Jurnal 1918-yil dekabr oyidan chiqa boshlagan


Foydalanilgan adabiyotlar



Download 1,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/121
Sana13.10.2022
Hajmi1,3 Mb.
#852976
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   121
Bog'liq
pdffox.com xalq-talimi

Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Boymirzayeva S. Badiiy matnda qo‘shma gap. Monografiya. – Samarqand: 
SamDU nashri, 2008.
2. Mahmudov N.M., Nurmonov A., Sobirov A.Sh. Ona tili: Umumta’lim maktablari-
ning 9-sinfi uchun darslik. – T.: Tasvir, 2009. 
3. Nurmonova D.A., Uluqov N.M. Ona tili: 9-sinf. O‘qituvchilar uchun metodik qo‘l-
lanma. – T.: Tasvir, 2006.
4. Ona tili fanidan Davlat ta’lim standarti (5-9-sinflar). – T.: RTM, 2009. 


32
TA’LIM vA TARBIyA METODIKASI
Annotatsiya
Maqolada maktab fizika kursi to‘garak mashg‘ulotlari uchun “quyosh fotoenergetikasi”ga 
doir qiziqarli ma’lumotlar bayon etilgan. Shuningdek, quyosh energetikasi fizikaviy asoslarini 
o‘qitishga doir metodik tavsiyalar keltirib o‘tilgan.
Kalit so‘zlar. 
quyosh elementi, quyosh batareyasi, fotoelektrik qurilma, qayta tiklanuvchi 
energiya manbalari, texnologik xarita.
В данной статъе рассмотрены интересные вопросы “Солнечной фотоэнергетики”, 
относящиеся к кружковым занятиям по школьному курсу физики. Также приведены 
методические рекомендации по изучению физических основ солнечной энергетики. 
Ключевые слова.
Солнечные элементы, солнечные батареи, фотоэлектрический 
преобразователь, возобновляемые источники энергии, технологические карты.
The article outlines interesting issues concerning the “solar photovoltaic energy” which 
are subject for extra-curricular lessons on physics. it also provides methodological recommen
-
dations for delivering the basics of solar energy.
Key words.
Solar element, solar panels, photoelectric converter, renewable energy, rou
-
tings. 
Umirbek ABDIYЕV,
Termiz davlat universiteti dotsenti, texnika fanlari nomzodi
FiZikA FANi TO‘GArAk MASHG‘ULOTLAridA 
qUYOSH eNеrGеTikASiGA dOir qiZiqArLi 
MA’LUMOTLArNi O‘rGANiSH
M
a’lumki, qayta tiklanuvchi energiya manbalari turlari ichida eng samaralisi 
quyosh energiyasi hisoblanadi. quyosh energiyasini elektr energiyasiga 
aylantirish (quyosh fotoenergetikasi) sohasida jahonda juda katta tajriba 
to‘plangan bo‘lib, kelajakda bu energiya turidan barcha sohalarda keng foydalanish 
nazarda tutilmoqda. Hozirgi kunda energiyaning qazilma turlari: neft, ko‘mir va tabiiy 
gaz birlamchi energiya resurslarining 90 foizga yaqinini tashkil qiladi. Yaqin kelajakda 
ham jahonda energiya iste’mol qilish hajmining hozirgi davrdagi kabi o‘sishi kutilmoq
-
da. energiyaning qazilma turlarini haddan tashqari ko‘p miqdorda ishlatish va aynan 
ularning yonish jarayoni bizni o‘rab turuvchi muhitga salbiy ta’sir qilib, iqlimning global 
o‘zgarishiga va kislotali yomg‘irlarning yog‘ishiga sabab bo‘lmoqda. 
iqlim o‘zgarishi va global isish – bu Yer sirtidagi o‘rtacha havo haroratining as
-
ta-sekinlik bilan ortib borishidir. ko‘pchilik olimlarning fikriga asosan, har o‘n yilda (xx 
asrning o‘rtalaridan boshlab) o‘rtacha havo harorati 0,3 gradus Selsiyga ko‘tarilishi 
kuzatilmoqda. Bu esa parnik gazining konsentratsiyasi oshishi va, jumladan, uning 
asosiy qismi bo‘lgan uglerod dioksidi SO
2
ning atmosferada ortishidir. SO
2
ni atmos
-


33
feraga chiqaruvchi asosiy manba – issiqlik elektrostansiyalari, avtomobil va sanoat 
korxonalaridir. qazilma yoqilg‘i manbalarini ishlatish natijasida, jahon miqyosida, at
-
mosferaga SO

ning 80 foizi chiqarib tashlanadi. Mutaxassislarning hisob-kitoblariga 
ko‘ra, jahon miqyosidagi ko‘mir zaxirasi 30 trillion tonna, neft 300 milliard tonna, tabiiy 
gaz 220 trillion metr kubni tashkil qiladi. 
Ayrim olimlarning hisob-kitobiga ko‘ra, ushbu zaxiralarni qazib olish bugungi kun
-
dagi miqdorda davom ettirilsa, ko‘mir 270 yilga, neft 35-40 yilga va tabiiy gaz 50 yilga 
yetadi. Shuning uchun muqobil energiya turlarini ishga tushirish uglevodorod yoqilg‘i 
turlari zaxiralarining kamayishigagina bog‘liq bo‘lib qolmay, shu bilan birga yangi 
konlarni qidirish va ularni o‘zlashtirish katta mablag‘larni talab qilishi va ular esa o‘z 
navbatida o‘ta chuqur konlarni qazish hamda bu ishlarni bajarishda o‘ta murakkab 
ilmiy masalalarni yechishni, eng ilg‘or texnologiyalarni qo‘llashni taqozo qilishi bilan 
ham chambarchas bog‘liqdir. Bundan tashqari, energetik resurslarni qazib olish bilan 
bog‘liq bo‘lgan ekologik muammolar yildan-yilga birinchi darajaga chiqib, ijtimoiy siyo
-
siy muammolarga aylanmoqda. 
qayta tiklanuvchi energiya manbalarini ishlatish asosida qurilgan tuzilmalar kam 
ifloslantiruvchi va qaytadan to‘ldirilib turadigan resurslarni ishlatadi. Barcha qayta tik
-
lanuvchi energiya manbalari quyosh energiyasi, gidroenergiya, biomassa va shamol 
energiyasining mahsulidir. Shuning uchun ham hozirdanoq noan’anaviy va qayta tik
-
lanuvchi energiya turlaridan barcha sohalarda kengroq foydalanish imkoniyatlarini 
topish, texnik, texnologik sharoitlarini yaratish hamda shu sohada yetuk mutaxassis 
kadrlarini tayyorlash masalalarini ko‘rib chiqishi zarur. demak, noan’anaviy va qayta 
tiklanuvchi energiya manbalari sohasiga tegishli nazariy va amaliy ma’lumotlarni o‘rga
-
nish, bilim va ko‘nikmalar hosil qilib borish davr talabi hisoblanadi.
Maktab fizika kursida quyosh energetikasiga doir elementar tushunchalar beri
-
ladi. Biroq, o‘quvchilar bu soha bo‘yicha yetarlicha bilim va ko‘nikma hosil qilishlari 
u chun bu ma’lumotlar yetarli emas. Shu nuqtayi nazardan, biz ushbu maqolada qu
-
yosh energetikasiga doir ba’zi ma’lumotlarni maktab fizika fani to‘garak mashg‘ulot
-
larida o‘rganish imkoniyatlari bo‘yicha ayrim metodik tavsiyalar sifatida ma’lumotlar 
keltirdik. 
Ma’lumki, fizika fani to‘garaklarida, fakultativ kurslarda hamda ilmiy-ommabop se
-
minar va anjumanlarda noan’anaviy va qayta tiklanuvchi energiya manbalari fizik-tex
-
nologik asoslarini chuqurroq fundamental qonunlarga bog‘lab o‘rganish maqsadga 
muvofiqdir. Shu nuqtayi nazardan ushbu maqolada noan’anaviy qayta tiklanuvchi 
energiya manbalari turlaridan biri – quyosh energetikasi to‘g‘risidagi nazariy va amaliy 
ma’lumotlarni o‘quvchilarga yetkazish masalasiga to‘xtalib o‘tildi. Buning uchun no
-
an’anaviy energiya turlaridan quyosh energetikasi fundamental-fizikaviy tushunchala
-
rini shakllantirishning ilmiy-metodik ishlanmasini dars jarayoniga tatbiq etish misolida 
ko‘rib chiqildi. 
Ma’lumki, quyoshni ulkan termoyadro reaktoriga qiyoslash mumkin. quyoshdan 
juda katta miqdorda issiqlik va yorug‘lik nurlanishi ajralib chiqadi. Sayyoramiz Yerda 
quyoshdan kelayotgan nurlanish oqimi turlicha taqsimlanadi. Butun yil davomida fasl-
lar almashinishi natijasida turli hududlarda bu nurlanish oqimlari quvvatlarini hisoblab 
topish mumkin. Olimlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, 1 m
2
yuzaga o‘rtacha 1370 J ener-
giya to‘g‘ri kelar ekan. Bundan ko‘rinadiki, quyoshni bitmas-tuganmas energiya man
-
bai sifatida baholash mumkin. quyosh energiyasidan qadimdan insoniyat tomonidan 
mevalar, poliz ekinlari va urug‘larni quritish, turli uy anjomlarini yasash, yaratishda, 


34

Download 1,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish