Jurnaldan ko‘chirib bosilgan maqolalar «Til va ada biyot ta’limi»dan olindi, deb izohlanishi shart



Download 28,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/88
Sana24.01.2022
Hajmi28,53 Mb.
#408022
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   88
Bog'liq
til va adabiyot

Malika MANSUROVA, 

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek

tili va adabiyoti universiteti 2-bosqich magistranti

DIALOGNING REPLIKA VA REMARKA BILAN MUNOSABATI

– “Mijmar?! – Ustoz dabdurustdan gap nima haqi-

da­ borayotganini­ anglolmadi.­ Ko‘zlarini­ yumib,­ fikrini­

tiniqlashti rishga urindi. Lablari asabiy titraganini hatto 

quyuq­mo‘ylabi­ham­yashirolmadi.­Esladi­chog‘i,­ko‘zlari­

charaqlab­ochildi,­kulimsiradi”

4

Muallif remarka yordamida suhbatdoshining savoli-

ga bo‘lgan munosabatini Fitratning yuzidagi o‘zgarish-

lar asos ida ko‘rsatishga harakat qilgan. Uning asabiyla-

shayotgan holatini “lablari asabiy titragani”, “buni quyuq 

mo‘ylabi ham yashirolmagani”, “ko‘zlari charaqlab 

ochilgan”ligidan ham anglash mumkin. 

“Badiiy asarda avtor remarkasi mazmuniga ko‘ra:  

a) vaziyat remarkasi; b) holat remarkasi; d) portret re-

markasi; e) peyzaj remarkasi turlariga bo‘linishi mum-

kin”

5

. “Umid guli” hikoyasida bir nechta o‘rinlarda por-



tret remarkasini uchratamiz. Muallif nutqida yomg‘ir 

yog‘ayotgani, Fitrat esa hech qayerga siljimasdan tur-

gani aytiladi. Bu holatdan hayratlangan kampir unga 

savol bilan murojaat qiladi: 



–­ Молодой­ человек,­ почему­ вы­ не­ убегаете?­

Дождь-то­усиливается?!

­ “U­ kishining­ qaddi-qomati­ kelishgan,­ qalin­ qora­

qoshlari,­ uzun­ va­ to‘g‘ri­ burni,­ qoralikda­ qoshidan-da­

qolishmaydigan quyuq tukli taqa mo‘ylabi, hammasi-

dan ham o‘tkir nigohi uni chandon serzalvor ko‘rsatar, 

botinida­to‘lib-toshgan­g‘urur­va­nafsoniyati­uning­ana­

o‘sha­ zohiriy­ salobatida­ aks­ etardi”­

(19-bet). Muallif 

Fitrat replikasining o‘rniga portret remarkasini keltirib, 

yomg‘ir detali yordamida kitobxonni Fitrat obrazining 

tashqi ko‘rinishi bilan tanishtirish hamda uning yomg‘ir-

ga qarshi turishi orqali kuchli ruhiyat egasi ekanligini 

ko‘rsatib bergan. 

Bizningcha, hikoyadagi obrazlar portret tasvirlari-

ning dialog davomida remarkalar orqali berilishi muallif-

ning yutug‘i hisoblanadi. Chunki kitobxon aynan dialog 

jarayonidagi obrazning portretini ko‘z oldiga keltiradi. 

Uning portreti bilan nutqi qanchalar mosligini kuzatadi.

Dialogda ishtirok etadigan obrazlarning holatini yax-

shiroq ko‘rsatishda holat remarkalari muhim sanaladi, 

chunki ba’zi replikalardan obraz holatini chuqur anglab 

bo‘lmaydi. 



“U ro‘parasiga kelib to‘xtaganicha pastdan 

tepaga – o‘ziga angraygan qaddi dol kampirga bosh 

egib qaradi. Moviy, beg‘ubor nigoh. Inqilobga qadar 

naqadar go‘zal bo‘lgan bu ko‘zlar! Mushtipar volidalar-

ga­ xos­ mehribonlik,­ oddiy-jaydari­ o‘rus­ ayollarigagina­

xos­g‘amxo‘rlik­barq­urib­turibdi­bu­ko‘zlarda”

(19-bet). 

Yomg‘ir qattiq yog‘ayotganiga qaramay panaga qoch

-

masdan turishi ayolni qanchalar hayratga solgani holat 



remarkasidan anglashilgan. Ushbu remarkada aso-

siy e’tibor kampir obraziga qaratilgan. Dastlab kampir 




veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz

21

навбатчи


Metodik tavsiya

1

Y.Solijonov. XX asrning 80–90-yillari o‘zbek nasrida badiiy nutq poetikasi. Filologiya fanlari doktori darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya. – Toshkent, 2002. 



137-bet.

2

D.Quronov, Z.Mamajonov, M.Sheraliyeva. Adabiyotshunoslik lug‘ati. – Toshkent: Akademnashr, 2013. 249-bet.



3

O‘sha manba. 251-bet.

4

X.Do‘stmuhammad. Umid guli // Sharq yulduzi. 2017. 2-son, 28-bet. (Asardan olingan parchalar sahifasi keyingi o‘rinlarda qavs ichida beriladi.)



5

Y.Solijonov. XX asrning 80–90-yillari o‘zbek nasrida badiiy nutq poetikasi. Filologiya fanlari doktori darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya. – Toshkent, 2002. 

154-bet.

6

Толстой А.Н. О литературе и искусстве. – Москва, СП,1984. – С. 311–312.



“qaddi-dol”  deya  ta’riflansa,  keyingi  o‘rinlarda  ko‘zlari-

dagi mehr va samimiylik farzandiga g‘amxo‘rlik qilayot-

gan onaga o‘xshatilgan, chunki u begona bir insondan 

xavotirda. Bu esa uning ko‘zlarida aks etgan. Muallif 

remarkasi dialog jarayonidagi obraz holatini jamlab 

ko‘rsatgan.

 Kampirni Fitratning xatti-harakatlari hayron qoldir-

gan bo‘lsa, dialog davomida esa uning javobi yanada 

hayratga soladi: 


Download 28,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish