“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali.
2016. № 3.
www.xtjurnali.zn.uz
Muammoni o‘rganish jarayonida, semiotik yondashuv nuqtayi nazaridan talaba
-
larning kommunikativ ta’limini boshqarish bu – ma’lum bir semiotik birlikda (mulohaza,
matn) tipi, shakli, mazmuni natija, idrok jarayonini boshqarish madaniyatli jarayon va
ta’lim oluvchilarning kommunikativ maqsadlari hisoblanadi hamda ta’lim muassasasi
bitiruvchilarining ushbu kategoriya doirasida muomala qiluvchi vaziyatlar va sohasiga
mos keladi.
ilmiy adabiyotlar tahlili, gazeta bosh muharriri sifatidagi shaxsiy faoliyat va internet
sayti hamda boshqa samarali pedagogik tajribalarni umumlashtirish, o‘qituvchilar va
talabalar o‘rtasidagi birgalikdagi dialogik faoliyat, hamkorlikda qarorlarni qabul qilish
OTMlari ta’lim jarayonida talabalar media kompetentligini shakllantirishning yanada
samarali bo‘lishini ko‘rsatadi. Biz tomonimizdan nazariy-metodik strategiyaning uchin
-
chi tuzilmasi qilib, biror bir muammoni birgalikda hal qilish va ishlab chiqish uchun o‘qi
-
tuvchi va talabalarning birgalikdagi harakatini (ta’siri emas) nazarda tutuvchi, media-
kommunikatsiya bilan bog‘liq, subyekt-subyekt hisoblanuvchi partisipativ yondashuv
(Ye.Yu.Nikitina, T.v.Orlova, M.v.Smirnova va b.) tanlab olindi. Shuningdek, birgalikda
-
gi harakat mexanizmi u yoki bu muammoga bo‘lgan umumiy qarashlar muhokamasiga
yaqin bo‘lishi kerak.
OTM talabalari media kompetentligini shakllantirish jarayonida partisipativ yon
-
dashuvni amalga oshirishda o‘qituvchi quyidagilarga asoslanishi lozim:
–
har bir talaba – yagona shaxsdir, shuning uchun uning kasbiy ta’limiga standart
yondashuvlar to‘g‘ri kelmaydi, ular har bir insonga va ma’lum vaziyatga mos holda
shakllantirilishi kerak;
–
o‘quv guruhlarida talabalar qobiliyatlarini o‘zaro to‘ldirish va umumlashtirish
OTM talabalari mediakompetentligini shakllantirish jarayonida umumiy maqsadga eri-
shishda ularning individual imkoniyat va xususiyatlaridan maqsadga muvofiq foydala
-
nishni ta’minlaydi;
–
maqsadlar shunday shakllantirilishi lozimki, bunda talabalar guruhining bar cha
kuchi konstruktiv ravishda maqsadga erishishga qaratilishi, tolerant munosabatga
asoslanishi, anglab yetilgan mediakommunikatsiya zarur;
–
muammoni tahlil qilishda talabalarning faol qatnashishi va OTM talabalari me
-
diakompetentligini shakllantirish jarayonidagi rivojlanish, hamkorlikdagi faoliyatni reja
-
lashtirish, ta’limda olingan natijalarni baholash.
Shunday qilib, amaliyotda mediakommunikatsiya tajribalarini mujassamlashtirish,
kommunikatsiya jarayoniga ijodiy va tanqidiy munosabat, tolerantlik, empatiya, reflek
-
sivlik kabi mediakompetentlikning yetakchi holatlariga asoslanib, informatika va chet
tilidagi kompetentlikni boyitish jarayonida kompetentli, lingvomadaniyatli va partisipativ
yondashuvlar integratsiyasini qo‘llash yanada samarali bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |