25
kasbiy ta’lim maktabi oldiga mutaxassislarni integratsiyalashgan mehnat bozori sha
-
roitidagi faoliyatga tayyorlash kabi yangi vazifalarni qo‘ydi.
Oliy pedagogika makta
-
bining asosiy vazifasi, istalgan iqtisodiyot sohasida samarali kasbiy faoliyat yuritish
uchun zamonaviy medialardan foydalanishda yetarlicha bilimga ega bo‘lgan bo‘lajak
mutaxassislarni tayyorlash hisoblanadi. Bo‘lajak mutaxassislar mediakompetentligini
rivojlantirish uchun rejalashtirilgan ish bugungi kunda butun jahonda amalga oshirila
-
yotgan oliy darajadagi mutaxassis egallashi lozim bo‘lgan yangi sifatlar va ko‘nikma
-
larga yangi yondashuvlarni ishlab chiqish zaruriyatini tug‘dirdi. Ushbu yondashuvlarni
samarali o‘zlashtirish bo‘lajak mutaxassislarga o‘z shaxsiy va ijtimoiy hayoti asosini
qurishga imkon beradi, amaliy ko‘nikma va malakalar bilan uni kasbiy faoliyatda qo‘l
-
lash uchun asos bo‘ladi.
Yagona axborot makonini yaratish mediaaxborotni qabul qila olish va medialash-
gan muloqotni amalga oshira bilishni talab qiladi. Hozirgi vaqtda mediakompetentlik
shaxsning muhim sifatlaridan biridir, uni shakllantirish esa, umumiy pedagogikaning
dolzarb muammolaridan biri bo‘lib qolmoqda. Bugungi kunda jamiyatimiz va bo‘lajak
mutaxassislar oldida turgan murakkab ijtimoiy va iqtisodiy
vazifalarni muvaffaqiyatli
hal qilishda, faqatgina o‘qituvchi tomonidan berilgan yaxlit bilimlarni talabaning shax
-
san egallashiga urg‘u beriladi. v.P.Zinchenkoning ta’kidlashicha, shaxsiy bilimlar va
tushunchalar bilan teng bo‘lib, faqatgina o‘zlashtirilganlardan foydalanish emas, balki
ta’lim tizimi sohasida ahamiyatli natijalarga olib keluvchi bir necha muhim o‘qib o‘rga
-
nilgan bilimlardan ham foydalanishni ko‘zda tutadi.
OTM (oliy ta’lim muassasasi) talabalari mediakompetentligini shakllantirish mu
-
ammosini hal qilishdagi kompetentli yondashuv quyidagicha xulosaga olib keladi:
–
talabaning axborotga ega bo‘lganlik darajasiga emas, balki uning shaxsiy-kas
-
biy tajribasiga yo‘naltirish;
–
tajriba refleksi asosida mediali mustaqil ta’lim usullarini rivojlantirish;
–
mediakompetentlikni shakllantirish jarayonida talabaning shaxsiy shakllanish
traektoriyasini
tanlash imkoniyati;
–
mediakommunikatsiya jarayonini kuzatishni ta’minlovchi pedagog-translyator
bilimlarini pedagog-fasilitator bilan almashtirish;
–
amaliyotda mediakommunikatsiya tajribalarini tayyorgarlik va qobiliyatlar bilan
mujassamlashtirish.
Biz tomondan tanlangan ikkinchi nazariy-metodik asos –
semiotik yondashuv
bo‘lib, r.karnap, Ch.U.Morris, Ya.r.Mukarjovskiy, Ch.O.Pirs, F.de Sosyur va bosh-
qalarning ishlarida nutq madaniyatini amaliyot bilan bog‘lashga imkon beradi. inson
kommunikatsiyasi, hayvonlar munosabati, turli axborot va ijtimoiy jarayonlar, madani
-
yatning rivojlaniishi, barcha san’at turlari semiotika qiziqishlari doirasiga kiradi.
A.A.veryayev fikrlari bilish predmeti dinamikligi va statistikasiga kiruvchi belgili
tizim fikrlash jarayonining mahsuldorligini oshiradi.
Shuningdek, umuman ta’lim
-
ning semiotik komponentiga, xususan, kommunikativ ta’limga katta e’tibor qaratish
zarur.
Semiotik yondashuv media xabarlarni aniq tushunish imkonini beradi. Matn so‘z
-
lashuv mahsuloti tizimi bo‘lib, til o‘rganuvchilarga mavzu, kontekst, vaziyat, muammo,
muomala janri va qobig‘i doirasida, ma’lum bir ijtimoiy faoliyat fonini aks ettiruvchi aniq
manzilga yo‘naltirilganlik, ijtimoiy, kasbiy, shaxsiy vaziyatlarni ajratib ko‘rsatish kabi
til harakatining tizimlashtirilgan obrazi sifatida alohida ahamiyat kasb etadi. Shunday
qilib, ta’lim tizimi matn atrofiga quriladi.