Jurnal 1918-yil dekabr oyidan chiqa boshlagan


“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali



Download 1,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/121
Sana13.10.2022
Hajmi1,3 Mb.
#852976
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   121
Bog'liq
pdffox.com xalq-talimi

“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali.
2016. № 3.
www.xtjurnali.zn.uz
2. Atmosferada changlanish darajasining va haroratning yuqori bo‘lmasligi. qu
-
yosh elementi yuza sohasida quyosh nurlanishi yutiladi. qancha ko‘p miqdorda, ya’ni 
nurlanishning keng to‘lqin uzunligi sohasida quyosh nuri yutilsa, element samaradorligi 
ortadi. quyosh nurlanishi elementda yutilganda, ichki fotoeffekt qonuniga asosan, ele
-
ment ichida hosil qilingan potensial to‘siqda shuncha ko‘p miqdorda elektron juftliklar 
hosil bo‘ladi. Bu esa, elementda fotoelektr yurituvchi kuchning hosil bo‘lishiga olib ke
-
ladi. Natijada quyosh elementlari omik kontaktlarida tok oqa boshlaydi. Bu jarayonga 
halaqit qiluvchi omillardan biri – bu changlanish hisoblanadi. quyosh batareyasi yuza 
sohasi (oynasi)dagi changlanish darajasi yuqori bo‘lsa, quyosh optik nurlanishining 
to‘liq o‘tishiga va yutilishiga to‘sqinlik qiladi.
quyosh elementlarining samarali ishlashiga halaqit beruvchi omillardan yana biri 
– bu quyosh elementlari omik kontaktlarining qizib ketishidir. Bu jarayon harorat keskin 
oshib ketgan holatlarda kuzatiladi. Harorat 40-50 
0
S bo‘lganda quyosh elementi omik 
kontaktlari metallar asosida bo‘lganligi uchun ularda tok yaxshi oqa olmaydi. Chunki 
metallarda yuqori harorat ta’sirida solishtirma qarshilik ortib ketadi. Shuning uchun ha
-
rorati yuqori bo‘lgan hududlarda foydalaniladigan quyosh batareyalari yuza sohasida 
juda yupqa, haroratga chidamli qoplamalar hosil qilinadi.
3. Zamonaviy asbob-uskunalar va kam quvvatli iste’molchilardan foydalanish. 
Ma’lumki, quyosh elementlari tayyorlashning juda ko‘p usul va metodlari mavjud. Bi
-
roq hozirgi paytda ilmiy tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, an’anaviy usul va metodlar
-
da juda ko‘p kamchiliklar mavjud. Hozirgi zamon fizikasida quyosh elementlari hosil 
qilishning eng zamonaviy usuli – elektron nur epitaksiya usuli hisoblanadi. Bu usulda 
quyosh elementlarining barcha parametrlarini nazorat qilish va boshqarish imkoniyat
-
lari mavjud ekan.
Yuqoridagi ma’lumotlar tahliliga asoslanib, quyosh energetikasiga doir fan va tex
-
nikaning eng so‘nggi ma’lumotlarini maktab fizika fani to‘garak mashg‘ulotlarida o‘rga
-
nish bo‘yicha bir qancha taklif va tavsiyalarni keltirishga harakat qildik.
quyosh energiyasidan elektr energiyasi manbai sifatida foydalanishda, asosan, 
quyosh elementlari va ular asosidagi batareyalar, fotoelektrik qurilmalar va quyosh 
elektrostantsiyalaridan foydalaniladi. Maktab o‘quvchilariga quyosh energiyasidan foy
-
dalanish va uni hosil qilishning fizikaviy mexanizmini sodda, aniq, tushunarli tarzda 
yetkazib berishda yangi innovatsion pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydala
-
nish ancha yuqori samara beradi. 
To‘garak mashg‘ulotlarida ushbu mavzuni o‘tish uchun quyidagi rejalardan foyda
-
lanish maqsadga muvofiqdir: 
1. quyosh energiyasi haqida dastlabki tushunchalar.
2. quyosh energiyasini elektr energiyasiga aylantirishning fizikaviy asoslari.
3. quyosh fotoelektrik qurilmalari, quyosh batareyalari va ularning tuzilishi.
4. quyosh energiyasidan foydalanishning kelajakdagi istiqbollari.
O‘qituvchi to‘garak mashg‘uloti mavzusini bayon etishda o‘qitishning munozarali 
metoddan foydalansa, mashg‘ulot yanada samaraliroq bo‘ladi. Bu metod, o‘z nomidan 
ma’lumki, to‘garak ishtirokchilarini mavzuda keltirilgan muammoli masala ustida ish
-
lashga undaydi. Bundan tashqari, o‘qituvchi quyosh energetikasiga taalluqli ma’lumot
-
larni o‘quvchilarga yetkazishda krossvordlar, qiziqarli masalalar, slaydlar, ko‘rgazmali 
maketlar hamda rasmlardan ko‘proq foydalanishi kerak. Chunki o‘quvchilarni quyosh 
energetikasi fizik va texnologik asoslari bilan tanishtirishda faqat dars jarayoni yetarli 


37
bo‘lmaydi. Shuning uchun to‘garak mashg‘ulotida ushbu mavzuni o‘tganda ko‘rgazm
a-
lilik metodidan ham ko‘proq foydalanish kerak.
To‘garak ishtirokchilarining har biriga mavzu doirasida o‘z fikrini erkin ayta olish 
imkoniyati va sharoitini yaratib berish zarur. So‘ngra to‘garak ishtirokchilari bildirgan 
fikr va g‘oyalar umumlashtirilib tahlil qilinadi. Tahlil asosida qo‘yilgan maqsad va vazi
-
faning eng to‘g‘ri yechimini topishga harakat qilinadi.
To‘garak mashg‘ulotida oldindan tayyorlab qo‘yilgan tarqatma materiallardan foy
-
dalaniladi. Tarqatma materiallardagi test savollari to‘garak ishtirokchilariga tarqatiladi 
va test savollari ustida ishlash orqali quyosh energetikasining fizikaviy asoslari to‘g‘ri
-
sidagi olingan bilim va ko‘nikmalar mustahkamlanadi. Test savollari har bir to‘garak 
ishtirokchisi uchun turlicha bo‘ladi va yechib chiqish vaqti belgilanadi. 
xulosa qilib aytganda, quyosh energiyasi va undan foydalanish imkoniyatlari mav
-
zusiga bag‘ishlab o‘tiladigan to‘garak mashg‘uloti o‘quvchilarda quyosh energetikasi 
sohasiga oid bilim, ko‘nikma va malakalar hosil qilish bilan birgalikda, ularda ushbu 
sohaga katta qiziqish ham uyg‘otadi. Shuningdek, bu ma’lumotlarni o‘qitishda yangi in
-
novatsion pedagogik va axborot texnologiyalardan foydalanish to‘garak mashg‘ulotini 
ancha qiziqarli, samarali va mazmunli olib borishga imkoniyat yaratadi.

Download 1,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish