Jurnal 1918-yil dekabr oyidan chiqa boshlagan



Download 1,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/121
Sana13.10.2022
Hajmi1,3 Mb.
#852976
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   121
Bog'liq
pdffox.com xalq-talimi

Javodbek KOZIMOV, 
Samarqand davlat universiteti dotsenti
Asqarali ODILOV,
Samarqand davlat universiteti o‘qituvchisi 
dArS JArAYONiNi O‘YiN MeTOdLAri OrqALi 
TASHKILLASHTIRISH VA SAMARADORLIKKA 
eriSHiSH USULLAri
M
a’naviy boyliklar siyosiy va huquqiy mafkura, falsafa, axloq, san’at ahli, 
musavvirlar, bastakorlar, shoir va yozuvchilar, nazariyotchilar, xullas, 
xalq ommasi tomonidan yaratiladi va ommalashadi. Ma’naviy boyliklar 
avloddan-avlodga, bir tuzumdan ikkinchi tuzumga meros sifatida o‘tadi va jamiyat 
taraqqiyotiga katta ta’sir ko‘rsatadi. 
v.A.Suxamlinskiy aytganidek, xalq musiqa merosi bitmas-tuganmas xazina 
bo‘lib, yoshlarni ma’naviy kamolotga yetaklovchi badiiy-estetik manba hisoblanadi. 
Musiqa qadim zamonlardan boshlab kuchli tarbiya vositasi sifatida ta’lim-tarbi
-
yaning barcha tizimlarida keng qo‘llanilgan. Musiqa insonlarning ongi va ruhiyatiga 
chuqur ta’sir qilib, ularda yuksak ma’naviy madaniyatni shakllantirish hamda rivojlan
-
tirish vositasi sifatida qadrlangan. Musiqa san’atining har bir janri shunday mavzular 
majmuini o‘z ichiga oladiki, unda mamlakatning boshidan kechirgan u yoki bu davri, 
xalqning yoki millatning ma’naviy ruhi hamda madaniyati ifodalanadi.


39
Ta’lim-tarbiya va tashkiliy pedagogik masalalarning muvaffaqiyatli hal etilishi es
-
tetik tarbiyaning yuqori darajada samaradorlik kasb etishini ta’minlaydi. Ma’lumki, 
ta’lim-tarbiya jarayoni katta avlod tomonidan o‘z bilim va tajribalarini o‘sib kelayotgan 
yosh avlodga o‘rgatishdan iborat bo‘lib, bu jarayon, asosan, inson hayoti uchun zarur 
axborotlarni avloddan-avlodga uzatish yo‘lida amalga oshiriladi. Shuningdek , san’at 
va axloqning birligi, shu qadriyatlarni baholash nazariyasiga, milliy o‘zlikni anglash 
orqali yuksak yo‘lni bosib o‘tgan ilg‘or davlatlarning tajribasidan iboratdir.
Pedagogik texnologiya – axborotlarni o‘zlashtirish, ulardan amalda foydalanish, 
axborotdagi yangi ma’no-mazmunlarni o‘rgatish jarayonidir. Yangi axborotlar orasi
-
dagi turli bog‘liqliklarni ochish orqali o‘yin metodlaridan foydalanish dars samarador
-
ligini oshirishga yordam beradi. 
Shunday ekan, pedagogik texnologiya insonga oldindan belgilangan maqsad 
bo‘yicha ta’sir o‘tkazish faoliyati hisoblanadi va o‘quvchini mustaqil o‘qishga, bilim 
olishga, fikrlashga o‘rgatishni kafolatlaydi.
Musiqa ta’limi davlat ta’lim standartlari (dTS)da yangi ta’lim mazmuni, o‘quv-
chilarning musiqiy bilim va malakalari bilan birga ularda kuzatuvchanlik, xotirani mus
-
tahkamlash, obrazli tasavvur qilish, ularda ijodkorlik, mustaqillik, tashabbuskorlik, 
badiiy va musiqiy did kabi xislatlarni rivojlantirish chora-tadbirlari belgilab qo‘yilgan.
Bunda o‘quvchilarning musiqa san’atini butun nafosati bilan o‘rganishlari: mu
-
siqani badiiy idrok etish, yakka va jamoa bo‘lib qo‘shiq kuylash, raqsga tushish va 
ijod korlik malakalarini shakllantirish asosiy maqsad bo‘lib hisoblanadi. demak, o‘quv
-
chilarda musiqiy iqtidorni rivojlantirish, musiqa san’atiga mehr va ishtiyoqni oshi rish, 
musiqa san’atiga qiziquvchi o‘quvchilar uchun zarur shart-sharoitlar yaratish va ular
-
ning badiiy ehtiyojlarini qondirish musiqiy ta’lim-tarbiyaning asosiy vazifasini tashkil 
etadi. 
O‘quvchilarni musiqa san’atiga qiziqtirish va ta’lim samaradorligini ta’minlashda 
ba’zi bir o‘yin metodlarini misol keltirish mumkin. 

Suhbat

 
metodi o‘qituvchilarni auditoriya diqqatini o‘ziga jalb etish, dars jara
-
yonida hamkorlikda faoliyat ko‘rsatishga, uni tashkil etishni o‘rgatishga qaratilgan. 
Odatda, har o‘quv yilining 2-sentyabr kuni o‘tkaziladigan birinchi dars O‘zbekis
-
ton respublikasining davlat madhiyasini tinglash va kuylash bilan boshlanadi. dav
-
lat madhiyasini tinglash va kuylash o‘quvchilarda ko‘tarinki ruh uyg‘otadi. O‘qituv-
chi asarni tinglash va kuylash oldidan sinfda tinchlikni, ortiqcha tovush bo‘lmasligini 
ta’minlaydi.
O‘quvchilar diqqat-e’tiborini bir nuqtaga to‘plagan holda madhiyani o‘rinlaridan 
turib, qomatlarini rostlab, o‘ziga xos hurmat va g‘urur bilan tinglaydilar va qo‘shiqqa 
barobar jo‘r bo‘lib, asarni birgalashib ijro etadilar. qo‘shiqni o‘rganish va takrorlash 
jarayonida o‘qituvchi sinf e’tiborini qo‘shiqdagi “Serquyosh hur o‘lkam”, “Shuhrating 
porlasin”, “Oltin bu vodiylar”, “istiqlol mash’ali, tinchlik posboni”, “xaqsevar ona yurt”, 
“Mangu bo‘l obod” so‘zlariga tortadi. O‘quvchilarda vatanga hurmat, vatanni sevish 
va ardoqlash, shu ozod va obod vatanning farzandlari bo‘lishdan faxrlanish, vatan 
uchun jon dildan xizmat qilish hamda g‘urur va iftixor tuyg‘ularini uyg‘otadi.
Musiqa darslarida ona vatanni madh etuvchi “vatanim go‘zal”, “O‘zbegimdan 
aylanay”, “vatanjon-vatanim”; yil fasllari va tabiatni kuylovchi “qish chiroyli qo‘shig‘i”; 
hayvonot olamini aks ettiruvchi “Ayiqcha”, “qo‘zilar”, “Ayyor tulki”; yoshlikni va baxtli 


40

Download 1,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish