Javodbek KOZIMOV,
Samarqand davlat universiteti dotsenti
Asqarali ODILOV,
Samarqand davlat universiteti o‘qituvchisi
dArS JArAYONiNi O‘YiN MeTOdLAri OrqALi
TASHKILLASHTIRISH VA SAMARADORLIKKA
eriSHiSH USULLAri
M
a’naviy boyliklar siyosiy va huquqiy mafkura, falsafa, axloq, san’at ahli,
musavvirlar, bastakorlar, shoir va yozuvchilar, nazariyotchilar, xullas,
xalq ommasi tomonidan yaratiladi va ommalashadi. Ma’naviy boyliklar
avloddan-avlodga, bir tuzumdan ikkinchi tuzumga meros sifatida o‘tadi va jamiyat
taraqqiyotiga katta ta’sir ko‘rsatadi.
v.A.Suxamlinskiy aytganidek, xalq musiqa merosi bitmas-tuganmas xazina
bo‘lib, yoshlarni ma’naviy kamolotga yetaklovchi badiiy-estetik manba hisoblanadi.
Musiqa qadim zamonlardan boshlab kuchli tarbiya vositasi sifatida ta’lim-tarbi
-
yaning barcha tizimlarida keng qo‘llanilgan. Musiqa insonlarning ongi va ruhiyatiga
chuqur ta’sir qilib, ularda yuksak ma’naviy madaniyatni shakllantirish hamda rivojlan
-
tirish vositasi sifatida qadrlangan. Musiqa san’atining har bir janri shunday mavzular
majmuini o‘z ichiga oladiki, unda mamlakatning boshidan kechirgan u yoki bu davri,
xalqning yoki millatning ma’naviy ruhi hamda madaniyati ifodalanadi.
39
Ta’lim-tarbiya va tashkiliy pedagogik masalalarning muvaffaqiyatli hal etilishi es
-
tetik tarbiyaning yuqori darajada samaradorlik kasb etishini ta’minlaydi. Ma’lumki,
ta’lim-tarbiya jarayoni katta avlod tomonidan o‘z bilim va tajribalarini o‘sib kelayotgan
yosh avlodga o‘rgatishdan iborat bo‘lib, bu jarayon, asosan, inson hayoti uchun zarur
axborotlarni avloddan-avlodga uzatish yo‘lida amalga oshiriladi. Shuningdek , san’at
va axloqning birligi, shu qadriyatlarni baholash nazariyasiga, milliy o‘zlikni anglash
orqali yuksak yo‘lni bosib o‘tgan ilg‘or davlatlarning tajribasidan iboratdir.
Pedagogik texnologiya – axborotlarni o‘zlashtirish, ulardan amalda foydalanish,
axborotdagi yangi ma’no-mazmunlarni o‘rgatish jarayonidir. Yangi axborotlar orasi
-
dagi turli bog‘liqliklarni ochish orqali o‘yin metodlaridan foydalanish dars samarador
-
ligini oshirishga yordam beradi.
Shunday ekan, pedagogik texnologiya insonga oldindan belgilangan maqsad
bo‘yicha ta’sir o‘tkazish faoliyati hisoblanadi va o‘quvchini mustaqil o‘qishga, bilim
olishga, fikrlashga o‘rgatishni kafolatlaydi.
Musiqa ta’limi davlat ta’lim standartlari (dTS)da yangi ta’lim mazmuni, o‘quv-
chilarning musiqiy bilim va malakalari bilan birga ularda kuzatuvchanlik, xotirani mus
-
tahkamlash, obrazli tasavvur qilish, ularda ijodkorlik, mustaqillik, tashabbuskorlik,
badiiy va musiqiy did kabi xislatlarni rivojlantirish chora-tadbirlari belgilab qo‘yilgan.
Bunda o‘quvchilarning musiqa san’atini butun nafosati bilan o‘rganishlari: mu
-
siqani badiiy idrok etish, yakka va jamoa bo‘lib qo‘shiq kuylash, raqsga tushish va
ijod korlik malakalarini shakllantirish asosiy maqsad bo‘lib hisoblanadi. demak, o‘quv
-
chilarda musiqiy iqtidorni rivojlantirish, musiqa san’atiga mehr va ishtiyoqni oshi rish,
musiqa san’atiga qiziquvchi o‘quvchilar uchun zarur shart-sharoitlar yaratish va ular
-
ning badiiy ehtiyojlarini qondirish musiqiy ta’lim-tarbiyaning asosiy vazifasini tashkil
etadi.
O‘quvchilarni musiqa san’atiga qiziqtirish va ta’lim samaradorligini ta’minlashda
ba’zi bir o‘yin metodlarini misol keltirish mumkin.
“
Suhbat
”
metodi o‘qituvchilarni auditoriya diqqatini o‘ziga jalb etish, dars jara
-
yonida hamkorlikda faoliyat ko‘rsatishga, uni tashkil etishni o‘rgatishga qaratilgan.
Odatda, har o‘quv yilining 2-sentyabr kuni o‘tkaziladigan birinchi dars O‘zbekis
-
ton respublikasining davlat madhiyasini tinglash va kuylash bilan boshlanadi. dav
-
lat madhiyasini tinglash va kuylash o‘quvchilarda ko‘tarinki ruh uyg‘otadi. O‘qituv-
chi asarni tinglash va kuylash oldidan sinfda tinchlikni, ortiqcha tovush bo‘lmasligini
ta’minlaydi.
O‘quvchilar diqqat-e’tiborini bir nuqtaga to‘plagan holda madhiyani o‘rinlaridan
turib, qomatlarini rostlab, o‘ziga xos hurmat va g‘urur bilan tinglaydilar va qo‘shiqqa
barobar jo‘r bo‘lib, asarni birgalashib ijro etadilar. qo‘shiqni o‘rganish va takrorlash
jarayonida o‘qituvchi sinf e’tiborini qo‘shiqdagi “Serquyosh hur o‘lkam”, “Shuhrating
porlasin”, “Oltin bu vodiylar”, “istiqlol mash’ali, tinchlik posboni”, “xaqsevar ona yurt”,
“Mangu bo‘l obod” so‘zlariga tortadi. O‘quvchilarda vatanga hurmat, vatanni sevish
va ardoqlash, shu ozod va obod vatanning farzandlari bo‘lishdan faxrlanish, vatan
uchun jon dildan xizmat qilish hamda g‘urur va iftixor tuyg‘ularini uyg‘otadi.
Musiqa darslarida ona vatanni madh etuvchi “vatanim go‘zal”, “O‘zbegimdan
aylanay”, “vatanjon-vatanim”; yil fasllari va tabiatni kuylovchi “qish chiroyli qo‘shig‘i”;
hayvonot olamini aks ettiruvchi “Ayiqcha”, “qo‘zilar”, “Ayyor tulki”; yoshlikni va baxtli
40
Do'stlaringiz bilan baham: |