paytning o‘zida bilishimiz mumkin. Hikoya
-
da mehmon yigitning bergan javobi Fitratga qattiq ta’sir
qilgan va tasavvurida bu javobga munosabat paydo
bo‘lgan.
“– Otam… dastlab hunarmandchilik qilganlar, keyin-
roq hunarmandlar kooperativida mas’ul lavozim… xul-
las, biz farzandlarini halol rizq bilan boqqanlar.
Javob ustozning shundayiga ham ranjib ulgur-
gan diliga og‘ir botdi. Tag‘in vazminlik qildi, ichida-
gini tashiga chiqarmadi. “Otang hunarmand bo‘lgan
ekan, kooperativchi bo‘lgan ekan, bu suhbatga yegan
luqmang halol-nohalolligining nima daxli bor?! Yegan
oshim halol, demak, o‘zim ham, yozgan she’rim ham
halol demoqchimi?! Bordi-yu, shunday bo‘lgan taqdir-
da, aytar bo‘lsam, nazmiy halollik hayotiy halollikdan-
dan-dapokizaroq,halolroqhisoblanadur,polaponim!..
Yoxud misol tariqasida yodaki keltirilgan to‘rt misra taq-
sirimizg‘aayildekbotdimi?!She’rmuallifichayonmidiki,
unieslashningo‘zizaharlinisho‘rnigao‘tsa?!”
(25-bet).
Ushbu o‘rinda muallif remarkasi va obraz ichki rep-
likasi bir-biriga ulanib ketgan. Biz ularni ma’lum belgilar
asosida ajratib olishimiz mumkin, masalan, replikaning
ikkinchi shaxsga qaratilganligidan. Oldingi dialoglar-
da Fitrat she’rining nohaq tanqid qilganidan mehmon
yigitdan asabiylashib turgan bo‘lsa, yuqoridagi javobi
g‘azablantiradi. Dilidan o‘tkazganlari haqiqat bo‘lsa-da,
bularni aytishni lozim topmaydi. Fitrat obrazidagi bosiq-
lik, shogirdi bilan gap talashib o‘tirmasligi uning xarak-
terini ham ko‘rsatgan. Shogirdini “polaponim” deyishida
erkalashdan ko‘ra kinoya ohangi kuchli, ya’ni ustozi-
ning ijodini tanqid qilishga va mohiyatini anglab yetish-
ga hali yoshlik qilishiga ishora qilingan. Har bir gapdan
so‘ng qo‘llangan qo‘shaloq tinish belgilar replikadagi
kinoyaviy ohangni yuzaga keltirgan.
Xulosa qilib aytganda, replika va remarka dialog
bilan uzviy bog‘liq elementlardir. Xurshid Do‘stmuham-
mad “Umid guli” hikoyasida portret, holat va vaziyat
remakalaridan mahorat bilan foydalangan. Remarkalar
dialog jarayonida obraz portreti, holati, vaziyati, jesti va
mimikalari bilan kitobxonni tanishtirib boradi va dialog-
ni yanada jonli, harakatli jarayon sifatida tasavvur qi-
lishimizga yordam beradi.
22
e-mail: til_adabiyot@umail.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |