32
TA’LIM vA TARBIyA METODIKASI
Annotatsiya
Maqolada maktab fizika kursi to‘garak mashg‘ulotlari uchun “quyosh fotoenergetikasi”ga
doir qiziqarli ma’lumotlar bayon etilgan. Shuningdek, quyosh energetikasi fizikaviy asoslarini
o‘qitishga doir metodik tavsiyalar keltirib o‘tilgan.
Kalit so‘zlar.
quyosh elementi, quyosh batareyasi, fotoelektrik qurilma, qayta tiklanuvchi
energiya
manbalari, texnologik xarita.
В данной статъе рассмотрены интересные вопросы “Солнечной фотоэнергетики”,
относящиеся к кружковым занятиям по школьному курсу физики. Также приведены
методические рекомендации по изучению физических основ солнечной энергетики.
Ключевые слова.
Солнечные элементы, солнечные батареи, фотоэлектрический
преобразователь, возобновляемые источники энергии, технологические карты.
The article outlines interesting issues concerning the “solar photovoltaic energy” which
are subject for extra-curricular lessons on physics. it also provides methodological recommen
-
dations for delivering the basics of solar energy.
Key words.
Solar element, solar panels, photoelectric converter, renewable energy, rou
-
tings.
Umirbek ABDIYЕV,
Termiz davlat
universiteti dotsenti, texnika fanlari nomzodi
FiZikA FANi TO‘GArAk MASHG‘ULOTLAridA
qUYOSH eNеrGеTikASiGA dOir qiZiqArLi
MA’LUMOTLArNi O‘rGANiSH
M
a’lumki, qayta tiklanuvchi energiya manbalari turlari ichida eng samaralisi
quyosh energiyasi hisoblanadi. quyosh energiyasini elektr energiyasiga
aylantirish (quyosh fotoenergetikasi) sohasida jahonda juda katta tajriba
to‘plangan bo‘lib, kelajakda bu energiya turidan barcha sohalarda keng foydalanish
nazarda tutilmoqda. Hozirgi kunda energiyaning qazilma turlari: neft, ko‘mir va tabiiy
gaz birlamchi energiya resurslarining 90 foizga yaqinini tashkil qiladi. Yaqin kelajakda
ham jahonda energiya iste’mol qilish hajmining hozirgi davrdagi kabi o‘sishi kutilmoq
-
da. energiyaning qazilma turlarini haddan tashqari ko‘p miqdorda ishlatish va aynan
ularning yonish jarayoni bizni o‘rab turuvchi muhitga salbiy ta’sir qilib, iqlimning global
o‘zgarishiga va kislotali yomg‘irlarning yog‘ishiga sabab bo‘lmoqda.
iqlim o‘zgarishi va global isish – bu Yer sirtidagi o‘rtacha havo haroratining as
-
ta-sekinlik bilan ortib borishidir. ko‘pchilik olimlarning fikriga asosan, har o‘n yilda (xx
asrning o‘rtalaridan boshlab) o‘rtacha havo harorati 0,3 gradus Selsiyga ko‘tarilishi
kuzatilmoqda. Bu esa parnik gazining konsentratsiyasi oshishi va,
jumladan, uning
asosiy qismi bo‘lgan uglerod dioksidi SO
2
ning atmosferada ortishidir. SO
2
ni atmos
-
33
feraga chiqaruvchi asosiy manba –
issiqlik elektrostansiyalari, avtomobil va sanoat
korxonalaridir. qazilma yoqilg‘i manbalarini ishlatish natijasida, jahon miqyosida, at
-
mosferaga SO
2
ning 80 foizi chiqarib tashlanadi. Mutaxassislarning hisob-kitoblariga
ko‘ra, jahon miqyosidagi ko‘mir zaxirasi 30 trillion tonna, neft 300 milliard tonna, tabiiy
gaz 220 trillion metr kubni tashkil qiladi.
Ayrim olimlarning hisob-kitobiga ko‘ra, ushbu zaxiralarni qazib olish bugungi kun
-
dagi miqdorda davom ettirilsa, ko‘mir 270 yilga, neft 35-40 yilga va tabiiy gaz 50 yilga
yetadi. Shuning uchun muqobil energiya turlarini ishga tushirish uglevodorod yoqilg‘i
turlari zaxiralarining kamayishigagina bog‘liq bo‘lib qolmay,
shu bilan birga yangi
konlarni qidirish va ularni o‘zlashtirish katta mablag‘larni talab qilishi va ular esa o‘z
navbatida o‘ta chuqur konlarni qazish hamda bu ishlarni bajarishda o‘ta murakkab
ilmiy masalalarni yechishni, eng ilg‘or texnologiyalarni qo‘llashni taqozo qilishi bilan
ham chambarchas bog‘liqdir. Bundan tashqari, energetik resurslarni qazib olish bilan
bog‘liq bo‘lgan ekologik muammolar yildan-yilga birinchi darajaga chiqib, ijtimoiy siyo
-
siy muammolarga aylanmoqda.
qayta tiklanuvchi energiya manbalarini ishlatish asosida qurilgan tuzilmalar kam
ifloslantiruvchi va qaytadan to‘ldirilib turadigan resurslarni ishlatadi. Barcha qayta tik
-
lanuvchi energiya manbalari quyosh energiyasi, gidroenergiya, biomassa va shamol
energiyasining mahsulidir. Shuning uchun ham hozirdanoq noan’anaviy va qayta tik
-
lanuvchi energiya turlaridan barcha sohalarda kengroq foydalanish imkoniyatlarini
topish, texnik, texnologik sharoitlarini yaratish hamda shu sohada yetuk mutaxassis
kadrlarini tayyorlash masalalarini ko‘rib chiqishi zarur. demak, noan’anaviy va qayta
tiklanuvchi energiya manbalari sohasiga tegishli nazariy va amaliy ma’lumotlarni o‘rga
-
nish, bilim va ko‘nikmalar hosil qilib borish davr talabi hisoblanadi.
Maktab fizika kursida quyosh energetikasiga doir elementar tushunchalar beri
-
ladi. Biroq, o‘quvchilar bu soha bo‘yicha yetarlicha bilim va ko‘nikma hosil qilishlari
u chun bu ma’lumotlar yetarli emas. Shu nuqtayi nazardan, biz ushbu maqolada qu
-
yosh energetikasiga doir ba’zi ma’lumotlarni maktab fizika fani to‘garak mashg‘ulot
-
larida o‘rganish imkoniyatlari bo‘yicha ayrim metodik tavsiyalar sifatida ma’lumotlar
keltirdik.
Ma’lumki, fizika fani to‘garaklarida, fakultativ kurslarda hamda ilmiy-ommabop se
-
minar va anjumanlarda noan’anaviy va qayta tiklanuvchi energiya manbalari fizik-tex
-
nologik asoslarini chuqurroq fundamental qonunlarga bog‘lab o‘rganish
maqsadga
muvofiqdir. Shu nuqtayi nazardan ushbu maqolada noan’anaviy qayta tiklanuvchi
energiya manbalari turlaridan biri – quyosh energetikasi to‘g‘risidagi nazariy va amaliy
ma’lumotlarni o‘quvchilarga yetkazish masalasiga to‘xtalib o‘tildi. Buning uchun no
-
an’anaviy energiya turlaridan quyosh energetikasi fundamental-fizikaviy tushunchala
-
rini shakllantirishning ilmiy-metodik ishlanmasini dars jarayoniga tatbiq etish misolida
ko‘rib chiqildi.
Ma’lumki, quyoshni ulkan termoyadro reaktoriga qiyoslash mumkin. quyoshdan
juda katta miqdorda issiqlik va yorug‘lik nurlanishi ajralib chiqadi. Sayyoramiz Yerda
quyoshdan kelayotgan nurlanish oqimi turlicha taqsimlanadi. Butun yil davomida fasl-
lar almashinishi natijasida turli hududlarda bu nurlanish oqimlari quvvatlarini hisoblab
topish mumkin. Olimlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, 1 m
2
yuzaga o‘rtacha 1370 J ener-
giya to‘g‘ri kelar ekan. Bundan ko‘rinadiki, quyoshni bitmas-tuganmas energiya man
-
bai sifatida baholash mumkin. quyosh energiyasidan qadimdan insoniyat tomonidan
mevalar, poliz ekinlari va urug‘larni
quritish, turli uy anjomlarini yasash, yaratishda,